Rostlanadigan universal ta’minot bloki.
Universal ta’minot blokining elektron sxemasi yordamida stabillashtirilgan chiqish kuchlanishi 1,2 V dan 30 V gacha o’zgarmas tok ko’rinishida o’zgartirib beradi. Bunda ta’minot blokining tok kuchi 10 A gacha bo’lishi mumkin. Ushbu turdagi universal ta’minot blokida qisqa tutashuvdan himolash tizimi ham qo’llanilgan. Taklif etilayotgan universal ta’minot blokida juda ham kam elektron va radiotexnika elementlari mavjud. Sxemada qo’llanilgan elektron qurilmalar narxi jihatidan arzon bo’lib, uzoq muddat ishlash xususiyatlariga ega hisoblanadi. Universal ta’minot blokining ulanish sxemasining ko’rinishi quyidagi rasmda ko’rsatilgan.
LM317 stabilizatori asosidagi rostlanadigan ta’minot blokining ulanish sxemasining ko’rinishi
LM317 stabilizatori asosidagi rostlanadigan ta’minot blokining ulanish elektr sxemasi
LM317 stabilizatori asosidagi rostlanadigan ta’minot blokining ulanish elektr sxemasini MULTISIM dasturiy muhitida simulyatsiya qilinishi
LM317 mikrosxemasi qisqa tutashuvdan himoyalangan rostlanuvchi kuchlanish stabilizatori hisoblanadi. LM317 kuchlanish stabilizatori 1,5 A dan yuqori bo’lmagan tok kuchida hisoblangan. Shuning uchun ta’minot blokining sxemasida MJE13009 yuqori quvvatli tranzistor qo’llanilgan. Bunda ushbu tranzistor orqali 10 A gacha tok o’tkazish mumkin bo’ladi. Lekin bunday tranzistlarning ma’lumotnomalari va pasportlarida esa 12 A gacha tok o’tkazishi mumkin deb qo’yilgan. R1 o’zgaruvchan potensiometrning buragichini aylantirish orqali universal ta’minot blokidan chiqadigan kuchlanish qiymatini o’zgartirish mumkin bo’ladi.
Bundan tashqari sxemada ikkita shuntlovchi R1 va R2 rezistorlar ham mavjud. Ushbu rezistorlarning qarshiligi 200 Оm bo’lib, ular orqali mikrosxema chiqishdagi kuchlanish qiymatini aniqlaydi va kirish kuchlanishi bilan taqqoslaydi. R3 rezistor 10 kOM qarshilikka ega. Universal ta’minot blokini ochirgandan keyin C1 kondensator razryadlanadi. Ushbu sxemaning chiqishida 12 V dan 35 V gacha bo’lgan kuchlanishdagi elektr qurilmalar uchun qo’llaniladi. Universal ta’minot blokining tok kuchi impulsli ta’minot manbasini yoki transformatorning quvvatiga bog’liq bo’ladi.
Qaralayotgan sxemani platalarda joylashtirish yoki ulash uchun quyida umumiy ko’rinishli ulanish sxemasi keltirilgan. Ya’ni elektron qurilmalarni ulash bo’yicha endi ish olib borayotgan talabalar uchun tushunarli bo’lishi uchun taklif etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |