Nuqta harakatining berilish usullari Nuqtaning tezlik vektori


Nuqtaning tezlanish vektori



Download 78,43 Kb.
bet4/5
Sana28.06.2021
Hajmi78,43 Kb.
#103721
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavzu

4. Nuqtaning tezlanish vektori.


Nuqtaning tezlanishi deb vaqt mobaynidagi tezlikning moduli va yo‘nalishini belgilovchi vektor qiymatga aytiladi.


4-shakl.
Faraz qilaylik ixtiyoriy olingan t - vaqtda harakatlanayotgan M nuqta -tezlikka ega bo‘lsin, oradan ma’lum Dt -vaqt o‘tgach, u M1 holatga ko‘chib o‘tgan bo‘lsin (4- shakl). U holda Dt=t1-t vaqt davomida tezlik vektori ham tegishlicha orttirma oladi. -vektorni shaklda ifodalash uchun, M nuqtaga va tezlik vektorlarini qo‘yamiz, u holda -vektori + vektorlarning yig‘indisidan iborat ekanligini ko‘ramiz, ya’ni = + ekan. Shakldan ko‘rinib turibdiki, -vektori har doim egri chiziqli traektoriyaning botiq tomoniga yo‘nalgan bo‘lar ekan, agar traektoriya to‘g‘ri chiziqdan iborat bo‘lsa, u shu to‘g‘ri chiziq bo‘ylab yo‘nalar ekan.

Tezlikning -orttirmasining shu o‘tgan dt vaqtga nisbati, nuqtaning o‘rtacha tezlanish vektori deb ataladi va quyidagicha yoziladi,

(9)

o‘rtacha tezlanish vektorining yo‘nalishi -vektorining yo‘nalishi bilan bir-xil bo‘lar ekan, ya’ni har doim traektoriyaning botiq tomoniga yo‘nalar ekan.

Nuqtaning olingan t - vaqtdagi tezlanishi - deb, vaqt oralig‘i dt -ni cheksiz ravishda kichraytirib nolga yaqinlashtirib borganimiz sari - vektor intilib boradigan kattalikka aytiladi, ya’ni

va (8) formulaga asosan,



(10)

Demak, nuqtaning shu ondagi tezlanish vektori, tezlik vektoridan vaqt bo‘yicha olingan birinchi hosilaga yoki radius vektor -dan vaqt t (argument) bo‘yicha olingan ikkinchi hosilaga teng ekan.

Tezlanishning o‘lchov birligi S/t2, ya’ni uzunlik/vaqt2; amalda m/s2 shaklida ifodalanadi.

(10) formuladan ko‘rinib turibdiki, tezlanish vektori tezlik vektorining elementar orttirmasi -ni, shu orttirmaga sarflangan elementar vaqt -ga nisbatiga teng ekan.

Endi tezlanish vektori - ning traektoriyadagi yo‘nalishini aniqlaymiz. Nuqtaning to‘g‘ri chiziqli harakatida, uning yo‘nalishi shu to‘g‘ri chiziqda yotadi. Agar nuqtaning traektoriyasi tekislikda joylashgan egri chiziqdan iborat bo‘lsa, u holda tezlanish vektori - , o‘rtacha tezlanish vektori -kabi shu tekislikda joylashgan bo‘lib, traektoriyaning botiq tomoniga yo‘nalgan bo‘ladi.

Agar traektoriya fazoda joylashgan egri chiziqdan iborat bo‘lsa, -vektorning yo‘nalishi traektoriyaning M nuqtasiga o‘tkazilgan urinma va M1 nuqtasiga o‘tkazilgan urinmaga parallel bo‘lgan chiziqdan o‘tgan tekislikda joylashadi (5 shakl). Agar elementar vaqt oralig‘ini nolga intiltirib borsak, M nuqta bilan M1 nuqta orasidagi masofa nolga yaqinlashib boradi, u holda yuqorida aytilgan -vektor yotuvchi tekislik urinma tekislik[8] deb ataladigan o‘rinni oladi. Ya’ni nuqtaning elementar ko‘chishida traektoriyaning urinmasi atrofidagi cheksiz kichkina aylanishdan iborat bo‘ladigan tekislikdan o‘rin oladi.

Demak, umumiy holda nuqtaning - tezlanish vektori, urinma tekislikda joylashgan bo‘lib, traektoriyaning botiq tomoniga yo‘nalgan bo‘lar ekan.


Download 78,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish