Tanganing maydoni – tanganing yozuvlar va tasvirlar bilan band bо‘lmagan old va orqa tomonining yuzasi.
Nominal – tanga qiymati. Numizmatik adabiyotlarda ma’lum qiymatga ega bо‘lgan tangani bildiradi.
Hisob pul birligi – hisoblashda ishlatiladi, ammo tangada о‘zining buyum shakliga ega emas.
Tanga tо‘plami - ma’lum metall og‘irligiga ega bо‘lgan tangalar miqdori.
Tangani sinash – (proba moneti) - qimmatbaho metall massasining tangani umumiy massasiga nisbati.
Tanganing buzilishi – tanga tarkibida qimmatbaho metallni tanganing og‘irligini kamaytirgan holda qisqartirish.
Ligatura – oltin va kumush quymalarga noqimmatbaho metallarning aralashtirilishi.
Tanganing cheti, qirg‘og‘i – gorizontal chiziq. Tanganing quyi qismini tanganing asosiy maydonidan ajratib turadi.
“Gurt” - tanga qirrasiga aytiladi.
Tanga turi (monetniy tip) – tangadagi barcha yozuv va belgilar majmuasi.
Dastlab Gretsiyada tanga tushunchasi bо‘lmay, о‘rniga tovar ayirboshlash vositasi orqali savdo qilar edilar. Dastlab Ellada о‘lkasida orol davlat bо‘lgan Egina Lidiyaga yaqin bо‘lganligi sababli, ya’ni Lidiya elektron tangalari bilan tanish bо‘lganligi sababli ular birinchi bor tanga zarb qilishni yо‘lga qо‘ydilar. Bu tangalarning tashqi kо‘rinishi borasida olimlar ikkilanuvchi fikrlar aytishgan. Ayrimlari tanga tarkibidagi metallga qarab Lidiyaliklar bilan savdo natija qilish orqali paydo bо‘lgan degan fikr mavjud bо‘lsa, bir tomondan tanganing mahalliy kelib chiqishi jihatidan mahalliy ravishda shu zaminda paydo bо‘lgan degan fikr ham yо‘q emas.
Egina tangalari loviyasimon kumush shakli berilgan bо‘lib dastlabki kо‘rinishni kо‘rsatadi. Ularni zarb qilish mos quyma sо‘ngra esa ustidan zarb urinib tanga shakliga keltirilgan. Ular tangani «stater» deb nomlashgan, tarjimada «tarozi»(grekcha) degan ma’noni bildiradi.Egina staterlarida toshbaqa surati tasvirlangan.Bu staterning og‘irligi 12 gramm bо‘lgan. Gerodotning ma’lumotlarida ham shunga о‘xshash ma’lumotlar keltirilgan.
Lishklana tangalari haqida Agrikole quyidagicha ma’lumot keltiradi. «Attikaning tо‘rtinchi qiroli Agrifoniy kullariga kumushni Lavrion tog‘idan qazib olishni buyurdi». .Talant grek tilidan olingan bо‘lib, talvatov og‘irlik degan ma’noni bildiradi. U dastlab Etnada og‘irlik о‘lchov birligi sifatida ishlatilgan. Taxminga kо‘ra u Elladaga Vavilondan kirib kelgan. 1 talant 60 minaga teng bо‘lsa 6000 ming draxmaga о‘lchangan yoki 36000 obolga teng. 594 yilga kelib Afinada Solon islohatidan sо‘ng, talantga aniq og‘irlik miqdori belgilanadi. YA’ni 26,196 kg ga tenglashtirilgan. Ungacha talant 34,33 kg og‘irlikda noaniq ravishda mavjud edi. Iskandar Elomonga kelib talant 25,9 kg tilloga tenglashtirilgan. Demak talant hisobsiz bо‘lgan tangalarni og‘irlik sifatida о‘lchash uchun ishlatilgan.
Draxma (Grekcha – braxil- uyum) degan ma’noni bildirib, uning kelib chiqishi odamzodning metalni parchalangan holda ishlatib yurish davriga oiddir. Bu qadimgi grek tangasi ham hisoblanib, u evolyusion yо‘l bilan rivojlanib kelib, antik Gretsiyada 1 ming 100 draxmaga tenglashtirilgan. 6000 draxma 1 talantga teng bо‘lgan. Draxmalarni zarb qilishda kumushdan foydalanishgan.
U eramizdan av. VI asrda boshlangan. Gretsiyaning turli xududlarida uning og‘irligi turlicha edi. chunki har bir о‘z imkoniyatlari qarab draxmalarni zarb qilgan. Egina draxmasi 6,07 gr kumushni tashkil etsa erdi Attika draxmasi 4,36 gr kumushni tashkil qilsa. Korinor draxmasi 2,97 yoki 2,91 gr ni tashkil qilgan. Abder draxmasi esa 3,6 gr kumush, Xiosos draxmasi 3,93 ga teng bо‘lgan.
Ammo Savdolar kо‘proq, Afina draxmasida (4,25 gr kumush) olib borilgan. Draxmalardan tashqaridan didraxma, tetradraxma, dekadraxma kabilar ishlatilgan.Draxmalar grek millatiga xos, ular kо‘proq va intensiv ravishda chiqarilgan. Hozirgi kunda Makedoniya, Kipr pullari hisoblanadi.
Dastlab Rim respublikasi, keyinroq Rim imperiyasi о‘sha zamon uchun muhim iqtisodiy omil bо‘lgan tanga zarb etish san’atini mukammal egallaganligi hozirgi kunda ham kishilarni hayratda qoldirmoqda.
Apenin yarim orolining о‘rta qismida Tibr daryosi oqib о‘tadi. Bu daryo tog‘lardan boshlanib, tekislik bо‘ylab dengizga oqib о‘tadi. Tekislik orasida tepaliklar bо‘lib, qadim zamonda bu tekislik botqoqlik bо‘lib, tepaliklar esa yaproqli о‘rmon bilan qoplangan. Tekislikda lotinlar qabilasi yashagan. Tibr dengiziga quyiladigan joydan 25 kilometr narida, daryoning sо‘l qirg‘og‘idagi tepaliklarda kichkina Rim shaharchasi bunyodga kelgan. Rivoyatlarga kо‘ra, u eramizdan avvalgi VIII asr о‘rtalarida barpo qilingan. Rim va uning atrofida lotin, sabiyan va etrusk qabilalari yashaganlar. Bular birlashib Rim davlatiga asos solganlar. Bular Rimning eng qadimgi aholisi bо‘lib, ular patritsiylar deb atalgan. Patritsiylar (lotincha, «pater» о‘zbekchada ota degan sо‘zni bildiradi) ota – bobolari shaharga asos solganliklari bilan faxrlanib yurardilar. Patritsiylarning nufuzli oqsoqollardan «keksalar kengashi» tuzilgan bо‘lib, lotincha senat deb atalgan. Dastlab Rimni senat va podsho idora qilardi.
Rimda hunarmandchilik va savdo rivojlana boshlagan. Bozorlarda, ya’ni formalarda hunarmandchilik, qishloq xо‘jalik mahsulotlari va chorva mollari bilan savdo qilish kuchaygan. Bu tanga – pullarning muomulaga yanada kо‘proq chaqirishni talab qilardi.