Ноябрь 2020 10-қисм



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/124
Sana30.04.2022
Hajmi2,69 Mb.
#597473
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   124
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 2 qism

Mavzu: Kichik Vatan
maqsadlar: a) Ta’limiy: Тinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma 
bayon qilish kompetentsiyalarini shakllantirish,vatan haqida tushuncha berish;b) tarbiyaviy: 
tinchlikning mohiyati, uning qadriga yetishni o‘rgatish.c) rivojlantiruvchi: matnni ifodali o‘qish 
malakasini rivojlantirish.
Tayanch kompetentsiyalar: 
Tk3 o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
turli yo‘nalishdagi (ertak, sarguzasht, hikoya va san’atga doir) kitoblarni muntazam o‘qish va 
o‘rganish;yaxshilik va yomonlikni bir-biridan farqlay olish va yaxshi fazilatlarga rioya qilish;
fk2: o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish;
dars uslubi: darslik bilan ishlash, savol-javob
dars jihozi: darslik, o‘zbekiston rasmlari, slaydlar, kompyuter.
darsning borishi:
i.Tashkiliy qism: (4 daqiqa)
salomlashish;
davomatni aniqlash;
darsga tayyorgarlik ko‘rish;
darsning maqsadini aytish
ii. o‘tgan mavzuni so‘rash va mustahkamlash. (12 daqiqa)
1. mustaqillik nima degani?
2. nima uchun 1991-yilning 31-avgusti vatanimiz tarixi sahifalariga oltin harflar bilan yozildi?
3. mustaqillik tufayli vatanimiz nimalarga ega bo‘ldi?
iii. yangi mavzu bayoni: (17 daqiqa)
KIcHIK VATAN (Ashurali Jo‘rayev)


66
Ноябрь 2020 10-қисм
Тошкент
0‘shanda uchinchi sinfda o‘qirdim. Biz oilamiz bilan boshqa qishloqqa ko‘chadigan bo‘ldik. 
ko‘chishimizdan bir kun oldin akam bilan otam mollarni haydab, yangi uyimizga ketishdi. 
ularga itimiz ham ergashdi.
ko‘chamiz, degan kundan buyon bobomda qandaydir bezovtalik boshlandi. u kishining 
ranglari o‘zgarib, biroz g‘amgin bo‘lib qoldilar.
ertaga ko‘chamiz degan kuni bobomda umuman halovat bo‘lmadi. Buvimning aytishlaricha, 
tuni bilan bezovta bo‘lib, uxlamay chiqibdi.
uydagi qolgan-qutgan narsalarni yigishtirib, tugun-larga bog‘lab, kichik qutilarga joylagach, 
bobom foti-haga qo‘shib tilovat qildilar. Bobomdagi xomushlik fo-tihadan so‘ng bir lahza 
hammamizni chulg‘agandek bo‘ldi. Birozdan so‘ng bobom aytgan shoyim tog‘a mashinasida 
yetib keldi. Bobom mendan boshqa hammani mashinaga chiqishga taklif qildi. yuklarni ortib 
bo‘lganimizdan so‘ng buvim bilan eng kichik ukam kabinaga joylashdi. qolganlar mashinaning 
kuzoviga chiqishdi.
- yaratgan egam hamrohlaring bo‘lsin. sog‘-omon yetib dlinglar! - bobom fotiha berdilar.
Bobom bilan huvullagan hovlida yana birpas qoldik. Bobom bog‘imizdagi daraxtlarga, 
ishkomga, hovli etagidagi shiyponchaga, molxona va bostirma tomonlarga qarab yana bir bor 
xo‘rsindi.
Bu orada uyimizni sotib olgan erdon tog‘a ko‘ch-ko‘roni bilan kelib qoldi. Bobom bilan 
salom-alik qilishdi. Bobom qo‘lidagi kalitlarni unga topshirib duo qildi:
- iloyo, bu uyda to‘ylar qiling, xonadoningizda yaxshi va baxtli kunlar ko‘p bo lsin.
- keyingi haftada uy to‘yi qilamiz. Xabar beramiz, kelasiz-da, Jo‘ra bobo, - dedi erdon aka.
- albatta kelaman, erdonboy, - dedi bobom ko zlari kulib. uyning yangi egalari ko‘chlarini 
tushirish va kiritish bilan mashg‘ul edi.
Bu manzarani kuzatib turgan bobomning ko‘zlari yoshlanganini ko‘rib, mening ham ko‘nglim 
buzildi. Buni sezgan erdon tog‘a bobomni bir piyola choyga taklif qildi. agar xohlasa qolib 
mehmon bo‘lib ketishini ham alohida ta’kidladi.
Bizning eski chorpoyamizga yangi dasturxon yozildi. non, choy, qand-qurs qo‘yishdi.
- Bu hovli-joy otamdan qolgan edi, - deb hikoyasini boshladi bobom hazin ovozda. - Bolaligim 
mana shu hovlida o‘tdi. shu hovlida uylanib, bola-chaqalik bo‘ldim. shu hovlida 
s o c h -
soqolim oqardi. hayotimdagi eng yaxshi va yomon kunlarim ham shu hovlida o‘tdi. rahmatli 
ota-onam va bir farzandimni ham shu hovlidan chiqardim. Tug‘ilib o‘sgan uying kichik vatan 
ekan, erdonboy. endi bu vatanni sizga topshiraman.
- Bobojon, kichik vatan ham bo‘ladimi? - beixtiyor so‘radim.
- Bo‘ladi, bolam, bo‘ladi. odamning yashaydigan uyi, hovli-joyi 
kichik vatani. ana 
shu kichik vatanlar yig‘ilib-yig‘ilib, birlashib o‘zbekiston degan ulug‘ vatanga aylanadi...
Bobom bilan katta yo‘lga chiqqanimizda, hamon shu kichik vatan - uyimiz va do‘stlarim 
bilan bog‘liq shirin xotiralar og‘ushida edim.
iv.mustahkamlash. (6 daqiqa)
1. yangi hovliga ko‘chayotgan bobo nima uchun g‘amgin bo‘lib qoladi?
2. u «kichik vatan» haqida nimalarni gapirib berdi?
v. dars yakuni. o‘quvchilar bilimini baholash. (4 daqiqa)
vi.uyga vazifa: matnni o‘qib, so‘zlash. (2 daqiqa)
foydalanilgan adabiyotlar:
1 .Boshlang‘ich ta’lim konsepsiyasi// Boshlang‘ich ta’lim,1998,6-son.
2. Jumaboyev m.Bolalar adabiyoti va folklore-Toshkent: o‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi 
adabiyot jamg‘armasi nashriyoti,2006
3. matchanov s,g‘ulomova X,sh sariyev va boshqalar.Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarini 
pedagogic texnologiyalar asosida tashkil etish.-Toshkent: “yangiyul poligraph service”


67

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish