Ноябрь 2020 10-қисм
Тошкент
MATEMATIKA DARSLARIDA TA’LIMIY O‘YINLAR ORQALI MANTIQIY
TAFAKKURNI O‘STIRISH
Xayitova Hamida
Sirdaryo viloyat Sirdaryo tuman 42-umumtalim
maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Annotatsiya.
Maqolada boshlang‘ich sinf matematika darslarida mantiqiy tafakkurni o‘stirishda
ta’limiy o‘yinlardan foydalanish yo‘llari haqida ma’lumot berilgan
Kalit so‘zlar.
mantiq, tafakkur, o‘yin, jarayon, faoliyat.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitishda o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish,
bilimlarni keng va oson o‘zlashtirish maqsadida pedagogik texnologiyalarning usul, vosita va
shakllarini to‘g‘ri tanlab, ulardan foydalanish muhim sanaladi.
Bola hayotida bog‘chadan so‘ng maktabning dastlabki davrlari muhim o‘rin tutadi. Shu bois
boshlang‘ich ta’lim davri ta’lim jarayonidagi eng mas’uliyatli davrdir. Bu paytda bolaning savodi
chiqishi bilan birga, uning dunyoqarashi shakl- lanadi, tafakkur qilish malakasi rivojlanadi,
bolaning zehnini o‘stirishga qaratilgan har bir mashg‘ulot bola aqlining tarkib topishi va
rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham bu davrda, avvalo, ta’lim jarayonini
qiziqarli, ta’sirli qilib tashkil etishga, motiv hosil qilish va uni rivojlantirishga e’tibor qaratish
lozim. Chunki bu muddat bolaning o‘yin faoliyatidan aqliy faoliyatga, ya’ni o‘quv faoliyatiga
o‘tganligi bilan xarakterlanadi. Bolalarni bu faoliyatga o‘tkazdirish uchun ular bilan darslar
jarayonida ta’limiy o‘yinlardan foydalanishimiz maqsadga muvofiq deb o‘ylayman. Bolaning
o‘quv faoliyatini rivojlantirishda turli o‘yinlardan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi.
Boshlang‘ich maktabda matematika o‘quv fanini bolalarning yoshi va rivojlanish darajasi,
ehtiyoj va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda olib boriladi. Boshlang‘ich sinf matematika fani
yaxlitligi, mantiqiy tuzilishi jihatidan keng imkoniyatlarga ega. Dars jarayonida o‘quvchilarni
mantiqiy fikrlashga o‘rgatish matematika darsining yetakchi vazifaiaridan biridir. Bu vazifani
amalga oshirishda matematika faniga doir turli xildagi qiziqarli topshiriqlar, boshqotirmalar va
krossvordlar muhim vosita bo‘la oladi.
Darsda o‘quv materiallaridan tashqari turii axborot manbalari hisobiga bilimni o‘stirib
borish, ayniqsa yangi axborotiar orqali hozirgi zamon ta’lim islohotlarini to‘g‘ri tushunishga
oid ko‘nikma va malakalarni hosil qilish bugungi kun pedagoglarning oldida turgan dolzarb
masaiaiaridan biri hisoblanadi. Shunday ekan, har bir dars o‘z mazmuniga ko‘ra o‘quvchilarning
bilim olishga qiziqishni ko‘paytirishga va ularning o‘z bilimlarini mustaqil ravishda to‘idirish
ko‘nikmalarini hosil qilishga qaratilgan darajada bo‘lishi kerak.
zero, mustaqil ishlash orqali o‘quvchilarning fikrlash doirasi kengayib o‘zlashtirilgan
bilimlarini amalda qo‘llash ko‘nikmasi rivojlanishi amalda o‘z isbotini topib borayotgan sir
emas. Shu o‘rinda matematika darslarini o‘tish jarayonida o‘quvchilarda mustaqil faoliyatini
tarbiyalashga moliq bo‘lgan quyidagi shakllarini aytish mumkin:
- o‘tilgan mavzular asosida mustaqil savollar tuzdirish;
- mashg‘ulot vaqtida, o‘qituvchi tomonidan tuzib kelingan savollarni o‘quvchilarga tarqatib,
uning javobini toptirish;
- mavzu asosida ko‘rgazrnali qurollar tayyorlash;
- malum bir mavzu yuzasidan krossvordlar tuzdirish;
- rangli rasmli plakatlar, diagrammalar ustida mustaqil ishlash;
- o‘tilgan biror bir bo‘lim yuzasidan misol va masalalarni mustaqil yechish.
Masalan, darslarda o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini o‘stirish maqsadida savollarni
mustaqil yechish uchun o‘rtaga tashlash mumkin:
a
) Yog‘ochni 12 bo‘lakka bo‘lish uchun uni necha marta arralash kerak?
b)
Hakim bemorga 30 daqiqa oralig‘i bilan 3 ta ukol belgiladi.
Bemor ularni hammasini qancha vaqt ichida olishi kerak?
v) 1 dan 100 gacha bo‘lgan qatorda nechta 9 bor?
g) Matematik amallardan foydalanib, 5 ta 2 yordamida 2 sonini vozing:
2=2 *2-2 * 2 + 2
2=2-2 + 2-2 + 2
93
Do'stlaringiz bilan baham: |