Ноябрь 2020 10-қисм
Тошкент
TA’LIM JARAYONIDA EKOLOGIK TARBIYANI TASHKIL ETISHNING DIDAKTIK
ASOSLARI
Berdibekova Feruza Abdumannob qizi
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat
pedagogika universiteti II bosqich magistranti
E-mail: fberdibekova@.mail Telefon: +998934274643
Annotatsiya:
maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ekologik tarbiyalashning mavjud
holati ilmiy tahlil qilingan va didaktik asoslari yuzasidan metodik tavsiyalar berilgan.
Kalit so‘zlar:
ekologiya, ta’lim, tarbiya, metodika, didaktika, o‘quvchi, ekologik tarbiya,
tahlil, natija.
Ekologik tarbiya bola tug‘ilganidan boshlab umrining oxirigacha unga yo‘ldoshdir. Shu
sababli, u nafaqat maktabda, balki sinfdan va maktabdan tashqari uyushtiriladigan tadbirlarda,
turli xildagi anjumanlarda o‘z ta’sir ko‘chini namoyon qiluvchi, yosh avlodga go‘zallikni,
ekologiyani tushuntiruvchi, tarbiyalovchi vositadir.
Ekologik ta’limning didaktik asoslari pedagogika fani qonuniyatlariga chuqur bog‘langan
holda bayon etilgan. Ba’zi hollarda ayrim didaktik masalalar ekologiya mashg‘ulotlari berish
muammolari bilan aralash holda talqin etilgan. Masalan, ekologik mashq mashg‘ulotlarining
shaklari, amaliy ekologik tayyorgarlik ekologik ta’lim sifatida o‘rganilishi, didaktik muammo
sifatida tadqiq etilsa ma’qul bo‘lar edi.
Ta’lim jarayonidagi ma’lum bir maqsadni amalga oshirishga qaratilgan faoliyatning turlicha
bo‘lishi yangi-yangi usullarni keltirib chiqaradi.
Ta’lim jarayonida tizimida o‘rgatish bilan bir qatorda «uslub» «vosita» terminlari ham
ishlatiladi.
uslub — ma’lum ekologiya materiallarini o‘tishda qo‘llanilayotgan asosiy o‘rgatish usuli
bilan birga ikkinchi bor o‘rgatish: usulining ayrim elementlaridan foydalanib ish ko‘rishdir.
vosita — ma’lum ukitish usulini muvaffaqiyatli amalga oshirmoq uchun zarur bo‘lgan
yordamchi ekologiya materiallari; asbob, qurol, apparat va boshqa shu kabilardan foydalanishdir.
Ekologik tarbiya bo‘yicha mashg‘ulotlar ochiq xavoda, zalda yoki shu maqsadga muvofiq
ajratilgan xonalarda o‘tadi.
Ekologika lotincha «estezio — go‘zallikni his etaman» ma’nosini bildiradi. Aqliy, ahloqiy,
ekologik va mehnat tarbiyasini ekologikasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Ekologik tarbiyaning maqsadi va vazifasi o‘quvchilarni tabiat va jamiyatdagi go‘zallikni idrok
qilish, uni to‘g‘ri tushunish va fahmlash, qadriga yetishga, shu asnoda o‘z shaxsiy hayotining
go‘zal tomonini ko‘ra bilishga, go‘zal bo‘lishi uchun ko‘rashishga o‘rgatishdan iboratdir.
Ekologik tarbiya ahloqiy qiyofa, ijobiy xulq-atvor normalarini harkib toptirishga, ularning ijodiy
qobiliyatlarini haraqqiy ettirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Maktablarimizdagi musiqa, rasm, ashula
darslari, adabiyot va boshqa fanlar ekologik tarbiyaning vositasi hisoblanadi.
Ekologik tarbiya darslarining tuzilishiga umumdidaktik va maxsus talablar qo‘yiladi. Bu talabni
qondirish, ekologik ta’sirning kuchini oshira borib darsning ikkinchi yarmida uni maksimumga
yetkazish, so‘ngra tobora susaytirib avvalgi holatga kelishni taqozo etadi. Ekologik zo‘riqish
darsning asosiy qismida uning markaziy pedagogik vazifasi hal qilinayotganda kuchayadi. ushbu
bosqichda mashqni o‘zlashtirishga taalluqli barcha narsalarni o‘rganadilar va takomillashtiradilar,
ularga dasturga tegishli nazariy ma’lumotlar beriladi.
Ekologik tarbiya darsiga guruhlarda o‘tkaziladigan umumiy ekologik tayyorgarlik kelib
qo‘shiladi.
Shuni hisobga olish kerakki, tanaffusda turli ekologik tarbiyaga ega bo‘lgani bolalar yig‘ilishadi,
shuning uchun har qiziqarli o‘yin kulgilarni o‘quvchilarning tanlash imkoniyati bo‘lishi uchun
turli joylarda tashkil qilish lozim. Tanaffuslarda uyushtiriladigan o‘yinlar asosan o‘quvchilarga
tanish bo‘lishi, mazmuni sodda, kam qoidali va vaqt jihatidan uzoq davom etmasligi darkor.
12
Do'stlaringiz bilan baham: |