Ноябрь 2020 10-қисм
Тошкент
uning mazmunini tovush chiqarib aytadilar. Keyin ayrim o‘quvchilar elementar ishlarining
bajarilishini ba’zan tovush chiqarib sharhlaydilar, qolgan o‘quvchilar esa buni ichlarida
bajaradilar. Algoritmdan foydalanish masalasining rivojlanib borishi bilan o‘quvchilar tegishli
ishni sxemaga qaramasdan bajaradilar. 2. Algoritmning shakllanishi sekin-asta va maqsadga
yo‘naltirilgan tarzda ro‘y beradi. O‘quvchilarning faol ishtirokida elementar ishlar anglangan
tarzda tanlanadi, ularning bajarilish ketma-ketligi aniqlanadi. Buning uchun tuzilish algoritmi
ishlab chiqilayotgan obyektlarning ilgaridan ma’lum ta’riflaridan, xossalaridan foydalaniladi,
“o‘xshash” obyektlar uchun endilikda ma’lum bo‘lgan algoritmlardan to‘laligicha yoki qisman
foydalanish imkoniyatlari tekshiriladi. quyida misol-topshiriq namunalarini keltiramiz.
10 ichida qo‘shish va ayirish. qo‘shish va ayirish narsalarning ikkita to‘plamini birlashtirish
yoki berilgan to‘plamning bir qismini ajratib olish bilan bog‘liq amaliy mashqlar asosida
o‘rganiladi.
II.Bittalab va guruhlab qo‘shish va ayirish: +- 2 +- 3 hollari
II. Yig‘indining o‘rin almashtirish xossasi,qo‘shiluvchilarning o‘rnini almashtirish usuli; ?+5,
?+7 hollari
III. qo‘shish va ayirishning bog‘lanishi, noma’lum qo‘shiluvchini topish; ayirishning ? -5, ?
-7 hollari
Masalan: 7+1+1 dastlab 7ga 1ni qo‘shamiz, 8 hosil bo‘ladi, so‘ngra hosil bo‘lgan natijaga
yana 1ni qo‘shamiz, 9 chiqadi. Bunday misollarni yechish chog‘ida o‘qituvchi quyidagicha
savollar berib borishi kerak; “ 1 va yana 1 ni qo‘shdik. Hammasi bo‘lib qancha qo‘shdik? 1ni
va 1ni ayirdik. Hammasi bo‘lib nechani ayirdik?” Bunday qo‘shish bo‘laklab qo‘shishga kiradi.
Matematika o‘qituvchilarining boshlang‘ich ta‘lim matematika kursini o‘qitishda o‘quvchilarda
fikrlash ko‘nikmalari, misollar yechishda algoritmga e’tibor berish va fikrlashni talab etadigan
biz ishlab chiqqan tavsiyalardan foydalanishlari ularning umuman matematik tayyorgarligi,
qiziqish va qobiliyatlari rivojining oshishiga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Jumayev M.E Matematika o‘qitish metodikasi. (OO‘Y uchun darslik.) –– T.: “Turon iqbol”
2016. .
2. Abdullayeva B va b.q Matematika “1-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot
kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha metodik qo‘llanma T-2016.
11
Do'stlaringiz bilan baham: |