BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MISOLLAR YECHISH ALGORITMINI O‘RGATISH METODIKASI Abduraxmonova Zuldiya Tursunovna Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar 1-umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Telefon: +998 99 478 55 91 Anotatsiya: ushbu maqolada boshlang‘ich sinf matematika darslarida misollar yechish
algoritmi uni o‘rgatish metodikasining nazariy jihatlari va amaliy jihatlari yo‘nalishlari misollarda
ko‘rsatib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar: matematika. misol, masala, algoritm.
Algoritm – berilgan natijaga erishish uchun qilinishi kerak boʻlgan aniq koʻrsatmalar ketma-
ketligi.
Algoritm keng maʼnoda faqat kompyuterga oid atama boʻlmay, balki unda berilgan
koʻrsatmalarni bajara oluvchi har qanday narsaga oiddir.
Algoritm , algorifm–maʼlum bir turga oid masalalarni yechishda ishlatiladigan amallarning
muayyan tartibda bajarilishi haqidagi aniq qoida (dastur).
Kibernetika va matematikaning asosiy tushunchalaridan biri. O‘rta asrlarda sanoqning o‘nli
tizimi bo‘yicha to‘rt arifmetik amal bajariladigan qoidani Algoritm deb atashgan. ”Bu qoidalarni
matematikaga 9-asrda al-xorazmiy kiritgan.
Har kuni bir necha martadan bajaradigan bu ishimiz ham algoritmga misol bo‘la oladi.
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtiriladigan muhim matematik amallar
qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish, bo‘lish amallari hisoblanadi. Bu amallar o‘zlashtirilganidan
so‘ng, ularni mustahkamganligi odatda ko‘p sondagi bir xil ko‘rinishdagi misollarni yechish
orqali tekshiriladi. O‘quvchilarga algoritmlarni o‘rgatishning umumiy qonuniyatlarini ochishdan
iborat boladi. Algoritmlashtirilishi mumkin bolgan ma’lum amaliy faoliyatni o‘q itish tamoyilga
ko‘ra ushbu bosqichlarga bolinadi: o‘qituvchi algoritmni ishlab chiqadi; o‘qituvchi algoritmning
mazmuni bilan o‘quvchilarni tanishtiradi; o‘quvchilar mazkur algoritmdan ko‘p marta foydalanib,
uni o‘zlashtiradilar. Matematika dasturlarini tahlili shuni ko‘rsatadiki, boshlang‘ich maktabning
algoritmik masalalaning sinflarga nisbatan vazifasi turlichadir. Masalan, og‘zaki va yozma
hisoblash algoritmlarini o‘quvchilar tomanidan o‘zlashtirishlari zarur. Bu narsa “katta”, “kichik”,
“teng” munosabatlarini o‘rgatish algoritmlariga ham xosdir. Tenglamalani yechish, geometrik
shakllarni yasash, ulushlar va kasrlar ustida amallar bajarish usullarini o‘rganish esa yuqori
sinflarda davom ettiriladi. Boshlang‘ch sinflar o‘quvchilari tenglamalani yechish bilan arifmetik
amallarning komponentlari va natijalari orasidagi bog‘lanishi, geometrik shakllarni yasash bilan
geometrik shakllarning ta’rifi va tavsifni, ularning ba’zi xossalarini, sonning kasrini va ulushini
topish bilan ulush va kasr tushunchalari ma’nosini o‘zlashtiradilar. Shunday qilib, boshlang‘ich
sinflarda bu amaliy uquvlarning shakllanishi birdan -bir maqsad emas. Shu sababli o‘quvchilarga
tegishli algoritmlarni o‘qitishda o‘qituvchi yetarlicha ehtiyotkor bolishi lozim. O‘quvchilarni
algoritmlar bilan tanishtirishda ikki xil metodik yondoshuv bo‘lishi mumkin:
1. Ilgari o‘rganilgan elementar ishlarni ma’lum ketma-ketlikda, tizimda bajarish mutlaqo
yangi masalani hal etish imkonini berishi o‘quvchilarga aniq misollarda ko‘rsatiladi. O‘quvchilar
o‘qituvchi rahbarligida mazkur algoritmni qayta amalga oshiradilar. Bu tajriba sxema shaklida
umumlashtiriladi va u yo individual kartochkalarda, yoki maxsus jadvalda qayd etiladi. Bu
sxemadan foydalanayoganda, o‘quvchilar dastlabki vaqtlarda har bir elementar ishning nomini,