Ноябрь 2020 10-қисм



Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/105
Sana11.06.2022
Hajmi2,1 Mb.
#653439
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   105
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 1 qism

Ноябрь 2020 10-қисм
Тошкент
O‘QITUvCHINING NUTQ TEXNIKASIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Yo‘ldosheva Xamida Irmatovna
Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 24-maktabning 
O‘quv tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari
Telefon: +99897-738-80-06
Po‘latova Zamira Xamdamovna
Toshkent shahar Olmazor tumanidagi
24-maktabning geografiya fani o‘qituvchisi
Telefon: +99899-895-27-05
Annotatasiya: 
ushbu maqolada dars jarayonida o‘qituvchilarning nutq texnikasini qo‘llash 
usullari haqida fikr yuritilgan. 
Kalit so‘zlar:
Nutq, notiq, yumor, pedagogik, mahorat, imo-ishora, mimika. 
Nutq - tildagi mavjud ifoda vositalaridan foydalangan holda reallikka aylangan fikr bo‘lib ikki 
xil ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: 1) ichki nutq; 2) tashqi nutq.
O‘qituvchi ongida hosil bo‘ladigan, hali amalga oshmagan til elementlaridan tashkil topgan, 
kishining og‘iz ochmasdan fikrlashi, mulohaza yuritishi, o‘ylashi ichki nutqdir.
O‘qituvchi mulohazasi va fikrining til vositasida nutq organlariga ta’siri va harakati bilan real 
tovushlar sifatida yuzaga keladigan nutq - tashqi nutq bo‘lib, u ijtimoiy hodisadir.
O‘qituvchi nutqining ta’sirchanligi nutqning asosiy sifatlaridan biri sanaladi va nutqdagi 
to‘g‘rilik va aniqlik, mantiqiylik va tozalik tinglovchiga ta’sir etish uchun yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Nutqning ta’sirchanligi deganda, asosan, o‘qituvchining og‘zaki nutq jarayoni nazarda tutiladi 
va o‘quvchilar tomonidan qabul qilinishida paydo bo‘ladigan ruhiy vaziyat e’tiborga olinadi. 
Ya’ni notiq-o‘qituvchi o‘quvchilarni hisobga olishi, ularning bilim darajasidan tortib, hatto yosh 
xususiyatlarigacha, nutq ijro etilayotgan paytdagi kayfiyatlarigacha kuzatib turishi, o‘z nutqining 
o‘quvchilar tomonidan qanday qabul qilinayotganini nazorat qilishi lozim. Professional bilimga 
ega bo‘lgan o‘qituvchilar jo‘n, sodda tilda gapirishlari maqsadga muvofiq emas, oddiy, yetarli 
darajada notiqlik ma’lumotiga ega bo‘lmagan yosh o‘qituvchilar ham ilmiy va rasmiy tilda 
gapirishga harakat qilishlari kerak emas. xullas, notiq-o‘qituvchidan vaziyatga qarab ish tutish 
talab qilinadi va ifodalamoqchi bo‘lgan har qanday fikrini to‘laligicha o‘quvchilarga yetkazishga 
harakat qilish vazifa qilib qo‘yiladi.
O‘qituvchining notiqlik texnikasi so‘zlarni aniq, to‘g‘ri, tiniq eshitilarli va tushunarli bayon 
qilishida namoyon bo‘ladi. To‘g‘ri va mukammal ovoz diksiyasiga ega bo‘lgan o‘qituvchi 
so‘zlarni ifodali bayon qiladi. Ifodali gapirishda til, lab, kichik tilcha, pastki jag‘ ishtirok etadi. 
O‘qituvchi ifodali gapirishi, so‘zlarni talaffuz qilishi uchun yuqoridagi organlarni doimo mashq 
qildirishi lozim. Shunday qilib, pedagogik texnikada nutq malakalari muhim ahamiyat kashf etar 
ekan, o‘qituvchi doimo gapirish tempi, ritmi, diksiyasi, ovoz kuchi, diapazoni, harakatchanligi 
ustida mashq qilishi zarur, ushbu jarayon alohida bir faslda ko‘rib chiqiladi.
O‘quvchilar tushuna oladigan tilda gapirish, ularni ishontira olish o‘qituvchi oldiga 
qo‘yiladigan asosiy shartlardan biri hisoblanadi. Buning uchun esa, o‘qituvchida yuqorida 
aytilganidek, mavzuni yaxshi bilishdan tashqari, uni bayon etishning aniq belgilangan rejasi 
bo‘lishi kerak. Nutqdagi fikrlarni birinchi va ikkinchi darajali tarzda tuzib, ularni o‘zaro bog‘lab, 
o‘quvchilarni avvalo nutq rejasi bilan tanishtirib, so‘zni boshlash lozim. vaqtni hisobga olish, 
notiqlik fazilatlaridan biridir. Chunki so‘zlash muddati oldin e’lon qilinib, shunga rioya qilinsa, 
agar iloji bo‘lsa, sal oldinroq tugatilsa, o‘quvchilar zerikishmaydi.
Nutqning ta’sirchanligi va ifodaliligi haqidagi gap ma’lum ma’noda nutq sifatlari haqida 
aytilgan gaplarga yakun yasashdir. Chunki yaxshi nutqning fazilatlarini ko‘rsatib o‘tish, 
nutqda uchraydigan ayrim tipik xatoliklarni tahlil qilish, pirovard natijada ta’sirchan bir nutqni 
shakllantirishga xizmat qiladi. Nutqdagi fikrlarni o‘quvchilarga mazmunli yetkazishning xilma-
xil yo‘llari va vositalari mavjud. ularni yordamchi vositalar deb ham atash mumkin. Masalan, 
yumor yoki biror hikoyatni olaylik. Nutqdagi uzluksiz ilmiy-ommabop fikr oqimi, uning bir 
maromda bayon qilinishi o‘quvchini ham, har qanday tinglovchini ham zeriktirib qo‘yishi 
mumkin. Shunday paytda, yumor, hikoyat, qiziqarli voqealar haqida gapirish o‘qituvchiga juda 
qo‘l keladi. Yumorning nutq mazmuniga mos holda keltirilishi yana ham yaxshidir. Shunday 


70

Download 2,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish