1) Ortotrop − to‘g‘ri urug‘kurtak. Mikropile urug‘kertimi va funikulyus bilan bir o‘qda joylashadi (toronguldoshlar).
2) Anatrop − aylangan urug‘kurtak. Urug‘kurtak 1800 ga qayrilgan, mikropile va urug‘ kertimi yonma-yon joylashadi (soyabonguldoshlar).
3) Gemitrop – yarim bukilgan urug‘kurtak. Nusellus integumentlar bilan urug‘o‘rni va funikulyusga nisbatan 900 ga qayrilgan (navruzguldoshlar).
4) Kampilotrop yoki bir tomonga bukilgan urug‘kurtak. Nusellus va integument bir tomonga qarab o‘sgan (burchoqdoshlarda).
5) Amfitrop yoki ikki tomonlama bukilgan urug‘kurtak. Nusellus taqa shaklida.
Integument (lat. integumentum – qoplam). Integument yopiq urug‘li o‘simliklar urug‘kurtagining tashqi qavati bo‘lib, u bitta yoki ikkita bo‘ladi. Ko‘pchilik oila vakillarining urug‘lariga ikkita integument xarakterli. Gultojbarglari qo‘shilmagan bir va ikki pallali o‘simliklarda ikkita, tojbarglari qo‘shilgan ikki pallali o‘simliklarda bitta integument uchraydi. Integumentlarning qisqarishi yoki yo‘q bo‘lishi ikkilamchi belgi hisoblanadi
Nusellus (lat. nucella − yong‘oqcha). Nusellus yoki yadro urug‘kurtakning rivojlanishida eng avval paydo bo‘lib, uning markazida joylashgan ko‘p hujayrali qism. Nusellus – morfologik tuzilishga ko‘ra megasporangiya hisoblanib, uning ichida murtak halta vujudga keladi.
13.Androtsey haqida tushuncha.
1.Androtsey haqida tushuncha
Guldagi changchilar to‘plami androtsey deyiladi. Changchilar gulda bittadan bir necha yuztagachan bo‘lishi mumkin. Changchilar – changchi ipidan va changdondan tashkil topgan. Changdon ikki qismdan iborat bo‘lib, bir-birlaridan bog‘lagich orqali ajratilgan. Bog‘lagich changchi ipining davomi bo‘lib hisoblanadi. Har bir bo‘lagi (teka) ikkita chang uyasidan tashkil topib, ichida mikrosporalar yetiladi. Chang ipi juda uzun va juda kalta bo‘lishi mumkin. Changdon chang ipiga harakatsiz yoki harakatchan birikishi mumkin (piyozguldoshlar, bug‘doydoshlar). Changdon boshlang‘ich fazalarida epiderma bilan qoplangan bir xildagi hujayralardan iborat bo‘ladi. Keyinroq epiderma tagida arxesporial to‘qima rivojlanadi. Arxesporial hujayralarning bo‘linishi natijasida birlamchi pariyetal hujayralarning tashqi qavati va mikrosporangiyaning sporogen hujayralarini ichki qavati paydo bo‘ladi. Pariyetal hujayralarning har tomonlama bo‘linishi natijasida mikrosporangiya devorining tarkibiga kiradigan 3-4 qatori paydo bo‘ladi. Sporogen hujayralar sporalarning ona hujayrasiga aylanadi yoki yanada ko‘proq bo‘lina boshlaydi. Changchining asosiy vazifasi mikrosporalar va chang donachalari hosil qilib, keyinchalik erkak gametofitni shakllantirishdir. U odatda chang ipi va changdondan iborat bo‘ladi. Changdon odatda 2 bo‘lakdan iborat bo‘lib, bir – biri bilan o‘tkazuvchi boylamlarning bog‘lovchisi yordamida birikadi. Androtsey
Changchilar gulda erkin yoki o‘zaro ko‘shilib, hatto boylamlar ham hosil qiladi. Ularda chang iplarining asoslari yoki changdonlari bilan qo‘shilib ketishi mumkin. Dukkakdoshlar oilasida chang iplarining odatda 9 tasi qo‘shilib bittasi erkin qoladi. Astradoshlarda ular changdonlari bilan qo‘shilib ketgan. Choyo‘tdoshlarda uch tutam yoki boylamlar hosil qiladi. Guldagi changchilar soni o‘simlik turlariga qarab bitgadan bir necha o‘ntagacha bo‘lishi mumkin. Masalan, tol gulida 2 ta, gulasapsarda 3 ta, dukkakdoshlarda 10 ta, ra’noguldoshlarda va gulxayridoshlarda ko‘p sonda bo‘ladi. Changchilar ipining uzunligi bilan ham farq qilishi mumkin. Karamdoshlarda 2 ta qisqa va 4 ta uzun changchilar bo‘ladi.
14.Mevalarning paydo bo’lishi va tuzilishi.
1. Mevalarning hosil bo‘lishi.
2. Apokarp,sinkarp,lizikarp,parakarp mevalarning tuzilishi.
Meva yopiq urug‘li o‘simliklar uchun xos bo‘lgan generativ a’zo hisoblanib, gulda urug‘lanish jarayonidan so‘ng uruhchi tugunchasi va gulning boshqa a’zolari ishtirokida rivojlanadi. Agarda gulda bir necha urug‘chi bo‘lsa, ular urug‘langanidan so‘ng ayrim mevalardan tashkil topgan to‘pmeva rivojlanadi. Mevalar shakli, ichki tuzilishi va gistologik xarakteriga ko‘ra nihoyatda xilma – xildir. Mevanining po‘sti yoki meva yonligi perikarp deb atalib, uni shartli ravishda uchta qavati ajratiladi: ichki endokarp, o‘rta mezokarp va tashqi ekzokarp. Ushbu qavatlar barcha mevalarda bir xil darajada rivojlanmagan.Meva ginetseydan shakillanadi lekin ko‘pchilik mevalarning hosil bo‘lishida boshqa organlar: kosacha burglar, gul oldi burglar, gul naychalari yoki uzak. Bunday hollarda gul hosil bo‘lishida boshqa organlar ishtirok etsa soxta meva deyiladi. Urug‘lanishdab song meva hosil bolishi roy beravermaydi. Ko‘p o‘simliklarni mevalari urug‘ hosil qilmasdan rivojlanadi. Bunday hodisa Partinikarpiy deyiladi. Bazi o‘simliklarda masalan yer yong‘og‘ida meva hosil boladi qachonki urug‘langan urug‘ kurtakli urug‘chi tuproqga kirganda. Mevalani klasifikasiya qilishdagi asosiy kriteriya meva devorining qatiqligi( quruqligi, yumshoqligi, etligi, rezavorligi), ikkinchi kriteriya bu mevalarning chochilishi yoki yetilish oldidan chochilmasligi.(Fahn va Werker,1972). Tugunchaning holatiga qarab,faqat urug‘chi mevabarglaridan, ya’ni ustki tugunchadan hosil bo‘lgan haqiqiy mevalar va ostki tugunchadan hosil bo‘lgan soxta mevalar farq qilinadi. Apokarp mevalar. Eng sodda tuzilishdagi meva turi bargak mevadir. Meva bir necha bargaklar yig‘indisidan tashkil topishi ham mumkin. Bunda murakkab bargak deb ataladigan meva turi kelib chiqadi. Senokarp mevalar. Sinkarp ko‘pbardan haqiqiy senokarp ko‘rinishidagi ko‘sak mevalar hosil bo‘lgan. Ko‘sak mevalarning evolyusiyasi jarayonida boshqa turdagi quruq ochiladigan va ochilmaydigan mevalar kelib chiqqan. Ulardan biri qo‘zoqdir. Agarda qo‘zoq mevaning bo‘yi enidan 1,5-2 marta oshmasa, uni qo‘zoqcha deb ataladi. Senokarp rezavor mevalar asosan yetilgan vaqtida etdor ho‘l meva yonligidan iborat bo‘ladi va ko‘pincha ko‘p urug‘ligi bilan xarakterlanadi. Rezavorsimon senokarp mevalarga pomeranets yoki gesperidiy ham kiradi. Ular rutadoshlarning sitrusdoshchalar kenja oilasi uchun xarakterlidir. To‘pmevalar. Ayrim gullardan hosil bo‘lgan bir necha mevabarglar o‘zaro qo‘shilib go‘yo bitta meva ko‘rinishida (tut, qand lavlagi, anjir, ananas va boshqalarda) to‘pmeva kelib chiqadi. To‘pmeva odatda bir – biri bilan juda yaqin joylashgan gullardan hosil bo‘lgan to‘pguldan rivojlanadi.
Meva po‘sti. Meva po‘sti tuguncha devorla ning kuchli o‘sishi va shaklini o‘zgarishi natijasida paydo bo‘ladi. Meva po‘stining tashqi qismi – ekzokarpiy, ichki qismi endokarpiy va ba’zi mevalarda o‘rta qismi yaxshi rivojlanib mezokarpiy deb ataladi. Bu uch qism danakli mevalarda yaxshi taraqqiy etgan: yupqa tashqarisidagi po‘sti – ekzokarpiy, eti – mezokarpiy, qattiq - endokarpiy, ho‘l mevalarda esa meva po‘sti yumshoq bo‘lganligidan qavatlarini aniqlab bo‘lmaydi.
15.Meva va urug’larning tarqalish usullari.
1. Meva va urug’larning tarqalishga moslanishlari.
O‘simlikda har qanday qismining tarqalishi uchun qulay tushuncha, ya’ni diaspora so‘zi ishlatiladi. Gulli o‘simliklarning nisbatan juda oz qismida diasporalarini qandaydir tashqi omillar ta’sirisiz tarqatadi. Bunday o‘simliklar avtoxorlar deb atalib, bu hodisaning o‘zi avtoxoriyadir. Aksincha ko‘pchilik gulli o‘simliklar diasporalarini shamol, suv, hayvon va inson yordamida tarqatadi. Bular alloxorlar hisoblanadi. Meva va urug‘lar tarqalishida qatnashadigan omillarga ko‘ra alloxoriya quyidagilarga ajratiladi : zooxoriya (hayvonlar yordamida), antropoxoriya (inson yordamida), anemoxoriya (shamol yordamida), gidroxoriya (suv yordamida).
Meva gulli o‘simliklarning ko‘payish organi bo‘lib, gul urug‘langandan keyin uning o‘zgarishidan hosil bo‘ladi. Mevaning asosiy vazifasi urug‘ hosil qilish, uni himoyalash va tarqatishdir.
Mevaning asosiy qismini ginetsey tashkil etadi. Lekin pastki tugunchaga ega bo‘lgan o‘simliklarda meva hosil bo‘lishida gul o‘rni va gul bandi ba’zida to‘pgullarning qismlari ham qatnashadi. Bunday mevalarni ba’zida yanglish soxta mevalar deyiladi. Meva gulning o‘zidan hosil bo‘lgan qismlarini saqlaydi, lekin gulning avvalgi tuzilishi meva hosil bo‘lganda o‘zgaradi.
Mevalarning turli tumanligi quyidagi belgilariga qarab aniqlanadi: o‘lchamiga, shakliga, rangiga, gul qo‘rg‘onining tuzilishiga, ochilish xillariga yoki tarqalishiga, tarqalish bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyatlariga (tuklanish, yopishqoqlik). Qovoqdoshlar oilasi vakillarining mevalari ham ostki parakap tipidagi qovoq mevadir. Qovoq meva qattiq ekzokarpiy va etdor mezokarpiydan iborat. Mevaning ichida yumshoq urug‘ o‘rni (plasenta) joylashgan. Ba’zi qovoqdoshlar mevalari pishib yetilganda ichidagi kuchli bosim ta’sirida mevasi ochilib, urug‘lari sochiladi (it qovun). Bug‘doydoshlarning mevasi ochilmaydigan bir urug‘li don meva, uning mevapo‘sti urug‘iga juda mustahkam yopishgan bo‘ladi. Ko‘pgina bug‘doydoshlarning mevalari qiltiqlari bilan birgalikda to‘kiladi. Ko‘pgina mevalarning gul qiltiqlarida turli o‘simtalar bo‘lib, urug‘larning tarqalishiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |