Foydalangan adabiyotlar ro’yxati:
«Toshkent» entsiklopediyasi. 2009 yil
7-MA’RUZA ZAMONAVIY NOSHIRLIK ISHI
8-MA’RUZA NOSHIRLIK ISHIGA OID DAVLAT HUJJATLARI
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi to’g’risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
Ushbu Nizom O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining (keyingi o’rinlarda — Agentlik) maqomi, vazifalari, funktsiyalari, vakolatlari va faoliyatining tashkiliy asoslarini, shuningdek rahbarlarining funktsional majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi.
2. Agentlik O’zbekiston Respublikasining axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash bo’yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi.
3. Agentlik o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
4. Agentlikning o’z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari axborot sohasida faoliyat olib boruvchi barcha davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va idoralar, xo’jalik sub’ektlari (keyingi o’rinlarda — davlat organlari va boshqa tashkilotlar) tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
5. Agentlik yuridik shaxs hisoblanadi, O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri va o’z nomi tushirilgan muhrga ega.
6. Agentlikning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:to’liq — O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, qisqacha — Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi;
b) rus tilida:to’liq — Agentstvo informatsii i massovo’x kommunikatsiy pri Administratsii Prezidenta Respubliki Uzbekistan, qisqacha — Agentstvo informatsii i massovix kommunikatsiy;
v)ingliz tilida:to’liq — Agency of Information and Mass Communications under the Administration of the President of the Republic of Uzbekistan, qisqacha — Agency of Information and Mass Communications.
7. Agentlik Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko’chasi, 30-uy manziliga joylashtiriladi.
2-bob. Agentlik tuzilmasi
Agentlik tizimiga quyidagilar kiradi:
Agentlikning markaziy apparati;
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmalari (keyingi o’rinlarda — hududiy boshqarmalar);«O`zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi;G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi;«O`qituvchi» matbaa uyi;Cho’lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi;«O’zbekiston milliy entsiklopediyasi» davlat ilmiy nashriyoti;«Ko’zi ojizlar bosmaxonasi» davlat korxonasi;Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy nashriyotlar;«O‘qituvchi» ilmiy-metodik nashriyot markazi;Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi;Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo’yicha markaz;Noshirlik-matbaa faoliyati sohasida mutaxassislar tayyorlash kasb-hunar kolleji;«O’zdavkitobsavdota’minoti» MChJ kitob mahsulotlarini tarqatish korxonasi;«Ma’muriy binolardan foydalanish boshqarmasi» davlat korxonasi.
Hududiy boshqarmalar Agentlikka hisob beradilar.
«O‘qituvchi» ilmiy-metodik nashriyot markazi, Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi va Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo’yicha markaz Agentlik direktoriga bo’ysunadi.
3-bob. Agentlik va hududiy boshqarmalarning vazifa va funktsiyalari
1-§. Agentlikning vazifa va funktsiyalari
Agentlikning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
fuqarolarning so’z va axborot erkinligiga doir konstitutsiyaviy huquqlarining ro’yobga chiqishini ta’minlash, mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy rivojlantirishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, media-bozorda ular uchun teng sharoitlar yaratish, shuningdek, jurnalistlar huquqlarini himoya qilish;
ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatining rivojlanishini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ta’minlash, shuningdek investitsiyalar jalb etish va davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida loyihalarni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish;
axborot sohasidagi qonun hujjatlarini qo’llash amaliyotini umumlashtirish, ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatining rivojlanishini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilgari surish va ishlab chiqish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarga ular faoliyatining ochiqligini ta’minlashda, davlat xizmatchilariga ommaviy axborot vositalari bilan ochiq, ommaviy o’zaro hamkorlik qilish madaniyatini singdirishda, shu jumladan, ularning matbuot xizmatlari (jamoatchilik bilan ishlash bo’yicha bo’linmalari) faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy jihatdan ta’minlash orqali ko’maklashish;
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlarni, investitsiyalar kiritish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun yaratilgan qulay sharoitlarni, avvalo xorijiy ishbilarmon doiralar, tadbirkorlar, salohiyatli investorlar, davlat va jamoat arboblari orasida targ’ib etish va keng xabardor qilish masalalarida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, O’zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bilan o’zaro hamkorlik qilish;
tarmoq korxonalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va mustahkamlash, shuningdek, zamonaviy standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimlari, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni joriy etish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
kitob nashr etish, elektron va audio kitoblar yaratish, kitob mutolaasi madaniyatini oshirish, xorijda o’zbek adabiyotini ommalashtirish sohasida dasturiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
jurnalistlar hamda ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona korxonalari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek tarmoqning muhandislik-texnik mutaxassislarini tayyorlashda ko’maklashish, ularning ijtimoiy va huquqiy himoyasini ta’minlash;
respublika axborot xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etish hamda axborot sohasidagi xatar va tahdidlarga qarshi o’z vaqtida va munosib ravishda kurashish choralarini ko’rish;
Agentlik vakolatiga taalluqli masalalar bo’yicha xalqaro hamkorlikni tashkil etish.
Agentlik zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq ravishda quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
fuqarolarning so’z va axborot erkinligiga doir konstitutsiyaviy huquqlarining ro’yobga chiqishini ta’minlash, mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy rivojlantirishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, media-bozorda ular uchun teng sharoitlar yaratish, shuningdek, jurnalistlar huquqlarini himoya qilish borasida:
O’zbekiston Respublikasi axborot sohasidagi yagona davlat siyosati asoslarini ishlab chiqadi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan tub ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarni hisobga olgan holda, uning o’rta va uzoq muddatga mo’ljallangan maqsadlarini, amalga oshirish bosqichlari, ustuvor yo’nalishlari va shakllarini belgilaydi;
axborot sohasidagi yagona davlat siyosatining ijrosini ta’minlaydi, davlat ommaviy axborot vositalarining ushbu yo’nalishdagi faoliyatini muvofiqlashtiradi, mass-media va Agentlik o’rtasida metodik hamkorlikni amalga oshiradi, O’zbekiston Respublikasining mamlakatda va xorijda nufuzini oshirishga qaratilgan siyosatni ilgari surishga ko’maklashadi;
qonunchilikda belgilangan tartibda va vakolatlar doirasida ommaviy axborot vositalari tahririyatlarining professional faoliyat chegarasidagi mustaqilligi va erkinligini ta’minlash, sohani rivojlantirish va modernizatsiya qilishning strategik masalalarini hal etish, shuningdek, jamiyat va davlat hayotini demokratlashtirish, ochiq fuqarolik jamiyatini barpo etishda ommaviy axborot vositalarining rolini oshirishni qonunchilik bilan o’rnatilgan tartib va chegarada amalga oshiradi;
ommaviy axborot erkinligini noqonuniy cheklash, tsenzura, shuningdek ommaviy axborot vositalarida, global Internet kompyuter tarmog’iga joylashtirilgan axborot resurslarida (ularning tarkibiy qismlarida) va bosma nashrlarda tarqatilishi taqiqlangan va (yoki) cheklangan axborotlarning tarqatilishiga yo’l qo’ymaslik yuzasidan qonunchilikda ko’zda tutilgan choralarni ko’radi;
mulkchilik shaklidan qat’i nazar ommaviy axborot vositalari uchun rasmiy ma’lumotlarni olishda teng huquqlarni ta’minlaydi;
axborot sohasida mavjud muammolarni muhokama qilish va tegishli qarorlarni ishlab chiqish uchun etakchi bosma va elektron ommaviy axborot vositalarining ta’sischilari va tahririyatlari, ommabop veb-resurslar va blogerlar bilan o’zaro manfaatli hamkorlikning barqaror mexanizmlarini yaratadi;
davlat va nodavlat tele(radio)kanallar bilan hamkorlikda alohida ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni ishlab chiqadi va ro’yobga chiqaradi, ushbu yo’nalishdagi bozor ishtirokchilari uchun teng sharoitlar yaratish bo’yicha choralar ko’radi;
elektron ommaviy axborot vositalarining auditoriyasini o’lchashni va bosma ommaviy axborot vositalarining adadini tahlil qilishni amalga oshiradi;
xorijiy davlatlar va kompaniyalarning teleko’rsatuvlari, radioeshittirishlarini O’zbekiston Respublikasi hududida tarqatish imkoniyatlarini va maqsadga muvofiqligini belgilaydi, hukumatlararo bitimlar va xalqaro shartnomalar tuzish bo’yicha takliflar kiritadi;
ichki jarayonga media-menejmentning zamonaviy usullarini, AKT-echimlarini, shuningdek samarali marketing ishlanmalarini joriy etish yo’li bilan davriy nashrlarning jozibadorligini oshirish, ularning moliyaviy holatini yaxshilash bo’yicha kompleks choralarni ishlab chiqadi;
ommaviy axborot vositalari tahririyatlarining huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilish, jurnalistning maqomini oshirish, media jamoatchilikning o’zini-o’zi boshqarishi mexanizmlarini ishlab chiqish, shuningdek jurnalistning umume’tirof etilgan milliy guvohnomasini joriy etishda ko’maklashadi;
yuridik va jismoniy shaxslarni ommaviy axborot vositalari orqali noxolis, ishonchsiz va normativ-huquqiy hujjatlar bilan taqiqlangan axborotlar tarqatilishidan himoya qilishda ko’maklashadi;
ommaviy axborot vositalari mahsulotlarini tarqatish sohasida sog’lom raqobatni rivojlantirish bo’yicha takliflarni ishlab chiqadi;
2) ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatining rivojini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash choralarini ishlab chiqish va ta’minlash, shuningdek investitsiyalarni jalb qilish va davlat-xususiy sheriklik shartlari asosidagi loyihalarni amalga oshirish uchun qulay sharoitlarni shakllantirish borasida:
markaziy va hududiy davlat ommaviy axborot vositalari (matbuot, televidenie, radio, elektron-OAV, axborot agentliklari), nashriyot-matbaa va axborot-kutubxona tuzilmalarining holatini baholash hamda rivojlantirish vaG’yoki maqbullashtirish bo’yicha kompleks harakatlar rejasini ishlab chiqish maqsadida ularning butun tarmoqlarini batafsil tahlil qiladi;
ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishga, noshirlik va matbaa faoliyati bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar va yakka tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
davlat ommaviy axborot vositalarining xorijdagi muxbirlik punktlari, byuro va boshqa vakolatxonalarini tashkil etish, jurnalistlarni akkreditatsiyadan o’tkazishda qonunchilikda belgilangan tartibda ko’maklashadi;
bosma va elektron ommaviy axborot vositalari sohasida ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni ishlab chiqish va tarqatish, shu jumladan Internet tarmog’ida ijtimoiy yoki ta’limiy ahamiyatga ega resurslar yaratish va ta’minlab turish bilan shug’ullanuvchi tashkilotlarning davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishini ta’minlaydi;
idoraviy bo’ysunuvidagi tashkilotlardagi matbaa uskunalarini yangilash, ularni modernizatsiya qilish, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish, shuningdek xalqaro tashkilotlarning kreditlaridan foydalanishda ko’maklashadi va ular bo’yicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqadi;
nashriyot-matbaa sohasida texnik tartibga solish, shuningdek texnik hujjatlashtirishning me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqadi, nashriyot-matbaa mahsulotlarini standartlashtirish, sertifikatlashtirish masalalarida metodik yordam ko’rsatadi;
ommaviy axborot vositalari, axborot almashish, nashriyot-matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasida ilmiy tadqiqotlarni joriy etish va qo’llab-quvvatlashda qatnashadi;
xorijiy davlatlarning ommaviy axborot vositalari, nashriyot-matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi tajribasini o’rganadi, kelgusida ularni tatbiq qilish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo’yicha ommaviy axborot vositalariga maslahat yordamini ko’rsatadi, ularning texnologik va mazmunan rivojlanishiga ko’maklashadi;
noshirlik faoliyatini litsenziyalash, ommaviy axborot vositalari va matbaa korxonalarini ro’yxatdan o’tkazish, shuningdek ularni, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shaklida rivojlantirish masalalarida tadbirkorlik sub’ektlariga axborot, tashkiliy, metodik va maslahat yordamini taqdim etadi;
intellektual mulk ob’ektlaridan noqonuniy foydalanishga qarshi kurashish bo’yicha choralar ko’radi, intellektual mulk sohasida qonunbuzarliklarni aniqlash va ularning oldini olish, respublika hududida kontrafakt mahsulotlar aylanishini bartaraf qilish borasida huquqni muhofaza qiluvchi, bojxona, soliq va boshqa davlat organlari bilan o’zaro hamkorlik qiladi;
ommaviy axborot vositalari va respublika axborot makonining boshqa ishtirokchilari tomonidan ommaviy axborot vositalari, nashriyot-matbaa faoliyati sohasidagi qonun hujjatlariga, litsenziya va ruxsatnoma talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan monitoringini amalga oshiradi;
O’zbekistonning televizion ko’rsatuvlari va radioeshittirishlarini tarqatish, shuningdek mamlakat axborot tizimlarini dunyo axborot tarmoqlariga integratsiyalash masalalari yuzasidan xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan o’tkaziladigan muzokaralarda qatnashadi;
noshirlik faoliyatini amalga oshirish shartlari va litsenziya talablarini ishlab chiqadi;
yuridik shaxslarga noshirlik faoliyatiga litsenziya berishni amalga oshiradi;
O’zbekiston Respublikasida ro’yxatdan o’tgan matbaa korxonalarining Yagona davlat reestrini yuritish tartibini o’rnatadi va uning yuritilishini ta’minlaydi;
noshirlik faoliyatiga litsenziya berish to’g’risidagi materiallarni ko’rib chiqish uchun ishchi guruhi tuzadi;
noshirlik faoliyatiga litsenziya berish, ushbu litsenziyani to’xtatib turish yoki tugatish, shuningdek, bekor qilish va qayta rasmiylashtirish yuzasidan qaror qabul qiladi;
litsenziya oluvchi tomonidan noshirlik faoliyati sohasida litsenziya talablari va shartlariga, shu jumladan kitob-daftar, matbaa va kantselyariya mahsulotlarini nashr etishda o’rnatilgan sifat standartlariga rioya etilishi ustidan tizimli nazorat olib boradi;
O’zbekiston Respublikasida faoliyat ko’rsatuvchi nashriyotlarning davlat reestrini yuritish tartibini o’rnatadi va uning yuritilishini ta’minlaydi;
ommaviy axborot vositalari va matbaa korxonalarini ro’yxatdan o’tkazadi;
O’zbekiston Respublikasida ro’yxatdan o’tkazilgan ommaviy axborot vositalarining yagona reestrini yuritish tartibini o’rnatadi va uning yuritilishini ta’minlaydi;
axborot siyosatini amalga oshirish bo’yicha O’zbekiston Respublikasining qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, shuningdek davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ba’zi hujjatlari loyihalarini o’z vakolatlari doirasida ishlab chiqadi, kelishadi va kiritadi;
axborot sohasini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash bo’yicha, shu jumladan ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirish choralarini samarali amalga oshirish uchun normativ-huquqiy bazani tizimli tahlil qiladi va uni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
o’z vazifalarini bajarishda Axborot muhitini rivojlantirish bo’yicha jamoatchilik kengashi faoliyati doirasida media-bozor ishtirokchilari, axborot sohasidagi nohukumat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari sohasidagi atoqli milliy va xorijiy mutaxassislar, jurnalistlar, blogerlar, boshqa mutaxassislar bilan hamkorlik qiladi;
3) axborot sohasidagi qonun hujjatlarini qo’llash amaliyotini umumlashtirish, ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatining rivojlanishini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilgari surish va ishlab chiqish borasida:
ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarning bajarilishi ustidan monitoringni ta’minlaydi;
matbaa sohasidagi so’nggi yutuqlar va xorijiy davlatlarning ilg’or tajribalarini inobatga olgan holda maktab darsliklari, o’quv qo’llanmalar va kitob-daftar mahsulotlarini bezatish va nashr qilish standartlari, texnik reglamentlari va sanitar me’yorlarini ishlab chiqadi;
ekspert jamoatchiligi bilan hamkorlikda ommaviy kommunikatsiyalar, matbuot, noshirlik, matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasini yaxshilashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish bo’yicha takliflarni ishlab chiqadi va O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga ko’rib chiqish uchun kiritadi.
4) davlat organlari va boshqa tashkilotlarga ular faoliyatining ochiqligini ta’minlashda, davlat xizmatchilariga ommaviy axborot vositalari bilan ochiq, ommaviy o’zaro hamkorlik qilish madaniyatini singdirishda, shu jumladan, ularning matbuot xizmatlari (jamoatchilik bilan ishlash bo’yicha bo’linmalari) faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy jihatdan ta’minlash orqali ko’maklashish borasida:
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning matbuot xizmatlari (jamoatchilik bilan ishlash bo’yicha bo’limlari) faoliyatini muvofiqlashtiradi va metodik ta’minlaydi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar matbuot xizmatlari o’zaro hamkorligining muvofiqlashtiruvchi mexanizmini Agentlik rahbarligi ostida shakllantirish, shu jumladan davlat tuzilmalari rahbarlarining mass-media bilan yaqindan hamkorlik qilishi amaliyotini joriy etish choralarini ishlab chiqadi va qabul qiladi;
zimmasiga yuklatilgan vazifalar sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida davlat organlari va boshqa tashkilotlar matbuot xizmatlarining maqomini mustahkamlash va ularning shtatlari sonini lozim darajagacha kengaytirish bo’yicha choralarni taklif qiladi;
vazirlik va idoralarning matbuot xizmatlari tomonidan sifatli axborot va tahliliy materiallarni tizimli va tezkor ravishda tayyorlash, olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini sodda tilda tushuntirish uchun ommaviy axborot vositalaridan keng foydalanish, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek O’zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalarini hamda xorijiy davlatlarning O’zbekistondagi diplomatik vakolatxonalarini materiallar bilan ta’minlash jarayonlarini muvofiqlashtiradi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar matbuot xizmati xodimlari tomonidan ommaviy axborot vositalari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlariga axborot taqdim qilishning zamonaviy kanallari va usullaridan foydalanish maqsadida etakchi mahalliy va xorijiy mutaxassislarni ta’lim treninglari va seminarlarni o’tkazish uchun jalb etgan holda ularning malakasini oshirish, ko’nikmalarini va ish uslubini yaxshilash masalalarini muvofiqlashtiradi;
mass-media bilan hamkorlik qilish uchun davlat organlari rahbarlarining salohiyatini va tayyorgarlik darajasini oshirish masalasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar harakatlarining uyg’unligi, muvofiqligi va tezkorligini ta’minlaydi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining ochiqlik darajasini, tadbirkorlik sub’ektlari va fuqarolarning ma’lumotlarni olish imkoniyatini tizimli tahlil qiladi, ularning samarali hamkorligini kuchaytirish choralarini belgilaydi;
milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari tomonidan muntazam asosda, shu jumladan tarmoq komplekslari, vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, mutaxassislar va tadbirkorlar ishtirokida olib borilayotgan islohotlarning dolzarb jihatlari, investitsiya loyihalariga bag’ishlangan brifinglar, matbuot anjumanlari, davra suhbatlarini o’tkazish amaliyotini keng joriy qilish uchun sharoitlar yaratadi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning axborot resurslari, shu jumladan mashhur ijtimoiy tarmoqlar va mobil ilovalar singari Internet tarmog’idagi veb-resurslarini rivojlantirish, ularning faoliyat sohasiga taalluqli matnli, foto-, audio-, video- va boshqa axborot materiallarining ma’lumotlar bankini shakllantirish va yuritishda ko’maklashadi;
ommaviy axborot vositalari orqali davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyati ustidan samarali jamoat nazoratini o’rnatish bo’yicha choralarni taklif etadi;
5) mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlarni, investitsiyalar kiritish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun yaratilgan qulay sharoitlarni, avvalo xorijiy ishbilarmon doiralar, tadbirkorlar, salohiyatli investorlar, davlat va jamoat arboblari orasida targ’ib etish va keng xabardor qilish masalalarida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, O’zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bilan o’zaro hamkorlik qilish borasida;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida va respublika mintaqalari kesimida ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlar, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi haqida jamoatchilik va xorijiy auditoriyani keng xabardor qilish bo’yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi;
bajariladigan ishlarning oyma-oy rejasi va jalb etilgan investitsiyalar hajmi, investitsiyalar jalb qilinayotgan sohalar, o’zlashtirilgan investitsiyalar ko’lami, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bosqichlari, loyihalarning eksport hajmini oshirishga, tarmoq yoki mintaqa rivojiga ta’siri, loyihalarni ro’yobga chiqarish kafolatlari, ularning raqobatda ustunliklari va boshqalarni o’z ichiga olgan tarmoq islohotlarining, amalga oshirilayotgan har bir investitsiya loyihasining asosiy parametrlari haqidagi batafsil va sifatli bezatilgan, jumladan xorijiy tillarga bexato tarjima qilingan ma’lumotlarni o’zida jamlagan Internet tarmog’idagi axborot resurslarini davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan tayyorlash bo’yicha ishlarning muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi;
manfaatdor vazirlik va idoralar, boshqa tashkilotlar bilan birgalikda va davlat hamda nodavlat ommaviy axborot vositalari, blogerlarni jalb etgan holda O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlar, investitsiya loyihalarining axborot ta’minoti bo’yicha turli dasturlarni ishlab chiqadi;
6) tarmoq korxonalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va mustahkamlash, shuningdek, zamonaviy standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimlari, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni joriy etish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish borasida:
har tomonlama tahlil asosida texnik-texnologik bazani yanada rivojlantirish, nashriyot va matbaa sektorining texnik reglamentlari va amaldagi narx shakllantirish standartlari (smetasi)ni, ushbu sohada standartlashtirish va sertifikatlashtirishni takomillashtirish bo’yicha takliflar va uslubiy tavsiyalar ishlab chiqadi;
idoraviy bo’ysunuvidagi tashkilotlarning amaldagi moddiy-texnik bazasini xatlovdan o’tkazadi va asoslantirilgan hisob-kitoblarga ko’ra uni takomillashtirish va modernizatsiya qilish bo’yicha takliflar kiritadi;
idoraviy bo’ysunuvidagi tashkilotlarga moliyaviy yuklamalarni kamaytirish uchun ularning ishlab chiqarish bo’limlariga ilg’or texnologik echimlarni joriy etish imkoniyatini, shu jumladan joylarga borib chuqur o’rganadi;
7) kitob nashr etish, elektron va audio kitoblar yaratish, kitob mutolaasi madaniyatini oshirish, xorijda o’zbek adabiyotini ommalashtirish borasida:
maktabgacha ta’lim, xalq ta’limi, oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimi uchun darsliklar va o’quv qo’llanmalari tayyorlash hamda nashr etilishini tashkil etishni ta’minlaydi;
jamiyatda mutolaa madaniyatini tizimli asosda ilgari surish va ushbu maqsadda, ayniqsa, yoshlar o’rtasida respublika tanlovlarini o’tkazish, o’sib kelayotgan avlodni intellektual va ma’nan etuk qilib tarbiyalashda kitobning o’rni va ahamiyatini oshirish bo’yicha takliflar tayyorlaydi;
elektron va audiokitoblarni ishlab chiqarish, ularni ommalashtirish bo’yicha ta’sirchan choralar ishlab chiqish, shuningdek ushbu mahsulotni maqbul narxlarda sotish mexanizmlarini yo’lga qo’yish borasidagi takliflarni tayyorlashda ishtirok etadi;
davlat organlariga qarashli kutubxonalar kitob fondini, shuningdek axborot-kutubxona muassasalarini ilmiy, entsiklopedik, badiiy adabiyotlar bilan tizimli ravishda boyitib borish bo’yicha takliflarni tayyorlaydi;
ijtimoiy ahamiyatga ega adabiyotlarni chiqarishga doir davlat maqsadli dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini nashr qilishga qaratilgan iqtisodiy-moliyaviy loyihalar tayyorlanishini tashkillashtiradi, ularni moliyalashtirish, shuningdek aholining ijtimoiy-siyosiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarga bo’lgan talabini qondirish tizimini yo’lga qo’yadi;
o’zbek adabiyotini targ’ib qilish, xalqaro bozorlarda milliy adabiyot va kitob mahsulotlarining nufuzini oshirishda ishtirok etadi;
milliy adabiyotimizning eng sara asarlarini chet tillarga tarjima qilish bo’yicha aniq mexanizmlarni ishlab chiqishni amalga oshiradi, chet el adabiyotini o’zbek tiliga tarjima qilishni tashkillashtiradi, ularni moliyalashtirish, sifatli chop etish va tarqatish tizimini yo’lga qo’yadi;
o’zbek tilida ilmiy-texnik, badiiy adabiyotlar, turli yo’nalishlardagi entsiklopediyalar va ma’lumotnomalarni, shu jumladan lotin yozuvida nashr etishni yanada kengaytirish bo’yicha aniq choralarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
yosh avlodning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi, madaniy va milliy qadriyatlarga zid, mazmunan sifatsiz kitoblar nashr qilinishining oldini oladi;
8) jurnalistlar hamda ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona korxonalari xodimlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek tarmoqning muhandislik-texnik mutaxassislarini tayyorlashda ko’maklashish, ularning ijtimoiy va huquqiy himoyasini ta’minlash borasida:
milliy mass-medianing kadrlari salohiyatini, ularning Markaziy Osiyo axborot makonidagi raqobatbardoshligini oshirish bo’yicha takliflarni ishlab chiqadi;
jurnalist kadrlarning salohiyatini oshirish bo’yicha faoliyatni tashkillashtiradi va muvofiqlashtiradi, ushbu maqsadlarda o’quv treninglari, seminarlar va boshqa tadbirlarni o’tkazish uchun etakchi mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etadi;
ommaviy axborot vositalari, nashriyot-matbaa va kutubxona faoliyati sohasi tashkilotlari uchun kadrlarni tayyorlash va taqsimlash masalalarida davlat boshqaruvi organlari, o’quv muassasalari bilan hamkorlik qiladi;
Agentlik tizimiga kiruvchi tashkilotlarning mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni ta’minlaydi;
Agentlik ishchilarini kasbiy attestatsiyadan o’tkazish tizimini rivojlantirishga ko’maklashadi, o’z xodimlarini kasbiy attestatsiyadan o’tkazadi;
ommaviy axborot vositalari, nashriyot-matbaa va kutubxona faoliyatiga oid me’yoriy-huquqiy va texnik hujjatlarni e’lon qiladi;
9) axborot xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etish hamda axborot sohasidagi xatar va tahdidlarga qarshi o’z vaqtida va munosib ravishda kurashish choralarini ko’rish borasida:
ommaviy axborot vositalari tomonidan ishlab chiqarish va nashr qilish, telekanal, radiokanal, teledastur va radiodasturlar namoyishi, shuningdek axborot-telekommunikatsiya tarmoqlari, jumladan Internet tarmog’i orqali axborot tarqatish jarayoniga bolalarni ularning sog’lig’iga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi ma’lumotlardan himoya qilish borasidagi O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining talablariga rioya etilishini monitoring qiladi;
fuqarolarning axborot tizimida mavjud bo’lgan shaxsiy sirlar va shaxsiy ma’lumotlar maxfiyligining saqlanishiga bo’lgan konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlashga ko’maklashadi;
aholini turli axborot tahdidlaridan samarali himoyalash maqsadida mamlakatda va xorijda ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi muhim voqealarni yoritish bo’yicha faoliyatni tashkillashtiradi va muvofiqlashtiradi;
mamlakatda ro’y berayotgan ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni faol va sifatli yoritish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, uning fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash masalalarida ommaviy axborot vositalariga ko’maklashadi;
O’zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosati haqida aholiga va dunyo jamoatchiligiga ishonchli ma’lumotni o’z vaqtida, sifatli va xolis etkazish uchun milliy ommaviy axborot vositalarining xalqaro axborot makonida qatnashishiga va o’z imkoniyatlarini kengaytirishiga yordam beradi;
10) Agentlik vakolatiga taalluqli masalalar bo’yicha xalqaro hamkorlikni tashkil etish borasida:
ommaviy axborot, noshirlik, matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasida tajriba almashish bo’yicha hamkorlikni yo’lga qo’yadi, ma’muriyatchilikning ushbu yo’nalishlardagi xalqaro tajribasidan foydalanadi;
mamlakatni so’z erkinligini ta’minlash nuqtai nazaridan baholovchi turli xalqaro reyting tuzilmalari bilan hamkorlik bo’yicha takliflarni ishlab chiqadi;
ommaviy axborot, noshirlik, matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasida O’zbekiston Respublikasi hududida bo’lib o’tadigan tanlovlar, ko’rgazmalar, anjumanlar, festivallar, konferentsiyalar va boshqa, shu jumladan xalqaro tadbirlarning tashkillashtirilishi va o’tkazilishini ta’minlaydi, ularni o’tkazish tartibini belgilaydi;
elektron kataloglar, kutubxonalar yaratish va ulardan ommaviy foydalanish imkoniyatlarini ochish bo’yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga ko’maklashadi;
O’zbekistonning xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlariga qo’shilishi yuzasidan o’zaro muvofiqlashgan siyosat, qoidalar va tartib-taomillarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
o’zbek adabiyotini xorijda ommalashtirishga qaratilgan xalqaro festival va bayramlarni tashkillashtirish masalalarida xalqaro va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi, mahalliy nashriyotlarga o’z mahsulotlarini xalqaro kitob bozorida ilgari surishga yordamlashadi;
ommaviy kommunikatsiyalar, noshirlik, matbaa, axborot-kutubxona faoliyati sohasida xalqaro hamkorlikni o’rnatilgan tartibda amalga oshiradi, o’z vakolati doirasida xorijiy davlatlarning tegishli organlari va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro shartnomalar tuzadi.
2-§. Agentlik hududiy boshqarmalarining vazifa va funktsiyalari
13. Agentlik hududiy boshqarmalarining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
ommaviy axborot vositalari, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyati, media-bozorning hududiy sohalari rivojlanish darajasini tizimli tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash;
mintaqaviy ommaviy axborot vositalari, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohalarining hududiy sub’ektlari salohiyatini yuksaltirish, mutolaa madaniyatini oshirish;
hududiy davlat organlari va boshqa tashkilotlarning matbuot xizmatlari (jamoatchilik bilan ishlash bo’limlari) faoliyatini tahlil qilish va uni rivojlantirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan ommaviy hamkorlikni yo’lga qo’yish doirasida ular faoliyatining ochiqligini ta’minlash;
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, investitsiyaviy imkoniyatlari, biznes yuritish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar to’g’risida, avvalo, xorijiy ishbilarmon doiralarni, salohiyatli investorlarni keng xabardor qilish bo’yicha hududiy davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlik qilish choralarini ishlab chiqish;
ommaviy kommunikatsiya, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasining hududiy sub’ektlariga aniqlangan qonunchilik talablari buzilishi yuzasidan, shu jumladan hududiy davlat organlari va boshqa tashkilotlarga o’z faoliyatining ochiqligini ta’minlash bo’yicha ogohlantirish, xulosa va ko’rsatmalar berish uchun takliflar kiritish;
faoliyatni ro’yxatga olish va litsenziyalash masalalarida hududiy ommaviy axborot vositalari, shuningdek nashriyot va matbaa korxonalarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
ommaviy axborot vositalari, nashriyot-matbaa va axborot-kutubxona sohasi xodimlarini tayyorlash, malakasini oshirish hamda ularning ijtimoiy va huquqiy jihatdan himoya qilinishini ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.
14. Agentlikning hududiy boshqarmalari zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
a) ommaviy axborot vositalari, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyati, media-bozorning hududiy sohalari rivojlanish darajasini tizimli tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash borasida:
hududiy ommaviy axborot vositalari (matbuot, televidenie, radio, elektron-OAV, axborot agentliklari), nashriyot, matbaa va axborot-kutubxona tuzilmalarining holatini baholash hamda rivojlantirish vaG’yoki maqbullashtirish bo’yicha kompleks harakatlar rejasini ishlab chiqish maqsadida ularni mufassal tahlil qiladi;
yoritish hamda hududiy davlat va nodavlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining muammolarini ko’rib chiqadi;
hududiy ommaviy axborot vositalari, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasi, hududiy media-bozorning holati bo’yicha Agentlik rahbariyatiga kiritish uchun tahliliy materiallar tayyorlaydi;
b) mintaqaviy ommaviy axborot vositalari, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohalarining hududiy sub’ektlari salohiyatini yuksaltirish, mutolaa madaniyatini oshirish borasida:
axborot sohasida mavjud muammolarni muhokama qilish va tegishli qarorlarni ishlab chiqish uchun etakchi bosma va elektron ommaviy axborot vositalarining ta’sischilari va tahririyatlari, ommabop veb-resurslar va blogerlar bilan o’zaro manfaatli hamkorlikning barqaror mexanizmlarini yaratadi;
hududiy davriy nashrlarning jozibadorligini oshirish, ularning moliyaviy holatini yaxshilash bo’yicha kompleks choralar ishlab chiqadi;
bosma va elektron ommaviy axborot vositalari sohasida ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni ishlab chiqish va tarqatish bilan shug’ullanayotgan tashkilotlarni qo’llab-quvvatlaydi;
bosma va elektron ommaviy axborot vositalari sohasida ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan loyihalarni ishlab chiquvchi va tarqatuvchi tashkilotlarga ko’maklashadi;
hududiy ommaviy axborot vositalari va ularning jurnalistlari huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini muhofaza qilish, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarni hududiy ommaviy axborot vositalari orqali noxolis, ishonchsiz va normativ-huquqiy hujjatlar bilan taqiqlangan axborotlar tarqatilishidan himoya qilishda ko’maklashadi;
ommaviy axborot vositalari mahsulotlarini tarqatish sohasida sog’lom raqobatni rivojlantirish bo’yicha takliflarni ishlab chiqadi;
noshirlik va matbaa faoliyati bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar va yakka tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
matbaa uskunalarini yangilash, ularni modernizatsiya qilish, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish bo’yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirishda qatnashadi;
nashriyot va matbaa sektorining matbaa mahsulotlarini standartlashtirish, sertifikatlashtirish masalalarida metodik yordam ko’rsatadi, hududiy ommaviy axborot vositalarini texnologik rivojlantirish va mazmunan boyitish bo’yicha maslahat va uslubiy yordam ko’rsatadi;
hududlarda mutolaa madaniyatini tizimli asosda ilgari surish va ushbu maqsadda, ayniqsa, yoshlar o’rtasida tanlovlar o’tkazish, o’sib kelayotgan avlodni intellektual va ma’nan etuk qilib tarbiyalashda kitobning o’rni va ahamiyatini oshirish bo’yicha takliflar tayyorlaydi;
hududiy davlat organlariga qarashli kutubxonalar kitob fondini, shuningdek axborot-kutubxona muassasalarini ilmiy, entsiklopedik, badiiy adabiyotlar bilan tizimli ravishda boyitib borish bo’yicha takliflarni tayyorlaydi;
yosh avlodning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi, madaniy va milliy qadriyatlarga zid, mazmunan sifatsiz kitoblar nashr qilinishining oldini oladi;
intellektual mulk sohasida qonunbuzarliklarni aniqlash va ularning oldini olish, respublika hududida kontrafakt mahsulotlar aylanishini bartaraf qilish borasida huquqni muhofaza qiluvchi, bojxona, soliq va boshqa davlat organlari bilan o’zaro hamkorlik qiladi;
v) hududiy davlat organlari va boshqa tashkilotlarning matbuot xizmatlari (jamoatchilik bilan ishlash bo’limlari) faoliyatini tahlil qilish va uni rivojlantirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan ommaviy hamkorlikni yo’lga qo’yish doirasida ular faoliyatining ochiqligini ta’minlash borasida:
hududiy davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining ochiqlik darajasini, tadbirkorlik sub’ektlari va fuqarolarning ma’lumotlarni olish imkoniyatini tizimli tahlil qiladi, ularning samarali hamkorligini kuchaytirish choralarini belgilaydi;
hududiy davlat organlari rahbarlarining mass-media bilan o’zaro hamkorlik qilishi uchun ularning salohiyati va tayyorgarlik darajasini oshirishda hududiy davlat tuzilmalari va ommaviy axborot vositalarining harakatlari muvofiqligi va tezkorligini ta’minlaydi;
mulkchilik shaklidan qat’i nazar, ommaviy axborot vositalariga rasmiy axborotlarni olishda teng huquqlar berilishini ta’minlaydi;
hududiy davlat tuzilmalari rahbarlari tomonidan milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari uchun brifinglar va matbuot anjumanlari o’tkazishni keng amaliyotga joriy etish uchun shart-sharoit yaratadi;
hududiy davlat organlari matbuot xizmatlari tomonidan sifatli axborot va tahliliy materiallarni tizimli va tezkor tayyorlash jarayonlarini, amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va investitsion loyihalarning mohiyati va mazmunini sodda tilda tushuntirish uchun ommaviy kommunikatsiyalarning turli kanallaridan keng foydalanish, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni mustahkamlashni nazorat qiladi;
hududiy axborot resurslarining rivojlanishi, shu jumladan, Internet tarmog’idagi veb-resurslar, ommabop ijtimoiy tarmoqlar va mobil ilovalar, hududiy davlat organlari faoliyati sohasiga aloqador matn, foto-, audio-, video- va boshqa axborot materiallarining ma’lumotlar bankini shakllantirish va yuritilishini nazorat qilishni ta’minlaydi;
hududiy davlat organlari matbuot xizmatlariga yuklangan axborot vazifalarini sifatli ta’minlash maqsadida ularning maqomini zarur darajada mustahkamlash va shtat birliklarini kengaytirish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi;
ommaviy axborot vositalari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlariga axborot taqdim etish usullari va zamonaviy kanallardan foydalanish maqsadida hududiy davlat organlari matbuot xizmatlari xodimlarining malakasini oshirish, ko’nikma va ish uslublarini yaxshilash masalalarini muvofiqlashtiradi;
«Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish va aholi, tadbirkorlik sub’ektlarining davlat axborot resurslariga va interaktiv xizmatlarga keng kirib borishini ta’minlash, shu jumladan, qishloq joylarda ro’yxatni kengaytirish va ularning sifatini yaxshilashda ishtirok etadi;
hududiy davlat organlari faoliyati ustidan ommaviy axborot vositalari orqali samarali jamoatchilik nazoratini o’rnatish bo’yicha chora-tadbirlarni taklif qiladi;
g) hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, ularning investitsion imkoniyatlari, biznes yuritish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar to’g’risida, avvalambor, xorijiy ishbilarmonlar doiralari, salohiyatli investorlarni keng xabardor qilish masalasida hududiy davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlik bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish sohasida:
respublika hududlari kesimida investitsion loyihalar, ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarning amalga oshirilishi haqida mahalliy va xorijiy auditoriyani keng miqyosda xabardor qilish bo’yicha hududiy davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
mutaxassislar va tadbirkorlar ishtirokida muntazam ravishda hududiy davlat tuzilmalari rahbarlari tomonidan mass-media uchun amalga oshirilayotgan islohotlar va investitsion loyihalarning muhim jihatlariga bag’ishlangan brifinglar hamda matbuot anjumanlar o’tkazib turilishini nazorat qiladi;
bajariladigan ishlarning oyma-oy rejasi va jalb etilgan investitsiyalar hajmi, investitsiyalar jalb qilinayotgan sohalar, o’zlashtirilgan investitsiyalar ko’lami, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bosqichlari, loyihalarning eksport hajmini oshirishga, tarmoq yoki mintaqa rivojiga ta’siri, loyihalarni ro’yobga chiqarish kafolatlari, ularning raqobatda ustunliklari va boshqalarni o’z ichiga olgan tarmoq islohotlarining, amalga oshirilayotgan har bir investitsiya loyihasining asosiy parametrlari haqidagi batafsil va sifatli bezatilgan, jumladan xorijiy tillarga bexato tarjima qilingan ma’lumotlarni o’zida jamlagan Internet tarmog’idagi axborot resurslarini davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan tayyorlash bo’yicha ishlarning muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi;
hududiy davlat organlari, boshqa tashkilotlar bilan birgalikda va davlat hamda nodavlat ommaviy axborot vositalari, blogerlarni jalb etgan holda hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar, investitsiya loyihalarining axborot ta’minoti bo’yicha turli dasturlarni ishlab chiqadi.
d) hududiy ommaviy axborot vositalari, bosma, nashriyot-matbaa va axborot-kutubxona sohasi faoliyati sub’ektlariga, shu jumladan hududiy davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining ochiqligini ta’minlash bo’yicha aniqlangan qonunchilik talablari buzilishi holatlari yuzasidan ogohlantirishlar, xulosalar va ko’rsatmalarni kiritish uchun takliflar tayyorlash sohasida:
hududiy ommaviy kommunikatsiyalar sub’ektlari, nashriyotlar, matbaa korxonalari faoliyatining qonunchilik normalariga muvofiqligi, litsenziyalash va ruxsat berish talablari va shartlariga amal qilishi bo’yicha doimiy monitoring olib boradi;
hududiy davlat organlari faoliyatining ochiqligi va jamoatchilik bilan aloqalarni ta’minlash bo’yicha monitoring va tahlilini amalga oshiradi;
davlat tashkilotlari ochiqligi to’g’risidagi qonunchilikni buzgan yoki lozim darajada bajarmayotgan hududiy davlat organlari va davlat ommaviy axborot vositalariga tavsiyalar, ogohlantirishlar, xulosalar va ko’rsatmalar berish bo’yicha takliflar kiritadi;
hududiy ommaviy axborot vositalari, nashriyotlar va matbaa korxonalari tomonidan tegishli qonunchilik talablari bajarilmagan holatlarda litsenziya va ro’yxatga olish to’g’risidagi guvohnomalarining amal qilishini vaqtinchalik to’xtatib turish bo’yicha takliflar kiritadi;
hududiy ommaviy axborot vositalari, nashriyotlar va matbaa korxonalari tomonidan tegishli qonunchilik talablari muntazam bajarilmagan taqdirda, ularning litsenziyalari va ro’yxatga olish to’g’risidagi guvohnomalarini bekor qilish to’g’risida o’rnatilgan tartibda ariza bilan sudga murojaat etish yuzasidan takliflar kiritadi;
e) hududiy ommaviy axborot vositalari faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, nashriyot va matbaa korxonalarini ro’yxatga olish va litsenziyalash masalalari sohasida:
tadbirkorlik sub’ektlariga noshirlik faoliyatini litsenziyalashtirish, ommaviy axborot vositalari va matbaa korxonalarini ro’yxatdan o’tkazish masalalari bo’yicha axborot, tashkiliy, metodik va maslahat ko’magini taqdim etadi;
tadbirkorlik sub’ektlariga noshirlik faoliyati uchun litsenziya olishda hamda ommaviy axborot vositalari va korxonalarni ro’yxatdan o’tkazishda zarur bo’lgan material va hujjatlarni tayyorlash va ularni uzatishda yordam beradi;
noshirlik faoliyati uchun litsenziya berish, mazkur litsenziyaning amal qilishini to’xtatish yoki tugatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish bo’yicha qaror qabul qilishda ishtirok etadi;
litsenziat tomonidan noshirlik yo’nalishi sohasida litsenziya talablari va shartlariga, shu jumladan kitob-daftar, matbaa va kantselyariya mahsulotlarini nashr etishda belgilangan sifat standartlariga rioya qilishi ustidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
O’zbekiston Respublikasida faoliyat yurituvchi nashriyotlarning Davlat reestrini olib borishda, O’zbekiston Respublikasida ro’yxatdan o’tgan ommaviy axborot vositalari yagona reestri, shuningdek, O’zbekiston Respublikasida ro’yxatdan o’tgan matbaa korxonalarining yagona davlat reestrini yuritishga ko’maklashadi;
j) ommaviy axborot vositalari, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasida xodimlarni tayyorlash, malakasini oshirish hamda ularni ijtimoiy va huquqiy jihatdan himoya qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish sohasida.
hududiy ommaviy axborot vositalari kadrlari salohiyatini, shuningdek, ularning raqobatbardoshligini oshirish bo’yicha takliflar ishlab chiqadi;
hududiy jurnalist kadrlar, nashriyot-matbaa korxonalari va axborot-kutubxona muassasalari xodimlarining salohiyatini oshirish bo’yicha faoliyatni tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi, shu maqsadlarda ta’lim treninglari, seminarlar va boshqa tadbirlarni o’tkazish uchun etakchi mutaxassislarni jalb qiladi;
ommaviy axborot vositalari, nashriyot-matbaa va kutubxona faoliyati sohasidagi tashkilotlar uchun kadrlarni tayyorlash va taqsimlash masalalarida hududiy davlat organlari, ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi;
ommaviy axborot vositalari, nashriyot-matbaa va kutubxona faoliyati sohasida normativ-huquqiy va texnik hujjatlarni e’lon qiladi.
15. Agentlikning hududiy boshqarmalari to’g’risidagi Nizomlar Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.
4-bob. Agentlikning huquq va majburiyatlari
1-§. Agentlikning huquq va majburiyatlari
16. Agentlik o’ziga yuklangan vazifa va funktsiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Agentlikning vakolatiga kiradigan masalalar bo’yicha davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
Agentlikka yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish bilan bog’liq normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari va boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish;
Agentlikning vakolatlariga kiradigan masalalarni hal qilish uchun davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlaridan va boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda ma’lumotlarni so’rash va olish;
davlat statistika organlaridan kerakli statistik ma’lumotlarni bepul asosda olish;
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo’yicha metodik materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish;
Agentlik faoliyatini amalga oshirish doirasida ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar o’tkazish uchun davlat buyurtmasiga muvofiq, loyihalarni saralash bo’yicha tanlovlar e’lon qilish va tanlov komissiyalarini tuzish;
ilmiy tadqiqotlarga yo’naltirilgan byudjetning moliyaviy resurslarini taqsimlashda ishtirok etish;
davlat va xo’jalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ommaviy kommunikatsiyalar, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasida davlat va hududiy dasturlar, loyiha va tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu masalalar bo’yicha takliflar kiritish;
aniqlangan qonun buzilish holatlari va Agentlik vakolatiga kiradigan boshqa masalalar bo’yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarga ogohlantirish, xulosa va ijro uchun majburiy bo’lgan taqdimnomalar kiritish;
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo’yicha davlat, xo’jalik boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, xo’jalik birlashmalari rahbarlari va mutaxassislarini jalb qilib, belgilangan tartibda yig’ilishlar o’tkazish;
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig’iga ko’ra, xalqaro tashkilotlarda mamlakat manfaatlarini ifoda etish hamda belgilangan tartibda va xalqaro huquq normalariga muvofiq, ommaviy kommunikatsiyalar, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyati bo’yicha bevosita yoki bo’ysunuvidagi tuzilmalari orqali boshqa davlatlarning vakolatli tashkilotlari, shuningdek ilmiy institutlari bilan hamkorlik to’g’risida shartnomalar tuzish;
ommaviy kommunikatsiyalar, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash, shuningdek, xodimlar malakasini oshirish maqsadida idoraviy ilmiy va o’quv markazlarini belgilangan tartibda tashkil etish;
ommaviy kommunikatsiyalar, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi vazifalarni yoritish uchun belgilangan tartibda nashr faoliyatini amalga oshirish, matbuot organlarini tashkil etish, axborot materiallari, davriy nashrlar va boshqa bosma mahsulotlarni ishlab chiqish va tarqatish;
Agentlik va idoraviy bo’ysunuvdagi tuzilmalarning davlat mulkini bir bo’linmadan boshqasiga o’zining tashkiliy tuzilmasi doirasida hamda bepul foydalanish huquqi bilan belgilangan tartibda topshirish;
binolarga xizmat ko’rsatish, asbob-uskunalar, xo’jalik jihozlari, avtotransport, aloqa vositalari, hisoblash, kompyuter va orgtexnikalarini saqlash va ulardan foydalanish, dasturiy ta’minotni xarid qilish uchun belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;
Agentlikka yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari, tahliliy institutlar, ilmiy-ta’lim muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali xodimlarini jalb qilish;
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo’yicha O’zbekiston Respublikasidagi xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda ish yozishmalarini olib borish, tadbirlarni tashkil etish, hadli bitimlar tuzish;
Agentlik va uning tizimidagi tarkibiy bo’linmalar va tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash bo’yicha chora-tadbirlar ko’rish;
Agentlikning ijtimoiy infratuzilmasini qonun hujjatlariga muvofiq tashkil qilish va takomillashtirish, Agentlik tizimi xodimlari mehnatini rag’batlantirish va mukofotlash yagona tizimini shakllantirish.
Agentlik qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.
17. Agentlik zimmasiga yuklangan vazifalarning samarali amalga oshirilishi uchun mas’uldir.
2-§. Agentlikning hududiy boshqarmalari huquq va majburiyatlari
18. Agentlikning hududiy boshqarmalari:
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo’limlari, shuningdek, boshqa tashkilotlardan o’z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni sifatli bajarish uchun zarur bo’lgan axborot materiallarini so’rab olish;
ommaviy kommunikatsiyalar, nashriyot-matbaa va axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish masalalarida davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari hududiy bo’limlari, shuningdek, boshqa tashkilotlarning faoliyatini takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar berish;
davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo’limlari hamda boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirokida majlislar o’tkazish;
axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish uchun davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo’limlari, shuningdek, ilmiy tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislarini jalb qilish huquqiga ega.
19. Agentlikning hududiy boshqarmalari:
qonun hujjatlari, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi raisi va uning o’rinbosarlarining topshiriqlari, shuningdek, hududiy boshqarmalarga yuklangan vazifa va funktsiyalarning o’z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan ta’sirchan nazoratni amalga oshirish;
respublikaning tegishli dasturlari va sohalarni rivojlantirish bo’yicha dasturlar bilan mustahkam o’zaro bog’liq holda hududlarning axborot, nashriyot-matbaa va axborot-kutubxona tarmoqlarini rivojlantirish dasturlarining belgilangan tartibda ishlab chiqilishini ta’minlash;
Agentlikka hududning ommaviy kommunikatsiyalari, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohalarining rivojlanishi tendentsiyalari, hududlarning axborot, nashriyot-matbaa va axborot-kutubxona tarmoqlarini rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishi yuzasidan ob’ektiv tahliliy ma’lumotlar taqdim etilishini ta’minlash.
5-bob. Agentlik rahbarlarining funktsional majburiyatlari
20. Yuklangan vazifalarga muvofiq, Agentlik va uning hududiy boshqarmalari rahbarlari zimmasiga quyidagi funktsional majburiyatlar yuklanadi:
a) Agentlik direktori:
Agentlik faoliyatining umumiy boshqaruvini yakkaboshchilik asosida amalga oshiradi va Agentlikka yuklangan vazifa va funktsiyalari bajarilishi uchun shaxsan javobgardir;
Agentlik faoliyatining alohida yo’nalishlari va uchastkalari, shuningdek, quyi tashkilotlarni boshqarish bo’yicha Agentlik tizimining direktor o’rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlari va shaxsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;
Agentlik faoliyati masalalari doirasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va me’yoriy-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ko’rib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, tayyorlangan hujjatlarning loyihalariga viza qo’yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilinganidan so’ng, ularning bajarilishi ustidan tizimli nazorat tashkil etilishini ta’minlaydi;
o’z vakolatlari doirasida Agentlik tizimi xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan buyruqlar chiqaradi va ko’rsatmalar beradi;
xodimlarning cheklangan soni doirasida Agentlik markaziy apparatining shtat jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
xodimlarning cheklangan soni doirasida Agentlikning markaziy apparati, Agentlikning hududiy boshqarmalari, shuningdek, idoraviy bo’ysunuvidagi tashkilotlarning tuzilmasiga o’zgartirishlar kiritadi;
markaziy apparatning tarkibiy bo’linmalari, Agentlikning idoraviy bo’ysunuvidagi tashkilotlar to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida»gi Qonuniga muvofiq, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish muddatlariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi;
qonun hujjatlariga muvofiq, boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi;
b) direktor o’rinbosari:
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli bo’linmalari bilan axborot, nashriyot-matbaa va axborot-kutubxona sohalarini rivojlantirish, ekspertizani tashkil qilish va me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli tayyorlash yuzasidan o’zaro hamkorlik qiladi;
Agentlik direktorining topshirig’iga binoan, axborot, nashriyot-matbaa va axborot-kutubxona sohalarini rivojlantirish bo’yicha ustuvor vazifalar va dasturlar bajarilishini muvofiqlashtiradi;
Agentlikning tasdiqlangan tuzilmasiga muvofiq, Agentlikning tegishli bo’linmalarini bevosita boshqarishni amalga oshiradi;
direktor o’rinbosarlari nomenklaturasiga kiradigan Agentlikning markaziy apparati boshliq va mutaxassis lavozimlariga nomzodlarni belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi;
direktor o’rinbosarlari nomenklaturasiga kiradigan tuzilmalarning tarkibiy bo’linmalari boshliqlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, rag’batlantirish va intizomiy jazo choralarini qo’llash yuzasidan takliflar kiritadi;
mutasaddi bo’linmalarida kadrlar zaxirasini shakllantirish bo’yicha tizimli asosda ishlarni tashkil qiladi.
v) Agentlik tarkibiy bo’linmasi boshlig’i:
tarkibiy bo’linmasining tasdiqlangan nizomi doirasida aniq yo’nalishlardagi vazifalarning sifatli va o’z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi;
mutasaddi axborot, nashriyot-matbaa va axborot-kutubxona sohalarining rivojlanish holatini sifatli baholab, ularning istiqbolda rivojlanishi bo’yicha Agentlik rahbariyatiga aniq takliflar va amalga oshirish mexanizmlarini kiritadi.
g) Agentlikning hududiy boshqarmasi boshlig’i:
yuklatilgan vazifa va funktsiyalarga muvofiq, Agentlikning hududiy boshqarmalari faoliyatini, shu jumladan, bo’lim boshliqlari va mutaxassislari ishini tashkil qiladi;
hududning axborot, nashriyot-matbaa va axborot-kutubxona sohalari rivojlanishi holatini sifatli baholaydi va Agentlik rahbariyatiga ularning istiqboldagi rivojlanishi yuzasidan aniq takliflar va amalga oshirish mexanizmlarini kiritadi;
belgilangan tartibda boshqa funktsiyalarni amalga oshiradi.
6-bob. Agentlik rahbarlarining mas’uliyati
21. Agentlik Direktori:
ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlarida o’ziga yuklatilgan vazifalarni sifatli va o’z vaqtida bajarish, shuningdek, Agentlik faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlar ko’rilishi;
mamlakatda va hududlarda amalga oshirilayotgan dasturlar, strategiyalar va kontseptsiyalar natijalariga erishish, ularning ommaviy kommunikatsiyalar, nashriyot-matbaa va axborot-kutubxona sohasiga ta’sir qilishi;
Agentlik, uning tarkibiy va hududiy bo’linmalarida ijro intizomiga qat’iy rioya qilinishi uchun mas’uldir.
22. Direktor o’rinbosarlari:
tegishli yo’nalishlar bo’yicha bajariladigan topshiriqlarning samaradorligi va o’z vaqtida ijro etilishi uchun;
mutasaddi ommaviy kommunikatsiyalar, matbuot, nashriyot-matbaa va axborot-kutubxona sohalari barqaror rivojlanishini ta’minlash bo’yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi va samaradorligi uchun mas’uldir.
23. Agentlikning hududiy boshqarmalari boshliqlari:
qonun hujjatlari, Agentlik rahbarlarining topshiriqlari, shuningdek, yuklatilgan vazifa va funktsiyalarning o’z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan ta’sirchan nazoratni amalga oshirish;
tegishli respublika dasturlari va sohalarni rivojlantirish dasturlariga uzviy bog’liq holda hududlarning ommaviy kommunikatsiyalar, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirish dasturlari belgilangan tartibda ishlab chiqilishini ta’minlash;
Agentlikka hududlarning ommaviy kommunikatsiyalar, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohalari rivojlanishi tendentsiyalari to’g’risida ob’ektiv tahliliy axborotlarni o’z vaqtida taqdim etish;
amalga oshirilgan hududiy dasturlarning hududlarning ommaviy kommunikatsiyalar, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatiga bo’lgan ta’sirining samaradorligi;
hududlarning ommaviy kommunikatsiyalar, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirish bo’yicha belgilangan vazifalarning sifatli va o’z vaqtida bajarilishini ta’minlash uchun mas’uldirlar.
7-bob. Agentlik faoliyatini tashkil qilish
1-§. Agentlik rahbariyati
24. Agentlikka O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor boshchilik qiladi.
Direktor O’zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan uch nafar o’rinbosarlari, shu jumladan birinchi o’rinbosariga ega.
25. Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo’linmalari boshliqlari, Agentlikning hududiy boshqarmalari boshliqlari, «O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi, G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, Cho’lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, «O‘qituvchi» matbaa uyi, «O’zbekiston milliy entsiklopediyasi» davlat ilmiy nashriyoti, «Ko’zi ojizlar bosmaxonasi» davlat korxonasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy nashriyotlar, «O‘qituvchi» ilmiy-metodik nashriyot markazi, Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi, Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo’yicha markaz, Nashriyot-matbaa faoliyati sohasida mutaxassislar tayyorlash kasb-hunar kolleji, kitob mahsulotlarini tarqatish bo’yicha «O’zdavkitobsavdota’minoti» MChJ korxonalari hamda Agentlikning «Ma’muriy binolardan foydalanish boshqarmasi» davlat korxonasi direktorlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish Agentlik direktori tomonidan amalga oshiriladi.
2-§. Agentlik markaziy apparati tarkibiy bo’linmalarining hududiy boshqarmalar bilan o’zaro hamkorligi tartibi
26. Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo’linmalari quyidagi masalalar bo’yicha Agentlikning hududiy boshqarmalari bilan o’zaro hamkorlik qiladi:
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining rahbari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va Agentlik rahbariyati topshiriqlarini o’z vaqtida bajarish, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlarining so’rovnomalari, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari o’z vaqtida ko’rib chiqilishini ta’minlash;
Agentlik hududiy boshqarmalarining, sohaviy rivojlantirish dasturlari bilan o’zaro uyg’unlikda, hududiy ommaviy kommunikatsiyalar, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish bo’yicha davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari bilan o’zaro hamkorligini ta’minlash;
Agentlik hududiy boshqarmalarining axborot sohasidagi xavf-xatarlar va tahdidlarga qarshi kurashish, jamiyatda mutolaa madaniyatini oshirish, respublika hududlarining iqtisodiy va investitsion salohiyatini targ’ib qilish, davlat organlari matbuot xizmatlarining ommaviy axborot vositalari bilan maqbul hamkorligi hamda ommaviy kommunikatsiyalar, nashriyot-matbaa va axborot-kutubxona sohalarini boshqarish bo’yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
O’zbekistonning axborot sohasidagi muhiti hamda hududlar kesimida uning asosiy ko’rsatkichlari dinamikasi, hududlarning ommaviy kommunikatsiyalar, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatini kompleks rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish doirasidagi loyihalar hamda chora-tadbirlarni o’z vaqtida va sifatli bajarishga to’sqinlik qilayotgan tizimli muammoli masalalarni aniqlash maqsadida tizimli monitoringini amalga oshirish, tizimli muammoli masalalarni hal etish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;
davlat hokimiyati organlari tomonidan ko’rib chiqish va viza qo’yish uchun kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ekspertizadan o’tkazish va ishlab chiqish, ular bo’yicha xulosalar tayyorlash;
Agentlikning hududiy bo’linmalari faoliyati samaradorligini tahlil qilish va baholash;
respublika hududlarida ommaviy kommunikatsiyalar, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona sohalari faoliyati rivojlanishining darajasini baholash mezonlari tizimini ishlab chiqish va joriy etish.
3-§. Agentlikning davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan o’zaro hamkorligi tartibi
27. Agentlik davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik sohasida:
Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo’yicha davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda Agentlikning hududiy boshqarmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Agentlikning vakolatiga taalluqli masalalar bo’yicha belgilangan tartibda takliflarni tayyorlash va kiritishda ishtirok etadi;
hududiy ommaviy kommunikatsiyalar, nashriyot-matbaa, axborot-kutubxona sohalari rivojlanishidagi muammolarni bartaraf etish, shuningdek, Agentlikning vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar bo’yicha davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari hamda viloyatlar, tuman (shaharlar) hokimliklari bilan hamkorlik qiladi.
4-§. Agentlikning hay’ati, boshqa maslahat, konsultativ ekspert organlari
28. Agentlikda direktor (hay’at raisi), direktorning birinchi o’rinbosari, direktor o’rinbosarlari, shuningdek, Agentlik faoliyatining asosiy yo’nalishlarini muvofiqlashtiruvchi Agentlikning tarkibiy bo’linmalari rahbarlaridan iborat Hay’at shakllantiriladi.
Hay’at:
mazkur Nizomda belgilangan Agentlik faoliyatining asosiy yo’nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining aniq vazifalari va topshiriqlari sifatli bajarilishini tashkil etish;
Agentlikning boshqa davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o’zaro hamkorligini ta’minlash;
qo’shimcha chora-tadbirlarni qabul qilib hamda ularning samaradorligini oshirish bo’yicha tuzatishlar kiritib, ommaviy kommunikatsiya, nashriyot-matbaa va axborot-kutubxona sohalarini rivojlantirish dasturlari, strategiyalari va kontseptsiyalari amalga oshirilishining natijadorligini baholash;
Agentlik nomenklaturasiga kiritilgan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joylashtirish, tayyorlash va qayta tayyorlash bilan bog’liq masalalarni ko’rib chiqadi.
Agentlik Hay’ati Agentlikning vakolatiga kiruvchi boshqa masalalarni ham ko’rib chiqish huquqiga ega.
Hay’at yig’ilishlariga davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari taklif etiladi.
Hay’at yig’ilishi, Hay’at tarkibining yarmidan ko’prog’i hozir bo’lganida, vakolatga ega. Qarorlar oddiy ko’pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hay’at qarorlari Agentlik direktorining buyruqlari va Hay’at bayonnomalari bilan amalga oshiriladi. Agentlik direktori va hay’at a’zolari o’rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelganida, Agentlik direktori mustaqil ravishda qaror qabul qiladi.
Hay’at faoliyatining tartibi Hay’at tomonidan tasdiqlanadigan reglamenti bilan belgilanadi.
29. Agentlik qoshida direktorning birinchi o’rinbosari (Kengash raisi), Agentlik faoliyatining asosiy yo’nalishlarini muvofiqlashtiruvchi Agentlikning alohida tarkibiy bo’linmalari rahbarlari va mutaxassislari, shuningdek, ommaviy kommunikatsiyalar, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohalari sub’ektlarining vakillari ishtirokida axborot muhitini rivojlantirish bo’yicha Jamoatchilik kengashi tashkil etiladi.
Jamoatchilik kengashi soni, shaxsiy tarkibi va nizomi Agentlik direktorining buyrug’i bilan tasdiqlanadi.
Jamoatchilik kengashi majlisida qabul qilingan qaror asosida Kengash raisiga Kengashning shaxsiy tarkibiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish huquqi beriladi.
Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
davlat organlari va ommaviy axborot vositalari o’rtasida yaqin hamkorlikni o’rnatish, axborot sohasini yanada rivojlantirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;
jurnalistning maqomini oshirish, davriy nashrlarning moliyaviy holatini yaxshilash hamda ommaviy kommunikatsiyalar sohasi sub’ektlarining yanada rivojlanishiga to’sqinlik qilayotgan muammoli masalalarni muhokama qilish;
axborot sohasini rivojlantirishga yo’naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarning amalda ro’yobga chiqarish mexanizmlari, so’z va axborot erkinligini himoya qilishning huquqiy mexanizmlarini yanada mustahkamlash, davlat organlari faoliyatining shaffofligini ta’minlashda byurokratik to’siqlarni bartaraf etish hamda davlat tuzilmalari tomonidan ommaviy axborot vositalari faoliyatiga asossiz aralashuvlarni kamaytirish, mass-media mahsulotlarini tarqatish sohasida axborot xavfsizligi va sog’lom raqobatni rivojlantirish tizimini takomillashtirishni tanqidiy ko’rib chiqish;
qonunchilik bazasini, shu jumladan Agentlikka ko’rib chiqish uchun kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va muhokama qilish yo’li bilan takomillashtirishda ishtirok etish.
8-bob. Agentlik faoliyati samaradorligini baholash mezonlari
30. Quyidagilar:
Agentlik direktori, direktorning birinchi o’rinbosari, direktor o’rinbosarlari, hududiy boshqarmalari boshliqlari faoliyati samaradorligini baholash O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan tasdiqlanadigan faoliyat samaradorligini baholashning integratsiyalashgan ko’rsatkichlari asosida amalga oshiriladi;
Agentlikning boshqarma va bo’lim boshliqlari, shuningdek markaziy apparat, Agentlikning hududiy boshqarmalari xodimlari, quyi tashkilotlarning rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligini baholash Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadigan faoliyat samaradorligini baholash ko’rsatkichlari asosida amalga oshiriladi.
9-bob. Agentlik faoliyatini moliyalashtirish va xodimlarini moddiy rag’batlantirish
31. Agentlik faoliyatini moliyalashtirish va xodimlarini moddiy rag’batlantirish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
32. Agentlik xodimlarining ish haqi qonunchilikda nazarda tutilgan lavozim maoshi, mukofotlar, qo’shimchalar, ustamalar va rag’batlantiruvchi to’lovlardan tashkil topadi.
Agentlikning markaziy apparati xodimlariga uzoq muddat xizmat qilgani uchun har oyda quyidagi miqdorda ustama haq to’lanadi (rag’batlantirish koeffitsientini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga nisbatan koeffitsient hisobida):
1 yildan 3 yilgacha — 0,3;
3 yildan 5 yilgacha — 0,6;
5 yildan 10 yilgacha — 0,8;
10 yildan 15 yilgacha — 1,0;
15 yildan 20 yilgacha — 1,2;
20 yildan ortiq — 1,5.
Uzoq muddat xizmat qilgani uchun haq olish huquqini beruvchi ish staji, Agentlik tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq hisoblab chiqiladi.
33. Agentlik va uning hududiy boshqarmalari xodimlariga ish haqini to’lash hamda ularni moddiy rag’batlantirishni amalga oshirish manbalari etib mehnat haqi fondi, O’zbekiston Respublikasining axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarini rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash jamg’armasi, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasining axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarini rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash jamg’armasi mablag’lari:
Agentlikka idoraviy mansub nashriyotlar va matbaa korxonalarining mahsulotlarini sotishdan tushadigan sof tushumning 10 foizi miqdoridagi shartnoma asosidagi ajratmalar;
O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan 20 milliard so’m miqdorida bir yo’la ajratiladigan mablag’lar;
Agentlik tomonidan ruxsatnoma tusidagi hujjatlar berganlik uchun davlat boji to’lashdan tushadigan mablag’lar;
jismoniy va yuridik shaxslar, jumladan, O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga shakllantiriladi.
O’zbekiston Respublikasining axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarini rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash jamg’armasi to’g’risidagi nizom Agentlik tomonidan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda tasdiqlanadi.
10-bob. Agentlikning hisobotlari
34. Agentlik O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan o’zaro hamkorlik doirasida:
o’ziga yuklangan vazifa va funktsiyalarni bajarish bilan bog’liq normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda kiritadi;
davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda davlat axborot siyosatini amalga oshirish muammolarini hal etish, ommaviy kommunikatsiyalar, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasida davlat boshqaruvini maqbullashtirishga yo’naltirilgan takliflar, tavsiyalar va tahliliy materiallarni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taqdim etish uchun tayyorlanishini ta’minlaydi;
ommaviy kommunikatsiyalar, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi loyihalarni tayyorlash, joriy etish va samaradorligini baholash bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ularning samaradorligini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklikni joriy etish yo’li bilan oshirish bo’yicha aniq takliflar kiritadi;
muntazam ravishda ommaviy kommunikatsiyalar, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi eng muhim yo’nalishlar hamda vazifalarning amaldagi ijrosi hamda mazkur sohalarda mavjud tizimli muammolar va kamchiliklarni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli bo’linmalari rahbarlari tomonidan ko’rib chiqilishini tashkil qiladi;
belgilangan tartibda boshqa funktsiyalarni amalga oshiradi.
35. Agentlik, Agentlikning hududiy boshqarmalari hamda tegishli davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining ma’lumotlarini har tomonlama chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga mamlakatning ommaviy kommunikatsiyalar, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohalarini rivojlantirishda erishilgan natijalar to’g’risida har chorakda tahliliy materiallar kiritadi.
36. Agentlik har chorak yakunlari bo’yicha o’zining veb-saytida tegishli hisobot davrida mamlakatning ommaviy kommunikatsiyalari, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohalari rivojlanishi natijalari haqida matbuot uchun axborot (press-reliz) e’lon qilinishini amalga oshiradi.
37. Agentlikning hududiy boshqarmalari har chorakda davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo’linmalari axborotlarini chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida Agentlikka yagona davlat axborot siyosatini amalga oshirish, mamlakat hududlarida ommaviy kommunikatsiyalar, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohalarini rivojlantirish, shuningdek aniqlangan muammolar hamda ularni bartaraf etish bo’yicha asoslangan takliflar bilan birgalikda umumlashtirilgan tahliliy ma’lumot kiritadi.
11-bob. Yakuniy qoidalar
38. Agentlikni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. https:G’G’aoka.uzG’agencyG’provisions
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
Do'stlaringiz bilan baham: |