«noshirlik asoslari» fanidan o`quv-uslubiy majmua (1-kurslar uchun) Samarqand – 2021 annotatsiya


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV



Download 1,37 Mb.
bet15/26
Sana25.01.2023
Hajmi1,37 Mb.
#902226
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
Bog'liq
8ee1e88e2cee1b3d8e4e94dc9eb73d8e NOSHIRLIK ASOSLARI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 16-mart,
PQ-4640-son


9-MA’RUZA NOSHIRLIK ISHI- ISHLAB CHIQARISHNING MAXSUS SOHASI SIFATIDA
Zamonamizjamiyatniaxborotlashtirishningyuqoridarajasibilanhamo‘zigaxosdir. Axborot texnologiyalari hayotimizning barcha sohalari qatorida ta’lim jarayoniga ham keng joriy etilib borilmoqda. Oliy ta’lim jarayoniga axborot texnologiyalarining joriy etilishi yangi innovatsion vositalardan foydalanish imkonini beradi. Bu esa yangi imkoniyat hamda jarayonlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Ta’lim jarayonini axborotlashtirish — bu ta’lim jarayonlarini rivojlantirishning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, ta’lim sifatining oshishida namoyon bo‘ladi hamda talabalarda ta’lim olishga intilishlarining kuchayishi va rivojlanishiga xizmat qiladi. Axborot texnologiyalari tushunchasi mazmun-mohiyati bilan: «Turli predmet, obyektlar va hodisalar haqida axborot to‘plash, qayta ishlash, tahlil qilish, saqlash, tarqatish hamda foydalanish uchun yangi zamonaviy usul va mexanizmdir».
Zamonaviy ta’lim yuqori darajada axborotga boyligi bilan ajralib turadi. Oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanishning dolzarbligi aynan shu jihatga asoslangan. Ta’limda yangi o‘qitish usullaridan foydalanish zarurati ajoyib imkoniyatlarni taqdim etuvchi elektron nashrlar yaratilishiga sabab bo‘ldi. Elektron darslik o‘zida nazariy axborot va amaliy topshiriqlarni, foto va audiomateriallarini jamlaydi. Elektron darslik — bu talabalarda o‘zlashtirishi uchun hamda ko‘nikma va malakalar orttirishida zarur bo‘lgan bilimlar bayon etilgan o‘quv nashrini elektron shaklda taqdim etuvchi, tuzilmaviy hamda tizimli materialga ega bo‘lgan vositadir. Unda o‘quv materiali mantiqiy bayon etilishi, yuqori darajada texnik jihozlanishi hamda badiiy jihatdan bezatilganligi bilan o‘ziga xosdir. Elektron darslik qog‘ozli darslikka nisbatan quyidagi qator afzalliklarga ega:

  • foydalanishda oddiyligi va qulayligi;

  • elektron darslik resurslarini yangilab borish imkoniyatining mavjudligi;

  • ta’lim jarayonini avtomatlashtirish va ta’lim xizmatlarini taqdim etish tezligini oshirish;

  • axborotlarning to‘liqligidan iborat.

Ta’limda elektron darslik kabi innovatsion texnologiyadan foydalanish, elektron darslikning ta’lim jarayonida tutgan o‘rni, elektron darslik yangi axborot texnologiyalari vositasi sifatidagi mavzularda quyidagi olimlar: A. A. Kuznetsov, A. A. Grechixin, T. M. Lepsova, E. S. Polat, V. A. Vul, V. M. Gasov, A. M. Siganenko, V. N. Ageyev, M. M. Subbotin, Yu. M. Sivenkov, E. Yu. Semenov va boshqalar (Chervyakova Ya. I., Chibisova O. V. Elektron darslik yangi axborot texnologiyalari vositasi sifatidaG’G’Eksperimental ta’lim xalqaro jurnali — 2010. 4-son) ilmiy izlanishlar olib borganlar.
Elektrondarslikyaratisho‘quvmaterialiniyanadachuqurlashtiribo‘rganishvaunikelgusidaamaliyfaoliyatdaqo‘llashzaruratibilanbog‘liq. Elektrondarslikustidao‘qituvchibilanhamkorlikdaishlashtalabalargamustaqilishlashvao‘zininamoyonetish, tashkilotchilikqobiliyatinitarbiyalashgayordamberadi, talabagabo‘lajakmutaxassislikbo‘yichasalohiyatlishaxsbo‘lishigaimkonberadi. Butalabalarshaxsinitakomillashtirish, ijodiytafakkurivaqobiliyatinishakllantirishnita’minlovchioptimalsharoityaratadi. Axborotjamiyatisharoitlaridata’limsohasidarivojlanishningzamonaviyodimlari, masalan, talabalarmustaqilishlarisoniningo‘sibborishi, innovatsiontexnologiyalardanfoydalanishtalabalardanmuntazamravishda, bilimlarisifativadarajasinioshirishnitalabetadi. Ta’limjarayoniuchuno‘quvmaterialinitalabalarishtirokidatayyorlash — talabalarningilmiyfaoliyatiningboshlang‘ichbosqichidaularningtashabbuskorligivamustaqilligini, o‘zbilimidoirasinikengaytirishdamas’uliyatliliginioshirish, ilmiyizlanishko‘nikmahamdamalakalarinishakllantirishyo‘lidagiyordamberuvchimuhimbosqichbo‘libhisoblanadi. Yuqoridagilardankelibchiqib, o‘zoldimizgatalabalarishtirokidanamunaviyelektrondarslikyaratishloyihasiniamalgaoshirishvazifasiniqo‘ydik.
Elektron darslik ustida olib boriladigan ishlar bir necha bosqichdan iborat. Birinchi navbatda, uning rejasini tuzish masalasi turadi, unda talabalar mutaxassisligining o‘ziga xosligi nazarda tutiladi. Reja quyidagilardan iborat bo‘lishi shart:

  • loyiha asosida maqsad va vazifalarni belgilash;

  • axborot manbalarini aniqlash;

  • amalga oshirish muddatlarini belgilash.

Loyihani amalga oshirishdan maqsad — talabalar seminar, sinov va imtihonlarga tayyorlanishida foydalanadigan qulay elektron ko‘rinishda o‘quv qo‘llanmasini yaratishdan iborat. Maqsad quyidagi vazifalar bilan yanada aniqlashtiriladi: talabalar lug‘at boyligini oshirish; dunyoqarashni kengaytirish; kommunikatsion malakalarni rivojlantirish; kasbiy-mutaxassislik bilimlari darajasini oshirish va boshqalar. Elektron darslikni ishlab chiqish va nashr etishda asosiy bosqich turli manbalardan axborotlarni yig‘ish va tahlil qilish bo‘lib hisoblanadi. Darslikni yaratishda uning bo‘limlariga chet el mualliflarining maqolalari, davriy matbuot va elektron resurslar materiallari ham kiritilishi zarur. Elektron darslikning asosiy tarkibiy qismi maxsus kompyuter dasturi yordamida talabalar tomonidan yaratilgan audioyozuvlar bo‘lib hisoblanadi.
Xulosaqilibaytganda, elektrondarslikshunchakiyozmamateriallarjamlanmasiginaemas, balkiaudio-qo‘llanmabo‘libhamhisoblanadi, eshitishvavizualfoydalanishuchuntaqdimetishgamo‘ljallanganaxborotmajmuasidir. Elektron darslikdan mustaqil foydalanish yoki ta’lim jarayonida talabalarga axborot muhitida yo‘nalishni, qandaydir muammolar yechimini aniq topish imkonini beradi. Talabalarni zamonaviy ta’lim metodlaridan, aynan — elektron darslikdan foydalanib o‘qitish ta’lim sifatini oshiradi, axborot olish jarayonini qisqartiradi hamda ularni ijodiy kamolotga yetaklaydi.
Elektron nashrlar – qulay va samarali
Mamlakatimizda kutubxonachilik sohasini rivojlantirish, kutubxona texnologiyalarini avtomatlashtirish bo‘yicha turli milliy va xalqaro loyihalar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz Islom Karimovning 2013-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘layotir.
Xorazm viloyat axborot-kutubxona markazida jahonning o‘ndan ortiq tillaridagi qariyb 600 ming nusxa axborot hujjatlari fondi mavjud. Ziyo maskanidagi axborot resurslaridan samarali foydalanish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
– Markazdagi barcha kompyuterlar “ZiyoNet” tarmog‘iga ulangan, – deydi axborot-kutubxona markazi rahbari Rahimboy Qurbonov. – Internet o‘quv markazi elektron manbaalar va internet tarmog‘idan olingan axborotlar bilan muntazam to‘ldirib borilmoqda. Elektron kutubxonani 2015-yilga qadar eng zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlash rejalashtirilgan.
Markaz xodimlari tomonidan kutubxona umumiy fondining elektron katalogi yaratilmoqda. Hozirda o‘lkashunoslik sektori, huquqiy axborot markazi, noyob va qimmatbaho nashrlar fondi, axborot-bibliografiya bo‘limi fondlari elektron kutubxonaga kiritildi. 647 kitob elektron shaklga o‘tkazilib, to‘liq raqamlashtirildi. Kutubxonaning boshqa bo‘limlari fondini ham elektron shaklga o‘tkazish ishlari davom etmoqda.
Kutubxona veb-saytidagi o‘zbek va rus tillaridagi sahifalar, kartotekalar, videorolik, elektron fayllardan kitobxonlar keng foydalanmoqda.


Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish