Kuchsiz kislotani aniqlash
Kuchsiz kislota kuchli ishqor eritmasi bilan, kuchsiz asos kuchli kislota eritmasi bilan titrlanishi mumkin. Bunda kislota yoki asosning konsentratsiyasiga bog‘liq ravishda titrlash egri chizig‘ining ko‘rinishi har xil bo‘ladi. Masalan, sirka kislota eritmasini titrlash qarab chiqilsa, konsentratsiyasi 10-1 – 10-2 M eritmalarni 0,1 M kaliy yoki natriy ishqori eritmasi bilan titrlaganda teskari L-simon, 10-3-10-4 M eritmalarni titrlaganda V-simon, biroq boshlanishi qiyshiq, 10-4 M dan kichik konsentratsiyali eritmalarni titrlaganda yaxshi ifodalangan V-simon titrlash egri chizig‘i kuzatiladi. Analitik maqsadlarda ko‘pchilik hollarda 10-1-10-3 M konsentratsiyali eritmalar qo‘llaniladi. Tavsiya qilinayotgan ushbu uslubiyat kuchli kislota yoki ishqorlarni aniqlashda ham foydalanilishi mumkin, bunda yaqqol ifodalangan V-simon titrlash egri chizig‘i yuzaga keladi.
Ishni bajarish tartibi. Elektrolitik bo‘g‘inga hajmi 2-5 ml bo‘lgan tekshiriladigan kislotaning taxminan 0,1 M eritmasidan solinadi. Eritmaning sathi elektrodlar ustini qoplaguncha distillangan suv qo‘shib. unga magnitli aralashtirgichning o‘zagi tushiriladi va aralashtirgich elektr manbaiga ulanadi. Aralashtirish o‘zakning shundav tezligida amalga oshirilishi kerakki, voronka hosil bo‘lmasin va elektrodlar ochilib qolmasin. Byuretkadagi titrant eritmasidan har 30-40 sek da 0,5-1,0 ml qo‘shib titrlanadi. 30-40 sek o‘tgandan so‘ng aralashtirish to‘xtatiladi va eritma tingandan keyin ko‘prik tegishli dastachalar yordamida muvozanatga keltirilib (reoxord ko‘prigida galvanometr nolga kcltiriladi; R-577 o‘zgaruvchan tok ko‘prigida yetarli sezgirlik o‘rnatilgandan so‘ng o'lchov asbobi strelkasining nolga maksimal yaqinlashishiga; R-568 ko‘prigida ossillograf ekranidagi ellipssi'mon halqaning gorizontal chiziqqa aylanishiga erishiladi). qarshilikning qiymati yozib olinadi. Titrlashning boshida konsentratsiyasi ̴ 0,1 M eritmalar uchun qarshilik oz-ozdan kamayib boradi (kuchli elektrolitlar titrlanganda keskin ortadi), ekvivalent nuqtadan keyin esa qarshilik keskin kamayadi. Qarshilikning keskin kamayishi boshlangandan so‘ng 4-5 nuqta olguncha titrlash davom ettiriladi. Titrlash bayonnomasi (2.1-jadval)ga kiritilgan qarshilikning qiymatlari asosida uning teskari qiymatlari hisoblanadi va jadvalga kiritiladi.
So‘ngra W qiymatning qo‘shilgan titrant hajmiga bog‘liqlik chizmasi tuziladi va hosil bo‘lgan titrlash egri chizig‘i asosida titrantning ekvivalentlik nuqtasiga to‘g‘ri keladigan hajmi topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |