2. Rezina materiallar.
Ma’lumki, hozirgi zamon texnikasini rezinasiz tasavvur etib bo‘lmaydi, ya’ni avtomobil,
samolyot, velosiped shinalari, o‘tkazgichlarining izolyatsiyalari, g‘ovvoslarning kiyimlari,
aerostat ballonlari, shlanglar, dam berib shishiradigan qayiqlar, protivogazlar, shuningdek
ko‘pgina xalq xo‘jaligi mashina-mexanizmlari qurilmalari va muhandislik konstruksiyalarida
rezina juda keng ishlatiladi.
Rezina
materiallar
asosan,
kauchukni
turli
to‘ldiruvchilar,
plastifikatorlar,
vulkanizasiyalovchi agentlar, tezlashtiruvchilar, aktivatorlar va boshqalar qo‘shib, qayta ishlash
orqali hosil qilinadi. Rezina juda ko‘p xususiyatlarga ega bo‘lgan konstruksion materialdir.
Bulardan eng muhimi uning yuqori darajada elastikligi, ya’ni katta (100 % gacha)
deformatsiyadan ham dastlabki holatiga qayta olishidir.
Rezina olish uchun asosiy material kauchuk hisoblanadi, ya’ni rezinadagi aralashmaning
10-98% ni kauchuklar tashkil qiladi.
Kauchuklar, asosan, tabiiy va sintetik polimerlar bo‘lib, oddiy haroratda yuqori elastiklik
xossasiga ega.
Tabiiy kauchuk, hindcha "kaochu" so‘zidan olingan bo‘lib, "daraxtning ko‘z yoshi" degan
ma’noni anglatadi. Darhaqiqat kauchuk daraxtini kesganda undan suyuqlik (ko‘z yoshi) ajralib
chiqadi. Shuning uchun hindlar juda qadimdan oq yog‘och smolasi (kauchuk) dan foydalanib
kelganlar. Shunday qilib, tabiiy kauchuk (TK) kauchukli o‘simliklar (daraxtlar) dan olinadi. U
efir, benzin, mineral moylarda yaxshi eriydi, suvda esa erimaydi. Kauchuk 90
0
C gacha
qizdirilganda yumshab juda yopishqoq bo‘lib qoladi, 0
0
C dan past haroratda esa qattiqlashib,
mo‘rtlashib boradi. TK juda qimmatbaho material.
Texnikaning jadal taraqqiyoti tufayli faqat TK dan foydalanilmasdan, balki sintetik
kauchuklar (SK) hosil qilinib, ulardan keng foydalanilmoqda.
Hozirgi vaqtda turli mamlakatlarda tegishli sanoat korxonalarida juda rang-barang sintetik
kauchuk va shunga o‘xshash konstruksion materiallar ishlab chiqarilmoqda. Etil spirti, asetilen,
butan, etilen, benzol, izobutilen, ba’zi galogenli uglevodorodlar va boshqalar sintetik kauchuk
hosil qiluvchi asosiy materiallar hisoblanadi.
Shuni aytib o‘tish kerakki, tabiiy kauchuklarning sintetik kauchuklarga nisbatan
mustahkamligi yuqoridir, lekin TK larning sovuqqa va turli eritmalar ta’siriga bardosh berish
xususiyatlari SK ga nisbatan ancha past.
Rezinalar vazifasi yoki ishlatilishiga qarab umumiy va maxsus turlarga bo‘linadi. Umumiy
ishlarga mo‘ljallangan rezinalar suvda, kislota va ishqorlarning kuchsiz eritmalarida, havoda
50
0
C dan 130
0
C gacha haroratda va boshqa muhitlarda ishlatilishi mumkin. Shunday rezinadan
mashina shinalari, turli tasmalar, shlanglar, transportyor tasmalari, kabellarning qoplamalari va
boshqa turli buyumlar ishlab chiqariladi.
Maxsus vazifalarga mo‘ljallangan rezinalar, o‘z navbatida, moy, benzinga, issiq va
sovuqqa chidamli, elektr o‘tkazmaydigan, gazlar va suyuqliklarga chidamli turlarga bo‘linadi.
Bundan tashqari, maxsus rezina turiga armaturali rezinalar ham kiradi (presslash va
vulkanizatsiyalash jarayonida metallar rezina aralashmasi orasiga qo‘yilib uning mustahkamligi
va egiluvchanligi oshiriladi). Bunday rezinalardan avtomobil shinalari, yuritma tasmalari,
transportyor tasmalari va boshqalar tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |