Nometall materiallar va ularning qo'llanilishi
Reja:
1. Noorganik va organik shishalar
2. Rezina materiallar
3. Lok-bo‘yoq materiallar
4. Yelim materiallar
5. Germetiklar
1. Noorganik va organik shishalar.
Shisha ham boshqa nometall materiallar kabi xalq xo‘jaligining
hamma sohalarida
(mashinasozlikda, qurilishda, elektronika va radiotexnikada, o‘quv laboratoriyalarida va h.) juda
keng ishlatiladi. Turmushimizni shishasiz tasavvur qilish qiyin. Shisha amorf jismdir.
Shisha materiallar asosan, sun’iy ravishda ishlab chiqariladi. Shisha olish uchun kvars
qumi, borat kislotasi, tanokor, bur, marmar toshi, dolomit, soda va ohaktoshdan iborat aralashma
tegishli pechlarda (1300-1500
0
C haroratda) suyuqlantiriladi. Shisha materiallarni cho‘zish,
siqish, kuydirish, presslash, burish, sovitish jarayonlari orqali turli shakldagi buyumlar yasaladi.
Shisha materiallar o‘zlarining tarkibidagi moddalar (elementlar va birikmalar)
ning turlari va
miqdorlariga qarab juda ko‘p xillarga bo‘linadi. Masalan, silikatli shishaning tarkibiy qismini
uning formulasidan anglash qiyin emas, ya’ni Ме
2
ОChОSiО
2
,
bunda Ме
2
О - ishqoriy
metallarning oksidlarini (Na
2
O, K
2
O, Li
2
O) ChO - yer-ishqoriy metallarning oksidlarini (CаО,
ВаО) hamda qo‘rg‘oshin, rux va boshqa metallarning oksidlarini ifodalaydi. Ishqoriy va yer-
ishqoriy metallar modifikatorlar deyiladi. Shisha materiallar sanoatda
deraza va eshik oynasi,
vitrinalarga moslangan yassi va egilgan oynalar, mustahkam oyna, toblangan oyna - "Stalinit",
naqshli oyna, xira oyna, taram-taram oyna, biologik nurlarni o‘tkazadigan o‘ta tiniq oyna, rangli
oyna
hamda kolbalar, naychalar ishlanadigan shisha va boshqa silliqlangan va silliqlanmagan
oynalar ko‘rinishlarida ishlab chiqariladi.
Rangli shisha hosil qilish uchun shisha materiallariga (yuqorida nomlari aytilgan
xomashyolarga) qo‘shimcha kristallar (selen, xrom, kadmiy va boshqa
metallarning oksidlari
hamda oltin) qo‘shiladi. Shisha massa hosil qilish uchun, avvalo, shisha tarkibiga kiruvchi xom-
ashyo materiallar tayyorlanadi: ular quritiladi, elanadi, maydalanadi va yaxshilab aralashtiriladi.
Agar maydalangan materiallar bir jinsli bo‘lsa, undan olinadigan shishaning sifati juda yuqori
chiqadi. Tayyorlangan (aralashtirilgan) xom-ashyo materiallarni pishirish uchun vannali
pechlarga, uzluksiz va davriy ishlaydigan marten pechlariga solinadi va tegishli harorat (1200
0
C)
da shisha materialga aylantiriladi. Pechlar asosan gaz va qattiq yoqilg‘ilar bilan ishlaydi. Eng
katta pechda bir sutkada 200 tonnagacha shisha massa ishlab chiqarish mumkin.
Pishirilgan
shisha massadan buyum ishlab chiqarish uchun turli qoliplardan va turli prinsipda ishlaydigan
mashinalardan foydalaniladi. Masalan, xo‘jalik ishlari va qurilish uchun shisha bloklar ishlab
chiqarish uchun pishirilgan shisha massalar presslanadi. Agar ma’lum
bir qalinlikdagi shisha
listlar ishlab chiqarish kerak bo‘lsa, shisha massa ichi bo‘sh valiklar orasidan o‘tkazib
prokatlanadi. Yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan shisha hosil qilish talab qilinsa, shisha
toblanadi, ya’ni yumshash harorati (15-20
0
C) dan yuqori haroratgacha
qizdiriladi va siqilgan
havo purkash orqali tez sovitiladi. Shisha buyumlarga faqat termik usulda emas, balki kimyoviy
va mexanik usullarda ham ishlov berish mumkin.