Nobel mukofoti
Nobel Mukofoti
|
Nobel mukofotining sohibiga taqdim etiladigan medal.
|
Mukofot sohasi
|
Fizika, kimyo, adabiyot, tinchlik, fiziologiya yoki tibbiyot, hamda iqtisodiyot sohalaridagi ulkan hissasi va ilmiy kashfiyotlari uchun
|
Tashkilotchi
|
Shvetsiya Akademiyasi, Shvetsiya Qirolligi Fanlar Akademiyasi, Karolinska Instituti, Norvegiya Nobel Qo`mitasi
|
Mamlakat
|
Shvetsiya, Norvegiya
|
Birinchi berilgan yili
|
1901
|
|
Nobel mukofoti (inglizcha: Nobel Prize) — buyuk ilmiy izlanishlar, inqilobiy ixtirolar yoki madaniyat va jamiyatning rivojiga katta hissalar qoʻshganligi uchun har yili taqdim etiladigan eng nufuzli xalqaro mukofotlardan biri.
Nobel mukofotlari - har yili buyuk ishlar uchun beriladigan xalqaro mukofot. Taʼsis etuvchisi A. B. Nobelning (k,. Nobellar) vasiyatiga koʻra, undan keyin qolgan mablagʻ asosida Nobel jamgʻarmasi tashkil etildi; shu jamgʻarmaga har yili kelib tushadigan daromad 5 qismga teng boʻlinib, irqi, millati, jinsi va dinidan qatʼi nazar, fizika, kimyo, fiziologiya yoki tibbiyot sohasidagi kashfiyotlar, badiiy asarlar, xalqlar doʻstligi va tinchlikni mustahkamlash yoʻlida koʻrsatilgan faoliyat uchun beriladi (1968 yilda Shvetsiya davlat banki oʻzining 300 yilligi munosabati bilan iqtisod fanlari sohasidagi yutuqlar uchun beriladigan qoʻshimcha Nobel mukofotini taʼsis etgan).
Nobel mukofoti Alfred Nobel tasviri tushirilgan oltin medal, diplom va miq-dori Nobel jamgʻarmasidagi daromadga bogʻliq (odatda, 30 mingdan 70 ming dollargacha) boʻlgan mablagʻdan iborat. Alfred Nobelning vasiyatiga koʻra, Nobel mukofotini berish vazifasi Stokgolmdagi Qirollik FA ga (fizika, kimyo, iqtisod fanlari boʻyicha), Stokgolmdagi Qirollik tibbiyot-jarroxlik institutiga (fiziologiya yoki tibbiyot boʻyicha) va Stokgolmdagi Shvetsiya akademiya-1 siga (badiiy asarlar boʻyicha) topshi-rilgan. Tinchlikni mustahkamlash 4 yoʻlida koʻrsatilgan faoliyat uchun 1 Nobel mukofotini Norvegiya parlamentining Nobel komiteti aʼzolari beradi. Tinchlik mukofotidan tashqari hamma mukofotlar faqat individual tarzda beriladi. Vafot etganlarga Nobel mukofoti berilmaydi. Nobel mukofotini topshirish tantanasi Stokgolm va Osloda Alfred Nobel vafot etgan kun (10 dekabr) da oʻtkaziladi. Birinchi mukofot 1901 yil topshi-rilgan. Nobel mukofotini 1901—2003 yilda 565 kishi olgan.[1]
Alfred Nobelning vasiyatiga koʻra, moddiy tarafdan quvvatlanib, 1895-yilda tadbiq etilgan quyidagi besh yoʻnalish boʻyicha mukofotlar mavjud:
fizika boʻyicha Nobel mukofoti,
kimyo boʻyicha Nobel mukofoti,
fiziologiya va tibbiyot boʻyicha Nobel mukofoti,
adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti,
jahonda tinchlik oʻrnatish ishlari boʻyicha harakatlar uchun (Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti).
1969-yildan boshlab, iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti ham berila boshladi.
Hozirgi vaqtda Nobel mukofotining qiymati 10 mln shved kronasi (1,3 mln $ atrofida)ga teng.
Tinchlik boʻyicha Nobel mukofotlari
Do'stlaringiz bilan baham: |