1. AN‘ANAVIY ENERGETIKA Reja:
An’anaviy energetika qurilmalari va ularning turlari.
Energiyani bir turdan boshqasiga oʻzgartirish.
Issiqlik energetikasi.
Atom energetikasi.
Gidroenergetika.
Gidroakkumulyasiyalovchi elektr stansiyalari (GAES). An’anaviy energetika. An’anaviy energetika yuz million yillar davomida yer ostida yotgan qayta tiklanmaydigan qazib olinadigan yoqilgʻi turlaridan (koʻmir, neft, tabiiy gaz va booshqalardan) foydalanadi. Xohlaymizmi yoki yoʻqmi, an’anaviy qayta tiklanmaydigan yoqilgʻilar tevarak atrofiii turli chiqindilar bilan ifloslantirib toʻldirib kelmoqda, haroratni ortishiga olib kelmoqda. Bularning hammasi yer kurrasida issiqxona effektini paydo boʻlishiga sababchidir. An’anaviy energetikaning asosiy manbalaridan biri boʻlib qayta tiklanuvchan gidroenergetika gidroelektr stansiyalari (GESlar) holida xizmat qiladi.
Yuqorida aytib oʻtilgandan, an’anaviy energetikaning ekologiyaga ta’siri kundan kunga ortib bormoqda.
Energetika — odamzodning iqtisodiy-xoʻjalik faoliyatida barcha turdagi energetik resurslardan foydalanish va ishlab chiqarish, oʻzgartirish va taqsimlash uchun xizmat qiluvchi katta tabiiy va sun’iy nimtizimlar toʻplamidan iborat sohadir. Uning maqsadi birlamchi, tabiiy energiyani ikkilamchi, masalan, elektr yoki issiqlik energiyasiga aylantirish yoʻli bilan energiya ishlab chiqrish hisoblanadi.
Bunda energiyani ishlab chiqarish, koʻpincha bir necha bosqichda boʻlib oʻtadi:
misol uchun yadro yoqilgʻisini qazib olish, qayta ishlash va boyitish, energetik resurslarini tanlash; resurslarni energetik qurilmalarga uzatish, masalan, yoqilgʻini issiqlik elektr stansiyasiga keltirib berish;
elektr stansiyalar yordamida birlamchi energiyani ikkilamchi, masalan koʻmirning kimyoviy energiyasini elektr va issiqlik energiyasiga aylantirish;
olingan energiyani iste’molchilarga uzatish, masalan, elektr uzatish liniyalari orqali.
Elektroenergetika - bu energetikaning elektr stansiyalari elektr energiyani ishlab chiqarish va uni iste’molchiga yetkazib berishni oʻz ichiga olgan tizimdir. Uning markaziy elementlari boʻlib elektr stansiyalari hisoblanib, ularni ishlatiladigan birlamchi energiya va buning uchun ishlatiladigan oʻzgartgichlar turi boʻyicha turkumlash qabul qilingan. Elektr stansiyaning u yoki bu turini koʻproq qoʻllanishi tegishli resurslar mavjudligiga bogʻliq.
Hozirgi kunda jahon an’anaviy energetikasi organiq yoqilgʻilardan (issiqlik energetikasi), suv energiyasi potensialidan (gidroenergetika) va yadro yoqilgʻi (atom energetikasi) dan foydalanishga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |