O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
ENERGETIKA FAKULTETI
NOAN’ANAVIY ELEKTR STANSIYALARI
fanidan MA’RUZALAR MATNI
5310200 – Elektr energetikasi (energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash)
TOSHKENT 2018
UDK 621.316.925 /076
Tuzuvchilar: ToshDTU Energetika fakulteti ”Elektr stansiyalari, tarmoqlari va tizimlari” kafedrasi dots. Soliyev A.G. ass. Nurmatov O.Yo. ass. Musinova G.F.–Toshkent, TDTU, 2018.-121 b.
Ushbu ”Noan’anaviy elektr stansiyalari” fanidan ma’ruzalar to‘plami ta’limning 5310200 – Elektr energetikasi (energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash) yo‘nalishi talabalari uchun tuzilgan.
Ma’ruza matnida qayta tiklanuvchi energiya manbalari, dunyodagi eng yirik an’anaviy va noan’anaviy elektr stansiyalari, quyosh energiyasi, shamol energiyasi, biogaz energiyasi, to‘lqin energiyasi haqida asosiy ma’lumotlar keltirilgan
Ma’ruzalar kursini ToshDTU o‘quv-uslubiy kengashi tomonidan chop etishga ruxsat berilgan.
Taqrizchilar:
|
prof. Gayibov T.Sh.
|
ToshDTU «Energetika»
fakulteti «Elektr stansiyalari, tarmoqlari va tizimlari» kafedrasi mudiri.
|
|
dots. Mirzayev A.T.
|
Oʻzbekenergo AJ Oʻzelektrtarmoq UK MDM
boshlig‘i
|
© Toshkent davlat texnika universiteti 2018
KIRISH.
«Noan’anaviy elektr stansiyalari» fani talabalarga, organik yoqilgʻilarni yoqish bilan bogʻliq boʻlmagan energetika toʻgʻrisida bilim beradi.
«Noan’anaviy elektr stansiyalarii» fanini oʻrganish davomida talabalarga an’anaviy va noan’anaviy, qaytalanuvchi va qaytalanmaydigan energiya manbalari haqida tushunchalar beriladi. Qaytalanuvchi energiya manbalarining asosi boʻlmish quyosh energiyasi va quyosh energiyasi yordamida issiqlik hamda elektrenergiya ishlab chiqarish va elektrenergiya ishlab chiqaruvchi quyosh elektrstansiyalarining sxemasi va ishlash tartibi koʻrsatiladi. Bundan tashqari, fanning tarkibiga qaytalanuvchi energiya manbalaridan - shamol energiyasi va energetikasi hamda elektrstansiyalari, toʻlqinlar energiyasi va elektrstansiyalari, suv koʻtarilishi energiyasi hamda elektrstansiyalari, geotermal energiya va elektrstansiyalar haqida ma’lumotlar kiritilgan.
Ushbu fan «Irrigatsiya tarmoqlari suv energiyasidlan foydalanish» yoʻnalishi tarkibida boʻlganligi uchun albatta uning tarkibiga gidroener- getikaning rivojlanishi, Oʻzbekistonda va dunyoda gidroenergetikaning rivojlanish tarixi, gidroenergetikaning hozirgi holati va kelajakdagi rivojlanish istiqbollari, gidroenergetika asoslari, suv va suv resurslari, gidrologiyaning asosiy tushunchalari, suv manbasining ishi, gidroenergetik resurslar, suv omborlari hamda gidroelektrstansiya (GES) beflarining xarakteristikalari haqida ma’lumotlar beriladi.
Ma’lumki har qanday GESni uning asosiy energetik jihozlari va gidrotexnik inshootlari tashkil qiladi. Shuning uchun ushbu fanda gidravlik turbinalar va gidrogeneratorlar, asosiy gidrotexnik inshootlari tarkibi, suv
xoʻjaligi tizimi, suv resurslaridan kompleks foydalanish, irrigatsiya tizimlari suv energiyasidan foydalanish, GESni irrigatsion va energetik tizimda ishlashi toʻgʻrisida ma’lumotlar beriladi.
Fanning soʻnggida, energetika rivojlanishining muammolari, energetikaning salbiy oqibatlari, energiyani tejash va tejash usullari beriladi.
Ushbu fanni oʻqitishdan maqsad – talabalarni mamlakatlar va dunyo energetikasining hozirgi ahvoli, muammolari va kelajakdagi rivojlanishi bilan tanishtirishdan iboratdir. Fanning asosiy vazifasi, an’anaviy- qaytalanmaydigan hamda noan’anaviy – qaytalanuvchi energiya manbalari haqida ma’lumot berish, energiya ishlab chiqarish imkonini beruvchi manbalarning resurslari, ularni ishlab chiqarish usullari va jihozlari, ularni hisoblash, tanlash, ekspluatatsiya qilish bilan talabalarni tanishtirishdan iboratdir. Quyida talabalarni qisqacha dunyodagi umumiy energetik resurslar bilan tanishtirib oʻtamiz
Do'stlaringiz bilan baham: |