ta’limning demokratlashuvi — ta’lim-tarbiya texnologiyalari, uslub va tamoyillarini belgilash va qo‘llashda o‘quv yurtlari mustaqilligining kengayishi, ta’limni boshqarishning davlat-jamiyat tizimining joriy etilishi;
ta’limning insonparvarlashuvi — bola manfaatlari, huquq va erkinliklarini kafolatlash, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish va rivojlantirish, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligini, insonning jamiyat va atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatlari uyg‘unligini ta’minlash;
ta’limning ijtimoiylashuvi — ta’lim oluvchilar dunyoqarashini shakllantirish va yuksaltirish, ularda erkin, mustaqil va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini qaror toptirish;
ta’limning milliylashuvi — ta’limning tariximiz, milliy an’ana va urf-odatlar bilan uzviy bog‘liqligi, O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha xalqlar tarixi va madaniy qadriyatlarini saqlab qolish va boyitish, ta’limni milliy taraqqiyotning eng muhim omili sifatida e’tirof etish;
Do'stlaringiz bilan baham: |