Munozarali masalalarni hal etish hamda o‘quv jarayonini bahs-munozara tarzida o‘tkazishda qo‘llaniladigan ushbu texnologiya tinglovchilarni o‘z nuqtai nazarini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini asoslashga hamda bahslashish madaniyatiga o‘rgatadi. Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog‘ozga o‘z fikrlarini aniq va qisqa ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.
F — fikringizni bayon eting.
S — fikringizni aynan shunday bayon etishning saba- bini ko‘rsating.
M — fikringizni asoslovchi dalillar keltiring.
U — fikringizni yakunlab, umumlashtiring.
|