REJALASHTIRISHNING ASOSIY
BOSQICH VA TURLARI
Rejalashtirishdaistiqbollivajoriyturlarfarqlanadi.
Istiqbollirejalashtirishbu — Xalqta’limivaziriligi, viloyatboshqarmalari, tumanvashaharmoliyaiqtisodbo‘limlaritomonidanuzoqmuddatga (5—10 yil- ga) mo‘ljallabtuziladiganrejalartushuniladi.
Joriyrejalashtirish — haryiliamalgaoshiriladiganmoliyaviy-xo‘jalikishlarirejasidir.
|
SMETA - DAVLATMOLIYAVIYHUJJATI
SIFATIDA
Smeta — maktabgacha ta’lim muassasasining barcha xa- rajatlari va ularni qoplash manbalari, byudjet ajratmalari va ota-onalar mablag‘larini aks ettiradigan mo- liyaviy-me’yoriy hujjatdir.
Maktabgacha ta’lim muassasasida yozgi hordiq va sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazish uchun alohida smeta tuziladi. Ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini aniqlashda muassasadagi guruhlar, bolalar soni, ularning muassasada qancha vaqt bo‘lishi, muassasa xodimlarining necha soat ishlashi va ishning turiga ham alohida e’tibor beriladi. Smeta xarajatlarini rejalashtirish quyidagi moddalar bo‘yicha amalga oshiriladi: «Ish haqi», «Ish haqiga nisbatan ajratmalar», «Ma’muriy va xo‘jalik xarajatlari», «Xizmat safarlari xarajatlari», «Adabiyotlar,ko‘rgazmali vositalar va o‘yinchoqlar sotib olish», «Ovqatlantirish xarajatlari», «Asbob-uskuna va jihozlar sotib olish», «Bino va inshootlarni kapital ta’mirlash xarajatlari», «Boshqa xarajatlar».
Bolalarni «Ovqatlantirish xarajatlari» moddasi asosida taomnoma tuzish:
«Ovqatlantirish xarajatlari» moddasiga bolalarni ovqatlantirishga mo‘ljallangan mablag‘lar kiritiladi. Taomnoma bitta bolaga kunlik ovqatlanish uchun belgilangan pul me’yori va yil davomidagi tushumlar asosida tuziladi. Bunda maktabgacha ta’lim muassasasining turi, ish vaqti e’tiborga olinadi. Ovqatlantirish me’yori Sog‘liqni saqlash, Moliya va Iqtisodiyot vazirliklari tomonidan belgilab beriladi. Ovqatlanishga ajratiladigan mablag‘ miqdorini aniqlash uchun bir bolaga kuniga sarflanadigan ovqat qiymatini maktabgacha ta’lim va yasli guruhlari bo‘yicha jami bola soniga ko‘paytiriladi. SHuningdek, maktabgacha ta’lim muassasasi smetasiga barcha xodimlarning ovqatlanishi uchun mablag‘ ajratish ham ko‘zda tutiladi. Bu xalq ta’limi va moliya bo‘limlari tomonidan alohida ro‘yxat bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunda xodimlar haq to‘lash hisobiga maktabgacha ta’lim muassasalarida ovqatlanishlari mumkin. Smeta amal qiladigan yil va muassasa qaysi byudjet hisobidan mablag‘ bi- lan ta’minlanishi qayd etiladi.
Yozgi dam olish va sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazish sarf-xarajatlari maktabgacha ta’lim muassasasi xarajat smetasiga kiritilmaydi. Bunday tadbirlar o‘tkaziladigan hollarda ularni amalga oshirish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar uchun alohida smeta tuziladi. SHuningdek, bolalar bog‘chalarida ota-onalar mablag‘lari hisobga olingan alohida smeta ham tuziladi.
Smeta byudjetida qayd etilgan xarajat moddalari Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan hujjat asosida tuziladi. Smetada muassasaning kelasi yil uchun hisoblab chiqilgan jami hamda har bir modda bo‘yicha xarajatlar miqdori joriy yilga tasdiqlangan xarajatlar summasi smeta qachon tuzilayotgani va o‘tgan davrdagi haqiqiy xarajatlar miqdori e’tiborga olingan holda kiritilgan o‘zgarishlar bilan taqqoslab keltiriladi.
Ko‘rsatilgan ma’lumotlarni taqqoslashda smetani ijro etish jarayonida undan chetga chiqish hollarining yuz bergani va ularning sababini aniqlash asosida kelasi yilgi xarajatlar miqdorini to‘g‘ri belgilash talab etiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari smeta tuzish vaqtida kelgusi yilgi ish ko‘rsatkichlarini (guruhlar va tarbiyalanuvchilar sonining ortishi, bolalarning muassasada bo‘lish vaqti va hokazo) belgilashda o‘zi bo‘ysungan yuqori tashkilotning me’yoriy hujjatlari, buyruq va ko‘rsatmalariga amal qiladi. Smetaga kiritilgan xarajatlar smeta blankasiga keltirilgan aniq hisob-kitoblar bilan asoslangan bo‘lishi shart.
Smetaga hisob-kitoblar bilan birga, maktabgacha ta’- lim muassasasi egallab turgan bino haqida umumiy ma’- lumotlar (uning hajmi, maydoni, isitish tizimi, elektr, gaz, vodoprovod, kanalizatsiya tarmog‘ining mavjudligi), shuningdek, muassasaning ko‘lamiga oid ko‘rsatkichlar (gu- ruhlar hamda bolalar soni va h.k.) ham aks ettiriladi. Bundan tashqari, smetaga maktabgacha ta’lim muassasasi- da faoliyat yuritayotgan pedagoglar, tarbiyachilar, enaga- lar, hamshiralar va boshqa xodimlarning ikki nusxada tuzilgan tarifikatsiya ro‘yxati ilova qilinishi shart.
Smeta loyihasi tegishli ilovalar bilan maktabgacha ta’lim muassasalari tomonidan belgilangan muddatda yuqori tashkilotlarga ikki nusxada, zarur hollarda esa uch nusxada taqsim etiladi.
Yuqori tashkilot maktabgacha ta’lim muassasasining smetasini qabul qilib olgach, eng avvalo, smetaning to‘gri tuzilganini aniqlab, uning to‘liq to‘ldirilgani, alohi- da moddalar bo‘yicha xarajat summalari aniq hisob-kitob qilingani, binoning hajmi va maydoni to‘gri ko‘rsatil- gani, shuningdek, xodimlarning tarifikatsiya ro‘yxati ilova qilinganini tekshiradi.
Barcha hisob-kitoblar ko‘rib chiqilgach, har bir modda bo‘yicha xarajatlar aniqlanadi va byudjet hisobidan aj- ratiladigan xarajatlar unda aniq maqsadlar uchun belgi- langan summaga tenglashtiriladi. So‘ng maktabgacha ta’- lim muassasasining smeta blankasiga jami xarajatlar (alohida modda bo‘yicha va umumiy summa), shuningdek, byudjet hamda ota-onalar mablag‘lari hisobiga ajratila- digan xarajatlar kvartallar bo‘yicha tasdiqlangan taqsi- motga binoan yozib qo‘yiladi. Smeta yuqori tashkilot to- monidan qabul qilingach, maktabgacha ta’lim muassasasi boshqa xarajatlar va ota-onalardan tushadigan mablag‘- larni har bir kvartal bo‘yicha taqsimlab, hisob-kitob qilib ko‘yadi.
Xarajatlarni taqsimlashda ba’zilarining mavsumiy xarakterda bo‘lishi (yoqilg‘i tayyorlash, sabzavot jamg‘arish, ta’mirlash ishlari va hokazolar) hisobga olinishi lo- zim. Agarda joriy yilda bolalar sonini ko‘paytirish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, bu bilan bog‘liq sarf-xarajatlar (ish haqi, bolalarni ovqatlantirish uchun sarflanadigan qo‘shimcha mablag‘lar va h.k.) tegishli kvartallar xarajat- lari ko‘rsatkichlarida aks ettirilishi kerak. Smetaning bir nusxasi muassasada qoladi, ikkinchi nusxasi yuqori tashkilotga, uchinchi nusxasi esa markazlashgan buxgalte- riyaga, qishloq kengashiga, moliya bo‘limi va boshqalarga taqdim etiladi.
Smeta tasdiqlanish blankasining old tomonidagi maxsus yozuv bilan rasmiylashtiriladi. Mazkur yozuvda xarajatlarning jami miqsori, xodimlar ish haqi jamg‘ar- masi, smeta tasdiqdangan sana qayd etiladi. So‘ngra sme- tani tasdiqlagan yuqori tashkilot boshlig‘i imzo chekadi va uning imzosiga idora muhri bosiladi. Ta’kidlash joizki, smetani tasdiqlagan tashkilot unga o‘zgartish kiritishga haqlidir. Bunday o‘zgartishlar yuqori tashki- lotning maktabgacha ta’lim muassasasiga yuborgan yozma xati bilan rasmiylashtiriladi.
II. Ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini aniqlash. Mak- tabgacha ta’lim muassasalarining xarajatlar hajmi aso- san undagi guruhlar va bolalar soniga, har bir bolaning maktabgacha ta’lim muassasasida qancha vaqt bo‘lishiga bog‘- liq. Bunda bolalarning umumiy soni va ularning har biri muassasada qancha vaqt bo‘lishiga oid ko‘satkichlar (9—10.5, 12 va 24 soat) maktabgacha ta’lim va yasli guruxdari bo‘yicha alohida qayd etiladi. Muassasada sog‘lomlashtirish guruhlari mavjud bo‘lsa, ulardagi bolalar soni ham alohida ko‘rsatilishi lozim. Bu bo‘limda guruhlar va bolalarning yil boshi va yil oxiridagi hamda o‘rtacha yillik soni ko‘rsatiladi. Rejalashtirilayotgan yil boshida maktabgacha ta’lim muassasalarida smeta tuzilayotgan vaqtda haqiqatda mavjud guruhlar miqdori va bolalarning ro‘yxatdagi soni keltiriladi. Bu ro‘yxatda yuqori tashkilot yo‘llanmasi bilan muassasaga qabul qilingan barcha bolalar qayd etiladi. Agar joriy yil smetasida makta gacha ta’lim muassasasini kengaytirish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, u holda «Yil boshida» grafasida guruhlar miqdori va bolalar sonida joriy yil oxirigacha yuz berishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar aks ettiriladi. O‘zgarishlar bo‘lmasa, «Yil oxirida» grafasiga yil boshida keltirilgan ma’lumot yozib qo‘yiladi. Rejalashtirilayotgan yil uchun bir bolaning maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘lgan kunlar soni, odatda, davomat tabelidagi ma’lumotlar, shuningdek, o‘tgan yillar rejasining ijrosini tahlil qilish asosida bolalarning turlicha muddat bilan muas sasada qancha vaqt bo‘lganiga qarab aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |