Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining maqsadi va vazifalari
Quyidagilar davlat maktabgacha ta’lim muassasasining maqsadi hisoblanadi:
bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish;
ta’lim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash;
bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish.
Quyidagilar davlat maktabgacha ta’lim muassasasining vazifalari hisoblanadi:
bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog‘lig‘ini mustahkamlash;
bolalarda xalqimizning yuksak ma’naviyati va insonparvarlik an’analariga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish;
bolaning shaxsini va boshqa jihatlarini rivojlantirgan holda uni boshlang‘ich ta’limni olishga tayyorlash;
bolaning rivojlanishidagi (nutqida, ko‘rishida, eshitishida) engil nuqsonlarni korreksiyalashni amalga oshirish;
ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish.
Maktabgacha ta’lim bola shaxsini maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘llanadigan davlat talablariga muvofiq, jismoniy, ma’naviy va intelluktual jihatdan maktabda o‘qishga tayyorlashni nazarda tutadi.
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning barcha bo‘g‘inlari bilan mustahkam aloqa va uzviy bogliqlikda olib boriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasida «Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega»1 degan qoida mustahkamlab qo‘yilgan, 45-modsasida voyaga etma- ganlar davlat himoyasida ekani2, 64-moddasida esa «Ona- lik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi»3, deb qayd etilgan.
Maktabgacha ta’lim muassasasi ana shu huquqiy asoslarga tayangan holda oila va jamiyatning bolalarga g‘amxo‘rlik qilish, milliy va mintaqaviy xususiyatlarni
e’tiborga olib, ularni har tomonlama barkamol insonlar etib tarbiyalash maqsadida tashkil etiladi.
Ijtimoiy maktabgacha ta’lim bu — davlat tomonidan tashkil etiladigan muassasa bo‘lib, unda maktabgacha ta’ lim yoshidagi bolalarga ta’lim-tarbiya beriladi.
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich bo‘g‘ini sifatida O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash mil- liy dasturi talablari asosida tashkil etiladi.
Maktabgacha ta’lim sog‘lom, har tomonlama etuk bo- lalarni tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy, psi- xologik, pedagogik shart-sharoitlar yaratadi, bolalarni maktabda muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlash- da ota-onalarga yordam beradi. Maktabgacha ta’lim bola 6~7 yoshga etguncha oilada hamda davlat va nodavlat mak- tabgacha ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.
Ijtimoiy maktabgacha ta’lim bu — davlat tomo- nidan tashkil etiladigan muassasa bo‘lib, unda maktab- gacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim-tarbiya beriladi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |