III.1. O’quvchilarni nafosat tarbiyasini shakllantirishda Vatanparvarlik haqidagi qo’shiqlarning ahamiyati.
Xalqimiz azal-azaldan boy musiqsiy merosga ega bo’lgan. Bebaho qadriyatlarimiz, boqiy merosimiz jahonni xayratga slogan mumtoz musiqa san’atimiz mavjuddir.Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida tarbuyaning mazmuni va yo’nalishi umuminsoniy qadriyatla. rning uyg’unligi asosida belgilanadi. Aqlan yetuk axloqan pok, jismonan baquvvat milliy masulyat tuyg’usini anglaydigan o’quvchilarni tarbiyalab voyaga yetkazgan mamlakatgina mustaqil va barqaror rivojlana oladi. Milliy tarbiya umuminsoniy qadriyatlardan ajralgan holda rivojlana olmaydi. Tarbiya ko’rgan kishilar umuminsoniy qadriyatlarni qanchalik ko’p o’zlashtirgan bo’lsa, shunchalik milliy qadriyatlarga ega bo’ladilar.Zero, millat mavjud ekan,uning ma’naviy kamoloti bilan bog’liq bo’lgan tarbiyaning o’ziga xos milliy usullari mazmuni va yo’nalishi ham takomillashib boraveradi. Milliy tarbiya tufayli,jamiyatning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan o’zgarishlarning yangilanish jarayoni eng avvalo ma’naviy hayotda ko’zga tashlanadi. Yosh avlodda iymon, vijdon, poklik, halolollik, mehnatsevarlik, ishbilarmonlik xislatlarini tarbiyalash, ta’lim-tarbiya sohasida umuminsoniy qadriyatlardan foydalanish o’quvchilarni milliy ruhda tarbiyalash ham ta’limning asosiy maqsadi hisoblanadi. Milliy istiqlol mafkurasining negizida esa, yoshlarni milliy mustaqillik ruhda tarbiyalash yotadi. O’quvchilarni milliy g’urur, milliy ong, milliy tafakkur, milliy iftixor tuyg’ularini shakllantirish, mustaqillik ruhida tarbiyalashni taqozo etadi. Uning mohiyatini belgilashda o’quvchilarni umumiy madaniy saviyasi, ma’naviy komolatining darajasi, milliy ongi, milliy g’urur tuyg’ularni anglashi muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’naviy yetuk millat, qadriyatlarni to’g’ri baholshga va uni yanada rivojlantirish imkoniga ega bo’ladi. Demak, jamiyat ma’naviyatining o’sishi, qadriyatlardan keng foydalanish uchun shart-sharoitlarni yaratib beribgina qolmasdan, qadriyatlarni yanada rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratadi. Qadriyatlar haqidagi ta’rifdan kelib chiqib, umuminsoniy qadriyatlar tushunchasini quyidagicha ta’riflash mumkin;
Milliy qadriyat – millat uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bog’liq qadriyat shaklidir. Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarsi, ma’naviyati hamda madaniyati bilan uzviy bog’liq xolda namoyon bo’ladi.
Milliy g’urur – bu tuyg’u millatning yutuqlari, obro’-e’tiborlari bilan faxrlanish, o’z eliga, millatiga jonkuyar bo’lish, xalq urf-odatlarini an’analarini, qadriyatlarini hurmat qilishda namoyon bo’ladi.
Milliy ong – ma’naviy barkamollikka erishish insonning butun ongli hayoti davomida amalga oshirib borishidir. Ta’lim orqali bolaning ongiga, hayotga qiziqishi va havas kelajakka ishonch tuyg’ulari singdiriladi.
Milliy iftixor – bu millatning tarixi, o’tmishi, urf-odatlari, qadriyatlari, an’analari, madaniyati yashash tarzidan g’ururlanishi demakdir.
Ta’lim-tarbiya jarayonida manaviy qadriyatlar ijtimoiy-tarixiy hodisani ifodalaydi. Ma’naviyat-milliy urf-odatlar, tarbiya an’analari, axloq-odob aqidalari, e’tiqod, madaniy-marifiy jarayonlar majmuasidir.
Ma’naviy qadriyatlar- bu falsafiy va ijtimoiy tushunchalar bo’lib, insonni o’rab olgan atrof-muhitni amaliy jihatdan o’zlashtirish natijasida vujudga keladi va muayyan tartibda tushurilgan bilimlar shaklida namoyon bo’ladi. Ta’lim-tarbiya jarayonida ma’naviy qadriyatlar ijtimoiy, tarixiy hodisani ifodalaydi. Umuman xulosa qilib aytganda, bugungi yoshlarni mustaqillik ruhida tarbiyalashdan maqsad, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish bilan birga, jamiyatimizni iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy saloxiyatini ko’tarishga xizmat qiladi. O’zbekiston respublikasining davlat mustaqilligiga erishuvchi ta’lim va tarbiyani milliy shakllantirishga va rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib beradi. Milliy tarbiya nazariyasi o’z qoidalarini asoslash uchun falsafa, adabiyot, etika, estetika, musiqa, fiziologiya, pedagogika, psixologiya kabi fanlardan foydalanadi.
Milliy tarbiya nazariyasi pedagogikaning umumiy asoslari; ta’lim nazariyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan uzviy bog’langandir. Milliy tarbiya hayotning mohiyati ichki aloqa va munosabatlarini aks ettiradi. Bugungi kunda shunchaki bilim egasi bo’lgan yoshlar emas, balki ijodkor, iste’dodi bilan ajralib turuvchi o’quvchilarni tarbiyalash zamon talabidir. Maktabda ta’lim olish davrida milliy tarbiya o’quvchilarni turli qobilyatlarini rivojlantiradi. (g’oyaviy, axloqiy, estetik, irodaviy xislatlarni).Tabiatga, jamiyatga qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari yanada mustahkamlanadi. Bolaning yoshi ulg’aygan sari bu faollik tobora ko’proq mustaqil xususiyatga ega bo’lib boraveradi. Tabiat, jamiyat va turmushda uchraydigan hodisa va sharoitlarni tushunishni ham idrok etadi.
Mamlakatimizda yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash nafosat tarbiyasinin g asosiy masalalaridan biri bo’lib hisoblanadi. Musiqa tarbiyasi nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biri bo’lib, u o’quvchilarni musiqa san’ati asarlarini tushunishga va ijro etishga o’rgatadi. Musiqa jamiyatning, hayotning muhim qismidir. U inson ruhiyatiga kuchli ta’sir ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lib, ularning his tuyg’ularini o’ziga xos badiiy tilda ifoda etadi. Bir so’z bilan aytganda musiqa san’ati hayotni o’rgatadi.
Xalq qo’shiqlari ham tarbiya vositasidir. Ular millatni urf – odatlari, dunyoqarashi, tuyg’ularini targ’ib qilib avloddan – avlodga yetkazadi. Bunday qo’shiqlar badiiy-estetik , nafosat manbalari sifatida kishi hissiyotini tarbiyalash vositasidir. Xalq qo’shiqlariga xos xususiyat ham aqliy teranlik, mantiqiy fikrlash asosida ma’naviy fazilatlarning barcha qirralarini ongli ravishda o’zlashtirish orqali barkamollikka erishishni ta’minlashdan iboratdir. Unda ma’naviy-aqloqiy fazilatlarni shakllantirishning umumiy vositasi sifatida o’quvchilarning faoliyati, kundalik muloqat jarayonida amalga oshiriladi. Shuning uchun ham qo’shiqlar yosh avlodni ma’naviy – axloqiy shakllantirishda katta pedagogic imkoniyatlarga ega. Ularni o’quvchilarning yosh xususiyatlari, dunyoqarashi ma’naviy-axloqiy estetik, nafosat taraqqiyot darajasiga ko’ra darsliklariga kiritishi ta’lim jarayonida o’quvchilarni ma’naviy-axloqiy shakllantirish tizimini takomillashtirish imkonini beradi.
Xulosa o’rnida shuni aytish lozimki, qo’shiq aytayotgan har bir yosh ijrochining avvalo, she’riy nutqi shakllangan bo’lishi, she’riy matnni mustaqil ravishda tahlil qila olishi, qo’shiqda so’z qadrini saqlab qolishi, mazmundagi asosiy fikrni ma’lum jumlalarga his qilishi nafosat estetik tuyg’ulari mujassamlashgan bo’lishlari kerak.
III.2. 6-sinfda qo’shiq o’rgatish orqali vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirish mavzusida tajriba – sinov ishlarini o’tkazish.
Umumta’lim maktablarining musiqa madaniyati darslarida o’quvchilarga Vatanparvarlik tuyg’usini qo’shiq kuylash orqali singdirish lozim. Vatani bor odamning g’urur iftixori yuksak maqsad- muddaolari aniq bo’ladi. Tog’dek tayanchi vatani borligini his etgan inson hayotning har qanday sinflariga doimo tayyor turadi. Vatan ravnaqi avvalo uning farzandlari kamoliga bog’liq. Bu esa har bir insonni o’zining ma’naviy kamoloti uchun yuksak ma’suliyatni his etishga o’z manfaatlarini shu yurt , shu xalq manfaatlari bilan uyg’unlashib yashashga dav’at etadi.
Men pedagogic amaliyotni Toshkent shahar, Uch tepa tumani 109-maktabda o’tkazdim. Men, Vatanparvarlik haqida o’quvchilarga juda ko’p qo’shiqlar o’rgatdim. Musiqiy asarlar tinglatdim. Jumladan: “Vatanjonim-vatanim” D.Omonullayeva, “Qadim Turon”, L. Mujdaboyeva. “O’zbekiston” Sh. Yormatov, “Sog’lom avlod qo’shig’I” M. Otajonov, “Oy Vatanim” Sh.Yormatov,”O’zbek elim”, “Bolalarning ko’zlari”, “Navro’zim” kabi qo’shiqlar bunga misol bo’la oladi. Men maktabda o’tkazgan musiqa darslarimdan birini e’tiboringizga havola etmoqchiman.
Darsning maxzusi:
O’zbekiston-borimsan, faxrim – iftixorimsan”
-
Qo’shiq “O’zbekistonim” Sh. Ramazonov musiqasi.
-
Musiqa savodi. Lad haqida ma’lumot
-
Musiqa tinglash. “ Cho’li iroq”
-
Darsning maqsadi.
O’rgatiladigan qo’shiqlar yordamida o’quvchilarda Vatanparvarlik tuyg’usini tarkib toptirish, milliy g’urur, milliy iftixor g’oyasini va nafosat tuyg;ularini tarbiyalash, qo’shiq mazmunini tushuntirish va ifodali ijro etishga o’rgatish.
Darsni jihozlash:
Musiqa cholg’u asbobi (rubob, pianina) ko’rgazmali qurollar, texnik vositalar, magnitafon, plakatlar, kartochkalar, notalar, darslik va qo’llanmalar. Reja konspekt.
Darsni borishi:
O’quvchilar bilan salomlashib, davomatni aniqlayman. Uyga berilgan vazifani tekshiraman. So’ngra kuylash xolatini eslatib ovozlarini sozlayman.
Nafas uchun mashq
Talaffuz uchun mashq
So’ngra avvalgi darsda o’rgatilgan mavzularni takrorlab, mustahkamlayman. O’quvchilarni yangi “O’zbekistonim” qo’shig’i bilan tanishtiraman. Qo’shiq mualliflari haqida so’zlab beraman. Asar mazmuni haqida tanishtiraman. Bu qo’shiq kindik qonimiz to’kilgan Vatanimiz – O’zbekiston haqida , bu qo’shiqda O’zbekistonning ko’rkamligi, keng gulustonligi, tabiati go’zalligi, bu yurtda yashovchi insonlarni qalblari paxtadek oqligi haqida kuylanadi. Qo’shiqni pianinoda mayin ovozda kuylab ijro etib beraman. Qo’shiqni o’quvchilar bilan musiqiy tahlil qilamiz. Bu qo’shiq major tonalligida yozilgan harakteri mayin, kuychan yoqimli, kuplet shaklida, II ovozda kuylanadi. So’ngra qo’shiqni musiqasini magnit tasmasida eshittiraman. Musiqiy jumlalarga bo’lib o’rgataman.
Ilova No 10.
Oldin o’zim bir jumlasini nafasni uzmasdan mayin qilib, aniq talaffuzda kuylab beraman.
Keyin, shu jumlani o’quvchilar bilan takrorlaymiz.
Sof ijroga, aniq talaffuzga erishib kuylaymiz. Qo’shiqni ikki ovozli jumlalarini oldin birinchi ovoz bilan kayin ikkinchi ovoz bilan birga kuylaymiz.
Shu tarzda qo’shiqni 1 kupletini va naqorotini o’rgataman. Qo’shiqni ifodali kuylashga, aniq talaffuzga va sof intonatsiyasiga erishaman. So’ngra o’quvchilarga lad haqida ma’lumot beraman. “O’zbekistonim”6 qo’shig’I majoj ladida yozilgan. Dars davomida o’quvchilarga “Cho’li iroq” kuyini magnit tasmasida eshittiraman, bu kuy minor ladiga misol bo’ladi. So’ngra “Cho’li iroq” (o’zbek xalq kuyi) mazmunini so’zlab beraman. Bu kuyda yurtimizning milliy qadriyatlari urf-odatlari, o’tmishi va porloq kelajagi aks ettirilgan. Kuy minor tonalligida yozilgan. Bu kuy nay cholg’u asbobida jozibador, mayin, serjilo ohangda ijro etiladi, So’ngra dars davomida o’tilgan mavzularni yana bir bor takrorlab, dars mavzusida savol- javob o’tkazib o’quvchilarni baholab darsga yakun yasayman.
Men maktabda o’tkazilgan pedagogic amaliyot davrida Vatanparvarlik tarbiyasi yoshlarni kelgusi hayotlarini qurushlarini katta ko’mak berishini, o’zbek milliy musiqasi o’quvchilarni dunyoqarashini kengaytirishini va Ona Vatan haqidagi bilimlarini mustahkamlab borishini anglab yetdim. Biz umumta’lim maktablarida yoshlarga ta’lim tarbiya berish jarayonida ularni milliy musiqa madaniyati xalq kuy va qo’shiqlari, maqomlari, cholg’u kuylari, sozandachilik san’ati bilan yaqindan tanishtirib borishimiz zarurligini, ularni milliy musiqa haqidagi bilimlarga yanada chuqurroq ega bo’lishlariga imkoniyat yaratmog’imiz muhim ekanligini anglab yetdim. Bunday natijaga erishish uchun har bir pedagog o’qituvchi o’z ustida ishlashi, yangi ta’lim texnologiyalaridan, noan’anaviy dars usullaridan foydalanishi maqsadga muvofiqdir. Zero, yurtboshimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov o’z maruzalarida ta’kidlaganlaridek, “Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli va albatta baxtli bo’lishlari shart”.
Musiqa o’qituvchi pedagogic va axborot texnologiyalaridan foydalanib qo’shiq o’rgatish orqali bolalarning badiiy idroki rivojlantirishda quyidagi vazifalarni amalga oshirishi mumkin;
Bolalarda musiqa asari nomi, bastakori, shoirlari haqidagi ma’lumotlarni asar mazmunini tinglash va ko’rish orqali ochib berishi;
Bolalarda asarlarni aqliy va emotsional idfok qilish qobiliyatini rivojlantirish
Bolalarda yosh xususiyatlariga mos musiqa musiqa na’munalari bilan tanishtirish.
Kuylagan asar janrini taqqoslash orqali aniqlash hamda asar harakteriga mos musiqiy ritmik harakatlar bajarish, rasmlar chizish, hikoyalar tuzish,
Bolalarda musiqa asarlarida tasvirlangan badiiylikni his qilish qobiliyatini rivojlantirish,
Qo’shiqlar matnini yod olishni osonlashtirish hamda badiiy yuksakligi va so’zlarining bolalar lug’at boyligiga mosligini o’rganish,
Bolalarda o’zbek milliy qo’shiqchiligiga bo’lgan qiziqishni o’stirish,
Bolalarda raqs san’atiga bo’lgan qiziqishni o’stirish,
Bolalarda musiqa ohangini his qilish qobiliyatini rivojlantirish
Bolalarda kuylash va tinglash qobiliyatini rivojlantirish
Bolalarda musiqani idrok etish madaniyatini tarbiyalash
Vokal-xor ishlarini amalga oshirishda o’qituvchi ovoz sozlash, qo’shiq o’rgatish jarayonida o’quvchilarning primar tovushlarini, kuylash uchun qulay ishchi diapazono, ovoz diapazonini aniq bilishi lozim.
Ko’rgazmali o’qitish metodlarida esa qo’shiqni ifodali jonli ijrosi, raqs harakatlari, rasmlar, grafik chiziqlar plakat, texnika vositalaridan foydalanish.
Amaliy metodi vositasida bolalar qo’shiq kuylaash malakalarini, musiqaning tuzulishi hamda ifoda vositalarini tahlil etish, un ing janr va shakllarini aniqlash va nota yozuvini o’rganish malakalarini shakllantirishuchun foydalanadi.
O’yin metodi – asosan boshlang’ich guruhlarda ko’proq yaxshi natija beradi.
Qo’shiqni o’quvchilar xotirasida uzoq saqlab qolishda, ritmni his etish uchun, qadam tashlash, chapak chalish turli raqs harakatlari, o’yinlar bajarishda olingan bilim va malaklar mustahkamlaydi, musiqiy qobiliyatini o’stiradi, va musiqa mashg’ulotlariga qiziqish uyg’otadi.
Musiqa darslarida qo’shiq o’rgatish bir necha bosqich jarayonida amalga oshiriladi.
-
Bolalar diqqatini qo’shiqqa jalb qilish.
-
Qo’shiq haqida o’qituvchining kirish so’zi( qo’shiq mualliflari, ayrim tarixiy xususiyatlari, hayotiy ahamiyati xarakteri, qo’shiq ijrosi)
-
Qo’shiqni tahlil qilishni (musiqa ifoda vositalari, ladi, harakteri, mazmunini suhbat yo’li bilan belgilash)
-
Qo’shiqni musiqiy jumlalarga bo’lib o’rgatisg( to’g’ri nafas olib jumlani oxirigacha yetkazish, ijrochilik sifatlari ustida ishlash).
-
Qo’shiqni badiiy ijrosiga erishish (qo’shiq haqidagi bolalar taassurotlari yuzasidan qisqacha suhbat o’tkazish ya’ni umumlashtirish).
Yuqoridagi bayon etilgan qo’shiq orgtish bosqichlarini qo’shiq mazmuni, mavzusiga qarab, istagan bosqichdan boshlash mumkin.
Darsda qo’shiq kuylash holati. Qo’shiq kuylash holati, deganda, darsda oquvchilarning o’tirish va turish holati nazarda tutiladi. O’tirib yoki turib kuylaganda bo’sh qo’l va oyoqlarni qanday tutish lozimligi haqida o’quvchilarga tuhuntirish va doimo nazorot qilib, eslatib turishdan iboratdir. Mazkur malakaning qoidalari gavdani qiyshaytirmasdan to’g’ri tutish, o’tirib kuylaganda parta suyanchigiga suyanmasdan, yelkalarni yengil kerib, iyakni ortiqcha ko’tarmasdan bo’yinni va boshni to’g’ri ushlash, qo’llarni erkin pastga tushirish va kaftlarni tizzalar ustiga yengil qo’yib engashmasdan o’tirish va oyoqlarni yelka kengligida erkin kuylash holatlaridan iboratdir.
Ashulachilik nafasi. Bu masalada ilmiy izlanishlar shuni ko’rsatadiki, ashula aytish jarayonida nafasning bir turi bo’lib qat’iy ravishda ijro qilish mumkin emas. Ashulada aralash nafas ishlatiladi. Nafas chiqarish ashula aytishda katta rol o’ynaydi. Bolalarga murakkablantirmasdan tushuntirish maqsadga muvofiq. O’qituvchi bolalarda ashula nafasi oddiy fiziologiya nafasni farqi birligini yaxshi anglash bilish kerak. Chunki boshlang’ich sinf bolalarida nafas organlari endi rivojlanish darajasida bo’lganligi uchun ularni ko’proq nafas gimnastikasi bilan shug’ullantirishi ovozni tezroq ashula uchun shakllanishga sabab bo’ladi.
Ma’lumki, kuylashdagi nafas bilan fiziologik nafas o’rtasida ma’lum darajada farq bor. Fiziologik nafasga bola tug’ulgan kundan tabbiy holda amal qila boshlaydi va aniq bir ritmdan, ma’lum bie vaqt oralig’ida sodir bo’ladi. Ashula aytishda esa havo olish tez, qisqa vaqt oralig’ida sodir bo’ladi. Nafas olish va uni chiqarish qo’shiq jumlasining cho’zimiga, sur’atiga va harakterining ifodalanishiga qarab cho’ziladi. Nafas ritmi kuylanayotgan qo’shiq harakteriga qarab o’zgarib turadi va tabbiy nafasga nisbatan biroq chuqurroq olinadi. Ashulachilik nafasining quyidagi turlari bor;
Kichik bolalarning ko’krak nafasi hali tor, qisqa ekanligi sababli, ular nafasni ko’krak bilan oladilar., shu bois ashula aytganlarida yelkalarini ko’tarib, shoshilib qo’shiq jumlasini, so’zni bo’lib nafas olishlari tabbiydir. Shuning uchun bolalarning yelkalarini ko’tarmasdan, osoyishta, vazmin nafas olish va uni qo’shiq jumlasining oxiriga qadar bir maromda yetkazish, ayniqsa so’zni bo’lib nafas olmaslikni o’rgatish lozim.
Ovoz hosil qilish. Ovozni vujudga kelishi murakkab psixologik, fiziologik jarayondir. U ovoz apparati (kekirdak, xiqildoq) va uning ichidagi konussimon ikkita ovoz pardasining nafas (o’pka, traxeyalar, ko’krak qismi) va eshituv apparatlarining birgalikda amaliyotida hosil bo’ladi.
Bolalar kuylayotganda faqat yumshoq attaka bilan boshlash, hech qachon qo’shiqni qattiq attaka bilan boshlamaslik kerak. Buni o’qituvchi nazorat qilib borishi shart. Ovoz hosil qilish uchun mayin va yoqimli kuylay olishi kerak. Og’ir sur’atli qo’shiqlarni kuylaganda ortiqcha cho’zib, asarning harakterini bo’shashtirib yuvormaslik zarur.
Sozlanish. Soz har bir bolaning berilgan musiqa tovushini aniq idrok etib, o’z ovozini unga moslab kuylashi, sozlanishi degan ma’noni anglatadi. Boshqacha qilib aytganda, sozlanish, ma’lum balandlikdagi tovushni aniq intonatsiya qilish demakdir. Bu muhim malaka bo’lib hisoblanadi, chunki boshlang’ich sinfdagi vokal-xor ishlarining asosiy maqsadlaridan biri sof unison erishishdan iboratdir. Shuning uchun birinchi darsdan boshlab bolalarda sozlanish malakalarini rivojlantirish ustida sistemali ish olib borilishi kerak.
Ansambl. Ansambl-fransuscha so’z bo’lib birgalikda degan ma’noni anglatadi. U musiqa, balet, arxitektura san’atlarining qonuniyatlaridan biridir. Musiqada bir necha ijrochilarning birgalikdagi ijrosi ansambl deyiladi.
Talaffuz. Kuylashdagi talaffuz nutq talaffuzidan farq qiladi. Bunda artikulyatsiya organlari (lab, til jag’)ning aktiv harakatlaridagi hamjihatligi, buning vositasida ifodali talaffuzga erishish mumkin.
O’zbek tilda talaffuz qilinadigan unlilarni “u” tovushiga yaqinroq qilib aytish, qattiq va nozik ovozda kuylashga yo’l qo’ymaslik kerak. Tovush hosil qilish uchun artikulyatsiya organlarini erkin harakatlantirish, lablar vatillarni faol tutish zarur.
Musiqa madaniyati darslarida qo’shiq o’rgatish bir necha bosqich jarayonida amalga oshiriladi;
Shunday ekan, umumta’lim maktablarida Vatanparvarlik ruhida tarbiyalangan yetuk, jismonan sog’lom, aqlan yetuk yosh avlodni tarbiyalsh bizning bosh vazifamizdir.
6-“A” SINF RO’YXATI
-
Abduvaliev Abduvohid
-
Aloviddinova Fazilat
-
Axrorxo’jayeva Shahzoda
-
Anvarov Muhammad
-
Bahodirova Zulfiya
-
Jo’rayeva Robiya
-
Jalilova Dildora
-
Isroilova Muhina
-
Ilyosov Abdulaziz
-
Nasriddinova Muhsina
-
Komilov Umid
-
Mamurjonova Muxlisa
-
Mirasqarova Muslima
-
Raximova Umida
-
Rajabova Nazokat
-
Ro’ziyeva Omina
-
Sayfullayev Nuriddin
-
Samiqjonov Muhammad
-
Saidakromova Robiya
-
Sobirjonov Shahzod
-
Sadullayev Norinbek
-
Sohirova Risolat
-
To’rayeva Dilfuza
-
Tilyashipova Muxlisa
-
Turgunova Sevinch
-
To’rabekov Dilshodbek
-
Uchqunov Muhammad
-
Xayriddinova Mohira
-
Xudoyberdiyeva Ruxsora
-
Yunusova Muslima
-
Shukrullayev Saloh
-
Zokirov Qobiljon
XULOSA
Bugungi kunda o’zbek xalqining asrlar davomida shakllangan umuminsoniy ma’naviyati va milliy qadriyatlarini singdirish yoshlarni vatanparvar, barkamol inson qilib, tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash nafosat tarbiyasining asosiy masalalaridan biri bo’lib hisoblanadi. U o’quvchilarni musiqa san’ati asarlarini tushunishga va ijro etishga o’rgatadi. Musiqa jamiyat hayotining muhim qismidir. U inson hayotiga kuchli ta’sir ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lib, uning his-tuyg’ularini badiiy tilda ifoda etadi. O’quvchilarning hayot tajribasi axalqining aql idrokining o’sib borishida vatan tuyg’usi kundalik odatdan iymon-e’tiqodga aylana boshlaydi. Vatanparvarlikning e’tiqodaga aylanishi har bir inson qalbida ichki ma’naviyatning ifodasini belgilab beradi. Milliy vatanparvarlik bu o’zbek xalqining qoniga singib ketgan iymon va insof, mehr- muhabbat, oqibat, vijdon, ona yurtiga, o’z eliga sadoqat, axloqiy ma’naviy qarashlar yig’indisi tushuniladi. Umumta’lim maktablarida vatanparvarlik tuyg’usini tarbiyalash musiqa ta’limining asosini tashkil etadi. Xalq musiqa ohanglari o’zbek kompozitorlari ijod ijod etgan, Ona-Vatanimiz jonajon O’zbekistonimiz go’zalligini ularda mehr-muhabbatni madh etishga bag’ishlangan xilma-xil musiqiy asarlar juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Vatanparvarlik eng avvalo kindik qoni to’kilgan joyga, qarindosh- urug’, el-yurt, ona zaminga bo’lgan hurmat e’tibor, mehr muhabbatdan boshlanadi. Vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirishda O’zbekistonning davlat ramzlari o’quvchilarni o’z mamlakatlariga bo’lgan ishonchlarini mustahkamlaydi. Dasturga kiritilgan turli vokal va musiqiy xususiyatga ega bo’lgan qo’shiqlarni ahamiyati kattadir. O’quvchilarga musiqiy tarbiya berishning negizi qo’shiq kuylashdir. Vatanparvarlik jamiyatdagi barcha kishilarni millat va elatlarni ijtimoiy-siyosiy kuch va guruhlarini birlashtiruvchi muhim omildir. Bu tuyg’u ona zaminga bo’lgan muhabbat, uni sevish, ardoqlash, vatan ravnaqi yo’lida g’amxo’rlik qilish kabi tushunchalarni qamrab oladi. Tavallud topgan yerga hurmat tariqasida ulug’ ajdodlarimiz o’z nomlari oxiriga tug’ilib o’sgan joyi nomini qo’shib aytganlar. Masalan; Xorazmiy, Buxoriy, Termiziy, Farg’oniy, Marg’uloniy, Yassaviy, va boshqalar bu o’z Vataniga kindik qoni to’kilgan yerga bo’lgan hurmatni, sadoqatni belgisi sifatida xurmat qilgan. Biz umumta’lim maktablarida ma’naviyati yuksak, madaniyatli, xalqparvar insonlarni tarbiyalashimiz, ularni kelajakka ishonch ruhida qo’llab quvvatlashimiz darkor. Zero, o’quvchilar Ona Vatanga sodiq iymonli, vatanparvar shaxs bo’lib yetishsinlar.
Qo’shiqchilik san’atining kuchi va tinglovchilarga ta’sirining harakteri mazkur elementlar bilan pirovard natijalarda ularning birligi bilan belgilanadi va yangrayotgan qo’shiqning idrok etayotgan kishiga yaxlit ta’sirini vujudga keltiradi. Bunda esa har bir elementni ko’rib chiqish va qo’shiq insonga ta’sir etishining asosiy jihatlarini aniqlash zarurligini anglash mumkin.Qo’shiqning kuyi qo’shiqchilik san’atining eng muhim elementi, uning emotsional o’zagi hisoblanadi. Kuyda o’ziga xos yo’sindagi ohangdor tovushlar shaklida qo’shiqning emotsional va g’oyaviy mazmuni aks etadi.Kuydan ana shu mazmunga moslik ta’lab qilish mumkin xolos. Ammo kuyni qandaydir muayyan doimiy bir xil talablar doirasiga kiritib qo’yish to’g’ri emas. Binobarin kuy takrorlanmas bo’lishi lozim. Unda uyg’unlik, uslub, ta’sirchanglik, ifodalash vositalarining har xil turlari bo’lishi mumkin. Kuy faqat quvonchli, lirik, ko’tarinki xissiyotlarni uyg’otmaydi. U g’amginlik g’azablanish holatlarini ham vujudga keltiradi. Boshqacha aytganda, kuy faqat ijobiy kayfiyatlarni ham paydo qiladi. Bularning hammasi hayotning turli tomonlari – quvonch, tashvish, orzu-umid, ayriliq va hakazolarni aks ettiradigan qo’shiqning mazmuniga bog’liq.
Foydalangan adabiyotlar ro’yhati
-
I.A. Karimov “Barkamol avlod orzusi” T. 1998 y.
-
I. A. Karimov “ O’zbekiston buyuk kelajak sari’ T.1998 y.
-
I. A. Karimov “O’zbekiston havfsizlikka taxdid va barqarorlik shartlari” T.1999.
-
O.Shoyxonova “Inson va uning ma’naviy dunyosi” 1993 y.
-
Safo Ochil “Mustaqillik ma’naviyati va tarbiya asoslari”
-
J. Q. Yo’doshov “Ta’lim istiqlol yo’lida” T. 1996
-
B. Qodirov “ Komil inson tarbiyasining pedagogic asoslari” T.1995
-
D.Omonullayeva ‘ Umimiy o’rta ta’limning DTS o’quv dasturi”
-
X Nurmatov I sinf uchun “Musiqa alifbosi” T.1998
X. Nurmatov “Rubob darsligi” T. 1996
-
G. Sharipova “Musiqa o’qitish metodikasi” (maruzalar matni)
-
G.Sharipova “ Boshlang’ich sinflarda musiqa madaniyati darslaridan metodik qo’llanma”
-
M. Inomova “ Pedagogika”(ma’ruzalar matni) T.2000
-
I. Akbarov “ Musiqa lug’ati”
-
Sh. Janaydarov “Cholg’uchilar ansmbli” T.2002y
-
F. Karomatov “Узбекская музыка” T. 1995
-
M. Jalilov “Qo’shiqlar xrestomatiyasi” I-II tom
-
Q. Mamirov “Quyosh yurtim” T. 1996y
-
D. Karimova, A. Mansurov “5-sinf uchun musiqa fanidan darslik” T.2000.
-
O. Ibrohimov, J. Sadirov “Musiqa” 7-sinf uchun darslik T.2001 y
-
M. To’xtaxo’jayeva “Pedagogika” “O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati”nashr 2010y 54-55-bet
-
K. Xoshimov, C.Nishonova “Pedagogika tarixi”
-
O. Xasanboyeva, J. Xasanboyev, X. Hamidov “Pedagogika tarixi” G’. G’ulom nashriyoti 2004y 113-115 bet
-
B. To’xliyev, G. Ashurova, D. To’xliyeva “Alisher Navoiyning hayoti va ijodi” Nizomiy nomidagi TDPU nashriyoti 2010y 19-26 bet
-
“ S. Begmatov va boshqalar “Musiqa” 6-sinf uchun darslik T. 2001y. G’. G’ulom nashriyoti.
Do'stlaringiz bilan baham: |