I.3.Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirishda milliy umuminsoniy qadriyatlar.
Respublikamizda umuminsoniy qadriyatlar va milliy madaniyatimizni asoslarini e’tiborga olib ta’lim-tarbiya mazmunini va milliy mafkurani shakllantirib boorish imkoniyatlari yaratilmoqda. Bunga xalq og’zaki ijodi, pedogogikasi, mutafakkir, ma’rifatparvar pedagog va olimlarning tarbiyaga axloq-odobga doir g’oyalarini o’rgatib komil insonni ishlari amalga oshmoqda.”Kelajak bugundan boshlanadi”3 deydi dono xalqimiz. Yosh avlodni kelgusi hayoti uni inson qilib ko’rsatuvchi ruhiy va ma’naviy jarayonning mezonini belgilaydi. Bu borada ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish va dunyo talablari darajasiga olib chiqish ta’limni ilg’or tajribalar asosida boyitib borish, yangi pedagogic tajribalar asosida olib boorish ayniqsa muhimdir.Xalq musiqasi og’zaki ijodiyoti, an’analari,urf-odatlari asosida barkamol avlodni voyaga yetkazish ularni ko’proq o’z millatini sevishga g’ururlanishga shorqano g’oya va ta’limotlarni o’rganib ularni kelajakka tadbiq etishga zamin yaratiladi.Mustaqil Respublikamizda milliy madaniyatimizni o’ziga xosligini tiklash, umumta’lim maktablarida o’quvchilarni badiiy, axloqiy tarbiyalash va kamol toptirish hozirgi kunda dolzarb vazifalardan biridir. Ma’naviy yetuk millat qadriyatlarini to’g’ri baholashga va uni yanada rivojlantirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Demak, jamiyat ma’naviyatining o’sishi qadriyatlardan keng foydalanish uchun shart-sharoitlarni yaratib,qadriyatlarni yanada rivojlantirishga zamin hozirlaydi. Qadriyatlar ta’rifidan kelib chiqib, umuminsoniy qadriyatlarni quyidagicha ta’riflash mumkin. Umuminsoniy qadriyatlar-millat uchun muhim axamiyatga ega bo’lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bog’liq holdagi qadriyat shaklidir. Umuminsoniy qadriyatlar millatning tarixini yashash tarsi, ma’naviyati, madaniyati orqali namoyon bo’ladi. Ta’lim jarayonida umuminsoniy qadriyatlar ijtimoiy-tarixiy hodisani ifodalaydi. Ma’naviyat milliy urf-odatlar, tarbiya an’analari, axloq-odob aqidalari, e’tiqod, madaniy-ma’rifiy jarayonlar majmuasidir. “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuchdir” deydi yurtboshimiz I. A. Karimov o’z asarlarida.
Ma’naviy qadriyatlar-bu falsafiy va ijtimoiy tushunchalar bo’lib, insonni o’rab olgan atrof-muhitni amaliy jihatdan o’zlashtirish natijasida vujudga keladi. Ta’lim tarbiya jarayonida ma’naviy qadriyatlar ijtimoiy tarixiy hodisani ifodalaydi. Umuman xulosa qilib aytganda bugungi yoshlarni mustaqillik ruhida tarbiyalashdan maqsad, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish bilan birga jamiyatimizning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy salohiyatini ko’tarishga xizmat qiladi. O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga erishuvi ta’lim va tarbiyani milliy shakllantirishga va rivojlantirishga keng yo’l ochib berdi. Milliy tarbiya nazariyasi o’z qoidalarini asoslash uchun falsafa, adabiyot, etika, estetika, pedagogika, psixologiya kabi fanlardan foydalanadi. Milliy tarbiya hayotning moxiyati ichki aloqa va munosabatlarini aks ettiradi.Bugungi kunda shunchaki bilim egasi bo’lgan yoshlar emas, ijodkor, iste’dodi bilan ajralib turuvchi o’quvchilarni tarbiyalash zamon talabidir. Maktabda ta’lim olish davrida milliy tarbiya o’quvchilarni turli qobilyatlarini rivojlantiradi. Tabiatga, jamiyatga qarash tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch quvvatlari yanada mustahkamlanadi. jiga kata e’tibor bergan O’rta Osiyolik mashhur musiqachilar orasidagi olim rBolaning Yoshi ulg’aygan sari bu faoliyat tobora ko’proq mustaqil xususiyatga ega bo’lib boraveradi. Tabiat va jamiyat turmushda uchraydigan hodisa va sharoitlarni tushunishga ham idrok etib o’z atrofidagilarga munosabatda bo’lishiga ko’nikib boradi.
Umuminsoniy qadriyatlar asosida milliy tarbiyaning mazmuni va tashkil etilishi quyidagi vazifalarda o’z aksini topadi;
1.Tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi.
2. Tarbiyaning insonparvarlik qoidalari.
3. Tarbiyaning hayot bilan va mehnat bilan bog’liqligi.
4. Tarbiyada milliy madaniy va umuminsoniy qadriyatlarining ustuvorligi.
5. O’quvchilarni yoshi, sinfi, psixologik, fiziologik xususiyatlarini hisobga olish.
Musiqa san’atining muhim xususiyatlaridan biri shundaki, insonning his- tuyg’ularini, kechinmalarini o’ziga xos badiiy tilda ifodalaydi. O’quvchilarni qiziqtiradigan, o’ziga jalb etadigan, zavqlantiradigan sharoit yaratadi. Ulardagi milliy tarbiyaga oid his-tuyg’ularni o’stirishda muhim ahamiyat kasb etadi.Umumta’lim maktablarining musiqa madaniyati darslarida umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasi kuy-qo’shiqlar yordamida shakllanadi.Bunday asarlarga DTS musiqa dasturiga kiritilgan qo’shiq va tinglash uchun asarlarni misol keltirishimiz mumkin. “Salom maktab” Sh. Yormatov musiqasi, “Paxtaoy” F. Nazarov musiqasi,”O’zbekistonim” Sh. Ramazonov musiqasi, “Oy Vatanim” E.SHvarts musiqasi, “Ex orzular” N.Norxo’jayev musiqasi kabi qo’shiqlar o’quvchilarda vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga xurmat tuygularini tarbiyalaydi. Umumta’lim maktablarida umuminsoniy qadriyatlarni o’quvchilarga tanishtirib borishni ahamiyati katta.Boshlang’ich sinflarda umuminsoniy qadriyatlarni o’rganishda suhbat, hikoya, savol-javob va qo’shimcha adabiyotlardan unumli foydalanish lozim. Umuminsoniy qadriyatlar asosida ommaviy kuy-qo’shiqlarni o’rganishdan oldin ularga asar xususiyatini badiiy-g’oyaviy kelib chiqish tarixi haqida qisqacha suhbat o’tkazish maqsadga muofiqdir. Umuminsoniy qadriyatlarni o’rganishda boshqa fanlar bilan, masalan, adabiyot darslarida o’tiladigan mavzular bilan bog’lab olib borish maqsadga muvofiqdir. To’rtinchi sinf o’quvchilari bilan xalq musiqa san’atining asosiy xususiyatlari, ommaviy janrlari, an’analari haqida tushuncha berib, ular uzoq tarixga ega ekanliklarini soda, ravon, yorqin ohangda ijro etilishini tushuntirish shuningdek ularni ijro etadigan hofizlar, xonandalar, folklore guruhlar haqida savol-javoblar o’tkazish kerak. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar xalqimizning milliy iftixori hisoblanadi.Asrlar davomida mehnat, kurash va ijod jarayonida u kishilarni ezgulikka yetaklovchi ilhom manbai bo’lib kelmoqda. Musiqa tilsiz falsafa deb bejiz aytilmagan.Inson qo’shiq bilan, musiqa bilan tirik. Kuy-qo’shiqlarsiz hayotning mazmunini, atrofdagi go’zallikni tasavvur etish qiyin.Qo’shiq zavq ehtiyoji, eng go’zal, eng oliyjanob orzu va hayotiy g’oya hayqirig’idir. Musiqa madaniyati darslarida umuminsoniy qadriyatlar o’quvchilarni dunyoqarashi, musiqiy didini rivojlantiradi.
1.Umuminsoniy qadriyatlar o’quvchilarda milliy kuy-qo’shiqlarga ixlos uyg’otadi. Ularni musiqiy qobiliyatlarini ritm tiyg’usini o’stirib, musiqiy o’quvi va didini o’stiradi.
2. O’quvchilarda milliy merosimizga, ommaviy kuy-qo’shiqlarga, xalq aytimlariga va u orqali Vatanga muhabbat hissini tarbiyalaydi.
3. Alla, lapar, terma qo’shiqlar vositasida o’quvchilarda badiiy ijodkorlik qobiliyatlari o’sib boradi.
Musiqa ohanglari lad va ritm tiyg’usi usullari asosida o’rgatiladi. Musiqa ta’limining milliy asosini tarkib toptirishda pianino cholg’u asbob bilan birgalikda o’zbek milliy cholg’u asboblaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa doira chertib, qo’shiq kuylash, milliy raqs elementlarini ijro etish, ijodkorlik bilan shug’ullanish o’quvchilarni sehrli musiqa olamiga oshufta etadi. O’quvchilar bu jarayonda o’zbek xalq musiqa madaniyatini ijobiy an’analarini bevosita idrok etadilar. Maktabda o’quvchilar musiqiy estetik tarbiyani xalq musiqasi na’munalari orqali o’rganadilar. Hozirgi kunda barcha umumta’lim maktablarida bolalarni xalq musiqasi bilan tanishtirish DTS musiqa dasturi asosida olib borilmoqda. Ta’limni milliy ruhda rivojlantirish maqsadida birinchi sinfdan boshlab o’zbek xalq musiqasi bilan tanishtirib boriladi. Bunga misol qilib, I dasturida tinglash uchun birinchi “Dutor bayoti”, “Andijon polkasi”, “Farg’onacha”, “Olmacha anor”, “Allama yorim” kabi kuy-qo’shiqlarni keltirishimiz mumkin. Xalq musiqasi bolalar ongiga tez yetib boradi, ularni zavqlantiradi. Ijodiy kechinmalar uyg’otadi. Chunki xalq musiqasi o’ziga xos badiiy tilga egdir. Unda milliy musiqa san’atimizning eng yorqin na’munalari o’z aksini topgan. Xalq musiqasi eng soda eng ixcham ravon yorqin ohangda ijro etiladi. Shuning ushun ham beshikda yotgan go’dak alla qo’shig’ini eshitishi bilan orom olib uxlab qoladi.Chunki, bu ohangda so’z, kuy, mutanosibligi og’zaki ijro etiladi. Shuning uchun ham ohanglar bir-biriga payvastdir.Asrlar davomida o’zbek kuy-qo’shiqlari xalqimiz orasida mehnat, to’y-marosim, kurash bayramlarida insonlar uchun ilhom manbai bo’lib kelgan.Biz musiqa madaniyati darslarida boshlang’ich sinfdan boshlab o’zbek xalq musiqasining ommaviy janrlarini bolalarga tushunarli, tez va ifodali qilib yetkazish uchun turli metodlardan va innovatsion texnologiyalardan foydalanishimiz zarur. Musiqa san’ati boshqa san’at turlariga qaraganda insonlarga yaqin bo’lgan muhim san’at turidir. Xalqimiz azal-azaldan boy musiqa merosiga ega bo’lgan. Bebaho qadriyatlarimiz, boqiy merosimiz jahonni xayratga slogan mumtoz musiqa san’atimiz mavjud. Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida tarbiyaning mazmunli va yo’nalishi umuminsoniy qadriyatlarning uyg’unligi asosida belgilangan. Aqlan yetuk, axloqan pok, jismonan baquvvat,milliy ma’sulyat tuyg’usini anglaydigan o’quvchilarni tarbiyalab voyaga yetkazish mamlakatni mustaqil va barqaror rivojlanishiga zamin yaratadi. Milliy tarbiya umuminsoniy qadriyatlardan ajralgan holda rivojlana olmaydi.
Ta’lim tarbiya uslubiyoti maktablari tarkib topib rivojlanib bormoqda. Hozirgi davrda shaxs ma’naviyatini tarbiyalash vazifasi maktabda musiqa ta’lim tarbiyasi ishlarini sifatli bosqichga ko’tarishni taqozo etadi.
Bugungi kunda musiqa, ta’lim tarbiyasining maqsadi va vazifalari nihoyatda muhim.
Musiqa ta’lim tarbiyasining maqsadi va yosh avlodni musiqa merosimizga vorislik qila oladigan yosh qadrlaydigan madaniy inson sifatida voyaga yetkazishdan iborat. Buning uchun har bir o’quvchining musiqaga bo’lgan iqtidorlarini rivojlantirib, musiqa san’atiga mehr va ishtiyoqini oshirish musiqadan zaruriy bilim va amaliy malakalar doirasini tarkib toptirish, iqtidorli o’quvchilarning musiqiy rivojlanishlari uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratib berish maktab musiqa darslariga bevosita bog’liq.
Musiqa ta’lim tarbiyasining maqsad va vazifalarini amalga oshirish maktabdagi musiqa darslariga bevosita bog’liq.
Musiqa ta’lim tarbiyasining konsepsiyasida maktabda musiqa fani boshqa fanlar qatori o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. Musiqa ta’limini sifatli bosqichga ko’tarish uchun maktabda teng xuquqli fan hisoblanadi.
Bu esa hozirgi zamon o’quvchisidan dars mashg’ulotlariga ijobiy munosabatda bo’lishi, o’quvchilar musiqiy faoliyatlarini oshirishni to’g’ri tashkil etish va boshqarish faollikni talab etadi. Musiqa dars mashg’uloti sifatida o’ziga xos xususiyatlarga ega . Bu xususiyatlarni esa har bir o’qituvchi bilishi kerak.
Birinchidan musiqa tarixi nazariyasi ijrochilikka doir turli namunalardan ayrim mashqlari, musiqa savodi mashg’ulotlari, musiqa tinglash, musiqa ta’limi va adabiyoti, bolalar cholg’u asbobida chalish, ritmik harakatlar bajarish elementlari, musiqada ijodkorlar faoliyatlaridan iborat darslar kiradi.
Ikkinchidan musiqa boshqa san’at turlaridan o’zining ifoda vositalar ya’ni “tili” bilan farq qiladi. Agar badiiy adabiyot so’z bilan tasviriy san’at bilan, raqs badiiy harakatlar bilan ifodalansa, musiqiy tovushlardan vujudga kelgan ohang vositasidan foydalanadi.
Uchinchidan musiqa bolalarda faol hissiy ta’sir ko’rsatadi, ijobiy ko’rsatmalar, kechinmalar uyg’otadi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida musiqa madaniyati fani bo’yicha dasturi bir dars o’zida ta’limning musiqa tinglash, jamoa bo’lib kuylash, musiqa savodxonligi bolalar cholg’u asboblari va ritmik harakatlar bajarish musiqa ijodkorlari kabi bosqichlar bir-biri bilan bog’lanib yaxlit holda amalga oshirilishi nazarda tutilishi kerak. Zamonaviy mashg’ulotlardan musiqa idroki yetakchi faoliyat sifatida muhim rol o’ynaydi. Chunki bu bosqichda o’quvchilar faoliyatida ko’proq o’yin xususiyatlari bo’lib turadi. Shunday qilib ta’lim va tarbiyaning maqsad va vazifalari to’laligicha amalga oshiriladi. Bu jarayonlarni ilmiy uslub jihatdan yetakchi darajada ta’minlash, milliy musiqa ta’lim mazmunini anglash kabi muhim tadbirlar, shubhasiz musiqa tarbiya samaradorligini oshirishga imkon beradi. Bu esa musiqani maktab hayotida o’quvchilar qalbida keng o’rin egallashi va ularning ma’naviyatlarini shakllantirishga samarali ta’sir ko’rsatadi.
Hozirgi kunda barcha fan o’qituvchilari pedagog – tarbiyachi kadrlar oldida dolzarb bo’lib turgan eng muhim vazifa yoshlar ongiga milliy istiqlol mafkurasi g’oyalarini singdirishda musiqa madaniyati faning ham imkoniyatlari juda boy va rang- barangdir.
II BOB. Qo’shiq o’rgatish orqali o’quvchilarni Vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishning metadologik asoslari.
II.1.Vatanparvarlik tarbiyasini mazmuni, maqzadi va inson tarbiyasidagi ahamiyati.
Vatanparvarlik – deganda avvalo, ona zaminga bo’lgan muhabbat, uni sevish, ardoqlash va ravnaqi uchun g’amho’rlik qilish tushuniladi. Vatanparvarlik jamiyatimizdagi barcha kishilarni millat elatlarni birlashtiruvchi muhim omil ekanligi hammamizga ma’lum.”Vatan” – arabcha so’zdan olingan bo’lib, “Ona yurt” degan ma’noni anglatadi. Vatan insonning kindik qoni to’kilgan, avlod va ajdodlari tug’ilgan joyi, ijtimoiy muhiti va inson, uning hayoti va ma’naviy tushunchalarni anglatadi.
Vatanparvarlik4 – deganda Vatanga sadoqat, unga xizmat qilish, yurt tinchligini asrash, Vatan ravnaqi uchun faol bo’lishga undaydigan ma’naviy – axloqiy fazilatlar tushuniladi. Vatanparvarlik – ota – bobolarimizdan meros qolgan zaminni sevish, yurtning o’tmishi va kelajagi, xalq urf-odatlarini, kuy-qo’shiqlarini, qadriyatlarini asrash va rivojlantirish demakdir. Vatanparvarlik g’oyalarini o’quvchilar ongiga singdirish oila, bog’cha, maktabdan boshlanadi. Bu jarayon bobolar o’giti, ona mehri, ota ibrati, ustozlar na’munasi orqali amalga oshadi. Vatanparvarlik g’oyalarini o’quvchilar qalbi va ongiga singdirishda adabiyot, tasviriy san’at, tarix, musiqa madaniyati fanlarining ahamiyati katta, chunki musiqa insonni tarbiyalash vositasidir. O’quvchilarni Vatanparvarlik tuyg’usini tarbiyalashni bog’cha maktabdan boshlash lozim. Chunki bolalar musiqa bilan ona allasi orqali tanishib, umrbod musiqadan ozuqa ozuqa oladilar. Radio, telvideniya, kino,mumtoz filmlar, musiqiy mashg’ulotlar orqali olinadigan musiqiy axborotlar bolalar uquvini xalq musiqasi va turli-tuman shakldagi musiqa sadolari bilan boyitib boradi. Musiqa madaniyati darslarining asosiy vazifasi yosh avlodni axloqan pok, vijdonli vatanparvar, barkamol inson qilib voyaga yetkazishdan iborat. Musiqa madaniyati darslarida o’quvchilarni ona vatanga muhabbat, Vatan oldidagi burchga ongli munosabatda bo’lish haqida kuy va qo’shiqlarni o’rganadilar. “Vatan osmondan boshlanadi” deb bejizga aytishmagan hadisi sharifda. Bolalar ulg’aygan sari ularni vatan haqida tasavvuri ham kengayib boradi. Shunday ekan, biz musiqa darslarida Vatan haqida qo’shiqlarni xalq musiqalaridan boshlab o’rgatib borishimiz maqsadga muofiqdir.
Yoshlarning ta’lim-tarbiyasi har bir ota-onaning, o’qituvchi, tarbiyachining Vatan oldidagi muqaddas burchidir. Olib borilayotgan islohatlarning vazifasi Respublikamizda o’sib kelayotgan yosh avlodning orzu-istaklariga monand ta’lim tarbiyaning ham nazariy, ham amaliy muammolarini milliy qadriyatlar asosida to’g’ri hal etishga qaratilgan. Barkamol avlodni tarbiyalash g’oyat nozik san’at bo’lib, unga juda jiddiy yondashish kerak. Yosh avlodni dunyo qarashini shakllantirishda milliy istiqlol mafkurasidan foydalanish maqsadga muofiqdir. Negaki, milliy mafkuraning bosh negizi yosh avlod ruhini tarbiyalashdagi bosh omillaridan biridir. Farzandlarimizni tarbiyalash va ularning shaxsini har tomonlama kamol toptirish barcha umumta’lim maktablari zimmasiga yuklatilgan. Bu vazifalar o’quvchilarda barcha qobilyatni o’sishiga, ijodiy intilishni vujudga keltirishga asosiy omil bo’lib hisoblanadi. Ilg’or g’oyalarni davrimizda ro’y berayotgan o’zgarishlarni, shuningdek, tarixiy mavzularni zamonaviy ruhda tushuntirish o’g’il va qizlarda g’oyaviy e’tiqodni ma’naviy dunyoqarashni tarbiyalash uchun boy manba bo’lib hisoblanadi. Shundagina yosh avlod ruhiga his-hayajonli ta’sir ko’rsatadigan ularda mardlik, jasurlikni, tashabbuskorlikni tarbiyalaydigan mustahkam milliy tarbiya tizimi tarkib topadi. Umumta’lim maktablarida o’quvchilar musiqa madaniyati, tarixi, urf-odatlari, an’analari bilan yaqindan tanishadilar.Vatanparvarlik tarbiyasining dolzarbligi xalqaro vaziyatning hafsizligi, uning mudofo quvvati, qurolli kuchlarni mustahkamligi, milliy birdamlik, ahllik,hamdardlik kabi ma’naviy omillar bilan belgilanadi. Batanparvarlik deganda, ona zaminga bo’lgan muhabbat, uni sevish, ardoqlash va uning ravnaqi uchun g’amxo’rlik qilish tushuniladi.Vatanparvarlik jamiyatimizdagi barcha insonlarni, millat va elatlarni birlashtiruvchi muhim omil ekanligi hammamizga ma’lum. Vatanparvarlik deganda – Vatanga sadoqat, unga xizmat qilish, yurt tinchligini asrash, Vatan ravnaqi uchun o’z hissasini qo’shish, milliy qadriyatlarni asrash va rivojlantirish demakdir. “Vatan” arabcha so’zdan olingan bo’lib, “Ona yurt” degan ma’noni anglatadi. Vatan insonning kindik qoni to’kilgan, ajdodlarimiz tug’ilib o’sgan joyga hurmat, yurt tinchligini asrash va unga xizmat qilish kabi fazilatlar tushuniladi. Vatanparvarlik g’oyalarini o’quvchilarimiz ongida tarkib toptirish, oila, bog’cha, maktabdan boshlanadi. Bu jarayon bobolar o’giti, onalar mehri, otalar ibrati, ustozlar namunasi orqali amalga oshiriladi.Vatanparvarlik g’oyalarini o’quvchilar ongi va qalbiga singdirishda adabiyot, tasviriy san’at, musiqa, tarix fanlarining ahamiyati katta, chunki, musiqa tarbiyasi vositasida, o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash qo’shiqlar va turli-tuman mazmundagi musiqa sadolari bilan amalga oshiriladi. Aql-idrokni o’sib borishi bilan Vatan tuyg’usi kundalik odatdan iymon, e’tiqodga aylana boshlaydi. Vatanparvarlikni e’tiqodga aylanishi, har bir inson qalbiga ichki ma’naviyatining ifodasini belgilab beradi. Milliy Vatanparvarlik deganda esa biz o’zbek xalqining qoniga singib ketgan iymon va insof, mehr-muhabbat, oqibat, shavqat, or-nomus, ona yurtiga, o’z eliga sadoqat , axloqiy ma’naviy qadriyatlar yig’indisini tushunamiz.
Umumiy ta’lim maktablarida vatanparvarlik tarbiyasi, musiqa ta’limining asosini tashkil etadi. Garchi, musiqa madaniyati fani dasturida o’zbek xalq musiqasi ma’lum tartibda berilgan bo’lsada, har bir ohang mazmunida milliy musiqa vatan haqida kuy va qo’shiqlar tavsiya etiladi. Shunday ekan biz musiqa darslarida Vatan haqida qo’shiqlarni xalq musiqalaridan boshlab o’rgatishimiz lozim. yuksak Uning to’la va to’g’ri shakllanishi musiqa madaniyati darslarida va sinfdan tashqari mashg’ulotlarda, yuksak na’munalarni ko’rsatish(ya’ni musiqiy asarlarni tinglash, Vatan haqidagi qo’shiqlarni kuylash, tarixiy obidalarni ziyorat qilish) orqali Vatanga muhabbat tuyg’usini shakllantiradi. Vatanparvarlik tuyg’ularini o’quvchilarimiz ongiga singdirish avvalombor oiladan boshlanadi. Bu nihoyatda katta mehnat talab qiluvchi murakkab vazifadir Barcha ota-onalar, bog’cha opalar, maktab o’qituvchilarini hozirgi kunda asosiy vazifalaridan biri, bolalarda Vatanga sadoqat, fidoiylik kabi fazilatlarni adabiyot, musiqa, tasviriy san’at orqali kamol toptirishdir.
Musiqa o’qituvchini o’quvchilarni yoshi, sinfi, ovoz diapazoni qiziqishiga qarab, Vatan haqida qo’shiqlarni tinglash uchun asarlar bilan birga, ya’ni pedagogika o’qitish masalalariga ko’plab milliy vahaqida kuy amaliy g’oyalar texnologiyalar, treninglar, turli o’yinlar, ko’rgazmali qurollar, musiqa cholg’u asboblari, tarqatma materiallar yordamida o’quvchilarga yetkazishdir.O’qituvchi musiqa madaniyati darslarida, o’quvchilarga qo’shiq o’rgatish bilan birga, Vatanga muhabbat, uning yutuqlaridan fahrlanish, uning ravnaqi yo’lida halol mehnat qilish, fidoiy, sadoqatli bo’lish kerakligini o’rgatadi.O’quvchilarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda musiqa darslarida qo’shiq kuylash bilan birga, sinf va maktab ichida va atrofida mehnat qilish, kompazitor, shoirlar bilan uchrashuvlar o’tkazish, tadbirlarda qatnashib maktab sha’nini himoya qilish, “O’zbekiston Vatanim manim”, “Ilhom chashmalari” “San’at g’unchalari”, “Kelajak ovozi” kabi tanlovlarda qatnashib, maktab obro’sini ko’tarish, Vatanparvarlik tuyg’usini tarbiyalaydi. Dars mazmunini esa, hayot bilan bog’lash, musiqa tassurotlarini va tajribalarini boyitib boorish asosida Vatanga muhabbat tuyg’usini tobora shakllantirib boorish, Vatanparvarlik, mehnatsevarlik, poklik, axloq-odob haqida musiqiy asarlarni o’rgatish.
Shaxs kamolotida musiqa tarbiyasini oshirish albatta ta’lim metodikasiga bevosita bog’liqdir. Musiqa tarbiyasi metodikasi fan sifatida tizimiga mansub bo’lib o’zining mustaqil o’rniga ega. Bu fan musiqa tarbiyasi metodikasi mazmuni, metodlarini yanada takomillashtirish maqsadida uning qonuniyatlarini o’rganadi. Musiqa tarbiyasi metodikasi tarbiya muassasalarida nafosat, musiqashunoslik fiziologiya, ruxshunoslik fanlarining umumlashtirilgan tajribalariga tayanadi. Musiqa tarbiya metodikasi ayniqsa nafosat musiqashunoslik fanlari bilan uzviy bog’liq. Nafosat nomi uning metodikasining asosini tashkil etsa, tarbiyaning mazmun va metodlariga bevosita ta’sir ko’rsatadi.
O’quvchilarning kuylash holatidagi muammolarni hal qilishda metodika fiziologiya tadqiqotlariga taniladi.
Musiqa tarbiyasi metodikasining mohiyati musiqa san’ati hamda madaniyati o’sib kelayotgan yosh avlod uchun muhim ahamiyatga ega.
Metodikaning fan sifatida rivojlanishi jamiyatda maorif va musiqa san’atini takomillashib borishi bilan bevosita bog’liqdir.
Shular bilan birgalikda musiqa tarbiyasi metodikasi umumiy prinsiplarini ilgari suradi. Bular onglilik badiiy va texnik rivojlanish prinsiplarga ega, bu prinsiplar o’quvchilarning musiqiy qobiliyatini rivojlantirish musiqaga bo’lgan qiziqishlarini kuchaytirish, badiiylikni tarbiyalashga qaratilgandir.
Musiqa asarni ongli idrok etish asar mazmunini ochishda va o’quvchilarga musiqiy tajribalarni to’plashda, ularning ma’naviy dunyosini boyitishda yordam beradi. Musiqa tarbiyasi emotsional onglilik prinsipi uyg’unlashish ko’payishi orqali tinglanadigan asarni to’g’ri baholay olish imkoniyatlarini rivojlantiradi. Ularning musiqaga qiziqishida didlari tarbiyalab boriladi. Badiiy va texnik bosqich prinsipi asarning badiiy va ifodali ijro etish uchun malakali kadrlar talab etadi. O’quvchilarda kuylash malakalarini egallashlariga e’tibor beradi. O’quvchilarga musiqaning rivojlanish prinsiplari to’g’risidagi tasavvurlarini shakllantirish, qobiliyatlarining rivojlantirilishi natijasida ular ular yana musiqiy tushunchalarni bilib olishadi. Musiqa tarbiya metodikasi tarbiya jarayonida ko’pgina omillarga bog’liq ekanligini e’tirof etadi. Kishilarning musiqiy madaniyati faqatgina maktabning ta’siri ostidagina shakllanmaydi.
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “O’rta ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq musiqa madaniyati fani to’rtta tarkibiy qismdan iborat”.
Musiqa tinglash.
Jamoa bo’lib kuylash.
Musiqa savodi
Musiqa ijodkorligi
Albatta har bir darsda bu tarkibiy qismlar bir biri bilan bog’langan ravishda o’tiladi va ular har darsda turli variantlarda o’rin almashib kelishi mumkin. Darsning maqsadi esa o’z navbatida beshta yo’nalishni o’z ichiga oladi.
-
Tarbiyaviy maqsadi
-
Ilmiy maqsadi
-
Bilimlarni rivojlantiruvchi maqsad
-
Kasbga yo’naltiruvchi maqsad
-
Milliy mafkura g’oyalarni singdirish maqsadi
Bu maqsadlar ham albatta bir-biri bilan bog’langan holda amalga oshiriladi. Dars mavzusi maqsadlardan kelib chiqqan holda o’qituvchi har bir jarayonida o’quvchilar ongiga milliy istiqlol mafkurasi g’oyalarini muntazam ravishda singdirib borishi lozim. Buni amalga oshirish uchun o’qituvchi o’zining keng dunyo qarashi pedagogik-psixologik bilimi darsga ijodiy yondashish notiqlik qobiliyati va kasbiy mahorotidan unumli foydalangan holda har biri zarur bo’ladi. Bu esa o’qituvchining hozirgi davrda dunyoda sodir bo’layotgan voqealar, ichki va tashqi siyosat siyosiy-ijtimoiy vaziyatni tinmay o’rganib, tahlil qilib, turishni va bilimlarni darsda o’quvchilarni yoshiga mos ravishda tushuntira olishi talab qilinadi. Hozirgi kunda koplab bastakorlarimiz va shoirlarimiz tomonidan zamon bilan hamnafas bo’lgan vatanparvarlik ruhida muhim tarbiyaviy estetik ahamiyatga ega bo’lgan qo’shiqlar yaratilayapti va bu jarayon hukumatimiz tomonidan munosib rag’batlantirilayapti. Musiqa madaniyati faning boshqa aniq fanlardan farqli tomoni shundaki u doimo zamon bilan hatto an’anaviy bayram va milliy qadriyatlarimiz bilan hamohang holda olib borishni o’qituvchidan uzluksiz ijodiy faoliyatni talab etadi. O’qituvchi har bir darsda o’quvchilarga “ Endi esa milliy istiqlol mafkurasi haqida gaplashamiz “-deb 5-6 minut ma’ruza o’qishi kerak emas, aksincha u har bir dars mavzusidan albatta ijodiy foydalanib, dars mavzusining mazmunidan kelib chiqqan holda asta-sekinlik bilan milliy istiqlol gaplarini o’quvchilarga singdirib borishi maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |