O‘z-o‘zini boshqarish. Har bir tirik mavjudot uzluksiz o‘zgarib turadigan muhitda o‘z tanasidagi kimyoviy elementlar tarkibini hamda fiziologik jarayonlarni doimiy saqlaydi. Bu gomeostazdir.
Diskretlilik – Yerdagi hayot – organik olam alohida-alohida bir butun organizmlar, populyatsiyalar, turlar, biogeotsenoz, biosferadan tashkil topgan.
Organik olam tushunchasi odam ongini rivojlanishi hamda fan va texnikaning taraqqiyotiga bog‘liq ravishda o‘zgara bordi. Uzoq vaqt organik olam o‘simliklar va hayvonlar dunyosidan tashkil topgan degan tushuncha fanda hukmronlik qildi. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab mikroskopik texnikani rivojlanishi, biologik tadqiqotlarda fizika, ximiya, matematika metodlaridan foydalanish hamda genetika, bioximiya, molekulyar biologiya, kariosistematika, genomika sohalarini rivoj topishi bilan organik olam ikki: hujayrasiz va hujayrali organizmlar kichik olamidan tashkil topganligi e’tirof qilindi. Hujayrasiz organizmlar kichik olamga vakil virus, bakteriofaglar. Hujayrali organizmlar kichik olami prokariotlar va eukariotlar katta dunyosiga ajraladi. Prokariotlar katta dunyosi mansub organizmlar hujayrasida membrana bilan alohidalashgan yadro bo‘lmaydi. Bunday organizmlarga bakteriyalar, arxebakteriyalar, sianobakteriyalar misol bo‘ladi. Ularning har birini alohida kichik dunyo deb qarash ham mumkin. Eukariotlar katta dunyosi o‘simliklar, zamburug‘lar hayvonot dunyosidan iborat.
Organik olam hujayrasiz organizmlar, prokariotlar, o‘simliklar, zamburug‘lar, hayvonlar, binobarin beshta dunyodan tashkil topganligi deyarli barcha biolog olimlar tomonidan e’tirof etiladi.
Hayvonot dunyosi uchta kenja dunyoga ajraladi. Ular bir hujayralilar, tuban ko‘p hujayralilar va haqiyqiy ko‘p hujayralilar kenja dunyolaridir.
Bir hujayralilar kenja dunyosi sohta oyoqlilar, xivchinlilar, sporalilar, miksosporidiyalar, mikrosporidiyalar, infuzoriyalar bo‘limlaridan tashkil topgan. Qayd etilgan bo‘limlar bir muncha murakkab tuzilgan.
Tuban ko‘p hujayralilar kenja dunyosi fagotsitellasimonlar g‘ovaktanlilardan iborat. Haqiyqiy ko‘p hujayralilar kenja dunyosi bo‘shliqichlilar yassi, to‘garak chuvalchanglar, tikonboshlilar, halqali chuvalchanglar, mollyuskalar, bo‘g‘imoyoqlilar, onixoforalar, paypaslagich-lar, ignaterililar, logonoforalar, qiljag‘lilar, xordali hayvon tip- bo‘limlariga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |