2-mAVZU:Organik olam xossalari.
Organik olam xossalari. Bizni atrofimizni o‘rab turgan tabiat anorganik va organik olamdan tashkil topgan. Organik olam anorganik olamdan bir qancha xossalari bilan farqlanadi.
Moddalar va energiya almashinuvi. Organik olam vakillarida doimo moddalar almashinuvi ro‘y beradi. Organizmlardagi moddalar almashinuviga asosini bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan assimilyatsiya va dissimilyatsiya tashkil etadi.
O‘z-o‘zini yaratish xossasi. Har bir tirik mavjudot ma’lum vaqt oralig‘ida rivojlanadi, yashaydi so‘ngra o‘ladi. Lekin organizmlardagi urchish tufayli tur barqarorligi saqlanadi. Urchish irsiyat bilan uzviy bog‘liq. Irsiyatning moddiy asosi nuklein kislotalar hisoblanadi. Irsiy o‘zgaruvchanlik asosida DNK va RNK molekulalarining o‘zgarishi yotadi.