Nizomiy nomidagi


Gulning paydo bo‘lishi haqida nazariyalar



Download 439,42 Kb.
bet33/152
Sana06.01.2022
Hajmi439,42 Kb.
#321248
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   152
Bog'liq
Ортиқова Л ORGANIK OLAM RIVOJLANISHI MAJMUA-2020

Gulning paydo bo‘lishi haqida nazariyalar.

1893 yil amerikalik botanik Ch. Bessi va 1896 yili gollandiyalik botanik Galler bir-biridan mustaqil ravishda gul paydo bo‘lishi to‘g‘risida strobillyar (yunoncha ninabarglilarning g‘uddasi) nazariyani o‘rtaga tashladilar. Strobillyar nazariyaga muvofiq gul bennettitdoshlarning ko‘rinishi o‘zgargan strobili, unda o‘qning uchi metamorfozga uchrab gul o‘rniga, strobil barglar esa qoplama bargi va har xil sporali gul barglarga aylangan.

XX asrning boshlarida strobillyar nazariyani ingliz paleobotaniklari M. Arber va D. Parkine yoqlab chiqdilar. Mazkur nazariyaga ko‘ra gul, bu qisqa sporali novdaning metamorfozi tufayli paydo bo‘lgan. Metamorfoz jarayonida megasporafillar mevabargiga, mikrosporafillar changdonga aylangan. Bunday o‘zgarishlarni ko‘p tadqiqotchilar gulli o‘simliklarni hasharotlar yordamida changlanish moslanish deb baholaydilar. Dastlabki ibtidoiy gullar birmuncha katta hajmli bo‘lib, uzun gul bandga o‘rnashgan va unda ko‘p sonli mikro va megasporafillar rivojlanib, ular naslsiz barglar bilan himoyalangan. Keyinchalik ulardan gulqo‘rg‘oni, mikrosporafillardan changdon, megasporafillardan urug‘chi hosil qilgan. Bunday gullar hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan magnoliyalilar, ayiqtovonlilar, nilufarlar guliga o‘xshash bo‘lgan. Yuqorida qayd qilingan farazga muvofiq mazkur o‘simlik oilalari yopiq urug‘lilar sistemasining asosini tashkil etadi va eng qadimgi ibtidoiy hisoblanadi.(10)

XX asrning boshida avstriyalik botanik R. Vettshteyn va Engler tomonidan gulni paydo bo‘lishi haqida psevdant (psevdantula yunoncha soxta) nazariya ilgari surildi. Bu nazariyaga ko‘ra yopiq urug‘lilarning dastlabki guli gnetum tipidagi urug‘i po‘stga o‘ralgan o‘simliklarning erkak va urg‘ochi to‘pgulidan paydo bo‘lgan. Shunday gullar borligini tasdiqlovchi paleontologik ma’lumotlar yo‘qligi psevdant nazariyaning zaif tomonidir. Shuning uchun bu nazariyani ko‘pchilik botaniklar quvvatlamaydi.



Savollar:

  1. Urug‘li o‘simliklar nechta bo‘limga bo‘lingan?

  2. Urug‘li o‘simliklarda gametofit ustunmi yo sporafitmi?

  3. Nima sababdan urug‘li o‘simliklar yashash uchun kurashda sporali yuksak o‘simliklardan g‘olib bo‘lganlar?

  4. Nima uchun yopiq urug‘li o‘simlik turlari ochiq urug‘li o‘simliklarga nisbatan ko‘p?

  5. Urug‘li o‘simliklar qaysi sporali o‘simliklardan va qachon paydo bo‘lgan?

  6. Ochiq urug‘lilar bilan yopiq urug‘lilarning endospermida qanday tafovut mavjud?

  7. Ochiq urug‘lilar bilan yopiq urug‘lilarning poyasining ichki tuzilishida qanday tafovutlar bor?

  8. Qadimgi ochiq urug‘li o‘simlik vakillariga nimalar kiradi?

  9. Qo‘sh urug‘lanishni o‘simliklar hayotida qanday ahamiyati bor?

  10. Yopiq urug‘li o‘simliklarni kelib chiqishi to‘g‘risida Golenkin va Taxtadjyan mulohazalarini sharhlang.

  11. Yopiq urug‘lilardagi filogenetik aloqalar qanday aniqlanadi?

  12. Gulni paydo bo‘lishi strobillyar nazariyani tushuntiring.



Download 439,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish