Nizomiy nomidagi


-Mavzu: Zamburug’lar dunyosi



Download 439,42 Kb.
bet34/152
Sana06.01.2022
Hajmi439,42 Kb.
#321248
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   152
Bog'liq
Ортиқова Л ORGANIK OLAM RIVOJLANISHI MAJMUA-2020

9-Mavzu: Zamburug’lar dunyosi

Tayanch tushunchalar va bilimlar: Zamburug‘larni organik olam sistemasida tutgan o‘rni, o‘ziga xos tuzilishi va hayot tarzi. O‘simlik va hayvonlarga o‘xshashligi va farqi. Tuban va yuksak zamburug‘lar. Zamburug‘lar filogeniyasi va kelib chiqishi. Lishayniklar.
XX asrning 50 yillariga qadar biolog olimlar zamburug‘larni o‘simliklar dunyosiga kiritib keldilar. To‘g‘ri zamburug‘larni o‘simliklarga o‘xshash tomonlari anchagina. Zamburug‘lar o‘simliklar singari ozuqani substratdan shimib oladi, cheklanmagan holda o‘sish xususiyatiga ega, hujayra-ni qalin qobiq o‘rab turadi, o‘troq hayot kechiradi. Lekin zamburug‘larda hayvonlarga xos xossalar ham bor. Chunonchi ular hayvonlar singari tayyor organik moddalar bilan oziqlanadilar. Hujayra qobig‘i 80-90% polisaxaridlardan tashkil topgan. Hujayrada 1-20, 30 gacha yadro bo‘ladi. Hujayrada glikogen, mochevina sintezlanadi.(18-rasm)(31)

Agar yuqorida qayd qilinganlar e’tiborga olinsa zamburug‘lar o‘simlik ham, hayvon ham emas. Shu sababli XX asrning ikkinchi yarmida olimlar zamburug‘larni organik olamning alohida dunyosiga kiritishni ma’qul ko‘rdilar. Zamburug‘lar dunyosi hayvonlar, o‘simliklar singari tuzilishi, hayot kechirish tarzi bo‘yicha turli-tuman organizmlarni qamrab oladi. Hozirgi vaqtda zamburug‘larning 100 000 atrofidagi turlari aniqlangan.

Ular orasida mikroskopik kichik bir hujayrali achitqi zamburug‘lar-dan tortib, baland daraxtlarning pastdan yuqorisigacha mitseliysi cho‘zilgan trutoviklar bor.

Zamburug‘lar hamma joyda: o‘rmonzorlarda, dalalarda, yerda, suvda, o‘simlik, hayvon tanasida yashaydilar. Yashash muddati bir necha kundan 10 hatto undan ortiq yilgacha boradi. Tanasi gifalardan tashkil topgan. Ular bir yoki ko‘p hujayradan iborat. Gifalar to‘planib mitseliyni tashkil qiladi. Zamburug‘ hujayrasida bitta yoki bir necha vakuola bo‘ladi. Zamburug‘lar geteratrof, ozuqani hazm qilishi hujayra tashqarisida fermentlar ishtirokida amalga oshadi. Gifa uchlaridan ajratilgan fermentlar kraxmal va oqsilni glyukoza hamda aminokislotalarga parchalaydi. Gifalar tashqarisidan parchalangan ozuqalar mitseliyni boshqa qismlariga o‘tadi. Hosil bo‘lgan glyukoza nafas olish, aminokislotalar esa o‘sish uchun sarflanadi. Ortiqcha glyukoza mitseliyda glikogen, aminokislotalar esa oqsil zahirasi holatida bo‘ladi.

Gifalarning yo‘g‘onligi 5-6 mkm. Agar gifalar to‘siqlar orqali bo‘linsa mitseliy hujayrali, agar gifalar to‘siqsiz tarmoqlangan holda bo‘lsa hujayrasiz mitseliy deb ataladi. Hujayra devori 0,2 mkm qalinlikda bo‘lib, ko‘pchilik zamburug‘larda xitindan, ba’zida sellyulozadan tuzilgan. Zamburug‘ hujayrasida plazmalemma bilan tanoplast, ribosomalar, mitoxondriyalar, Golji apparati, endoplazmatik to‘r, ikki qavat po‘stli yadro ko‘zga tashlanadi.

Hujayra devori bilan plazmalemma oralig‘ida lomasolar pupakchalar joylashgan. Golji apparati sitoplazmada ba’zan bo‘lmasligi mumkin. Hujayra yadrosi juda kichik bo‘lib, u 2-3 mkm kattalikda. Yadrolar soni 1-20, 30 tagacha bo‘ladi. Eukariotlar orasida eng ibtidoiy, bakteriyalarga o‘xshash oz genli. Zamburug‘larning ayrimlarida hujayra bo‘linayotganda yadro pardasi saqlanadi. Bu yopiq mitoz deb ataladi va hujayra bo‘linishini eng ibtidoiysi hisoblanadi. Hujayra bo‘linayotganida sentriola qatnashadi. Ozuqa zahirasi glikogen donalari lipid tomchilari, oqsil donalari va valyutindan iborat.

Zamburug‘lar aerob organizmlar bo‘lib, faqat achitqi zamburug‘lar anaerob, bijg‘ish tufayli hosil bo‘lgan energiyadan foydalanadilar. Zamburug‘lar orasida saprofit, parazit hayot kechiruvchi formalar ko‘pchilikni tashkil etadi. Zamburug‘larni bir qancha turlari simbioz mikoriza holatda hayot kechiradilar. Saprofit zamburug‘lar o‘lgan o‘simlik, hayvon tanalarida yashab, fermentlar yordamida ularni parchalab oziqlanadilar.

Parazit zamburug‘larda fermentlar kam sonli. Ular o‘simlik va hay-vonlarning ayrim turlariga zarar keltiradilar. Chunonchi g‘o‘za o‘simligida vilt kasalini, donli o‘simliklarda qora kuya kasalini keltirib chiqaradilar.

Zamburug‘larning ba’zi turlari ildizda simbioz holatda yashab tuproqdagi oziqlanish uchun qiyin organik birikmalarni parchalab, yuksak o‘simliklarni fosfor, azot birikmalari vitaminlar hamda o‘sishni tezlashtiruvchi moddalar bilan ta’minlab, ildizdan o‘zlari uchun zarur uglevodlarni oladilar.

Mikorizalar ekto va endotrof bo‘ladi. Ektotrof mikorizada zamburug‘ gifa ildizni tashqi tomondan o‘rab tursa, endotrof mikorizada zamburug‘ gifalari ildiz hujayralar ichkarisiga kirib tarmoqlanadi va shish hosil qiladi. Ektotrof mikoriza baziodamitsetlarning ayrim turlariga taalluqli bo‘lib, oq qayin, qarag‘ay, tol ildizlarida, endotrof mikoriza o‘tkazuvchi nayli o‘simliklarda 80% da uchraydi. Endomikoriza tuzilishidagi zigomitset deyteromitset tomonidan hosil qilinadi. Hozirgi vaqtda yashayotgan eukariotlar orasida eng sodda va ibtidoiy zamburug‘lar bo‘lib, ular hujayrasi hayvonlarni ibtidoiy belgilarini xam o‘zida mujassamlashtirgan.

Zamburug‘lar bo‘limi xitridiomitsetsimonlar, gifaxitridiomitsetsimonlar, aomitsetsimonlar, zigomitsetsimonlar, askomitsetsimonlar, bazidiomitsetsi-monlar, deytromitsetsimonlor sinflariga bo‘linadi.


Download 439,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish