Nizomiy nomidagi


Suvo‘tlarining quruqlikka chiqishi



Download 439,42 Kb.
bet21/152
Sana06.01.2022
Hajmi439,42 Kb.
#321248
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   152
Bog'liq
Ортиқова Л ORGANIK OLAM RIVOJLANISHI MAJMUA-2020

Suvo‘tlarining quruqlikka chiqishi. Paleozoy erasining silur davrida okean, dengiz suvlarida muntazam sodir bo‘lib turadigan to‘lqinlar tufayli qirg‘oqlarda o‘suvchi suvo‘tlarning ma’lum bir guruhi quruqlikka chiqishga muvaffaq bo‘ladilar. Suvo‘tlarning yashash sharoitini o‘zgarishi, irsiy o‘zgaruvchanlik, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish tufayli tana tuzilishida bir qancha moslanishlarni kelib chiqishiga olib keladi. Odatda suvo‘tlar bir xil namlikda, yorug‘likda rivojlanadilar. Tanasi bilan suvda erigan mineral moddalarni shimib oladi va nihoyat fotosintez jarayonida o‘zlari uchun kerakli ozuqani tayyorlaydi.

Quruqlikda esa o‘simlikning oziq moddalari bo‘lmish suv va mineral tuzlar tuproqda, SO2 esa havoda bo‘ladi. Tuproqdagi suv va unda erigan mineral moddalarni o‘zlashtirish uchun quruqlikka chiqqan o‘simliklarda avvalo rizoidlar so‘ng esa ildizlar rivojlangan. Fotosintez barglarda sodir bo‘ladi. Barg esa tuproqdan anchagina yuqoriroqda joylashgan. Suv va unda erigan mineral moddalarni rizoidlardan bargga yetkazib berish uchun alohida o‘tkazuvchi to‘qima zarur bo‘lgan.

Quruqlikka chiqqan dastlabki suvo‘tlarning yashash sharoitini o‘zgarishi ular tana tuzilishini murakkablanishiga olib kelgan. O‘simliklarning tanasidan ko‘p suv ajralmasligi, jarohatlanishdan, quyosh nuridan saqlanish uchun ularda qoplag‘ich to‘qima rivojlangan. Rizoidlar bilan barg o‘rtasida suv va ozuqa moddalarni tez harakatlanishi uchun o‘tkazuvchi naylar bog‘lami, o‘simlik tanasini ushlab turish uchun mexanik to‘qima shakllangan. Dastlabki sporali o‘simliklarni quruqlik sharoitiga moslashishi ko‘payish organlarini ham o‘zgarishiga sabab bo‘lgan. Ko‘pchilik suvo‘tlariga xos jinsiy ko‘payishdagi jinsiy hujayralar o‘rniga ana shu hujayralarni himoyalashga yo‘nalgan organlar – arxegoniy va anteridiylar paydo bo‘ladi.(7-8)

Sporali yuksak o‘simliklarda jinsiy hujayralar spermatozoid va tuxum hujayrani qo‘shilishi uchun suv zarur. Chunki suvsiz muhitda spermatozoidlar harakatlana olmaydi. Gametofitning to‘liq suv muhitidan xalos bo‘lishi, quruqlikda yashaydigan o‘simliklarning yanada jadal taraqqiy etishiga, hamda sporafitning takomillanishiga olib kelgan. Sporafit o‘tlar yoki buta, daraxt shakliga kirgan holda gametafit kichik, umri esa qisqa bo‘ladi. Binobarin, sporali yuksak o‘simliklarda evolyusion jarayon sporafit tuzilishini murakkablashtirish, takomillashtirish, gametofitni esa soddalashtirish yo‘nalishida borgan.



Savollar:

  1. O‘simlik dunyosi qanday kichik dunyolarga ajraladilar?

  2. Suvo‘tlarning tana tuzilishini o‘ziga tomonlari nimalardan iborat?

  3. Suvo‘tlarning qanday bo‘limlari bor?

  4. Yashil suvo‘tlarining o‘ziga xos xossalarini yoriting.

  5. Qo‘ng‘ir suvo‘tlariga misol keltiring. Ular qaerlarda tarqalganligini ayting.

  6. Diatom suvo‘tlar qaysi davr yotqiziqlaridan topilgan?

  7. Qizil suvo‘tlari boshqa suvo‘tlardan nimasi bilan farqlanadi?

  8. Suvo‘tlar qaysi organizmlardan kelib chiqqan?

  9. Suvo‘tlarning dastlabki namunalari qaysi era, davrlarda paydo bo‘lgan?



Download 439,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish