Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universitetining shahrisabz filiali yosh fiziologiyasi va gigiyena



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/72
Sana22.06.2022
Hajmi2,75 Mb.
#690320
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   72
Bog'liq
fayl 1055 20210522

 
 
Ingichka ichakda ovqatning hazm bo‘lishi 
Ingichka ichakning uzunligi katta odamlarda 6-7 m, diametri 2,5-3 sm. Ingichka ichak 12 barmoqli 
ichak-20 sm, och ichak va yon bosh ichakka bo‘linadi. Oshqozon qisman parchalangan ovqat bo‘tkasi 12 
barmoqli ichakka tushadi. Bu erda jigardagi o‘t pufakda ishlab chiqilgan o‘t suyuqligi va oshqozon osti bezida 
ishlab chiqilgan oshqozon osti bezining shirasi yordamida va 12 barmoqli ichak devorlarida ishlab chiqilgan 
ichak shirasi ta’sirida ovqat butkasi parchalanadi.
 
JIGAR
Jigar organizmdagi eng katta bez bo‘lib, og‘irligi 1,5 kg. chap qovirg‘alar ostida joylashgan. Jigar 
kuyidagi vazifalarni bajaradi: darvoza venasini hosil qilgan vena kon tomiri ovqatdagi va qondagi zaharli 
moddalarni zaharsizlantiradi; qon deposi hisoblanadi. Bu erda 10% qon zapasi saqlanadi; o‘lgay eritrotsitlar 
jigarda to‘planadi, bolalarda esa eritrotsitlar hosil bo‘ladi; Kuper hujayralarida o‘t suyuqligi ishlab chiqariladi; 
Jigar ortiqcha glyukozani glikogen sifatida zapas saqlab turadi; Jigar tana temperaturasini turg‘un saqlashda 
ishtirok etadi. Jigardan doimiy ravishda ovqatlangandan 20-30 minutdan so‘ng o‘t ajralib chiqadi va 12 
barmoqli ichakka kuyiladi. O‘t yog’larni emulsiyalaydi, suvda yaxshi erishini tezlashtiradi, ovqat hazm qilish 
kanalini harakatini yaxshilaydi, ichakdagi mikroblarni o‘ldiradi. Bolaning yoshi ortishi bilan jigarning hajmi, 
og‘irligi tuzilishi o‘zgarib boradi. Yangi tug‘ilgan bola jigarning og‘irligi 130 g, 2-3 yoshda - 460 g, 6-7 
yoshda - 675 g, 8-9 yoshda - 720 g, 12 yoshda - 1130 g, 16 yoshda -1260 g. Bolalar o‘t kislotasining 
konsentratsiyasi va miqdori kam bo‘ladi. 
Bolalar orasida oshqozon - ichak kasalliklari 1 yoshgacha - 40%, 5 yoshgacha - 30% va 5 yoshdan 
yuqorilarda 15-20% tashkil etadi. Noto‘g‘ri ovqatlanish, ovqatlanish gigiyenasining buzilishi, issiq sharoit 
og‘riq bolalarda ovqat hazm qilish organlarining yomon ishlashiga olib keladi. Bolalar ovqat hazm qilish 
sistemasining harakterli belgisi: shillik, qavati nozik, qon
va limfa tomirlariga boy, elastikligi sust. Bu esa 
oshqozon-ichak traktining tez yallig‘lanishiga va kasallikning og‘ir kechishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari 
ichak devorlari yuqori utkazuvchanlik xususiyatiga ega. Bu esa mikroblarning ichak devorlaridan bemalol 
25
Anatomy of the Human Body.Henry Gray.Nega Assefa Alemaya University Yosief Tsige Jimma University.In collaboration with the Ethiopia Public Health Training Initiative, The Carter Center, 
the Ethiopia Ministry of Health, and the Ethiopia Ministry of Education 2003. 499-560 betlar mazmun mohiyatidan foydalanildi.


41 
o‘tishini ta’minlaydi. Bolalarda oshqozon shirasida kislotalik kam bo‘ladi, fermentlar kam hazm qilish 
xususiyatiga ega. Buning natijasida ovqat yaxshi parchalanmaydi va tozalanmaydi va zaharli moddalarning 
hosil bo‘lishiga olib keladi. Jigarning etarli rivojlanmaganligi ham bolalarda oshqozon ichak kasallarini 
keltirib chiqaradi. 
Organizmda moddalar almashinuvi. Odam tashqi muhitdan ovqat qabul qilish, organizmda uni 
o‘zgarishi, hazm qilinishi, hosil bo‘lgan qoldiq moddalarning tashqariga chiqarilishi moddalar almashinuvi 
deyiladi. Moddalar almashinuvi natijasida energiya hosil bo‘ladi. Bu energiya hisobiga organlar ish bajaradi, 
hujayralar kupayadi, yosh organizm o‘sadi va rivojlanadi, tana haroratining doimiyligi ta’minlanadi. Moddalar 
almashinuvi bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lgan ikki jarayon, ya’ni assimilyasiya va dissimilyasiya orqali 
o‘tadi. Ovqat moddalari tarkibiy qismlarining hujayralarga o‘tishi assimilyasiya deyiladi. Assimilyasiya 
natijasida hujayralarning tarkibiy qismlari yangilanadi, ular kupayadi. Organizm qancha yosh bo‘lsa, unda 
assimilyasiya shuncha aktiv o‘tadi, bu esa yosh organizmning o‘sishi va 
rivojlanishini ta’minlaydi. 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish