Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universitetining shahrisabz filiali yosh fiziologiyasi va gigiyena


Tayanch harakat apparatining gigiyenasi



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/72
Sana22.06.2022
Hajmi2,75 Mb.
#690320
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   72
Bog'liq
fayl 1055 20210522

 
Tayanch harakat apparatining gigiyenasi 
Bolalarning o‘quv va Mehnat faoliyatini tashkil etishda o‘quv va Mehnat sharoitlarining gigiyenaga 
to‘g‘ri kelmasligi, sinf jixozlarining maqsadga muvofiq bo‘lmasligi, portfelini doim bir qo‘lda olib yurishi, 
uydagi turmushni uyushtirishda ish o‘rnining gigienik jixatdan to‘g‘ri kelmasligi, o‘rin – qo‘rpaning haddan 
tashqari yumshoq va notekis bo‘lishi umurtqa pog‘onasining rivojlanish xususiyatlariga etarlicha baxo 
bermaslik tayanch – harakat apparatining noto‘g‘ri o‘sib – rivojlanishiga olib keladi. Tayanch – harakat 
apparatining gigienik qonunlarga rioya qilmasliq umurtqa pog‘onasining rivojlanishiga, ya’ni qad-qomatning 
buzilishiga olib keladi. Bularga egilgan, kifotik, lordotik, skoliotik qad-qomat deyiladi. 
Egilgan qad-qomat bolalar tik turganda boshi bir oz oldinga egilgan, elkalari oldinga osilgan, ko‘krak 
qafasi botiqroq, qorni oldinga chiqqan bo‘ladi. 
Kifotik qad-qomatli bolalarda kuraklar qanotga o‘xshash ko‘tarilib turadi. Bukir holat yuzaga keladi. 
Lordotik qad-qomatli kishilarda gavdasining orqa qismi tekis, ko‘krak qafasi yassi, qorni oldinga 
chiqqan bo‘ladi, umurtqa pog‘onasining bel qismi normadan ko‘proq oldinga buqilishi kuzatiladi.
Skolioz deb ataluvchi qad-qomatli bolalarda tik turganda elkalarining biri past, biri baland, ko‘kraklari 
ham past, baland bo‘lib, ko‘krak qafasining bir tomoni bo‘rtganroq, ikkinchi tomoni botiqroq holatda bo‘ladi. 
Qad-qomatning buzilishi faqat tashqi ko‘rinishni emas, balki ichki organlar (o‘pka, yurak, jigar, buyrak, 
oshqozon va ichak kabilar) ning rivojlanishi va funksiyasiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Bolalarda umurtqa pog‘onasining normal shakllanishi uchun quyidagi gigienik qoidalarga amal qilish 
kerak; bolani yoshlikdan tekis va bir oz qattiqroq to‘shakda uxlashga o‘rgatish, yostiq pastroq bo‘lishi kerak; 
bolani 6 oylik bo‘lguncha o‘tkazmaslik, 10 oylik bo‘lguncha oyog’‘ida uzoq vaqt tik turg‘azmaslik kerak; 
kichik yoshdagi bolalar, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uzoq vaqt bir joyda o‘tirmasligi, tik turmasligi, uzoq 
masofaga yurmasligi, og‘ir yuk ko‘tarmasligi, doim bir qo‘lda ish bajarmasligi kerak; O‘quvchilar bo‘ylariga 
mos parta, stol-stullarda o‘tirishi kerak, parta, stol-stulda o‘tirganda gavdasi tik, elkalari bir tekisda, beli stul 
yoki parta suyanchig‘iga suyanib turishi, oyoqlari tizza bug‘imida to‘g‘ri burchak hosil qilib, bukilgan, 
ko‘krak bilan parta qirrasi orasida 3-5 sm. ga yaqin masofa bo‘lishi kerak.
Yassioyoqlik. Odam tovon kaftining pastki qismi tayanch-harakat sistemasining ressori vazifasini 
bajaradi. Bolalar uzoq vaqt tik turganda, Og‘ir yuk ko‘targanda, tor poyafzal kiyganda oyoq panjasi gumbazi 
yassilanadi, natijada yassioyoqlik kelib chiqadi. Yassioyoqlik natijasida oyog’‘ining tovon- panja va boldir 
muskullarida og‘riq bo‘ladi. Yassioyoqlik tug‘ma va hayotda orttirilgan bo‘ladi. Yassioyoqlikning 
tug‘ilgandan keyin yuzaga kelishi sabablari kuyidagilardan iborat: bolani juda yoshligidan (8-10 oyligidan) 
boshlab yurg‘izish, uzoq vaqt tik turg‘izish, yosh bolaga poshnasi yumshok poyabzal kiygizish, 
o‘quvchilarning kun bo‘yi poshnasiz sport poyabzalida yurishi, poshnasi baland, uchi tor poyabzallarni kiyish, 
og‘ir yuk kutarish.
Ana shularni hisobga olib, yassioyoqlikni oldini olishga e’tibor berish kerak. Shu bilan bir qatorda 
davlatimiz tomonidan maxsus ortopedik poyafzallarni ishlab chiqarish maqsadga muvofiqdir. 
Sog’liqning muhim belgilari bu kishilarning tugilish, o’sish, yashash, ishlash va keksayish davridagi 
sharoitlar va shu jumladan, sog’liq tizimidir. Bu vaziyatlar pul, kuch va boylilklarning iqtisodiy tanlovlar 
ta’siri ostida xalqaro, milliy, mahalliy darajada taqsimlanishi tomonidan shakllantiriladi. 
Sog’liqdagi bir maromdagi yoki qadam-vaqadam pasayish ijtimoiy holatning pasayishi bilan birga 
keladi. U yalpi aholi bo’ylab ijtimoiy - iqtisodiy va sog’liq o’rtasidagi bog’liqlikni ko’rsatadi. Qaysidir usulda 
sog’liq o’lchanadi va ijtimoiy - iqtisodiy jihatdan manfaatli, yaxshi sog’liqqa ega va kasallik yoki o’lim 
havfining quyi darajasida turgan guruxlar ustidan ma’lum daraja o’rnatishga moyil bo’ladi. G’arb davlatlarida 
darajaviylikning shakli o’limlar soni, noxushliklarning oshishi va ijtimoiy noqulayliklarning oshishi sababli 
yaxshi yashashning pasayishi uchun birmuncha tekis bo’ladi. Vaqt o’tgani sayin, sog’lomlik darajasi yuqoriga 
tomon ko’tarilyapti, chunki ko’plab insonlarning sog’lig’i yaxhilanmoqda. Shunga qaramasdan, so’g’lom 
23
Anatomy of the Human Body.Henry Gray.Nega Assefa Alemaya University Yosief Tsige Jimma University.In collaboration with the Ethiopia Public Health Training Initiative, The Carter Center, 
the Ethiopia Ministry of Health, and the Ethiopia Ministry of Education 2003. 467-500 betlar mazmun mohiyatidan foydalanildi.


39 
muhitda yashovchilarning ko’pchiligi yaxhilanish darajasini bundanda oshirishga moyil bo’lishmoqda, shu 
sababdan, adolatsizlik va tengsizliklar ham oshishga moyil bo’lyapti.
24

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish