ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
248
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
2) taklif qilingan shaxslar bilan (guruh tinglovchilari ma’lum predmet asoslarini
o‘zlashtirish chog‘ida tegishli sohada faoliyat yuritayotgan biror bir tashkilot yoki jamoa a’zolari
bilan muloqot qilishlari mumkin);
3) tengdoshlari yoki turli yoshdagi tinglovchilar bilan (juftlik asosida ishlash vaqti);
4) kichik (3-5 nafar tinglovchini qamrab oluvchi) guruhlarning a’zolari bilan;
5) katta (6-9 nafar tinglovchini qamrab oluvchi) guruhlarning a’zolari bilan (rolli o‘yinlarni
o‘ynash, debat, davra suhbati, mushoira, munozara va boshqalarda ishtirok etish);
6) tinglovchilar jamoalari yoki keng aholi qatlami bilan (kichik ilmiy izlanishlarni olib
borish, ijtimoiy topshiriqlarni bajarish jarayonida);
7) ayrim texnik vositalar bilan (kompyuter, tele va audio apparatlar, video kameralar,
slaydlar, kinoprojektorlar va h.k.).
Shuni yodda tutish kerakki, tinglovchilarning soni ta’lim yoki o‘zaro munosabatning sifati
hamda samaradorligini belgilamaydi. “O‘zaro hamkorlik”ning muhim jihati uning yuzaga kelishi
bo‘lib, u asosida tinglovchilar muayyan predmet bo‘yicha fan asoslarini mustaqil, bir-birlari bilan
o‘zaro faol munosabatda o‘zlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi[3,44].
Bizning fikrimizcha, ta’lim jarayoniga interfaol metodlarning tatbiq etilishi o‘qitishning
samarali kechishini ta’minlash bilan birga, o‘zaro hamkorlik asosida ta’lim olish uchun ma’lum
sharoitlarni vujudga keltiradi. Interfaol shaklda tashkil etiluvchi ta’limning samarasi juda yuqori.
Bugungi kunda o‘qitishda interfaol ta’lim metodlari asosiy o‘rin tutayotganligining sababi ular
bilim berish samaradorligini ta’minlashning eng optimal yo‘lidir.
O‘qitish jarayonida interfaol ta’lim metodlaridan foydalanishda quyidagi omillarga ham
e’tibor qaratish zarur:
1. Tinglovchilar imkoniyatlarining pedagogik texnologiya (o‘yin, amaliy trening, mashqlar)
maqsadi va vazifalariga mos kelishi. Tanlangan texnologiya mohiyatiga ko‘ra ta’limda o‘qituvchi u
yoki bu rol (tashkilotchi-lider, kommunikator (aloqa o‘rnatuvchi), muammolarni hal qilishda
maslahatchi roli)ni bajarishiga to‘g‘ri keladi.
2. O‘qituvchining tinglovchilar guruhlariga ta’sir ko‘rsata olish layoqatiga egaligi. Bu
jarayonda jo‘shqin, ta’sirchan suhbat, bahs-munozarani uyushtira olishi, uni samarali tashkil etishi
va albatta, natijani qo‘lga kirita olishiga o‘zida ichki ishonch va qat’iyat topa bilishi lozim.
Shaxslararo muloqatda suhbat, dialog, ularning yo‘nalishi, mazmuni, yetakchi g‘oyasi,
ishtirokchilarning dunyoqarashi, bilim doirasi, o‘y-kechinmalari juda muhim. Suhbat, dialoglarda
“sub’ekt-sub’ekt” ko‘rinishdagi muloqotning kechishi ishtirokchilarning bir-birlariga bildirayotgan
ishonchlari, zarur o‘rinlarda bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashlariga imkon beradi. Aynan mana shu
holat ta’lim jarayonining samarali kechishini ta’minlaydi[2,65].
Dialogda doimo ko‘p fikrlilik va ularning xilma-xilligi ko‘zga tashlanadi. Shu jihatiga ko‘ra
ta’lim jarayonida interfaol o‘zaro ta’sir ko‘rsatishda barcha ishtirokchilarning faolliklariga ko‘ra
o‘rganilayotgan mavzuga oid ayrim muammolar muhokama asosida hal qilinadi. Tinglovchilarning
ta’limiy faolliklari u yoki bu o‘qituvchi shaxsiga munosabat bildirishga emas, balki muloqat orqali
o‘quv masalalarini hal qilish, bilimlarga o‘zlashtirishga qaratiladi. Aynan dialogda tinglovchilar,
eng avvalo, muayyan muammoga, uning turli jihatlariga nisbatan qarama-qarshi munosabat
bildiradi, ayrim holatlarda esa bir-birlarining fikrlarini to‘ldiradi, bir-birlarini o‘zaro qo‘llab-quvvatlaydi.
Bu esa tinglovchilar tomonidan bilimlarni puxta o‘zlashtirilishini ta’minlabgina qolmay, ular
o‘rtasida hamkorlik, hamfikrlilik yoki fikrlar qarama-qarshiligini yuzaga keltiradi.
Tinglovchilarning erkin, mustaqil fikrga ega bo‘lishlarida, ularda o‘z fikrlarini bayon eta olish
layoqatining shakllanishida bu muhim ahamiyat kasb etadi.
Shunday qilib, zamonaviy sharoitda individualizm chekinib, uning o‘rnini faol ravishda o‘zaro
hamkorlik tamoyili egallamoqda. O‘qituvchining: tinglovchi bilan; tinglovchilar bilan o‘zaro faol
munosabatga kirisha olishi, qolaversa, o‘quv topshiriqlarini bajarishda tinglovchilarning o‘zaro
(tinglovchi-tinglovchi) sxemasida ishlay olishlari pedagogik hamkorlikning asosi sanaladi. Bugungi
kunda interfaol ta’lim metodlaridan musiqa o‘qitishda foydalanish o‘ziga xos dolzarblik kasb
Do'stlaringiz bilan baham: |