Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/290
Sana03.01.2022
Hajmi2,63 Mb.
#280020
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   290
Bog'liq
Milliy ma naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

"Mahbub ul-qulub" - ijtimoiy-tarbiyaviy asar. Unda muallif o’z qarashlarini ham izchil 
mantiqiy  bayon  orqali,  ham  jumlalardagi  ta’sirchanlik,  badiiy  tasvir  vositalarining  maxsus 
tanlanishi orqali izhor qilishgan. Shu jihatdan shoirning uchinchi qismdagi oshiqlar ("siddiqlar"), 
ya’ni tasavvuf  ahliga  munosabatida ular e’tiqodiga ehtirom tuyg’ulari  bilan  bir paytda ularning 
moddiy  dunyo,  real  insonlar  tashvishidan  uzoqlashib  ketganliklari,  "xalq  g’amidin  g’ami" 
yo’qligiga muayyan ishoralar ham mavjud.
 
Xalqimiz  aytadiki,  bir  ish  qilsang  “xolisanlilloh”  qilgin,  ya’ni  xolis  Alloh  taolo  yo’lida 
qilingan har bir ish xayrlidir, agar unga xudbinlik, g’araz aralashsa, yaxshiday ko’ringan ish ham 
yomonlikka olib kelishi mumkin. Navoiy nazdida “xavos ishqi”  insonning insonga bo’lgan ayni 
shunday  Haq  yo’lidagi    har  qanday  g’arazdan  xoli,  pok  mehridir.  Ana  shunday  ishq 
namoyandalarini  shoir  “ishq  ahlining  pokbozlari”,  deb  ataydi.  Ular  qatorida      Amir  Xusrav 
Dehlaviy, Shayx Iroqiy va Xoja Hofiz Sheroziylarni sanab ko’rsatadiki, bulardan ikki ustoz shoir 
va mutafakkirni adib “haqiqat asroriga majoz tariqin maxlut qilgan”lar qatorida eslab o’tgan 
edi.  Shayx Faxriddin Iroqiyning qarashlari ham ularning yondoshuvi bilan mushtarakdir. 
Navoiy  pok  insoniy  ishqni  oshiq  uchun  o’zlikni  anglash  yo’li,  “Haqiqat  asrori” 
ganjinasining kaliti deb biladi. Shoir “Layli va Majnun” xotimasida yozadi: 
Ey ishq, g’arib kimiyo sen, 
Bal oyinai jahonnamo sen. 
Ham zotingga darj kimiyoliq, 
Ham oyinai jahonnamoliq... 
Xurshedi jahonkushoy sensen, 
Mir’oti jahonnamoy sensen, 
Kim qildi senga nazarni ravshan, 
Ko’rdi eru ko’kdagin muayyan. 
Chun boqqali ixtiyor topti, 
Har soriki boqti yor topti.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish