allegoriyadir.
Lekin “majoz tariqi” namoyandalari Nizomiy, Dehlaviy, Sa’diy, Hofizlar uchun
majoziy ishq (ya’ni foniy olam mavjudotlarining bir-biriga muhabbati) mustaqil qiymatga
ega. Amir Xusrav “Shirin va Xusrav” dostoni kirish boblarida yozadi:
Fidoyi ishq shav, gar xud majozist,
Ki davlatro dar-u po’shida rozist,
Haqiqat dar majoz inak padid ast,
Ki fathi on xazina z-in kalidast.
65
(O’zingni ishqqa baxsh et, agar u majoziy bo’lsa ham,
Chunki unda saodat sirlari yashirindir.
Haqiqat majozda shunday o’zini namoyon etadiki,
Ul xazinani qo’lga kiritmoq imkoni ushbu kalit orqali bo’ladi.)
Shoir “majoziy ishq”qa ta’rif berish bilan cheklanib qolmay, o’z davridagi ba’zi “ishqi
Do'stlaringiz bilan baham: |