Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


ishqni  ruhiy  hodisa  mazmuni



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/290
Sana03.01.2022
Hajmi2,63 Mb.
#280020
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   290
Bog'liq
Milliy ma naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

ishqni  ruhiy  hodisa  mazmuni  sifatida  tadqiq  etadi.  Ibn  Sino  ishqni  (bir  narsaga  moyillik 
ma’nosida)  barcha  tabiat  unsurlariga  xos  deb  biladi  va  inson  ishqidagi  hayvoniy  va  ruhoniy 
jihatlarni ajratib ko’rsatadi
62
. Olim fikriga ko’ra ulardan qaysi biri g’olib kelishiga qarab inson 
ishqi  hayvoniy  hirsdan  ilohiy  ishq  sari  ulug’lashib  boradi.  Alloh  ma’rifatiga  intilish  ishqning 
eng oliy darajasidir, deb hisoblaydi Ibn Sino.  
G’azzoliyning  “Diniy  ilmlarning tiklanishi”(“Ihyoi ulum-ad-din”) kitobi to’rtinchi qismi 
Najotga  eltuvchilar”(“Munjiyot”)  atalib,  uning  tarkibidagi  “Ishq  haqida  kitob”da  bu  insoniy 
tuyg’u kimga yo’naltirilganiga ko’ra besh turga ajratiladi: 
1. Insonning o’z-o’ziga muhabbati. 
2. Uning o’z homiylari, unga mehr-shafqat ko’rsatuvchilarga muhabbati. 
3.Uning umuman insonlarga yaxshilik qiluvchilarga muhabbati. 
4. Insonning barcha ichki va tashqi go’zallik egalariga muhabbati, 
5. Mohiyat jihatdan o’ziga o’xshagan zotga muhabbati.
63
 
                                         
62
 Serebryakov S. B. Traktat Ibn Sinы (Avitsennы) o lyubvi. Tbilisi, 1976, s. 47-68 
63
Abu Xamid al-Gazali. Voskreshenie nauk o vere. M.-«Nauka»-1980,s. 238. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
122 
 Ushbu  barcha  muhabbat  turlari  G’azzoliyning  keyingi  mantiqiy  tahlili  natijasida 
insonning butun borliq va mavjudotlarning yaratuvchisi va xojasi Allohga bo’lgan muhabbatida 
yagona oliy tuyg’uga birlashadi. 
Tasavvuf  ta’limotida  ushbu  qarashlar  umumlashtirilib,  oxir-natijada  “ishqi  haqiqiy”  va 
“ishqi  majoziy”  tushunchalari  shakllandi.  Ularning  birinchisi  Allohga  muhabbat,  ya’ni  “ishqi 
ilohiy”  ma’nosida  bo’lib,  Haq  vasliga  intilish,  faqat  uning  xayoli  bilan  yashashni  bildirsa, 
ikkinchisi - insonlarning bir-biriga, foniy dunyo ashyolariga bo’lgan ishqi sifatida talqin etildi va 
ko’p hollarda biri ikkinchisiga zid qo’yildi. Masalan, buyuk tasavvuf shoiri Farididdin Attor eng 
mashhur asari “Mantiq ut-tayr”da qushlarni Simurg’ sari da’vat etuvchi Hudhud tilidan shunday 
xitob qiladi: 
... Ey, giriftori majoz, 
Az sifat duru ba surat monda boz
64

(...Ey, majoz tuzog’iga ilingan, 
(ichki) sifatdan uzoqlashib, 
(tashqi) suratga mahliyo bo’lib qolgan.) 
Navoiy yigitlik chog’laridan Jomiyni o’ziga pir tutgan,  undan tasavvuf irfoni bo’yicha 
maxsus ta’lim olgan. “Mahbub ul-qulub”da shoir ustozini “haqiqat va majoz tariqida komil va 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish