Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


v) falsafa yo’nalishi: ustodi soniy Forobiyning jamiyat haqidagi



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/290
Sana03.01.2022
Hajmi2,63 Mb.
#280020
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   290
Bog'liq
Milliy ma naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

v) falsafa yo’nalishi: ustodi soniy Forobiyning jamiyat haqidagi 
qarashlari.  
Uchinchi, aytish mumkinki, aql qudrati va mantiqiy tafakkurga tayangan eng 
yirik  va  eng  teran  yo’nalish  -  islom  falsafa  maktabi  bo’lib,  bu  yo’nalish  tabiiy  va 
aniq  fanlarni  o’rganish  bilan  bevosita  bog’lanib  ketadi.  IX  asrdayoq  falsafa 
yo’nalishining  birinchi  yirik  vakili  Al-Kindi  (800-870)  ijod  etganligi  ma’lum.  IX 
asrga  kelib,  bu  sohada  ham  eng  buyuk  allomalar  yana  bizning  yurtimiz  yoki, 
kengroq  olganda,  Movarounnahr  va  Xurosondan  etishib  chiqa  boshladi.  Avvalo, 
yurtdoshimiz  Abu  Nasr  Muhammad  ibn  Muhammad  ibn  Uzlug’  Tarxon  Forobiy 
(873-950)  ni  esga  olish  joiz.  U  Forobda  turkiy  elatdan  bo’lgan  harbiy  oilasida 
tug’ildi.  Shosh,  Buxoro,  Samarqand  shaharlarida  ta’lim  olib,  so’ng  Rey,  Isfahon, 
Hamadon  shaharlarini  bosib  o’tib,  Bag’dodga  kirib  bordi.  70  dan  ortiq  tilni,  o’z 
davrigacha yaratilgan ilmiy-falsafiy boylikni chuqur o’zlashtirdi. Forobiy  
 saroy doiralaridan iloji boricha o’zini uzoq tutgan, 
kamtarona hayot kechirgan, faqat umrining oxirida 
Xalab  hokimi  Sayfuddavla  (943-967)  iltifotiga 
sazovor  bo’lib,  uning  homiyligida  bir  muncha 
barakali  ijod  qilishga  muyassar  bo’lgan.  Arab 
dunyosining Misrdan tortib ko’p shaharlarini kezib 
chiqqan  alloma  Damashq  shahrida  vafot  etgan  va 
o’sha erga dafn etilgan. 
Forobiy 160 dan oshiq asar yozgan qomusiy 
bilim  sohibi  edi.  U  yunon  faylasuflari  merosini 
chuqur  o’rganib,  ularga  sharhlar  yozdi.  Ayniqsa, 
Aristotelning  murakkab  falsafiy  asarlarini  batafsil 
sharhlab  berdi.  Uning  sharhlari  asosida  katta  bir 
guruh allomalar yunon falsafa maktabi  mazmunini 
yangicha  talqinda  o’zlashtirdilar.  Bundan  tashqari 
Forobiy  ilmning  turli  yo’nalishlari  bo’yicha 
(falsafaning  umumiy  masalalari,  bilish  nazariyasi, 
fanlar  tasnifi,  matematika,  astronomiya,  muzika, 
adabiyot  nazariyasi,  notiqlik  san’ati,  fizika,  kimyo,  tibbiyot,  biologiya,  etika, 
pedagogika,  huquqshunoslik,  davlatni  boshqarish  nazariyasi,  siyosatshunoslik  va 
boshqa turli sohalarda) mustaqil risolalar yaratdi. 
Falsafa  –  Borliq  haqiqati-ni 
(Borliqning 
mohiyati, 
unda 
insonning  o’rni  va  vazifasi  kabi 
eng 
umumiy 
muammolarni) 
mantiqiy 
tafakkur 
asosida 
anglab  etish  va  anglatishga 
urinish, 
aniqroq 
aytganda, 
Borliq 
haqiqatini 
turlicha 
xususiy 
timsol-tushunchalar 
asosida 
modellashtirishga 
urinish. 
Islom 
mintaqa 
madaniyati 
doirasida 
qadim 
yunon 
falsafiy 
maktabi 
an’analarini  tavhid  ta’li-moti 
doirasida 
rivojlan-tirgan 
Forobiy, 
Ibn 
Sino 
kabi 
allomalarimiz  merosi  shu  nom 
bilan atalgan. 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
69
Insonning baxt-saodatga erishuvi, fozil jamiyat va uning hukmdori  
haqidagi  Forobiy  olg’a  surgan  g’oyalar  keyingi  asr 
allomalari 
tomonidan 
yanada 
rivojlantirilib, 
insoniyat tarixini to’g’ri tushunish va talqin qilishda 
yangicha  yondoshuvlarga  asos  soldi.  Forobiy 
merosi XII-XIII asrlardayoq lotin, qadimiy yahudiy 
va  boshqa  tillarga  tarjima  qilinib,  Evropa  xalqlari 
ma’naviyatini boyitishga xizmat qildi. 
Forobiy va uning ijodiy faoliyati haqida katta 
monografik 
risolalar 
o’zbek 
tilida 
bosilib 
chiqqanligi  uchun  bu  haqda  ortiqcha  ta’rif  shart 
bo’lmasa  kerak.  Faqat  bir  narsaga  e’tibor  berishni 
bugungi  kun  taqozo  qiladi.  Allomaning  borliq 
haqidagi  yaxlit  tasavvuri  va  talqinlari  sovet  davri 
hukmron  mafkurasi  talablaridan  kelib  chiqib  ko’p 
jihatlardan chalkash talqin etilgan.  
Forobiy  sof  falsafiy  Tavhid  ta’limotini 
yaratishni  niyat  qilgan,  desak  to’g’riroq  bo’lar.  Uning  mulohazalari  islomdan 
tashqarida emas, balki ilohiy kitobda ta’kid etilgan Tavhid ta’limotini to’g’ri talqin 
etishga tomon yana bir pog’ona yuqoriroq ko’tarilish, deyish  ma’qulroq ko’rinadi. 
Shu  o’rinda  Aristotel  va  Forobiy,  kengroq  olsak,  qadim  Yunon  mumtoz  falsafasi 
va  islom  ma’rifatchiligi  davri  bilan  Tavhid  falsafasi  orasidagi  nisbat  haqida  ba’zi 
mulohazalarga  ehtiyoj  seziladi.  Nega  islom  ma’rifatchilari  Homerning  badiiy 
ijodiga yoki Esxil va Sofokl  
 tragediyalariga  kamroq  e’tibor  berib,  Aflotun  va 
Arastu falsafasiga ayricha diqqat qaratdilar? Avval 
musulmon 
mutafakkirlari 
yunon 
badiiy 
adabiyotidan  xabardor  bo’lmaganlar  deb  faraz 
qilindi,  ammo  bu  noto’g’ri  bo’lib  chiqdi.  Bizning 
nazarimizda,  masalaning  mohiyati  boshqacharoq. 
Ma’lumki,  qadim  yunon  madaniyati  asotir  tafakkur  bosqichida  (fikrlash  tarziga 
ko’ra  olganda  «Avesto»  madaniyatining  mantiqiy  davomi  sifatida)  shakllangan. 
Shu  sababli  u  davr  badiiy  adabiyoti  ham  xalqqa  yaxshi    ma’lum  bo’lgan  asotir 
timsollarga  tayanib  yaratilgandir.  To  Aflotun  falsafasiga  qadar  biz  shu  holatni 
mushohada  qilamiz.  Aflotun  falsafasida  asotir  timsoliy  qobiq  yoki  po’stloqqa 
aylangan.  Asl  idealizm  -  bu  Aflotun  falsafasidir.  Undagi  ideyalar  olami  haqidagi 
tasavvur  asotir  tafakkur  qobig’ida  yangi  bir  dunyoqarash  -  borliqning  falsafiy 
talqini yaralib kelayotganidan darak berardi.  
Forobiyni  va  umuman,  X-XI  asr  musulmon  donishmandlarini  Aristotel 
falsafiy  merosiga  jazb  etgan  narsa  xuddi  shu  holat,  ya’ni  asotir  tafakkurni  sof 
falsafiy  dunyoqarash  engib  o’tganligi  bo’lsa,  ajab  emas.  Shu  nuqtai  nazardan 
Aristotel  qarashlari  Borliq  haqiqatini  ochiq  ko’z  bilan,  ya’ni  sof  aql  ko’zi  bilan 
idrok  etishdagi  birinchi  qadam  bo’lib,  Forobiy  talqinida  bu  qarashlar  sohibi 
Birinchi muallim nomini oldi. Talqin etuvchining o’zi esa Ikkinchi muallim ataldi. 
Shu o’rinda  yana Navoiy  yaratgan timsollar yodga tushadi. Suqrot  Farhodni  ming 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish