Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


-fasl. Yusuf Xos Hojib   va Mahmud Qoshg’ariy. X-XI asrlarda turkiy



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/290
Sana03.01.2022
Hajmi2,63 Mb.
#280020
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   290
Bog'liq
Milliy ma naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

3-fasl. Yusuf Xos Hojib   va Mahmud Qoshg’ariy. X-XI asrlarda turkiy 
xalq ma’naviyati 
 
Ilmiy  adabiyotda  arab  tili  urf  bo’lgani  uchun  turkiy  adabiyot  badiiy  ijodga 
ijtimoiy  va  falsafiy  qarashlarni  olib  kira  boshladi.  Ajdodlarimiz  o’z  asarlarida 
davlatning turli shakllarini tasvirlab, uning asosiy vazifasi insonlarni baxt-saodatga 
olib  borishda  deb  talqin  etdilar.  Bu  jihatdan  XI  asr  turkiy  she’riyatning  buyuk 
namoyandasi  Yusuf  Xos  Hojibning  “Qutadg’u  bilig”  ijtimoiy-falsafiy  dostoni 
(1069  yilda  yozilgan)  alohida  e’tiborga  loyiq.  Unda  davlatni  boshqarish,  turli 
ijtimoiy  toifalarning  o’zaro  munosabatlari  va  jamiyatdagi  mavqelari  xususida 
mufassal tahlil va xulosalar yuksak badiiy shaklda ifodalab berilgan. 
Yusuf  Xos  Hojib  asarini    Islom  ma’rifatchiligi  bosqichidagi  turkiy  xalqlar 
ma’naviyatini  mukammal  aks  ettiruvchi  badiiy-falsafiy,  ijtimoiy-axloqiy  qomus 
deb  bemalol  ta’riflash  mumkin.  Firdavsiy  “Shohnoma”da  mintaqa  xalqlarining 
o’tmish  tarixini  badiiy  aks  ettirgan  bo’lsa,  “Qutadg’u  bilig”  dostoni  X-XI  asrlar 
ijtimoiy  voqeligining  badiiy-falsafiy  tahlil  va  talqinini  o’zida  mujassam  etgan. 
Behuda  emaski,  shoirning  o’zi  kitobi  haqida  gapirib,  uning  “Adab  ul-muluk” 
(Xukmdorlar  odobi)  va  “Oyin  ul-mamlakat”  (Mamlakatni  idora  etish  qoidalari) 
nomlari  ostida  ham  shuhrat  topganini  ta’kidlaydi.  Asarning  asosiy  qahramonlari 
o’sha davr jamiyati bosh timsollarining ramziy ifodasi bo’lib gavdalanadi. Ulardan 
birinchisi  Adolat  -  u  bosh  hukmdor,  ismi  -  Kuntug’di,  u  quyoshdek  barchaga 
barobar nur taratadi. Ikkinchi timsol - Qut yoki Davlat bo’lib, bu tushuncha ichki 
mazmuniga  ko’ra  Boylik,  Baraka,  Omad,  Baxt,  Qudrat  ma’nolarini  o’zida 
jamlagan,  uning  ismi  Oyto’ldi,  u  hukmdorning  tayanchi,  uning  beliga  quvvat, 
ko’ziga  nur,  mulkiga  farovonlik  baxsh  etuvchi  bosh  maslahatchi  va  nozir.  Ammo 
Oyto’ldining  umri  foniy.  Davlat,  Baxt,  Omad  kabi  narsalar  poydor  emas. 
Osmondagi  Oy  yanglig’  goh  to’lib  balqiydi,  goh  Hilol  singari  noziklashib, 
quvvatdan ketadi, orada ko’rinmay qolishi ham mumkin. Darhaqiqat, Oyto’ldi asar 
davomida  xastalanib  vafot  etadi.  Uning  o’rniga  o’g’li  O’gdulmish  o’rinbosar, 
hukmdorning  yaqin  maslahatchisi  bo’lib  qoladi.  O’gdulmish  Aql  va  Bilim  ramzi 
(O’g  -  qadim  turkiyda  “aql”,  “bilim”  ma’nolarini  beradi).  Agar  Boylik,  Omad, 
Baxt o’tkinchi bo’lsa, kishi qo’lida doimiy turmasa, Aql va Bilim ularning o’rnini 
bosa  oladi.  Kitobning  asl  nomi  -  “Qutadg’u  bilig”  (Baxt  keltiruvchi  bilim)  - 
asarning  bosh  timsoli,  eng  asosiy  qaxramoni  O’gdulmish,  ya’ni  Aql  va  Bilim 
ekanligiga  ishora  qilib  turadi.  Asardagi  to’rtinchi  timsol  -  Qanoat.  Agar  insonda, 
jamiyatda  qanoat  bo’lmasa,  uning  barcha  fazilatlari  bir  pul,  oqibati  ayanchli. 
Qanoatning  ismi  O’zg’urmish  bo’lib,  u  Oyto’ldining,  ya’ni  Baxt  va  Davlatning, 
O’gdulmishning,  ya’ni  Aql  va  Bilimning  qarindoshidir.  Ammo  Oyto’ldi 
qarindoshini  eslamaydi,  Baxt  va  Omad  qanoatni  xotirga  keltirmaydi.  Hukmdorga 
(shoir  hukmdorni  Elig  deb  ataydi),  qarindoshi  O’zg’urmish  haqida  O’gdulmish 
eslatadi,  ya’ni  Adolat  Aql  yordamida  Qanoatdan  xabar  topadi  va  uning  suhbatini 
istaydi. O’zg’urmish bilan bo’lgan suhbatlar ta’sirida O’gdulmishning  ham ruhida 
o’zgarishlar  yuz  beradi.  U  ma’lum  vaqt  tavba-tazarruga  berilib,  moddiy  dunyo 
tashvishlaridan o’zini olib qochishga intiladi. Ammo O’zg’urmish va Kunto’ldi uni 
bu  niyatdan  qaytaradilar,  el-yurt  tashvishi  bilan  yashashga  undaydilar. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
75
O’zg’urmish  orqali  Yusuf  Xos  Hojib  tasavvuf  ta’limotiga  o’z  munosabatini 
bildiradi.  Tasavvuf,  taqvo,  zohidlik  va  faqr  shoir  nazdida  Qanoatning  timsoli. 
Adolat  Qanoatsiz  bo’lmaydi.  Hukmdor  so’fiyning,  zohidning  suhbatidan 
bahramand  bo’lib  turishi  kerak.  Sufiy  hukmdorni  qidirib  kelmaydi,  hukmdor  uni 
o’zi qidirishi, suhbatiga intiq bo’lishi kerak. Kuntug’di O’gdulmishni maktub bilan 
O’zg’urmish  oldiga  uch  marta  jo’natadi.  Shoir  fikricha,  agar  hukmdor  e’tibor 
ko’rsatsa  va  mayl  bildirsa,  so’fiy  uning  suhbatidan  bosh  tortishi  yaxshi  emas. 
Ammo  O’zg’urmish  saroy  a’yoniga  aylanmaydi,  ma’lum  vaqt  Elig  bilan  fikr 
almashib,  yana  o’z  kulbasiga  qaytadi.  Qanoat  Oqibatni  o’ylash  bilan  bo’ladi,  u 
insonga  Ofiyat  (ruhiy  osoyishtalik,  qoniqish)  keltiradi.  Shoir  ularni  ma’nodosh 
tushunchalar  sifatida  talqin  etadi.  Shunday  qilib,  aytish  mumkinki,  Forobiyning 
arab  tilida  yaratgan  falsafiy  risolalarida  ilmiy  asoslashga  uringan  fozil  jamiyat 
haqidagi  orzulari  turkiy  tildagi  bu  dostonda  o’z  mukammal  badiiy  tajassumini 
topdi. 
Yusuf  Xos  Hojib  tasavvuf  g’oyalariga,  haqiqiy  taqvo  egalariga  yuksak 
ehtirom  bilan  munosabatda  bo’ladi,  ammo  jamiyat,  xalq  baxti  uchun,  Adolat 
tantanasi  uchun  o’z  umrini  bag’ishlaganlar  uning  eng  suyukli  qahramonlaridir. 
Asar  oxirida  O’zg’urmish  ham  bu  foniy  dunyoni  tark  etadi.  Kuntug’di  va 
O’gdulmish - Adolat va Aql shoir badiiy olamida boqiy qoladilar.  
     
Turkiy  bitiklarda  o’z  aksini  topgan  yagona  turkiy  adabiy  til  va    “turk 
buduni”  atalmish  yagona  turkiy  xalq  tushunchasi  Yusuf  Xos  Hojibning 
zamondoshi  va  maslakdoshi  Mahmud  Qoshg’ariy  ilmiy  ijodida  yana  bir  qayta 
o’ziga  xos  ifodasini  topdi.  Uning  dunyo  tarixida  qiyosiy  tilshunoslik  va 
shevashunoslikning  ilk  va  mukammal  namunasi  bo’lgan  “Devoni  lug’at  it-turk” 
(Turkiy til devoni) asari (1070 yilda arab tilida yozilgan)  yagona  turkiy adabiy til 
va  uning  turli  shevalari aro  nisbatlar  hamda  og’zaki adabiyoti  namunalari orqali 
islom  mintaqasining  boshqa  xalqlariga  turkiy  xalq  ma’naviy    qiyofasi  haqida 
to’laqonli tasavvur beruvchi qomusiy manba bo’ldi. 
  

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish