Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


bosqichining ikkinchi muhim  xususiyati - o’tmish merosni  o’rganishga jiddiy



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/290
Sana03.01.2022
Hajmi2,63 Mb.
#280020
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   290
Bog'liq
Milliy ma naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

bosqichining ikkinchi muhim  xususiyati - o’tmish merosni  o’rganishga jiddiy 
kirishish  va  uni  yangicha  asoslarda  anglab  etish  harakati  har  taraflama 
rivojlandi. 
IX 
asrdayoq 
keng 
miqyosda 
tarjimachilik faoliyati boshlanib, 
 Xunayn  ibn  Ishoq  (810-873),  Sobit  ibn  Kurra 
(886-901)  kabi  atoqli  va  sermahsul  tarjimonlar, 
butun-butun  oilaviy  tarjimachilik  maktablari 
etishib  chiqdi.  Qadim  Yunon  falsafiy  merosi 
deyarli  to’liq  arab  tiliga  tarjima  qilindi.  Qadim 
Suriya,  Bobil,  Eron,  Hind  va  boshqa  o’lkalarda  yaralgan  muhim  manbalar  arab 
tiliga  o’girildi.  Adabiy  va  tarixiy  asarlar,  jumladan,  Eron  va  Turon  tarixiga  oid 
manbalar ham tarjima qilindi. Og’zaki badiiy  
adabiyot  namunalarini  yozib  olish  va  tartibga  solib,  mavzular  asosida  to’plamlar 
tuzish  avj  oldi.  Bu  ishlarning  ko’pi  davr  ziyolilarining  fidokorona  mehnati  va 
tashabbusi bilan amalga oshirilardi. 
Xorun ar-Rashid, Ma’mun kabi yirik davlat arboblaridan tortib turli o’lka va 
viloyat  hokimlari,  noiblari,  vazirlar,  turli  darajadagi  zodagon  guruhlarning  bu 
boradagi  xizmatlarini  ham  nazardan  qochirmaslik 
lozim.  Sunna  davridayoq  islom  hukmdorlari,  oliy 
tabaqa  vakillari  o’rtasida  ziyo  ahlini  saroyga  jalb 
qilish,  shoirlar,  muarrixlar,  munajjimlar,  faqihlar,  tib 
olimlari,  hatto  riyoziyot  (matematika),  handasa 
(geometriya),  adab  ilmi  (filologiya  va  ritorika) 
namoyandalarini  atrofga  to’plab,  ularning  ilmiy 
faoliyatini  moddiy  rag’batlantirish  keng  urf  bo’la 
boshlagan edi. 
Ammo  bir  haqiqatni  qayd  etib  o’tish  kerakki, 
Sunna  va  hadis  ilmining  buyuk  ustozlari  doimo 
saroydan  o’zlarini  chetga  tortib  keldilar,  Abu  Hanifa 
va  Imom  Buxoriy  kabi  islom  olamining  eng  yorqin 
siymolari  hatto  qozilik  vazifasini  bajarishga  rozilik 
bermadilar.  Ma’rifatchilar  saroy  homiyligi  bo’lmasa,  maqsadlariga  erisha  olmas 
edilar. Chunki tabiiy fanlar va o’tmish merosni jiddiy o’rganish uchun butun umrni 
bag’ishlash,  bundan  tashqari  turli  moddiy  xarajatlarni  qoplash  kerak  bo’lar  edi. 
Shu  sababli  islom  ma’rifatchiligi  namoyandalarining  ko’pchilik  yirik  vakillari 
saroyda, saroy bilan bog’liq holda yoki saroyga yaqin doiralarda ijod qilishdi. 
Mo’’tazila  oqimi  boshlab  bergan  Kalom  falsafasiga  X  asrdan  yana  ikki 
mustaqil  yirik  oqim  kelib  qo’shildi.  Ularning  birinchisi  ko’pchilikka  ma’lum 
bo’lgan  ash’ariya  oqimi  bo’lib,  asoschisi  Abul  Hasan  Ali  bin  Ismoil  al-Ash’ariy 
(873-935)  nomi  bilan  shuhrat  qozondi.  Al-Ash’ariy  o’zi  Basrada  mo’’tazila 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish