4-fasl. Buyuk ajdodlarimizga ehtirom. Ma’naviy merosimizni to’laqonli
tiklanishi yo’lidagi sa’yi-harakatlar.
Mustaqillik tufayli ma’naviy qadriyatlarimiz, o’tmish ajdodlarimiz qoldirgan
meros, o’zining butun mukammalligida, qaychilanmasdan, “progressiv-reaktsion”
atalmish zo’raki qoliplarga tiqishtirilmasdan tiklana boshladi. Qur’oni karim,
hadisi shariflar birinchi marta o’zbek tiliga tarjima qilinib, nashr etildi, Nosiriddin
Rabg’uziy, Ahmad Yassaviy, Ubaydiy, Muhammad Rahimxon Firuz, Burxoniddin
Marg’inoniy, Abu Mansur Moturidiy, Behbudiy, Fitrat, Cho’lpon va boshqa “sovet
davrida” hatto nomlarini eslash man qilingan allomalarimizning asarlari birin-ketin
nashr etilib, chanqoq kitobxonlar qo’liga etib kela boshladi. Davlat tili haqidagi
qonun qabul qilindi. Tasavvuf pirlari - Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro,
Bahovuddin Naqshband yubileylari millatimizning ruhida poklanish tuyg’ularini
uyg’otdi. Poytaxtimizning qoq markazida sohibqiron bobomiz Amir Temurning
ulug’vor mujassamasi o’rnatilishi o’zbek xalqining har bir farzandi ruhida haqli
iftixor hislaridan o’chmas yog’du paydo qildi. XX asr boshlarida millatni ma’rifat,
adolat, hurriyat sari etaklagan jadid allomalarimiz xalq dilidan yana munosib o’rin
ola boshladi. “Bosmachi” deya yoppa qoralangan milliy ozodlik harakati
ishtirokchilari o’z qadrlariga loyiq baholandilar.
Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o’lkaning, davlatimiz hududining xolis va
haqqoniy tarixini tiklash milliy o’zlikni anglashni, ta’bir joiz bo’lsa, milliy iftixorni
tiklash va o’stirish jarayonida g’oyat muhim o’rin tutadi. Tarix millatning haqiqiy
tarbiyachisidir. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni
jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmog’i zarur. Markaziy Osiyo tarixida
siyosiy aql-idrok bilan ma’naviy jasoratni, diniy dunyoqarash bilap qomusiy
bilimdonlikni o’zida mujassam etgan buyuk arboblar ko’p bo’lgan. Imom Buxoriy,
Imom Termiziy, Xoja Bahouddin Naqshband, Xoja Ahmad Yassaviy, Al-
Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulugbek, Zahiriddin Bobur va
boshqa ko’plab buyuk ajdodlarimiz milliy madaniyatimizni rivojlantirishga ulkan
hissa qo’shdilar, xalqimizning milliy iftixori bo’lib qoldilar. Ularning nomlari,
jahon tsivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo’shgan buyuk hissalari hozirgi kunda butun
dunyoga ma’lum.
Bizning o’tmish madaniyatimiz butun insoniyatni o’ziga rom etib
kelayotgan markaz bo’lib kelayotganligi tasodifiy emas. Samarqand, Buxoro, Xiva
faqat olimlar va san’at ixlosmandlari uchungina emas, balki tarix va tarixiy
qadriyatlar bilan qiziquvchi barcha kishilar uchun ziyoratgohga aylangan.
Mustaqillik davrida o’zbek olimlarining kuch-g’ayratlari bilan tariximizning
ko’pdan-ko’p g’oyat muhim sahifalari, eng avvalo, temuriylar davri, XIX asr oxiri
- XX asr boshlari tarixi yangidan kashf etildi.
152
Islom Karimov.Asarlar. 3-jild, s. 41
www.ziyouz.com kutubxonasi
195
Ma’naviyatni mustahkamlash uchun mehnat va mablag’ni ayash o’z
kelajagiga bolta urish demakdir. Vatan va jahon madaniyatining, adabiyot va
san’atning yutuqlari har bir oilaga etib borishi uchun oilaning moddiy
ta’minlanganligidan qat’i nazar qulay sharoitlar yaratish talab etiladi. Ijodiy
xodimlarning ma’naviy kuchiga erkinlik berish, ularga har tomonlama yordam
ko’rsatish ham katta ahamiyatga egadir.
Milliy tuyg’u inson uchun tabiiydir, chunki u ota-onalardan meros qilib olingan
va bola o’z ota-onasiga, butun dunyoga aytgan birinchi so’zida ifodalanadi. O’z
xalqiga, uning an’analariga, tili va madaniyatiga muhabbat va hurmatni
tarbiyalamasdan turib, haqiqiy insonni tarbiyalash mumkin emas. Vatanparvarlik,
fuqarolar yakdilligi — yosh va mustaqil O’zbekiston davlati barpo etilayotgan
negizdir. Ayni shu narsa jamiyatni qayta o’zgartirish yo’lidagi qiyinchiliklarni engib
o’tishga, hamjihatlik va hamkorlikka erishishda yordam beradi. Xalqimizning xotirasi
ajoyib nomlarga boy. Butun jahonga mashhur bo’lgan Beruniy, Al-Xorazmiy, Ibn
Sino, Imom Buxoriy, At-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Ulug’bek, Navoiy va boshqa
ko’pgina allomalar ma’naviyati keng va ayni vaqtda qismati og’ir bo’lgan
siymolardir. Buyuk ajdodlarimizning ulug’ nomlari, xalq xotirasi va uning taqdiri
munosib davom etishga loyiqdir.
1991 yil Alisher Navoiy yili deb e’lon qilindi va o’sha yil to’kin kuzning
birinchi oyida o’zbek milliy ma’naviyatining quyoshiga bag’ishlanadigan asosiy
tantana va tadbirlarni o’tkazish belgilandi. Ollohning inoyatini qarang-ki, xuddi
ushbu tantanalar boshlanishi oldidan mamlakatimiz siyosiy mustaqillikni qo’lga
kiritdi va sentyabrning birinchi kuni Mustaqillik bayramiga aylandi.
She’riyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludlariga bag’ishlangan
anjumanda Respublikamiz rahbari nutq so’zlab, yosh avlodni tarbiyalashda buyuk
allomamizning o’rinlari juda katta ekanligini yana bir bor e’tirof etdi. “Mana,
salkam bir yildirki, O’zbekistonimizda, O’rta Osiyoda barcha Sharq xalqlari
tomonidan nishonlanayotgan Alisher Navoiyning umr va ijod to’ylari — qutlug’
ma’raka davom etmoqda. Bu to’y millat bayramidir. Qadriyatimizni yana bir bor
ulug’laydigan bayramdir. Bu to’y xalqimiz, O’zbekistonimiz hayotiga alohida fayz,
tarovat baxsh etdi.Alisher Navoiy yili deb e’lon qilingan 1991 yil yurtimiz, elimiz
tarixida qutlut keldi, unutilmas sana bo’lib qoldi. Bu yil xalqimizning asriy orzu-
umidlari amalga oshirildi. O’zbekistonimiz davlat mustaqilligini e’lon qildi va o’z
taqdirini endi o’zi hal qiladigan bo’lib qoldi.
Sizlarni, O’zbekistonning barcha fuqarolarini, barcha vatandoshlarimizni
ana shu qo’shaloq bayram bilan jumhuriyatimiz rahbariyati nomidan, shaxsan o’z
nomimdan chin yurakdan tabriklayman va yurtimizda haqiqiy mustaqillik o’rnatish
yo’lida hammangizga kuch-quvvat, mardlik-omonlik, hamma ishlaringizda va
hayotingizda omad tilayman...
Men ishonamanki, Navoiy haykali, bog’i shahrimizning, diyorimizning eng
go’zal va asosiy ziyoratgohi bo’lib qoladi. Bu er yillar, asrlar davomida katta xalq
tantanalari, qariyalarimiz, yosh avlodimizga, xalqimizga malham, ruhiy madad
beradigan sevimli va maroqli bir oromgohga aylanadi, degan katta umidim bor. U
ijod ahli uchun ilhom maskani va kamolot ka’basiga aylanib ketsa ajab emas.
www.ziyouz.com kutubxonasi
196
Bugun biz bobomiz ruhi oldida chuqur ta’zim bajo keltirar ekanmiz, undan
oldin va undan keyin o’tgan ulug’ zotlarning ruhlari ham shod bo’ladi, deb umid
qilamiz. O’z tarixi va ajdodlarini siylagan xalqning kelajagi, albatta, porloq
bo’ladi. Ishonamizki, O’zbekistonimiz tez orada dunyo hamdo’stligi o’rtasida
o’ziga munosib o’rinni egallaydi, inshoollo. Ana o’shanda ham Alisher
Navoiyning qutlug’ nomi bizga madadkor bo’ladi”,- degan edi Yurtboshimiz.
Mustaqillik yillarida o’tgan ulug’ shoir va adiblarimizning yubileylarini
o’tkazish qutlug’ an’anaga aylanib bordi. 1993 yili atoqli shoir G’afur G’ulomning
90 yilligi va shoh-shoir va ulug’ adib Zahiriddin Muhammad Boburning 510 yilligi
tantanalari o’tkazildi va Andijonda “Bog’i Bobur” barpo qilindi. 1994 yilda
Sho’rolar zamonida faqat hukmdor bo’lgani tufayli nomi qoralangan ma’rifatparvar
shoh va iste’dodli shoir Muhammad Rahimxon Feruzning 150 yillik yubileyi
nishonlandi. 1997 yili noyabrda Abdulhamid Cho’lponning 100 yilligi, 1999 yili
buyuk tasavvuf shoiri Pahlavon Mahmudning 750 yilligi va ulug’ shoir va tarjimon
Ogahiyning 190 yilligi keng ko’lamda bayram qilindi. 2003 yili G’afur
G’ulomning100 yilligi munosabati bilan shahar markazidagi shinam madaniyat va
istirohat bog’i uning nomiga qo’yildi va shu bog’da unga ulug’vor haykal o’rnatildi.
Bugungi kunda birgina Toshkent shahrining o’zida Bobur nomida, Mirzo Ulug’bek
nomida, Abdulla Qodiriy nomida, bolalar shoiri Zafar Diyor nomida bog’lar barpo
etilgan.
She’riy va nasriy asarlar ustasi, millionlarning sevimli adibi bo’lgan G’afur
G’ulom tavalludining 90 yilligiga bag’ishlangan anjumanda davlatimiz rahbari
so’zga chiqib, adib asarlarining tarbiyaviy ahamiyati, dolzarbligi jihatidan bugungi
kunda ham ahamiyatli ekanligini yana bir bor ta’kidlab shunday degan edi:
“Prezidentlar keladi-yu ketadi, lekin G’afur G’ulomdek ulug’ ijodkorlar, shoirlar,
adiblar, ularning ijodi boqiy qoladi. Shu nuqtai nazardan aytmoqchimanki, har bir
rahbar qaerda bo’lmasin, qaysi davrda bo’lmasin, agarki uzoqni o’ylaydigan
bo’lsa, chuqur fikr yuritadigan bo’lsa, avvalambor ijodkorlarga sharoit tug’dirib
berishi kerak...
Mening shaxsiy fikrim — O’zbekistonni agar ulug’lamoqchi bo’lsak,
O’zbekistonning buyuk kelajagi bor demoqchi bo’lsak, mana shu zalga qaratib, butun
xalqimizga qaratib aytmoqchimanki, bizlar avvalambor buyuk yozuvchilarni, buyuk
shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak... “
O’zbekistonimizda nafaqat shoiru adiblar, balki nozik, go’zal she’rlar bita
oladigan, oqila ayollarimiz ham bo’lgan va hozir ham bor. 1995 yili vafo va
sadoqat timsoli bo’lgan taniqli va sevimli shoiramiz Zulfiyaxonimning tabarruk 80
yoshga to’lgan kunlariga bag’ishlangan tadbirda Prezidentimiz quyidagilarni
e’tirof etdi: “Siz zamonamizning zabardast shoiri va jamoat arbobi sifatida
O’zbekistonning jarangdor ovozi bo’ldingiz, deb aytsak, aslo mubolag’a bo’lmaydi.
Jahon minbarlarida yangragan she’rlaringiz — Sharq ayolining aqlu zakosi, fazlu
kamolidan noyob nishonadir. Siz latif ijodingiz bilan millionlab kishilarga ezgulik,
muhabbat va sadoqatdan saboq berdingiz...
Siz Gulbadanbegim, Zebuniso, Uvaysiy, Nodirabegim kabi Sharqning buyuk
fozila ayollari boshlagan an’analarni boyitib, yangi pog’onaga ko’tardingiz.
www.ziyouz.com kutubxonasi
197
Mehribon va talabchan ustoz Zulfiyaxonimning mahorat maktabidan ko’plab yosh
iste’dodlar bahramand bo’ldilar.
Istiqlol ruhi Sizni, ijodingizni yanada yoshartirib yubordi. Maftunkor
she’riyatingiz yoshlik nafasi bilan qayta uchqunlandi. Sizning, el ardog’idagi etuk
ijodkor, mohir tarjimon, atokli noshir-muharrir va jamoat arbobining tavallud kuni
milliy bayram sifatida nishonlanishi mustaqil davlatimiz hayotida katta voqea. Bu
qutlug’ sana istiqlol zamonida, yorug’ kunlarda o’tayotgan millionlab
muxlislaringizning quvonchiga quvonch qo’shishi juda tabiiydir”.
Yurtimizda qadimdan jahon ilmiga salmoqli xissa qo’shgan, dunyoda nomi
shuhrat qozongan zabardast allomalar ko’p o’tgan. Afsuski, qaramlik davrida
ularning ham nomlari ko’p tashviq qilinmas edi. Mustaqillik sharofati bilan
ularning amalga oshirgan buyuk xizmatlari ham o’ziga yarasha yuksak e’tiborini
topa boshladi. Shulardan biri bundan 1200 ilgari yurtimiz nomini jahonga tanitgan
buyuk astronom, matematik va geograf Ahmad al-Farg’oniy bo’lib, 1998 yilda
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan allomaning 1200 yillik tavallud
sanasi katta tantanalar bilan nishonlandi. Bu bayramda Prezident nutq so’zlab,
quyidagilarni alohida ta’kidladi:
“Bugun yurtimizning qadimiy va so’lim go’shalaridan biri Fargonada
muborak bayram. Bugun xalqimizning bir buyuk o’g’loni, o’rta asrlar jahon ilm-
fani asoschilaridan biri, qomusiy olim Ahmad al-Farg’oniyning xotirasini yod etib
turibmiz. Ushbu tarixiy voqealar butun dunyo ilmu ma’rifat, ma’naviyat ahlining
diqqat markazida bo’lib, el-yurtimiz obro’-e’tiborini jahonga tarannum etmoqda...
Ahmad al-Farg’oniyning olamshumul merosi dunyo madaniyati va ma’rifati
xazinalaridan biri bo’lib, Milliy salohiyatimiz, milliy tafakkurimiz ko’lami va
qudratining isbotidir. Ahmad al-Farg’oniy merosi insoniyatning yangi ilm
cho’qqilariga ko’tarilishiga sababchi bo’ldi, butun ma’rifiy dunyo olimlari uchun
dasturilamal bo’lib xizmat qildi. Farg’onalik bu fozil zotning "Astronomiya
asoslari" nomli shoh asari o’n ikkinchi asrdayoq lotin va ivrit tillariga tarjima
etilgan edi... Ahmad al-Farg’oniyning astronomiya fani rivojidagi nufuzi shu qadar
ediki, alloma bobomizning nomi Er kurrasidagina emas, samoda ham abadiy
shuhrat topdi. O’n oltinchi asrdayoq Oydagi kraterlardan biriga uning nomi
berilgan edi. Atoqli astronom Yan Geveliy tomonidan 1647 yili nashr qilingan
"Selenografiya" kitobida Oydagi kraterlardan ikkitasi ikki buyuk vatandoshimiz —
Ahmad al-Farg’oniy va Mirzo Ulug’bek nomi bilan ataladi...
Bir haqiqatni barchamiz anglab olishimiz zarur. O’zbek zaminida asrlar
davomida fan va madaniyatning turli sohalarida buyuk iste’dodlarning parvarish
topgani bejiz emas, albatta. Jamiyat taraqqiyotidagi har qanday o’zgarishlar,
yangiliklar, ayniqsa, insoniyat rivojiga katta turtki beradigan jarayonlar,
kashfiyotlar o’z-o’zidan yuz bermaydi. Buning uchun avvalo asriy an’analar,
tegishli shart-sharoit, tafakkur maktabi, madaniy-ma’naviy muhit mavjud
bo’lmog’i kerak. Millatning tabiatida, qonida, nasl-nasabida ezgulik va ma’rifat
sari intilish mafkurasi va qonuniyati jo’sh urishi lozim. Buning uchun eng avvalo
mana shu qadimiy va betakror yurtga Allohning nazari va e’tibori tushishi kerak...
Ahmad al-Farg’oniyga bag’ishlangan tantanalar o’zligimizni, qadr-
qimmatimizni, millatimizning dunyoda tutgan o’rnini anglash yo’lida yana bir
www.ziyouz.com kutubxonasi
198
muhim vositadir. Ayniqsa, bu sananing YuNESKO qarori bilan xalqaro miqyosda
keng nishonlanishi Ahmad al-Farg’oniy ilmiy merosini o’rganish borasidagi yangi-
yangi tadqiqotlarga asos bo’ladi, deb ishonaman...”
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, biz orzu etgan buyuk davlatni bunyod qilish
barchamizdan mustahkam iroda, iymon-e’tiqod, milliy g’urur tuyg’usi, buyuk
ajdodlarimizdan meros qolgan ma’naviy bisotga ega bo’lishni talab qiladi.
Bilaklarimizda kuch, qalblarimizda kelajakka ishonch bo’lmog’i shartdir. Buning
uchun ushbu tabarruk zaminni obod etishga o’z hayotini bag’ishlagan buyuk
ajdodlarimiz nomini kelajak zafarlarga undovchi bir bayroq yanglig’ baland
tutmog’imiz lozim. Ana shunday nomi millatimiz tug’iga aylangan zabardast siymo
ulug’ bobokalonimiz Amir Temurdir.
Ko’p yillar mobaynida, hattoki Evropa davlatlari samimiy ehtirom bilan tan
olgan bobokalonimizni yovuz, kallakesar degan “ertaklarga”ishonishga majbur
qilindik. Uzoq yillar mobaynida mustamlaka iskanjasida kun kechirgan xalqimiz
o’z vatandoshini qadrlash, uning tarixiy mavqeini munosib o’ringa qo’yish
imkonidan mahrum edi.
Qaramlik kasofati bilan Amir Temur nomi tariximiz sahifalaridan qora
bo’yoq bilan o’chirildi, unutishga mahkum etildi. Maqsad xalqimizning yuragidan
milliy ong, milliy g’urur tuyg’usini yo’qotish, uni qaramlikka, tobelikka ko’ndirish
edi. Mana oxiri haqiqat g’alaba qilib, Sharqda tengi yo’q sarkarda, Vatan va millat
mustaqilligi uchun umrini baxsh etgan fidoyi o’g’lon, Markaziy Osiyoda bundan
600 yil avval ulug’ bir saltanat barpo etgan davlat arbobi istiqlol sharofati bilan o’z
vataniga qaytdi. Yosh avlod ongiga milliy ma’naviyatimiz an’analarini
singdirishda buyuk sarkarda Amir Temurning “Tuzuk”lari, millat nomini
yuksaklarga ko’tarishga sarf etilgan hayoti buyuk ibrat timsolidir.
1993 yil avgustda Toshkent shahrida Amir Temur va Ulug’bek haykallari
ochildi. Amir Temur tavalludiga bag’ishlab o’tkazilgan anjumanda Prezidentimiz
quyidagilarni aytib o’tdi: “Bugun — o’zbek xalqi tarixida ulug’ kun. O’zbekiston
mustaqilligiga, muborak istiqlolimizga ikki yil to’ldi.
Buyuk ayyom arafasida Temur bobomiz haykalining ochilishi o’ziga xos
ramziy bir ma’noga egadir. Vatanimiz istiqlolini yanada mustahkamlash, uni
himoya qilish, yurtimiz sha’ni-shavkatini yuksaltirish, adolat, insof va diyonat
hukmron bo’lgan erkin jamiyat, mehnatkash xalqimizga munosib farovon hayot
qurish bizning insoniy va fuqarolik burchimizdir. Mamlakatimizning markazida,
qadimiy va go’zal poytaxtimiz — jonajon Toshkentimiz o’rtasida qad ko’targan
ulug’ bobomiz siymosi xalqimizga faxr va g’urur baxsh etmog’i muqarrar!
Bu siymo mard, tanti, halol va g’ayratli xalqimizni birlashtirishda,
jipslashtirishda, iymon-oqibatli bo’lishda, qudratli kelajagimizni qurishda bizga
yangi-yangi kuch-quvvat va shijoat bag’ishlaydi”.
1994 yili ulug’ temuriyzoda, buyuk alloma va hukmdor Mirzo Ulug’bekning
600 yilligi yurtimizda keng nishonlandi. Oradan ko’p o’tmay 1996 yilni "Amir
Temur yili" deb e’lon qilish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmoni e’lon qilindi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
199
XIV asrda mamlakatimiz shuhratini jahonga taratgan bu buyuk shaxs
sharafiga Parijda — Evropaning qoq markazida Amir Temur hamda temuriylar
davriniig ulug’vor madaniy yutuqlariga asoslangan ko’rgazma ochildi.
Hayratlanarli joyi shundaki, Frantsiyada XV asrdayoq Amir Temurga
yodgorlik o’rnatilib, unga "Evropaning haloskoriga" degan chuqur ramziy ma’noli
so’zlar yozib qo’yilgan. Ayni Amir Temur bosqinchi to’dalarning Evropa
ichkarisiga qilayotgan harakatiga chek qo’yganini, boshqa tajovuzkorlik yurishlarini
uzoq muddatga to’xtatib qo’yganligi bunga sabab bo’lganligi tarixdan ma’lum.
Bugun biz ma’rifatli Movarounnahr ruhi, temuriylar davrida fan va san’atning
gullab-yashnagani Evropada uyg’onish jarayoniga hayotbaxsh ta’sir etganini,
umumjahon taraqqiyotiga ko’maklashganini anglab faxrlanamiz.
"Siyosatda maslahat, mulohazakorlik, o’ylab ish qilish qurol kuchidan ko’ra o’n
baravar foydaliroqdir", degan dono so’zlar Amir Temurga mansubdir. Bu so’zlar
hozirgi tilda nizoli masalalarni siyosiy muloqot, ogohlantiruvchi diplomatiya yo’li
bilan hal qilishni bildiradi. Amir Temurning tarixiy xizmati yana shundan iboratki,
uning harakatlari tufayli Osiyo va Evropa davlatlari tarixda birinchi marta yagona
jug’rofiy-siyosiy makonda ekanliklarini his etdi. Bu faqat ulkan afzallikdagina emas,
savdogarlar, xalqlar hech qanday to’sqinliksiz harakat qiladigan yangi yo’llarning
ochilishida ham namoyon bo’ldi.
Bu anjumanda davlatimiz rahbari nutq so’zlab, quyidagilarni aytib o’tdi:
“Buyuk strateg, mohir siyosatchi, eskirgan ijtimoiy munosabatlarning qat’iy
islohotchisi, savdo-sotiq, hunarmandchilik va madaniyatning homiysi bo’lgan Amir
Temur "qonunlar va urf-odatlarga asoslangan" davlatni barpo etdi. YuNESKO
qarorgohidagi ushbu ko’rgazma Amir Temurning "Chindan ham ishlarimiz bizni
ko’rsatib turadi!" degan mashhur so’zlarini yaqqol tasdiqlamoqda. Markaziy Osiyo
madaniy va ma’naviy merosini o’rganish hamda qayta tiklashga doir maxsus
dasturni ishlab chiqish va amalga oshirishga YuNESKOning qo’shgan ulushini
O’zbekiston yuksak darajada qadrlaydi.
Bu O’zbekiston uchun, ayniqsa, qimmatlidir, O’zbekistonda, ma’lumki,
mash’um sovet davrida ko’plab madaniyat yodgorliklari buzib yuborilgan, er bilan
yakson qilingan edi. Shu sababli biz amalga oshirilayotgan turli loyihalarda,
xususan, O’zbekiston hududidagi arxeologiya ekspeditsiyalarida turli mamlakatlar,
shu jumladan, Yaponiya va Frantsiya olimlari hamda mutaxassislarining ishtirokini
juda qadrlaymiz.
YuNESKOdagi ko’rgazma hammangiz uchun O’zbekistonga, Amir Temur
Vataniga borishga o’ziga xos taklifnomadir. Ishonchim komilki, me’morchilik
yodgorliklari, qadimgi qo’lyozmalar, Turkiston xalq ustalari yasagan buyumlar
asrlar osha sizlarga ulug’vorligi va badiiy shakllarning puxtaligi bilan, fikr va ijod
teranligi, ma’naviy soflik bilan zavq bag’ishlaydi. Ular aql-idrokni yuksaklikka
ko’taradi va hozirgi inson G’arbdami yoki Sharkdami — qaerda yashamasin, uning
qalbiga etib boradi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |