vahiyga
asoslangan)
tasav-vurlari,
ularga qat’iy ishonchi, shu ishonchga
muvofiq amal qilishga intilishi. Dinning
botiniy va zohiriy jihatlari mavjud
bo’lib, botiniy jihati imon, zohiriy jihati
ibodat-lardir. Imon masalasi din va
ma’naviyatning umumiy jihati bo’lib,
diniy imon ma’naviyatning muayyan
jihatiga nisbatan xususiy holdir.
www.ziyouz.com kutubxonasi
191
1998 yilda Respublika Prezidenti farmoni bilan buyuk hadisshunos alloma,
1200 ilgari yurtimiz dovrug’ini butun dunyoga taratgan, hadis ilmida “amir al-
mo’miniyn” degan sharafli nomga sazovor bo’lgan buyuk muhaddis Imom
Buxoriyning 1225 yillik tavallud kuni nishonlanib, uning maqbarasi qayta qurildi.
Shu munosabat bilan respublika Prezidenti ushbu anjumanda ma’ruza qildi.
Ma’ruzada jumladan shunday deyiladi:
“ Bugun ulug’ ajdodimiz Imom al-Buxoriy hazratlarining ruhini shod etish,
bobokalonimiz tavallud topgan muqaddas zaminda ul zoti sharifning xotirasini yod
etish kunidir. Bu kabi tantanalarni o’tkazishdan ko’zlangan niyat va maqsadlarimiz
haqida, muqaddas qadamjolarni obod qilishimiz sabablari to’g’risida ikki og’iz
so’z aytishga ijozat bergaysizlar.
Eng avvalo, bu ishlarni amalga oshirish zamirida savob degan olijanob
tushuncha yotadi. Savob — ulug’ insoniy fazilat, yuksak islomiy qadriyatlardan
biridir. Mening komil ishonchim shuki, savob ishni har kim qilishi kerak, savob
ishni har kun qilish kerak. Savobli amallar qilish esa xalqimizga xos azaliy
xislatdir. Savobli ishlarni qilgan odamga, uning elu yurtiga albatta Allohning
rahmatlari yog’iladi. Muqaddas Qur’oni karim oyatlarida ta’kidlanganidek,
"Yaxshilikning mukofoti faqat yaxshiliqdir". Biz ezgu ishlarni qancha ko’p qilsak,
ulug’ ajdodlarimizning izzat-ikromini joyiga qo’ysak, ularning tabarruk nomlarini
butun dunyoga tarannum etsak, Yaratganimizning o’zi bizni balo-qazolardan
asraydi, bizga kuch-qudrat ato etadi, yo’li-mizni ochib beradi...
Imom al-Buxoriy hazratlari nafaqat o’zbek xalqi, balki butun musulmon
olamining faxr-iftixoridir. Ul tabarruk zotning hayoti tom ma’nodagi ilmiy va
insoniy jasorat, bukilmas iroda, so’nmas e’tiqod timsolidir. Buyuk vatandoshimiz
bashariyatga tengsiz ma’naviy meros qoldirib ketdi. Bu merosning gultoji — eng
ishonchli hadislar to’plami — "Al-Jome’ as-Sahih" islom dinida Qur’oni Karimdan
keyin e’zozlanadigan ikkinchi manbadir. Butun dunyo musulmonlarining
e’tiqodiga ko’ra, u bashariyat tomoni-dan bitilgan kitoblarning eng ulug’idir.
Mana, o’n ikki asrdirki, bu kitob millionlab insonlar qalbini iymon nuri bilan
munavvar etib, haq va ezgulik yo’liga chorlab kelmoqda.
Yaratganimizga shukurlar bo’lsinki, ozodligimiz sharofati bilan al-
Buxoriydek ulug’ ajdodlarimiz el-yurt bag’riga qaytmoqda. Allomaning o’lmas
merosi har bir yurtdoshimiz xonadoniga kirib, ongu tafakkurimizni ravshan
etmoqda. Qalblarimizni iymon nuri va mehr-oqibat tuyg’ulari bilan musaffo
etmoqda. Biz eski tuzum, eski mafkura zug’umidan xalos bo’lgach, o’zligimizni,
qanday ulug’ insonlarning avlodi ekanimizni, qanday boy va betakror ma’naviy
meros vorislari ekanimizni anglash, milliy qadriyatlarimizni tik lash yo’lida tarixda
iz qoldiradigan ko’pgina xayrli ishlarni amalga oshirdik...”
“Din odamzodni hech qachon yomon yo’lga boshlamaydi”
146
, deydi
Prezident. Dinni niqob qilib nizolar chiqarishga urinish ostida esa doimo muayyan
xudbin niyat, g’arazgo’ylik yoki jaholat yotadi. Shu sababli I.A.Karimov haqiqiy
imon-e’tiqodni siyosiy nayranglardan farq qilish zarurligini ta’kidlash barobarida
o’zbekning imoni xususida doimo sobit turadi:
146
Islom Karimov.Asarlar. 1-jild, s. 26
www.ziyouz.com kutubxonasi
192
“Men ham shu xalqning bir farzandiman, shu millatning bir o’g’liman.
Alhamdulilloh, bir musulmon farzandi sifatida xalqimga xos islomiy tushuncha va
tuyg’ular mening ham qalbimda, yuragimda barqaror va men bu dunyoyu u dunyo
o’z e’tiqodimdan qaytmayman”
147
.
“Bu e’tiqod yurtimizdagi millionlab vatandoshlarim qatori mening ham
dunyoqarashimga asos bo’lib, butun borlig’im, ma’naviy olamim mazmunini
tashkil etadi.”
148
E’tiqod masalasi, albatta, ma’naviyatga aloqador. Ta’bir joyiz bo’lsa, e’tiqod
ma’naviyatning umurtqa pog’onasidir. Demak, imon-e’tiqodsiz ma’naviyat haqida
gapirish o’zi ortiqcha.
Ma’naviyat har bir insonning Haqqa (Alloh haqiqatiga, Borliq
haqiqatiga) munosabati ekan, bu aslida fanoning (foniy insonning) Baqoga
(abadiylikka, azaliy va abadiy qudratga) munosabatidir. Shu nuqtai nazardan agar
ma’naviyatning diniy ta’rifini bermoqchi bo’lsak,
aytish mumkinki, ma’naviyat dunyoviy va uxraviy
Do'stlaringiz bilan baham: |