190
Sobiq
“Ittifoq”
davrida
butun
O’zbekistonda bori-yo’g’i 80ga yaqin masjid
faoliyat ko’rsatgan bo’lsa, mustaqillikning
dastlabki
yillaridayoq
minglab
yangi
masjidlar
ishga
tushdi.
Ilgari
birgina
Buxoroda kichik bir madrasa tor doirada
diniy bilim berib kelgan bo’lsa, bugungi
kunda deyarli barcha viloyatlarda madrasalar
ishlab turipti. Toshkent oliy ma’hadining
mavqei ko’tarilib, endi uning diplomi ham bakalavr darajasida tan olinadigan
bo’ldi. O’zbekiston hukumati mo’minlarning istaklarini inobatga olib, musulmon
dunyosining eng muqaddas yodgorliklaridan biri — xalifa Usmon "Mushaf"ini ular
ixtiyoriga qaytib berdi. Qator tarixiy obidalar diniy tashkilotlar ixtiyoriga o’tkazildi.
Davlat diniy asarlarni chop etishda yordam beryapti. Har yili yurtimizdan minglab
musulmonlar haj va umra safarlariga emin-erkin borib kelmoqdalar. Din peshvolari
matbuot, radio va televidenie orqali o’z qarashlarini emin-erkin bayon etmoqdalar.
O’nlab o’tmish diniy ulamolarimizning tabarruk nomlari, meroslari
tiklanmoqda. Maqbaralari qadamjoyga, ziyoratgohga aylanmoqda. Jumladan,
Imom Buxoriy maqbarasi majmuining bunyod etilishi, Bahovuddin Naqshband
masjidi-maqbarasining yangidan ta’mirlanib, obod etilishi, imom Moturidiy,
Burhonuddin Marg’inoniy kabi buyuk siymolarning xoki poklari qo’yilgan
Samarqanddagi Chokardiza qabristonini tiklash va o’rganish ishlarining jiddiy
yo’lga qo’yilishi – barchasi mustaqil O’zbekiston rahbariyatining muqaddas
dinimizga, ushbu dinni ma’rifat, ma’naviy qadriyat darajasiga ko’tarilib, jahonga
tanitgan ulug’ ajdodlarimizga bo’lgan yuksak va samimiy ehtiromning yorqin
namoyishidir.
Mustaqillik yillarida Allohning tabarruk kitobi Qur’oni karim oyatlari
ma’nolarining o’zbek tiliga tarjimasi va tafsirlari, Rasululloh(sav) hadislari (Imom
Buxoriyning “Jome’ as-sahih” kitobining 4 jildi, Imom Termiziyning “Sunan” kitobi)
qayta-qayta katta tirajlarda nashr etilmoqda. Ramazon va Qurbon hayitlari rasman
dam olish kuni deb e’lon qilingan. Ming yillik tariximizda o’tgan ulug’
allomalarimizning tantanali yubileylari ilk martaba nishonlana boshladi.
Darhaqiqat, yosh avlod ongiga milliy ma’naviyatimiz an’analarini
singdirishda ulug’ diniy allomalarimizning yubileylari nishonlanishining ahamiyati
katta. Bunday ulug’ allomalarimiz, tasavvuf pirlarining porloq xotiralarini e’zozlash
mustaqil O’zbekistonimizda qutlug’ an’anaga aylanib qoldi. 1993 yili buyuk
ma’naviyat ustozlari Ahmad Yassaviy va Bahouddin Naqshband yubileylari
o’tkazildi. Hazrati Naqshband ziyoratgohlari butkul qayta ta’mirlanib obod go’shaga
aylantirildi.
1995 yili kubraviya tariqatining asoschisi, buyuk piri murshid, Vatan ozodligi
uchun jonini tikkan fidoyi inson Najmiddin Kubroning 850 yilligi, 2000 yili
Marg’ilonda jahon tan olgan mashhur fiqh olimi Burhoniddin Marg’iloniyning 910
yilligi, Samarqandda kalom ilmining asoschilaridan biri Imom Abu Mansur Moturidiy
1130 yilligi, 2003 yili xojagon sulukining asoschisi Abduxoliq G’ijduvoniyning 900
yilligi bayram qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: