200
Sobiq Sho’rolar davridagi ta’lim tizimi 70-yillarga kelib byurokratik
ma’murchilik oqibatida deyarli yaroqsiz ahvolga kelib qolgan edi. Ayniqsa, o’quv
jarayoni va maktab dasturlarining voqe hayotdan ajrab qolganligi, ijtimoiy fanlarda
totalitar mafkura hukmronligi natijasida 11 yillik o’rta maktabni bitirib chiqqan 17-
18 yoshli yigit-qiz agar oliy o’quv yurtiga o’qishga kira olmasa, ochig’ini
aytganda, ko’chada qolar edi. Vaholanki, amalda o’rta maktab bitiruvchilaridan
10% i ham oliy o’quv yurtiga kirishga muyassar bo’la olmaydi. Demak, har yili bir
necha yuz ming ayni balog’at yoshidagi yoshlar quruq umumiy nazariy bilim bilan
ish topish muammosiga duch keladilar. Ular
qaerga bormasin, qay hunarni tanlamasin, yigit
yoshida, to’liq o’rta ma’lumotga ega bo’lgan
holda, faqat shogird yoki qora ishchi bo’lib
ishlash imkoniga ega edilar, xolos. Sho’ro
tuzumining o’ysizligi, bag’ritoshligi, to’rachiligi yoshlarni shunday nochor ahvolga
solib qo’ygan edi.
Istiqlol tufayli, Prezident I.A.Karimovning jonkuyarligi va tashabbusi bilan
nihoyat bu xatarli ahvolga barham berildi. 1997 yilda O’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi IX sessiyasida Prezident “Barkamol avlod – O’zbekiston
taraqqiyotining poydevori” degan mavzuda
nutq so’zlab, mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini tubdan o’zgartirish, uni
yangi zamon talablari darajasiga ko’tarish, shu bilan o’sib kelayotgan avlodning
kelajak hayotiga mustahkam poydevor yaratish masalasini bayon qilib berdi.
O’zbekiston Prezidenti ushbu nutqida va keyingi ma’ruzalarida yosh avlod
tarbiyasining puxta o’ylangan va mukammal tizimini muhokamaga qo’ydi. Unga
ko’ra bola tarbiyasi oiladan, endi turmush qurishni rejalashtirayotgan yosh yigit-
qizlar (bo’lg’usi ota-onalar)ni oilaviy hayotga hozirlashdan boshlanib, onaning
homiladorlik payti, bola tug’ilganidan 3
yoshigacha oilada tarbiyalanishi, 3-6 yoshda
bog’cha tarbiyasi, boshlang’ich ta’lim,
tayanch maktab, litsey-kollej va oliy
ta’limdan to malaka oshirish, aspirantura,
doktoranturagacha to’liq o’z ichiga qamrab
oladi. Ayniqsa, ilgarigi 11 yillik umumiy
majburiy ta’lim o’rniga 9 yillik majburiy
tayanch maktab va 3 yillik ixtiyoriy-
majburiy
(o’qish
–
majburiy,
kasb
yo’nalishi bo’yicha tanlash - ixtiyoriy)
kollej-litsey ta’limining yo’lga qo’yilishi balog’at yoshiga etib endi mustaqil
hayotga kirib kelayotgan yigit-qizlarni bugungi kunimiz uchun zarur bo’lgan
muayyan kasb-hunarni egallab, kelajakka qarab dadil qadam tashlashlari uchun
real imkoniyat yaratib berdi.
1997 yil 27 avgust kuni qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi O’zbekiston
Respublikasi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga binoan ta’lim
turlari:
maktabgacha ta’lim,
umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi, oliy ta’lim,oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish
Do'stlaringiz bilan baham: