2.2 “Qutlug’ qon” romanining adabiyotimizda tutgan o’rni
Ma’lumki, ma’naviyat, axloq, estetik tuyg‘uni shakllantirishda adabiyotchalik xizmat etadigan vositaning o‘zi yo‘q desak xato qilmagan bo‘lamiz. Shu bois qadimdan, adabiyotga, badiiy so‘z san’atiga e’tibor nihoyatda katta bo‘lib kelgan. Birgina badiiy so‘zning qimmati haqidagi sharq va g‘arb allomalarining, arbob-u siyosatdonlarning, faylasufi ijodkorlarning aytgan fikrlarini jamlasak, badiiy adabiyotning nufuzi nihoyatda ardoqli ekanligini anglashimiz tabiiy. Asrimiz boshlaridayoq ma’rifatparvar shoir Cho‘lpon «Adabiyot yashasa – millat yashar» degan shiori bilan adabiyotning millat va xalq taqdiridagi o‘rnini belgilab berganligini ko‘ramiz. Bunday qarashlarni barcha ma’naviyat fidoiylari ta’kidlab o‘tganlar. Ayniqsa yangi asr bo‘sag‘asida Prezidentimiz Islom Karimovning «Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga e’tibor» degan purma’no, hikmatli so‘zlari badiiy adabiyotning millat, xalq va insoniyat taqdiridagi asosiy xizmatini ko‘rsatib berdi. Shuni aytib o‘tishimiz kerakki, Prezidentimiz istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ma’naviyatga e’tibor qaratganligi, yangi davr insonlarini ma’naviyati yuksak, axloqan pok, ruhan baquvvat etib tarbiyalash masalasini ilgari surdiki, bu esa o‘z navbatida jahon xaritasida paydo bo‘lgan yangi bir davlatning qiyofasini belgilab berishga xizmat etdi. Shu ma’noda badiiy adabiyotning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ma’naviy poydevori ekanligini har birimiz anglab olishimiz mumkin bo‘ladi. Prezidentimiz I. A. Karimovning haqli ta’kidlaganidek, mustabid tuzum davrida «Milliy o‘zlikni anglashga bo‘lgan tabiiy intilish johilona inkor etilardi. Navruz, Ramazon, Qurbon hayiti kabi ko‘plab muqaddas, milliy bayramlar ta’qib etilgandi. Amir Temur, Imom Al-Buxoriy, Imom At-Termiziy, Ahmad Al-Farg‘oniy, Bahovuddin Naqshband, Xo‘ja Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Mahmud Az-Zamaxshariy, Xo‘ja Axrori Valiy, Abduholiq G‘ijdivoniy kabi buyuk ajdodlarimizning, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Usmon Nosir kabi milliy ozodlik harakati fidoyilarining nomlarini xalqimiz xotirasidan o‘chirib tashlashga harakat qilinardi».1 Bunday qabih harakatlar istiqlol davrigacha davom etganligi ma’lum. O‘zbek adabiyoti va keng ma’noda ma’naviyat fidoyilari bu davrning og‘ir oqibatlarini boshidan kechirgan. Shunday bo‘lsa-da, millat va vatan manfa’atlari yo‘lida sobitqadamlik bilan kurash olib borganlar. Shunday ardoqli adiblardan biri Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybekdir. Oybek asrimiz boshlarida dunyoga kelib asrimizning uchinchi choraklari o‘tayotgan bir vaqtda olamdan o‘tgan. Ijodkorning butun hayoti o‘zbek ma’naviyati ravnaqi bilan bog‘liq deya olamiz. U shoir, yozuvchi, publisist, adabiyotshunos, faylasuf, tarjimon va boshqa sohalarning ulkan namoyondasi edi. Oybekning o‘zbek she’riyatiga, prozasiga, adabiyotshunosligi taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi umumjihatdan olib qaralsa, butun bir jarayonni, davrni tashkil etadi. Gap shundaki, Oybek ijodi bir butun, yaxlit jarayonni qamrab olsa-da, uning asarlari sobiq sovet mafkurasi davrida ayro xolda tahlil etilganligini ko‘ramiz.
Oybekning "Qutlug' qon" romani tahlili. «Qutlug‘ qon» romani til va badiiy mahorat jihatdan diqqatga sazovordir. Asarda adib obraz yaratishda psixologik tahlil san’atidan, xalq tili boyliklaridan ustalik bilan foydalangan. Obraz xarakterini, personaj tilini tabiiy va jonli qilib tasvirlagan. Shunga ko‘ra romandagi har bir obrazning o
Oybekning tarjimai holi. Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek 1905 yil 10 yanvarda Toshkent shahrida bo‘zchi oilasida dunyoga keldi. Oldin o‘rta maktabda, 1922—1925 yillarda esa Toshkent ta’lim va tarbiya texnikumida ta’lim oldi.
Oybekning Navoiy haqida roman yozishi tasodifiy emas. Butun umri bo’yi mumtoz o’zbek adabiyoti va uning cho’qqisi – Alisher Navoiy ijodini sevib o’rgangan Oybek, bu romanni yozishdan oldin, ulug’ shoirning hayoti va ijodiga bag’ishlangan qator ilmiy maqolalar yaratdi.
Ilgari "Qutlug' qon" romani haqidagi fikrlaringizni bilish uchun mavzu ochgandim, xozircha hech kim fikr bildirmabdi, kutaman mayli:) Xozirgi kunda bu romanni tarjimasi bilan bandman. Asar Sovet paytida yozilgani uchun albatta o'sha davrni ruhi, talabi bilan yozilgan, bunga qanchalik salbiy yondoshmaylik, qabul qilmay ilojimiz yo'q.
Shuning uchun Oybek xalqqa ham, adabiyotga ham Navoiy singari daholar kerak degan xulosaga keldi. «Qutlug’ qon romani» hali chop etilmay turib Oybek 1940-yil 6-yanvarda «Navoiy» romani ustida ish boshlab yubordi va uni 1942-yilning qish oylarida tugatdi. Roman turli muhokamalardan o’tib, 1944-yilda nashr etildi.
Oybekning «Qutlug` qon» romanining bosh qahramoni Yo`lchi - mard, halol, oqko`ngil, olijanob yigit. Ma`lumki, inson o`zi qanday bo`lsa, o`zgalar haqida ham shunday o`ylaydi. Shuning uchun ham Yo`lchi shahardagi qarindoshlardan mehr-u muruvvat kutadi. U o`ziga qilinadigan yaxshiliklar evaziga halol mehnati bilan badal to`lay oladi.
1939- yilda Oybekning “Qutlug‘ qon” romani yozuvchilar uyushmasida muhokama qilindi. Muhokama chog‘ida ayrim kishilar Oybekni qanday ayblashdilar? Adabiy qahramonlarnning hayoti davomida bir qadar o‘sishi adabiyotshunoslikda qanday ataladi? “Qutlug‘ qon” romani qahramoni Yo‘lchi kimdan mehr- muruvvat kutgan edi?
Oybekning «Abdulla Qodiriyning ijodiy yo‘li» tadqiqoti 1936 yili — ayni «Qutlug‘ qon» va «Navoiy» asariga hozirlik ko‘rish paytida maydonga kelgan. Tadqiqotda Abdulla Qodiriy ijodining, romanlarining bir talay fazilatlari, adib realizmining o‘ziga xos xususiyatlari katta bilimdonlik, nozik did bilan inkishof etilgan.
XULOSA
Mavzuning dolzarbligi_________________________________________________
______________________________________________________________________________________________________________________________________
Mavzuning ilmiy yangiligi_____________________________________________
___________________________________________________________________
___________________________________________________________________
Adabiyotlardan foydalanish darajasi______________________________________
______________________________________________________________________________________________________________________________________
Mavzuning yoritilishi__________________________________________________ ______________________________________________________________________________________________________________________________________
Xulosaning ilmiylik darajasi_____________________________________________
______________________________________________________________________________________________________________________________________
Yutuqlari_______________________________________________________________________________________________________________________________
Kamchiliklari___________________________________________________________________________________________________________________________
Komissiya xulosasi___________________________________________________
___________________________________________________________________
Ilmiy rahbar FIO (imzo)_______________________________
Kafedra mudiri FIO (imzo)____________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |