Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti


II BOB Badiiy adabiyotda xarakterlik evolutsiyasi nima?



Download 50,31 Kb.
bet4/6
Sana11.03.2022
Hajmi50,31 Kb.
#489422
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
xavasxon

II BOB Badiiy adabiyotda xarakterlik evolutsiyasi nima?
2.1 “Qutlug’ qon” romanining mazmuni haqida

Romanning bosh qahramoni Yo'lchi — mard, halol, oqko'ngil, olijanob yigit. Ma'lumki, inson o'zi qanday bo'lsa, o'zgalar haqida ham shunday o'ylaydi. Shuning uchun ham Yo'lchi shahardagi qarindoshlardan mehr-u muruvvat kutadi. U o'ziga qilinadigan yaxshiliklar evaziga halol mehnati bilan badal to'lay oladi. Buni siz romanda yigitning mehnatdan qo'rqmasligi, ishning ko'zini bilishi tasvirlangan o'rinlardan payqab olasiz. Yo'lchi kunda kav-lash, beda o'rish singari kuch talab etiladigan og'ir ishdan ham, mehmonlarga xizmat qilishday yumushlardan ham og'rinmaydi.


Oybek asl inson qanday tabaqadan chiqqan bo'lishiga qaramay, uni yengib bo'lmasligini aks ettiradi. Shuning uchun ham na Mirzakarimboy, na Tantiboyvachcha, na o'ris to'ralar Yo'lchini o'zi to'g'ri deb bilgan yo'ldan qaytara oladi. Chunki yigit puli, mavqeyi, mansab-u martabasi bo'lmasa ham o'zini ulardan past hisoblamaydi. Ular ko'rsatgan noto'g'ri yo'ldan yurishni esa, pastkashlik sanaydi.
Yo'lchining zulmga, zo'rlikka qarshi qo'zg'algan xalqqa qo'shilishi ham, bu to'daning yetakchisiga aylanib qolishi ham uning tabiatidagi kurashchanlik va adolatga tashnalik tuyg'usidan. Muhimi shundaki, adolatga intilgan odam kuchli bo'ladi. Hazrati Temurning: "Kuch — adolatda", — degan hikmati bejiz emas. Chunki adolat yo'lini tutgan odam Haq o'zi tomonda ekanini biladi, haq hamisha adolatning qaror topishiga yordam qilishiga ishonadi. To'g'ri, Yo'lchi maqsadiga erisholmadi, u bosh qo'shgan kurash g'alaba bilan tugamadi. Chunki zulmni, adolatsizlikni, yovuzlikni yengish hech qachon oson bo'lmagan. Lekin Yo'lchi haq yo'ldan qaytmagani, vijdoniga, imoniga xiyonat qilmagani, ezgulikka ishonib, uni qaror toptirishga intilib yashagani bilan tirikdir. 13

Nazariy ma'lumot
Ko'pincha, biror milliy adabiyotning darajasi unda romanchilik qanchalik rivojlanganligi bilan belgilanadi. Abdulla Qodiriy tomonidan boshlab berilgan o'zbek romanchiligi ham o'sishning katta yo'lini bosib o'tdi. Aslida roman atamasi fransuzcha "roman" so'zidan olingan bo'lib, roman guruhiga mansub tillarda bitilgan nasriy asarlarni anglatgan.
Roman deganda qahramonlarning boshqalarga o'xshamay-digan, o'ziga xos jihatlarini biror muhim voqea-hodisa asosida ko'rsatib berishga bag'ishlangan katta hajmli asar tushuniladi.
Garchi, "roman" so'zi atama sifatida o'rta asrlardan e'tiboran roman xalqlaridan biriga mansub tillarda yozilgan asar ma'nosida qo'llanila boshlagan bo'lsa-da, sochma yo'lda qora so'z bilan bitilgan ilk romanlar bundan ikki yarim ming yillar oldin yuzaga kelgan. Keyinchalik she'riy romanlar ham yaratildi. Shu tariqa, romanlarni nasriy va she'riy tarzida ikki turga bo'lish mumkin bo'ldi.
Shuningdek, adabiyotshunoslik ilmida romanlar mavzu yo'nalishiga qarab tarixiy, falsafiy, siyosiy, maishiy, biografik, fantastik, detektiv kabi xillarga ham ajratiladi. Jumladan, siz hozirgina tanishgan "Qutlug' qon" asari tarixiy roman hisoblanadi. Chunki unda alohida odamlarning alohida taqdirlari butun o'zbek xalqining hayotida muhim bosqich bo'lgan voqealar tasviri bilan uyg'un holda aks ettirilgan.
Ma'lumki, roman janridagi asarlar ko'lamdorligi sababli katta nasrga mansub sanaladi. Ijod tajribasida ikki, uch va undan ortiq kitoblardan iborat romanlar ham anchagina. Hatto, o'nlab kitoblardan tashkil topgan romanlar turkumi ham bor. Adabiyotshunoslik ilmida roman janriga mansub asarlar necha kitobdan iborat ekaniga qarab ham muayyan guruhlarga ajratiladi. Chunonchi, ikki kitobdan iborat roman dilogiya, uch kitobdan iborat roman trilogiya, to'rt kitobdan iborat roman tetralogiya, besh kitobdan iborat roman pentalogiya deb yuritiladi.
Shuningdek, romanning millat, jamiyat yoki niamlakat hayoti uchun o'ta muhim voqealar xalqning ijtimoiy ongi va tuyg'ularidagi tub o'zgarishlar bilan uyg'unlikda tasvirlangan g'oyat murakkab bir turi ham bo'lib, u epopeya deb yuritiladi.
O. Balzakning "Inson komediyasi", L. Tolstoyning "Urush va tinchlik", M. Sholoxovning "Tinch Don", M. Gorkiyning "Klim Samginning hayoti" singari asarlar romanning ana shu guruhiga mansub. O'zbek adiblaridan Muhammad AH to'rt kitobdan iborat "Ulug' saltanat" epopeyasida Amir Temurning shaxsiyati va o'zbek millatining o'sha davrlardagi uyg'onishi va ko'tarilishini qalamga olgan. 14
Xarakter — adabiyot va sanʼat asarlarida xususiy belgilari mukammal tasvirlangan va oʻzida feʼlatvor (xattiharakat, kechinma, fikriy va nutqiy faoliyat)ning tarixan aniq tipini mujassamlantirgan, shuningdek, muallifning maʼnaviyestetik konsepsiyasini ifodalagan inson obrazi. Badiiy xarakterumumiy (takrorlanuvchi) va xususiy (takrorlanmaydigan); obʼyektiv (badiiy xarakterga proobraz boʻlib xizmat qilgan kishi hayotining ijtimoiypsixologik asoslari) va subʼyektiv (proobrazning muallif tomonidan idrok va talkin etilgan) belgilarning oʻzaro uyushgan hosilasidir. Adabiyot va sanʼat asarlaridagi xaraktertushunchasi falsafa, sotsiologiya va psixologiyadagi ayni tushunchadan inson obrazining konsepsiyaviyligi bilan ajralib turadi. 15
Xarakter tushunchasi ilk marta Yunonistonda, badiiy ijod ruhiy madaniyatdan ajralib chiqqan bir davrda paydo boʻlgan. Xarakterning antik davrda ifodalagan mazmuni uning hozirgi talqinidan keskin farq qilgan. "...Shoirlar ishtirokchilarning xarakterlarini tasvirlash uchun ularni asarga olib kirishmaydi, — deb yozgan edi Aristotel "Sheʼriyat sanʼati toʻgʻrisida"gi risolasida, — balki ularning xattiharakatlari orqali xarakterlarini ham (asar doirasiga) jalb etishadi". Antik davr tragediyasida ham inson obrazi (xarakter) emas, balki voqea asar gʻoyasini ifodalab kelgan va muhim badiiy obraz xisoblangan; personajlar asardagi muayyan badiiy vaziyatda oʻynagan roli bilan bir-biridan farklangan.
Personaj xarakterining mustaqil gʻoyaviybadiiy ahamiyatga ega ekanligi antik davrdayoq anglashila boshladi. Chunonchi, Plutarx "Parallel hayotnomalar" asarida qahramonlarni ular "takdir"i va xarakteriga koʻra oʻzaro qiyoslagan. "xarakter" atamasining bunday 2 xil maʼnoda qoʻllanishi 18-asrgacha davom etib keldi. Adabiyot va sanʼatning keyingi rivojlanishi natijasida xarakter fabuladyan, asar syujetidan tamomila ajralib chikdi.
Uzoq davom etgan tarixiyadabiy jarayonda Uygʻonish va klassitsizm davrlari alohida ajralib turadi. Uygʻonish davrida xarakter xulqatvorning muayyan belgilaridan forigʻ boʻlib, umuminsoniy hodisa sifatida namoyon boʻla boshladi. U nafaqat antik davr va oʻrta asr uchun muhim boʻlgan madaniylik va yovvoyilik, diniy eʼtiqod va eʼtiqodsizlik singari oʻzaro qaramaqarshi belgilardan, balki turli ruhoniy sifatlardan ham xoli boʻlib bordi. Uygʻonish davri qahramonlarining xarakterida harakatchanlik, oʻzgaruvchanlik koʻzga yaqqol tashlandi. Klassitsizm xarakterning yana avvalgi statik holatiga qaytdi va ayni paytda diqqateʼtiborini shaxsning ongiga — "burch" bilan "koʻngil"ning ikkisidan birini tanlash masalasiga qaratdi. Romantizm esa xarakterni shaxsning ichki olami bilan mushtarak boʻlgan hodisa sifatida talqin etdi. 19-asrda tansidiy realizmttt maydonga kelishi bilan xarakter shaxs bilan jamiyat urtasidagi oʻzaro munosabatning uzviy birligi sifatida uzilkesil shakllandi.
Adabiyot va sanʼat asarlarida qahramon shaxsining tashki va ichki moxiyati uning xarakterini belgilaydi hamda bu qahramon xarakteri muallifning va boshqa personajlarning u haqsagi tavsifnomalari, shuningdek, syujet rivojidagi oʻrni va roli bilan inkishof etiladi. Mas, Abdulla Qodiriyning "Oʻtgan kunlar" romanidagi Otabek xarakteri, bir tomondan, yozuvchi bilan birga margʻilonlik birodarlarning tavsifnomalari, baholari, munosabatlari, ikkinchi tomondan, mazkur qahramonning asar syujetida, voqealar rivojida oʻynagan roli orqali aniq qirralar kasb etadi. Shu fikr romandagi boshqa yetakchi qahramonlar xarakteriga ham oiddir.
Adabiyot va sanʼat asarlarida tasvirlangan qahramonlar har doim ham xarakter. darajasiga koʻtarila bermaydi. xarakter., obrazdan farqli oʻlaroq, yozuvchidan katta mahoratni, qahramonning muayyan tarixiyijtimoiy va madaniymaʼrifiy sharoitdagi oʻziga xos oʻrni va xususiy belgilarini teran ochishni taqozo etadi. Shu maʼnoda epik janrlar yozuvchiga qahramon xarakterini yorqin yaratish imkonini beradi. Mac, M. Sholoxovning "Inson takdiri" xikoyasida murakkab va mashaqqatli hayot yoʻlini bosib oʻtgan, ammo shunga qaramay, oʻzining ezgu insoniy fazilatlariga gard ham yuqtirmagan Sokolov xarakteri katta mahorat bilan yaratilgan. Bunday holni Gʻafur Gʻulomning "Mening oʻgʻrigina bolam", "Hasan Kayfiy", Abdulla Qahhorning "Oʻgʻri", "Anor" kabi hikoyalarida ham uchratish mumkin. 16
Har bir milliy adabiyotning boyligi qahramonlar xarakterining rangbarangligi bilan ham belgilanadi. Agar Abdulla Qodiriy oʻzbek adabiyotiga Otabek va Kumush, Yusufbek hoji va Oʻzbek oyim singari oʻz siymosida oʻzbek xalqi tarixining muayyan tarixiy davrini va shu xalqning muayyan katlamini ifodalagan X.larni olib kirgan boʻlsa, Oybek 20-asr boshlarida yashagan Yoʻlchi, Gulnor, Shoqosim, Qoratoy, Yormat singari 20-asr boshlarida yashagan mehnatkashlarning rangbarang tiplari bilan boyitdi ("Qutlugʻ qon"), Navoiy, Husayn Boyqaro, Nizomulmulk, Majididdin singari tarixiy, Sultonmurod, Zayniddin, Toʻgʻonbek singari toʻqima qahramonlar X.ini kashf etdi ("Navoiy"). Shunday oʻziga xos X.lar Shayxzoda, Mirtemir, S. Abdulla, M. Osim, R. Fayziy, O. Yokubov, P. Qodirov, Sh. Xolmirzayev kabi yozuvchilar ijodida ham koʻplab uchraydi.
Badiiy kashfiyot darajasiga kutarilgan xarakter., ijobiy yoki salbiy mohiyatga ega boʻlishidan qatʼi nazar, har bir adabiyotning badiiy boyligini tashkil etib, oʻzi mansub boʻlgan xalqning milliy xarakterini, milliy oʻziga xosligini badiiy mujassamlantirgani bilan ahamiyatlidir.

Download 50,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish