Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti


“Qutlug’ qon” romanida xarakterlik



Download 50,31 Kb.
bet3/6
Sana11.03.2022
Hajmi50,31 Kb.
#489422
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
xavasxon

1.2 “Qutlug’ qon” romanida xarakterlik

Asarda epizodik obrazlardan Gulandon, Tursunoy, Oysara, Sharofat, Mariya, Robiya xola, Saodat kampir, Anna Mariya kabi obrazlar mavjud. Bu obrazlarning har birining tabiati o‘ziga xos ma’naviy qiyofasi. Xatti-harakati va tashqi ko‘rinishi jihatdan bir-biridan yaqqol farq qiladi.


Romandagi Gulandon obraziga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu obraz avval obraz bo‘lib keyinchalik taqdir-taqazosi bilan boshidan ko‘p qiyinchiliklarni kechirib, yaxshi-yomon odamlarga duch kelib, oxir hammasiga qo‘lsiltab hayot kechirish uchun buzuqlik yo‘liga kirib ketgan bir obraz sifatida ko‘ramiz.
Gulandon bunday turmushga nafrat qilar, bu iflos doiradan, faxsh uyasidan qutilishni istar, ukalarini sog‘inar, ularni o‘z bog‘iga olib har qanday mashaqqatlarga chidab, tiriklik toshini o‘z qo‘li bilan aylantirishni orzu etardi, lekin u mirza yigitga aldanib, Toshkentga kelganidan buyon u butun nafratiga qaramay, faxshning mast qiluvchi dudiga istar-istamas, ko‘proq qayg‘udan, alamzadalikdan o‘rgana boshlagan edi. Hasratini dutor va qo‘shiq bilan eritishga tirishar edi, «Dutor bo‘lmasa bu zindonda yuragim yorilib o‘lar edim, bir qarichlikdan dutorni sevar edim. Bir qo‘shni kelinchakdan o‘rgangan edim. Ko‘p chalaberma, buzilib ketasan, derdi onam boyaqish, aytgani keldi... Lekin ayb dutorda emas...» 8
Tursunoy va Sharofat obrazlari haqida fikr yuritadigan bo‘lsak bular Mirzakarimboyning kelinlari ya’ni Hakimboyvachcha va Salimboyvachchalarning xotinlari. Ular ham qaynonasi singari kambag‘allarga past nazari bilan qaraydigan, Mirzakarimboy Gulnorga uylanganidan keyin Gulnorni umuman xushlamaydigan obrazlardir.
Asarda Saodat kampir obrazi yozuvchining unga bergan ta’rifidanoq uqib olamiz.
«Saodat kampir uchun yoshiga qaramay, hali egilmagan, oriq lekin suyakli, qiyg‘ir burunli, harakatlaridan shijoatli va chaqqon ekani bilingan erkaksimon bir xotin edi. Uning kichik ko‘kishroq ko‘zlari og‘ir mehnat, jafokashlik, sabr va qanoat bilan to‘lgan hayotining baxtsizlikka qiyinchiliklarga qaramay, o‘z g‘ururini yo‘qotmagan uzun umrining tarixini jonli ifoda qilar edi».
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki «Qutlug‘ qon» romanidagi xotin-qizlar obrazi yozuvchi tomonidan obrazlarning ichki kechinmalari, his-tuyg‘ulari, ularning harakterlari, yurish-turishi, so‘zlari, xatti-xarakatlari, xulq-atvori va tashqi ko‘rinishlari orqali yorqin tasvirlarda aks ettirilgan. Yozuvchi o‘sha davr ijtimoiy muhit, zamondagi qiyinchiliklar, xotin-qizlarning erksizligi, huquqsizligini romandagi voqea hodisalarda qahramonlarning davr taqazosiga ko‘ra bu ko‘ylarga tushishi haqqoniy tarzda aks ettirib bera olgan. Romandagi xotin-qizlarning har biri o‘ziga xos xarakterga, xulq-atvorga egaligi holda hech biri takrorlanmas, bir-biridan yaqqol farq qiladi. Romandagi obrazlar ya’ni qizlar boy-kambag‘al bo‘lgani kabi ikki toifaga ijobiy va salbiy obrazlarga ajratsak ham bo‘ladi. Chunki yuqoridagi obrazlar tahliliga to‘xtalar ekanmiz o‘z-o‘zidan ularni ikki toifaga ajralganini ko‘ramiz.
Yozuvchi faqatgina bu obrazlarning xarakterini ochib bermay balki, ijtimoiy muhitni yorqin yoritishda xotin-qizlar obrazidan ham foydalanib ko‘rsatib bergan.
Oybek shu birinchi romani bilanoq o‘zbek adabiyotining rivojiga ulkan hissa qo‘shdi. «Qutlug‘ qon» romani o‘zbek adabiyoti xazinasiga, u orqali jahon adabiyotiga munosib hissa bo‘lib qo‘shildi.
1940-yilda chop etilgan «Qutlug‘ qon» romani – badiiy jihatdan yetuk asar. Unda mamlakat o‘tmishidagi hayot haqiqati mohirona ko‘rsatilgan. O‘zbek xalqining 1917-yil to‘ntarishi arafasidagi og‘ir hayoti, ozodlik yo‘lida olib borgan kurashlari keng va atroflicha tasvirlangan.
Romanning bosh qahramoni Yo‘lchi yangi hayot kurashchisi sifatida shakllana boshlagan o‘zbek mehnatkashi obrazidir. U dinamik tarzda tadrijiy o‘sishda aks ettirilgan.
Oybek romanda Yo‘lchining ijtimoiy qiyofasini ko‘rsatish bilan birga, uning shaxsiy hayoti va insoniy fazilatlarini ham ochib bergan. Asarda Yo‘lchining halol va pokligi, sof vijdonli va samimiyligi, soddaligi, rostgo‘yligi, mardligi, kamtarligi, insonparvarligi, sevgiga va do‘stga sodiqligi, onasiga va singlisi Unsinga mehribonligi va boshqa xislatlari yorqin ochib berilgan.
Yo‘lchi sodda, halol, pok qalbli, mard yigit sifatida romanda katta mahorat bilan tasvirlangan. Yo‘lchi milliy xarakter darajasiga ko‘tarilgan yorqin obraz. Yozuvchi Yo‘lchining har bir harakatini, har bir holatini psixologik jihatdan asoslab bergan.
«Qutlug‘ qon» romanida xotin-qizlarning rang-barang obrazlari berilgan. Ular orasida, ayniqsa, Gulnor timsoli o‘quvchi katta taasurot qoldiradi. Adib Gulnor obrazi orqali xotin-qizlarning achchiq taqdirini, fojiali qismatini umumlashtirib tasvirlab bergan. Gulnor – sodda va samimiy inson. Uning o‘zi ham, axloq-odobi ham, yurish-turishi ham go‘zal. Unda notabiiylik va soxtalik yo‘q. Ammo Gulnor – huquqsiz. Shu sababli u Yo‘lchini jondan ortiq sevgani holda qari chol Mirzakarimboy bilan turmush qurishga majbur bo‘ladi. Romanda Gulnorning kechinmalari, turli ruhiy psixologik holatlari yorqin bo‘yoqlarda tabiiy va jonli qilib ifodalagan. 9
Gulnorning onasi Gulsumbibi – o‘zi bir olam. U- mushfiq, mehribon ona. Gulsumbibi har narsadan odamgarchilikni ustun qo‘yadi. Qizni tushunadi va ayaydi. Shu sababli u boyning mulkiga uchmaydi, qizini Mirzakarimbiy xotinlikka olmoqchi ekanini eshitgach, ruhan qiynalib, ich-ichidan eziladi. Gulsumbibi obrazida o‘sha davr onalariga xos itoatkorlik ham, zahmatkashlik va mehribonlik ham yorqin, ta’sirli aks etgan.
«Qutlug‘ qon» romanida Shoqosim, Qoratoy, O‘roz, Shokir ota, Qambar, Yormat, Unsin kabi obrazlar ham jonli, to‘laqonli bo‘lib chiqqan. Bu obrazlar romanda o‘z mavqyeiga ega. Ular bosh qahramon Yo‘lchi xarakteridagi yetakchi xususiyatlarni ochib berishga xizmat qiladilar. Adabiyotshunos H. Umurov xarakterlar ruhiyati haqida shunday degan edi: “xarakter va uning psixologiyasi tahlili adabiyotning kamoloti, yozuvchining mahorati darajasini belgilovchi bosh omlidir… Romanda yozuvchi uchun ichki dunyoning – ruhning kechinmlarini tashqi qiyofa, holat va xatti-xarakatlarida ko‘rinishini tasvirlash, ya’ni dinamik prisip asosiy mezonidir.”
Romanda ayniqsa, Mirzakarimbiy obrazi ustalik bilan puxta ishlangan. Mirzakarimbiy – aqlli, tadbirkor shaxs. Uning qilmishlari – jirkanchli, niyati – buzuq. Mahalla baqqolining o‘g‘li bo‘lgan Mirzakarimbiy halollik bilan emas, baliki qarovulu xizmatkorlarni shafqatsiz, ularning ish haqidan urib qolish orqali mashhur millioner boy darajasiga ko‘tarilgan. 10
Mirzakarimboyning ma’naviy dunyosi ham nopok. U – qarindoshlik tuyg‘usidan mahrum. U moddiy yordamga muhtoj qarindoshi Xushro‘ybibi haqida yomon so‘zlar aytadi. Yo‘lchiga: «...odam bo‘lmoqchi esang, onang zoriga quloq solma!» - deb nasihat qiladi. Mirzakarimboy o‘z jiyani Yo‘lchiga zulm, adolatsizlik va insofsizlik qiladi. Bu qari chol, hatto jiyanining sevgilisi – nabirasi qatori qiz Gulnorga uylanishdan ham tortinmaydi.
Mirzakarimboy Yo‘lchiga nasihat qilgan bo‘lib, o‘zining hayot va odamlar haqidagi «falsafa»sini bayon etadi. Mirzakarimboyning «falsafa»siga ko‘ra: «Pul – hamma narsaning otasi. Pul belga quvvat, boshga toj. Puldor odam – qanotli odam. Bu qanot bilan Mag‘ribdan Mashriqqa uchasan, har yerda oshna-og‘ayni, do‘st-yor topasan». Mirzakarimboy: «Men do‘stlarga sira ishonmayman...», «Xotin erning quli, xotinning ko‘ngliga, ra’yiga qarab ish qilgan erkak – odam emas», - deydi. Yuqorida keltirilgan misollardan Mirzakarmiboyning yirtqich qiyofasi, uning odamgarchilikdan mahrum ekanligi yaqqol anglashiladi.
«Qutlug‘ qon» romani til va badiiy mahorat jihatidan ham g‘oyatda diqqatga sazovor. Asarda adib obraz yaratishda psixologik tahlil san’atidan, xalq tili boyliklaridan ustalik bilan foydalangan. Obraz xarakterini, personaj tilini tabiiy va jonli qilib tasvirlagan. Shunga ko‘r, romandagi har bir obrazning o‘z ichki-tashqi dunyosi bor, o‘z xarakteri va individual tili bor. Masalan, Abdushukur tilidan ishlatilgan «g‘olibo maqsad», «kaminaning g‘oyaviy hayoti», «evoh, zavoli Turkiston», «milliy sarmoya», «o‘z boylarimiz – musulmon boylarimiz» singari so‘z va iboralar, bu obraz tiliga individual tus bergan.
Romanda personajlar tili singari muallif nutqi ham katta mahorat bilan ishlangan. Asarda Oybek jonli xal tili boyliklari: xalq maqollari, hikmatli so‘zlar va obrazli iboralardan, shuningdek o‘xshatish, sifatlash, jonlantirish, mubolag‘a, majoz kabi tasviriy vositalardan unumli foydalangan. Bundan tashqari, yozuvchi xalq maqol va hikmatli so‘zlari darajasida turuvchi «Yer sotgan - er bo‘lmaydi, er – yer sotmaydi», «Jabrning to‘qmog‘iga toqat yo‘q», «Xalq o‘z ishini bilib qiladi», «o‘tinsiz qozon qaynamaydi» singari sermazmun, chiroyli jumlalar va obrazli iboaralar,yaratgan.
«Qutlug‘ qon» romani syujet va kompozitsiya jihatidan ham tahsinga loyiqdir. Unda asar g‘oyasini va obrazlar xarakterini ochishga xizmat qilmaydigan tasvirlar, oshiqcha voqea va epizodlar yo‘q. Yozuvchi voqealar tasvirini ortiqcha cho‘zmaydi. Voqeadan voqea chiqarish va ularni tabiiy tarzda bir-biri bilan bog‘lash orqali asosiy syujet chizig‘ini vujudga keltiradi. Shu bilan birga, syujetni xarakter yaratish ishiga mohirona xizmat qildiradi.Kezi kelganda shuni ham qayd etish kerakki, roman ayrim qusurlardan ham xoli emas. Asarda o‘sha davr taqozosiga ko‘ra, sosialistik realizm talabiga binoan rus inqilobchisi Petrov obrazi sun’iy ravishda kiritilgan, uning Yo‘lchiga ko‘rsatgan ta’siri ideallashtirilgan. Jadid Abdushukur esa bir tomonlama tasvirlanib, o‘quvchida yoqimsiz taassurot qoldirishga urunilgan. 11
Oybek — yetuk prozaik edi. Uning qator romanlari, ko'plab qissalari o'zbek nasri rivojiga sezilarli ta'sir ko'rsatgan. Yozuvchining nasriy asarlari millat vakillari ruhiyatini aks etti-rish jihatidan o'ziga xos o'rin tutadi. Oybekning prozaik asarlari orasida "Qutlug' qon" romani alohida badiiy qimmati bilan ajralib turadi. Adib bu asarni yozishga qatag'on avj olgan mash'um 1937-yillarda kirishgan edi. Zarifaxonim shunday xotirlaydi: "Biz har kuni ertalab hali u, hali bu tanishimizning qamalganini eshitamiz. Kunlar nihoyatda betinch. Hamma ziyolilar "xalq dushmani" deb e'lon qilinib qamalmoqda. Na kunduz halovat bor, na tunda — uy-quda. Har daqiqa tashvish, har daqiqa yurak titroqda. Biz bolalar-ni qo'rg'onda qaynota-qaynonamga qoldirib, ikki temir karavot-ni bog'ning chetiga ko'chirdik. (Go'yo bizni bog'dan topisholmay-diganday)...

Oybek... butun yoz ichi bog'dan chiqmay ijod qildi. Oybek buyuk iroda egasi edi. Shuning uchun ham и o'ta tahlikali va fojiali кип larda, g'urbat yutib kechirilgan hayotda "Qutlug' qon"day go'zal va o'lmas bir asarni yaratdi".
Tahlikali vaziyatda bo'lishiga qaramay, roman ilhom og'ushida shiddat bilan yozilgan. Bu haqda adibning sinfdoshi, adabiyotshunos olim Homil Yoqubov keyinchalik: "Oybek shu qadar qizg'in ilhom bilan qalam tebratdiki, olti oy badalida milliy ozodlik harakatida mehnatkash xalq ongining munavvarlashishi-ni tasvirlagan, badiiy jihatdan yuksak asar "Qutlug' qon"ni yozib bitirdi", — deb eslaydi. Ehtimol, adib hayotdagi adolatsizlikni, zulm-zo'rlikni ko'rmaslik, undan o'zini chalg'itish uchun butun e'tiborini romanga qaratgandir. Yozuvchi bunga qadar nasrda bor-yo'g'i bir necha hikoyagina yaratgan edi xolos. Lekin hayotni sin-chiklab kuzatgan, dunyo adabiy tajribalaridan chuqur xabardor, atrofida ro'y berayotgan hodisalardan kuchli ta'sirlanadigan qalb egasi Oybek yirik nasriy asar yozishga mhan tayyor edi. 12
Yozuvchi qo'lyozma ustida jiddiy ishlab, 1939- yilda asarni yozuvchilar uyushmasida muhokama qildirdi. Muhokama chog'ida ayrim kishilar adibni asarga inqilobchi kuchlarni, rus proletariati vakillarini kiritmaganlikda aybladilar. So'ng yozuvchi romanda shu jihatni kuchaytirishga, unga revolyutsioner Petrov timsolini kiritishga majbur bo'ldi.
Roman asosida 1916- yilda Toshkentda bo'lib o'tgan qo'zg'olon yotadi. O'sha vaqtda o'n bir yoshli o'smir bo'lgan Oybek bu voqealarni o'z ko'zi bilan ko'rgan. Bo'lajak yozuvchi u paytda ko'rganlarining asl mohiyatini anglamagan bo'lsa-da, milliy ozodlik yo'lidagi qo'zg'olon o'smirning ta'sirchan ko'nglidan chuqur o'rin olgandi.
Nazardan qochirmaslik kerakki, Oybek uchun qo'zg'olon va uning sabablarini ko'rsatish asosiy maqsad emasdi. Qo'zg'olon to'g'risida birorta ilmiy-tarixiy yo'nalishda maqola yozishi ham mumkin edi. Adib bu davr kishilari ruhiyatini, ularning ko'nglidagi ezgulik va yomonlikka munosabatni, yangilanib borayotgan davr va unda yashashi lozim bo'lgan odamlar tabiati o'rtasidagi muvofiqlik va zidlikni aks ettirmoqchi edi. Shuning uchun ham asar markazida qo'zg'olon emas, balki Yo'lchi, Gulnor, Shokir ota, Mirzakarimboy, Yormat, Tantiboyvachcha singari kishilar taqdiri turadi.


Download 50,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish