2. Akkomodatsiya (ingl. accommodation – moslashuv degani36) hodisasida unli va undosh tovushlarning bir-biriga ta’siri natijasida o`zaro moslashuvidir. Masalan, go`zal so`zidagi o` orqa qator unlisi g undoshi ta’sirida old qator unliga aylanadi. Bunda ikki holat kuzatiladi: 1) unli undoshga moslashadi (misol yuqorida); 2) undosh unliga moslashadi: shafqat so`zidagi f undoshi lab-tish undoshi hisoblansa, pufak so`zida bu fonema u unlisining ta’sirada lab-lab undoshiga o`zgaradi, uni lab va tish orqali talaffuz qilishning iloji yo`q.
Akkomodatsiya ham moslashgan tovushlarning o`rniga qarab ikki xil bo`ladi: a) progressiv akkomodatsiyada oldingi tovush keying tovushga ta’sir qiladi: gul so`zidagi oldingi g tovushi keyingi orqa qator u unlisini old qator unliga aylantiradi; b) regressiv akkomodatsiyada keyingi tovush oldingisini o`zgartiradi: bukmoq so`zidagi k undoshi o`zidan oldingi orqa qator u unlisini old qator unliga o`zgartiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |