1. Aferezis – keyingi so`z boshidagi unlinking tushirilishi: ne uchun→nechun.
2. Apokopa – so`z oxiridagi tovushning tushirib qoldirilishi: do`st →do`s, farzand →farzan, Toshkent →Toshken, Samarqand →Samarqan.
3. Eliziya – unli tovush bilan tugagan so`zga unli bilan boshlanadigan so`zning qo`shilishi natijasida birinchi so`z oxiridagi unlining tishishi: yoza oldi →yozoldi, bora oldi →boroldi kabi.
4. Epenteza – so`z o`rtasida tovush orttirilishi: sinf→sinif, fikr →fikir, aql →aqil kabilar.
5. Epiteza – so`z oxirida tovush orttirilishi: otpusk→ otpuska, kiosk →kioska, tank →tanka kabi.
6. Geminatsiya – so`zdagi bir undoshning ikkilantirilishi: maza→mazza, achi+q→acchiq, isi+q→issiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |