Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti


O’zbekistonda yerning tarkibining buzilishi va ekologik muammolarning vujudga kelishi



Download 66,18 Kb.
bet5/9
Sana27.06.2022
Hajmi66,18 Kb.
#711329
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
jahongir baxriyev.11 (2)

O’zbekistonda yerning tarkibining buzilishi va ekologik muammolarning vujudga kelishi.
1.1 O‘zbekiston avvalgi tuzumdan Orol dengizining qurib borishi bilan bog‘liq ekologik inqirozni, aholi salomatligi va atrof-muhit holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan, suv va yer resurslarini yo‘qotgan yerlarni meros qilib oldi. 1980 yillar oxirida O‘zbekistondagi ekologik muammolar shunchalik kuchayganki, Respublika hukumatining 1988 yil aprel oyida qabul qilgan qarorida davlatning atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha davlat organi – O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Qo‘mitaning hududiy bo‘linmalari viloyatlar (tumanlar), shuningdek Toshkent shahri tashkil qilingan davlat organlari maxsus yechim bo‘lgan. O’zbekistonda yerning tarkibining buzilishi va ekologik muammolarni vujudga kelishi O’zbekistonda qishloq xo‘jaliki sohasida aynan yerga bo‘lgan munosabatlarda juda katta islohotlar otkazilmoqda. Shu jumladan ko‘p yillar davomida yuqori va sifatli hosil olish maqsadida barcha yerlar dehqon – fermer xo‘jaliklariga aylantirilmoqda. Darhaqiqat, har bir xo‘jalik oz hududi tuproqlari ekologiyasi haqida qaygursa, mamlakatimiz hududining ekologiyasi yaxshilanishini taminlaydi. Tuproq ekologiyasi asosan meyoridan ortiq kimyoviy pestisidlar hamda mineral o‘g‘itlar ishlatilishi natijasida buziladi. Oqibatda nafaqat tuproq, balki atrof – muhit, o‘simliklar va hosil orqali insonlar ham zaharlanadi. Malumki, o‘simliklar azotli o‘g‘itlarning atigi 30% i, fosforli o‘g‘itlarning esa 40% ini ozlashtiradi, xolos. Qolgan asosiy qismi esa tuproqni, yer osti suvlarini va ekinlardan olinadigan hosil orqali ozimizni ham zaharlaydi.1 Jumladan yerlarni sug‘orish va shor yuvish natijasida tuzlar bilan birga nitrat/ nitritlar ham yuvilib, zovur, kollektor, drepeklardagi har xil o‘simliklar nitratlar tasirida barq urib osib, sizot suvi chiqib ketishiga tosqinlik qiladi. Sizot suvi sathi kotarilishi natijasida esa tuproqlarda ikkilamchi shorlanish avj oladi. Ikkinchidan, Qorakol tumani aholisi asosan quduqlardagi sizot suvlaridan istemol qilgani sababli suv tarkibidagi nitratlar insonni ham zaharlaydi. AQSh, Germaniya, Chexiya, Slavakiya va Rossiya olimlarining tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, nitrat/nitritlar oshqozon saratonini keltirib chiqaradi, asab va yurak qon tizimlari hamda embrionning rivojlanishiga salbiy tasir etadi. Fosforli o‘g‘itlar meyoridan ortiqcha ishlatilganda tuproqqa fosforlanish jarayoni avj oladi hamda o‘g‘it tarkibidagi qoshimcha ogir metallar ko‘payishi o‘simliklar hosili orqali insonlar sog‘ligiga salbiy tasir qiladi. Shu sababli biz mineral o‘g‘itlardan kamroq, uning o‘rniga esa arzon va ekologik toza bo‘lgan organic o‘g‘itlardan ko‘proq foydalanishimiz maqsadga muofiqdir. Bu dala tajribalarida oz tasdigini tola topdi. Biz otkazgan dala tajribalariZarafshon daryosi deltasidan ikki hududda, kamunum yangidan sug‘oriladigan cholli – qumli va sur tusli qongir tuproqlarda g’o‘za, beda, bug‘doy va makkajo’xori ekinlari bilan o’tkazildi.
Ushnu mintaqada yana bir bor radiaksion xavfli manba – Appartak komir koni. Bu yerda radiaksion qatlamlarni komish va yerlarni qayta tiklash ishlari kechiktirilmay olib borilishi lozim. Angren va Yangi Angren issiqlik elektr stansiyalari shu kungacha komir hisobiga ishlab kelmoqda. Yaqinda Angren shahriga tabiiy gaz keltirildi. Bu quvonchli voqea nafaqat angrenliklarni, balki butun voqea viloyat xalqini quvontiradi. Chunki yuqorida qayd qilingan issiqlik elektr stansiyalarining bundan buyon komirda emas, balki ekologik jihatdan toza tabiiy gazga otkazildi. Bu ishlar amalga oshirilsa, vohadagi ekoligik vaziyat tuvdan yaxshilandi. Mablag’ yo’qligi tufayli Yangiyolda qurilishi lozim bo`lgan chiqindilarni qayta ishlash zavodi hamon paysalga solinmoqda. Tabiat insonlarning moddiy va ma’naviy talablarini qondiruvchi manbadir. Tabiat - bu butun moddiy borliqdir. Tabiat va jamiyat bir-biri bilan chambarchas bog‘langan yaxlit borliqning ikki bo‘lagini tashkil etadi. Tabiat va jamiyatning umumiy belgilari bilan bir qatorda o'ziga xos tomonlari ham bor. Butun ijtimoiy hayot, ishlab chiqarish, inson va uning ongi tabiatqonunlariga bo‘ysunadilar. Bu borada jamiyat tabiatning bir qismi. uning sotsial mohiyatini aks ettiradi. Jamiyat va tabiat turli yo'nalishlarda doim muloqotda bo'ladi. Tabiiy muhitsiz jamiyat yashay olmaydi. Hayot insonni tabiat bilan bog'laydi. Insonning yashashi uchun zarur bo'lgan barcha narsalar - ozuqa. kiyim, qurilish materiallari va boshqalar tabiatdan olinadi. Jamiyatda foydalaniladigan barcha narsalar ikki element: tabiat mahsuloti va mehnat natijasida hosil bo'ladi. Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy zaxiralardan oqilona foydalanish masalasi xalqaro ahamiyatga molik bo‘ldi va umumxalq ishiga aylandi. Shuning uchun bu muammo juda ko‘p mamlakatlarning qonunlarida o‘z aksini topgan. Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida yer shari tabiatini qo‘riqlash global, olamshumul ahamiyat kasb etmoqda. Tabiat komponentlaridan birontasining buzilishidan boshqa bir qancha komponentlar muvozanati, tabiiy ekosistemalar o'zgarib ketishiga olib kelmoqda. Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy zaxiralardan oqilona foydalanish masalasini xalq ommasi o‘rtasida targ'ibot qilish hamda uni o‘rta maktablarda. oliy o‘quv yurtlarida ham o‘rganish vaqti keldi. Binobarin, bu vazifani amalga oshirishda barcha o'qituvchilar zimmasiga goyat mas’uliyatli vazifa yuklanadi. Tabiatni muhofaza qilish. tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish. ulami iloji boricha tiklash davlat ahamiyatiga molik ish bo'lishi bilan birga har bir kishining muqaddas burchidir. Nabotot va hayvonotni ehtiyot qilish. har bir gul, novdani yulishdan, hayvonga o‘q uzishdan oldin shu xatti-harakat haqida bir bor o‘ylab ko‘rish; o‘z hovlisining toza bo'lishini ko'zlab. shahar havosini iflos qilib axlat tashlayotgan kishiga befarq qaramaslik - tabiatni muhofaza qilishning tarkibiy qismidir. Tabiatni muhofaza qilish deganda butun insoniyat manfaatini ko'zlab. tabiatdan oqilona foydalanish, uni saqlash, qo'riqlash va tabiiy boyliklarni ko'paytirish yo'lida davlatlar. xalqlar amalga oshirayotgan tadbirlarning ilmiy jihatdan asoslangan mujassami tushuniladi. Inson bilan tabiat har doim bir butunlikni tashkil qilib kelgan, chunki inson tabiatning tarkibiy qismidir. Suv. havo, tuproq. oziq-ovqat bo’lmasa. kishilar yashay olmaydilar. Inson o’zining tabiat bilan bo‘lgan bevosita aloqasi orqali tabiiy muhitga juda katta ta'sir qiladi. Hozirgi kunda yer sharida 7 mlrd. dan ortiq aholi yashaydi, uning tabiiy muhitga qanchalik ta’sir clishini ham nazarda tutish kerak. XVIII-XIX asrlarda sanoat taraqqiyoti tufayli ko'plab tabiiy zaxiralar: Yer osti boyliklari, qishloq xo‘jaligi yerlari, baliq zaxiralari, suv va quruqlik hayvonlari, o’simlik dunyosidan kengroq foydalanila boshlandi. Shimoliy va Janubiy Amerika hamda Afrika materiklari atrofidagi orollami mustamlaka qilish tezlashdi. Sharqiy slavyanlar Sibirga kelib joylashdilar va Tinch okeani qirg‘oqlariga yetib bordilar. Aholi sonining o‘sishi. yangi hududlarning egallanishi va ekspluatatsiya qilinishi kuchaydi. O’rmonlar kesildi. landshaftlaming tubdan o’zgarishi va ko'plab ov qilish hayvon zaxiralariga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Ko’plab qimmatbaho hayvonot-o’simlik turlari yo‘q bo’lib ketdi yoki ular soni keskin kamaydi. Sanoatning rivojlanishi tabiiy zaxiralarning kamayib borishidan tashqari atrof-muhitning ifloslanishi muammosim ham keltirib chiqardi. Suv havzalari, atmosfera, tuproq sanoat chiqindilari bilan kuchli ifloslanib borayotganligi ma’lum bo’lib qoldi. Bular o‘simlik va hayvonot dunyosi, shuningdek odamlar sog‘’lig’iga ham kuchli xavf bo’lib qoldi. Bu salbiy omil asta- sekin butun yer yuzini o’z ta’siri ostiga olishi XX asr boshlariga qadar sun’iy xarakterga ega boIsa, endilikda bu sayyoraning global muammosiga aylanib ketdi.7 Jumladan. Antarktidaning tabiati ham radioaktiv changlar va DDT pestitsidining borligi, yo’qilg’i mahsulotlari mavjudligi aniqlandi. XX asming ikkinchi yarmiga kclib, turli tabiiy zaxiralarning hududlar bo’yicha tanqisligi atrof-muhitning dunyo miqyosda ifloslanishi va muvozanatning buzilishi ro’y berdi va tobora keskin tus olib, ekologik sharoitning buzilishi uchun real xavf paydo bo’ldi. bu esa quyidagi sabablarga bog’liq bo’lib, insoniyatning kclajakdagi hayoti va faoliyatini murakkablashtirib yubordi.Aholi soni. Fan-texnika inqilobi sanoati, Aholi soni. Fan-texnika inqilobi sanoati, qishloq xo’jaligi va meditsinadagi barcha yutuqlar majmuidan iborat ekanligi sababli «demografik portlashni»vujudga keltirdi. Natijada hozirgi vaqtda aholining yillik o‘sish sur’ati 2% dan yoki 90 mln. kishidan ortib ketdi. 1974-yil Yer yuzi aholisi har minutda 150 kishiga yoki sutkasiga 216 ming kishiga ko‘paygan. BMT mutaxassislarining so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra shu vaqtda jahon aholisining soni 7-7,5 mlrd. atrofida.Hozirgi fan-texnika taraqqiyotining tabiatga ta’sir etish yo'llari va shakllari nihoyatda ko‘p. Bu ta’sir natijasida tabiatdagi miqdor o‘zgarishlarigina emas, balki sifat o'zgarishlari ham sodir bo‘lmoqda. Fan-texnika inqilobining tabiatga ta’siridagi eng muhim asosiy tendensiyalari quyidagilardan iborat: Tabiiy zaxiralarni iste’mol qilish hajmi aholi sonining ortishiga qarab ortib bormoqda. Hozirgi vaqtda shahar aholisi sonining tez o‘sishi deyarli barcha mamlakatlar uchun xos. Biroq sanoati rivojlangan mamlakatlarda shahar aholisi, ayniqsa, tez o'smoqda. Masalan, Germaniyada - 85%, Angliyada - 82%, Fransiyada - 75%, AQShda - 70%, Avstraliyada - 70%, Rossiyada - 62% dan ortiq aholi shaharlarda yashaydi. Shahar aholisining salmog‘i Yaponiya, Shvetsiya va Niderlandiyada yana ham ko‘proq. 10- 24 mln. aholili shaharlarga Mexiko, Tokio, Kalkutta, Qohiralar kiradi. 0‘zbekiston aholisi 22-23 mln. bo‘lsa, Toshkentda 2,3 mln. aholi bor. Tabiatdan rekreatsion foydalanish deb biror tabiiy sharoit va zaxiralar yordamida dam olish, davolanish tushuniladi. Bunda dam olish, sanatoriya va kurort hududlari katta rol o‘ynaydi. Tabiatshunos olimlar, tabiat muhofaza- sining asosiy yo'li deb xo‘jalikda ishlatilishidan iloji boricha o‘zgartirilmagan landshaftlar va boshqa tabiiy obyektlarni saqlash deb biladilar. Bu xatodir. Tabiiy zaxiralarga talab keskin o‘sdi, intensiv xo'jalik oborotiga okean, dengiz va quruqlikning katta-katta maydonlari kiritilmoqda. Tabiiy ekosistemalarga inson ta'sirining oqibatlari faqat ular atrofidagi geosistemalardagina emas. balki butun geografik muhitlarda sezilmoqda. Shu sababli ishlab chiqarish doirasidan katta maydonlarni chiqarib olish va qo‘riqlanayotgan joy deb e’lon qilish foydali bo'lmoqda. Uzoq yillar davomida “Ammofos” ishlab chiqarish birlashmasida texnologik jarayonida bir necha million tonna ammofos chiqindilari – fosfogins yigilib qolgan bo‘lib, yuzlab gektar hosildor yer maydonini egallab yotibdi va atrof – muhitga ozining albiy tasirini ko‘rsatmoqda. Bunday chiqindilardan xalq xo‘jalikida foydalanish ucun juda ko‘p mutaxassis olimlar ilmiy izlanishlar olib borishdi. Xatto shu mavzuda “Ammofos” ning 2 ta sobiq direktori fab direktori degan unvonga sazovor bo‘lishdi.2 Ammo, vaziyat qanday bo’lsa shundayligicha qolmoqda. Bundan 15 yil ilgari paxtazorlarimiz ustida erta kuzdan boshlab to kech kuzgacha onlab qishloq xo‘jalik samalyotlari g’o‘za hasharotlariga qarshi va g’o‘za bargini tokish uchun zaharli kimyoviy moddalarni ayamasdan sochar edi8. Bunday moddalarni havodan sepish oqibatida olis masofadagi maydonlardagi yer, suv, meval daraxtlar va poliz ekinlari zaharlanar edi. Bu faqat zararkunandalarni oldiribgina qolmay, shu bilan birga foydali hashorotlarni ham qirib tashlardi.1 Respublikamiz hududidagi yer manbalarini muhofaza qilish, undan oqiloda foydalanish diqqat markazida turadi9. Bugungi kunda 110 ta shirkat xo‘jaliki, 7000 dan ziyod dehqon – fermer xo‘jaliki, 200 dan oshiq cjorvachilik fermasi, 27 ta sobiq qishloq xo‘jalik aerodromlari, 126 ta mineral, 83 ta kimyovuy pistisidlarni saqlash omborxonalari va boshqa obyektlar qomita maxsus nazoratiga olingan. 2 Xo‘jaliklar ekin maydonlariga ishlob berishda biologic usulni qollashga katta ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi kunda viloyatdagi 26 ta biofabrikada biomateriallar ishlab chiqarilib, 430 ming gektardan ziyod ekin maydonida qollanilmoqda. Ushbu maqsadlar uchun qomita tomonidan biofabrikalarga katta miqdorda mablag ajratilmoqda.3 Tabiat muhofazasi tadbirlarini amalga oshirishda, eng avalo ilm – fanga, olimlar, malakali mutaxassislarning maslahatlariga, qolaversa, butun xalqning madadiga tayanayotir. Shu boisdan ham, tabiatni muhofaza qilish bilan bogliq bo‘lgan fan – texnika taraqqiyoti yangiliklarini keng miqyosda targib qilmoqda. Ayni vaqtda aholining barcha qatlamlarini, osib kelayotgan yosh avlodni ekologik jihatdan yosh avlodni ekologik jihatdan tarbiyalashga, ularga tabiiy boyliklarini asrab – avaylash, o‘simliklaru jonivorlarga nisbatan mehr – shavqatli bo‘lish, ularni avaylash kabi fazilatlarni kuchaytirishga etibo‘rni kuchaytirmoqda. Ekologik vaziyatni obyektiv va har tomonlama tahlili shuni ko‘rsatadiki, ekologik xavf – hatarlarning vujudga kelishi nafaqat texnika taraqqiyotiga, balki jamiyatning tabiat bilan o’zaro munosabatlarini boshqarish mehanizmining yo’qligiga bogliq. Tabiiyki, bunday xol tabiiy resurslardan nooqilona foydalanishga, tabiiy muhitning nomaqbul ozgarishlariga olib keladi. Ekologik vaziyatning yomonlashuvi hamda tabiat va jamiyat ortasidagi munosabatlarning keskinlashuvi, shuningdek, tabiatning ichki tuzilishi va rivojlanishining qonuniyatlariga amaliyotga yetarlicha etibor berilmasligi bilan bogliq. Ichki boshqaruv mehanizmiga ega bo‘lgan tabiiy muhit ozida sodir bo‘ladigan jarayonlarni muayyan muvozanatda saqlab turish imkoniyatlariga ega. Shu sababli tabiiy muhitning ozgarish dinamikasi malum sigim orqali, yani oz – ozini tiklash resurslarining mavjudligi bilan ifodalanadi. Agar inson faoliyatining tasir kolami tabiiy muhitning oz – ozini tiklash resurslarining mavjudligi bilan ifodalanadi. Agar inson faoliyatining tasir kolami tabiiy muhitning ozini – ozi tiklash imkoniyatlaridan ortiqcha bo’lsa, tabiiy muhitning nomaqbul ozgarishlari ro’y beradi va bu ozgarishlarni qanday yonalishda sodir bo‘lishni oldindan beldilash va boshqarish imkoniyatlari bo‘lmaydi. Tabiiy muhitning ekologik jihatdan nomaqbul ozgarishlarining ilmiy texnikaviy omillari ko‘pgina hollarda jamiyatning tabiatga nisbatan munosabatlariga bogliq. Chunki jamiyat tabiat bilan o’zaro tasir jarayonida tabiatdan oqilona foydalanishni foydalanishni rivoflanirish va boshqarish strategiyasini optimallashtirish vazifalarining hal etish uchun yetarlicha tayyor bo`lmaydi. Binobarin, tarqqiyotning hozirgi bosqichi fan – texnika taraqiyoti shartlarida jamiyat va tabiat orasidagi o’zaro munosabatlar muammolarning dolzarbligi o’zaro tasir jarayonini optimallashtirishning yollarini “jamiyat - tabiat” tizimini doirasida izlanishni taqozo etadi. Tabiiy muhitga inson faoliyati tasirining kuchayishi va tabiiy muhit sifatining turli mintaqalarida yomonlashuvi yol qoyilgan ko‘pgina xatoliklarning sabablarini ochish va jamiyat xo‘jalik faoliyatini boshqarish mehanizmi teran tadqiq qilish zaruriyatini vujudga keltiradi. Jamiyat o’zgarishlarning dolzarb umumzaminiy muammolari Markaziy Osiyo mamlakatlarida xususan, O‘zbekistonda ham vujudga mintaqaviy belgilarga va sharoitlarga ega. Markaziy Osiyo mintaqasi – ekologik falokatning goyat xavfli hududlardan biridr. “Vaziyatning murakkabligi shundaki”, - deb takidlaydi I. Karimov ozining “O‘zbekiston XXI asr bosagasida” kitobida, - u bir necha on yilliklar mobaynida ushbu muammoni inko‘r etish natijasidagina emas balki, bu mintaqada inson hayot faoliyatining deyarli barcha sohalari ekologik xatar ostida qolganligi natijasida kelib chiqqandir. Darhaqiqat, Markaziy Osiyo mintaqasida ko‘plab odamlar, bir qancha xalqlar va millatning hayoti uchun fojeaga aylandi. Ularni qirilib ketish, ipofondning yo’q bo‘lib ketishi yo’qasiga kelirib qoydi. Bu jarayonlar O‘zbekiston uchun ham xosdir. Mutaxassislarning baholashicha O‘zbekistonda juda murakkab va xavfli vaziyat vujudga keldi. Shu sababli hukumatva davlat mamlakatimizda atrof – muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalariga juda katta etibor bermoqda. Mustaqillining dastlabki yillaridan boshlab atrof – muhitni muhofaza qilishga qaratilgan qonun hujjatlarini qabul qilindi. Hozirgi paytda tabiatdan oqilona foydalanish va atrof – muhitni muhofaza qilish sohasidagi barcha chora tadbirlar atrof – muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish boyicha 2005-yilgacha moljallangan Davlat dasturi asosida tashkil etilgan. Tabiatni muhofaza qilish borasidagi milliy tadbirlar boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan keng va xalqaro tashkilotlar bilan keng va har tomonlama hamko‘rlik qilish ishi bilan qoshib olib borilayotir.

Download 66,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish