Himoyaga tavsiya etilsin Kafedra mudiri: professor
____________ Z.Ilhomov
“____”________2022 yil
302- guruh talabasi
Baxriyev Jahongir
Ilmiy rahbar: t.f.d Ilhomov.Z
Toshkent-2022 yil
MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………… I BOB. O’zbekistonda ekologik vaziyatning yomonlashuvi va uning sabablari 1.1 O’zbekistonda yerning tarkibining buzilishi va ekologik muammolarning vujudga kelishi.
1.2 O’zbekistonda ekologik xavfning vujudga kelishida suv zaxiralarining tasiri .
ll BOB. O’zbekistonda ekologik muammolarni bartaraf etish chora tadbirlari va ularning ahamiyati. 2.1 O’zbekistonda yer – suv manbalaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish chora tadbirlari.
2.2 Tabiatni muhofaza qilishda atmosfera havosini tozlanishi va ekologik muamolarni bartaraf etilishi .
Xulosa……………………………………………………………………….... Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati………………………………………… Kirish Tabiat insonlarning moddiy va ma’naviy talablarini qondiruvchi manbadir. Tabiat - bu butun moddiy borliqdir. Tabiat va jamiyat bir-biri bilan chambarchas bog‘langan yaxlit borliqning ikki bo‘lagini tashkil etadi. Tabiat va jamiyatning umumiy belgilari bilan bir qatorda o'ziga xos tomonlari ham bor. Butun ijtimoiy hayot, ishlab chiqarish, inson va uning ongi tabiat qonunlariga bo‘ysunadilar. Bu borada jamiyat tabiatning bir qismi uning sotsial mohiyatini aks ettiradi. Jamiyat va tabiat turli yo'nalishlarda doim muloqotda bo'ladi. Tabiiy muhitsiz jamiyat yashay olmaydi. Hayot insonni tabiat bilan bog'laydi. Insonning yashashi uchun zarur bo'lgan barcha narsalar - ozuqa. kiyim, qurilish materiallari va boshqalar tabiatdan olinadi. Jamiyatda foydalaniladigan barcha narsalar ikki element: tabiat mahsuloti va mehnat natijasida hosil bo'ladi. Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy zaxiralardan oqilona foydalanish masalasi xalqaro ahamiyatga molik bo‘!di va umumxalq ishiga aylandi. Shuning uchun bu muammo juda ko‘p mamlakatlarning qonunlarida o‘z aksini topgan. Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida yer shari tabiatini qo‘riqlash global, olamshumul ahamiyat kasb etmoqda. Tabiat komponentlaridan birontasining buzilishidan boshqa bir qancha komponentlar muvozanati, tabiiy ekosistemalar o'zgarib ketishiga olib kelmoqda. Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy zaxiralardan oqilona foydalanish masalasini xalq ommasi o‘rtasida targ'ibot qilish hamda uni o‘rta maktablarda. oliy o‘quv yurtlarida ham o‘rganish vaqti keldi. Binobarin, bu vazifani amalga oshirishda barcha o'qituvchilar zimmasiga goyat mas’uliyatli vazifa yuklanadi. Tabiatni muhofaza qilish. tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish. ulami iloji boricha tiklash davlat ahamiyatiga molik ish bo'lishi bilan birga har bir kishining muqaddas burchidir. Nabotot va hayvonotni ehtiyot qilish, har bir gul, novdani yulishdan, hayvonga o‘q uzishdan oldin shu xatti-harakat haqida bir bor o‘ylab ko‘rish; o‘z hovlisining toza bo'lishini ko'zlab,shahar havosini iflos qilib axlat tashlayotgan kishiga befarq qaramaslik - tabiatni muhofaza qilishning tarkibiy qismidir. Tabiatni muhofaza qilish deganda butun insoniyat manfaatini ko'zlab. tabiatdan oqilona foydalanish, uni saqlash, qo'riqlash va tabiiy boyliklarni ko'paytirish yo'lida davlatlar, xalqlar amalga oshirayotgan tadbirlarning ilmiy jihatdan asoslangan mujassami tushuniladi. Inson bilan tabiat har doim bir butunlikni tashkil qilib kelgan, chunki inson tabiatning tarkibiy qismidir. Suv. havo, tuproq. oziq-ovqat bo’lmasa. kishilar yashay olmaydilar. Inson o’zining tabiat bilan bo‘lgan bevosita aloqasi orqali tabiiy muhitga juda katta ta'sir qiladi. Hozirgi kunda yer sharida 7 mlrd. dan ortiq aholi yashaydi, uning tabiiy muhitga qanchalik ta’sir clishini ham nazarda tutish kerak. XVIII-XIX asrlarda sanoat taraqqiyoti tufayli ko'plab tabiiy zaxiralar: Yer osti boyliklari, qishloq xo‘jaligi yerlari, baliq zaxiralari, suv va quruqlik hayvonlari, o’simlik dunyosidan kengroq foydalanila boshlandi. Shimoliy va Janubiy Amerika hamda Afrika materiklari atrofidagi orollami mustamlaka qilish tezlashdi. Sharqiy slavyanlar Sibirga kelib joylashdilar va Tinch okeani qirg‘oqlariga yetib bordilar. Aholi sonining o‘sishi. yangi hududlarning egallanishi va ekspluatatsiya qilinishi kuchaydi. O’rmonlar kesildi. landshaftlaming tubdan o’zgarishi va ko'plab ov qilish hayvon zaxiralariga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Ko’plab qimmatbaho hayvonot-o’simlik turlari yo‘q bo’lib ketdi yoki ular soni keskin kamaydi. Sanoatning rivojlanishi tabiiy zaxiralarning kamayib borishidan tashqari.atrof-muhitning ifloslanishi muammosim ham keltirib chiqardi. Suv havzalari.atmosfera. tuproq sanoat chiqindilari bilan kuchli ifloslanib borayotganligi ma’lum bo’lib qoldi. Bular o‘simlik va hayvonot dunyosi, shuningdek odamlar sog‘’lig’iga ham kuchli xavf bo’lib qoldi. Bu salbiy omil asta- sekin butun yer yuzini o’z ta’siri ostiga olishi XX asr boshlariga qadar sun’iy xarakterga ega bo’lsa, endilikda bu sayyoraning global muammosiga aylanib ketdi.