Kurs ishining tuzilishi. XX. asrda O'zbekiston hududida ekologik muommolar mavzusidagi kurs ishi kirish, 2bob, 4bo'lim, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat.
I BOB. O’zbekistonda ekologik vaziyatning yomonlashuvi va uning sabablari. O’zbekistonda yer tarkibining buzilishi va ekologik muammolarning vujudga kelishi. O’zbekistonda ekologik vaziyatning yomonlashuviga asosiy sabablar
XX asrning 50-60-yillarida vujudga keldi. Bunga misol qilib SSSR tarkibida bo’lgan O’zbekiston hududining paxta yetishtirishga ixtisoslashtirilganligi edi. Buning natijasida barcha qishloq xo’jaligi sohalariga ajratilgan yerlarda ham paxtazorlar tashkil etildi va barcha ishchi kuchi ham shunga safarbar etildi. Paxtazorlar kengaygani sari ularni sug’rishga ham ko’p suv kerak bo’la boshladi. Natijada o’z suvini Orol dengiziga quyadigan Amudaryo va Sirdaryodan paxta ekinzorlarini sug’rishga mo’ljallangan kanallar chiqarila boshlandi. Sug’orish ishlarining noto’g’ri tashkil etilgani natijasida Orol dengizizga quyiladigan suv miqdori kamayib ketdi. Va shu tariqa bugungi kunning global muammolaridan biri bo’lgan Orol muammosi vujudga kela boshladi.
O'zbekistondagi irrigatsiya tarmoqlarining ko'p qismizamonaviy texnik talablarga javob bermas edi. Ariqlar-ning suv shimilishiga qarshi qoplamalari yo'qligi natijasi-da suvning ko'pi yerga singib ketardi. 1978—1982-yillar-da respublikamizda har gektar yerga sarflangan suvningo'rtacha miqdori normadagidan ikki baravar ko'p bo'ldi.Markaziy idoralar aybi bilan Orol dengizi havzasidaTashvishli va halokath murakkab ekologik vaziyat yuzagakeldi. O'zbekistonda yuzlab, minglab gektar yerlarningmeliorativ holati yomonlashdi. Natijada umumdavlatmanfaatlariga ham, milliy manfaatlarga ham mosbo'lmagan ahvol vujudga keldi. Ana shunday bir sharoitda qurilgan suv omborlari-ning ta'shi ahvolni og'irlashtirdi. Uzoq yillar qishloq xo'jalik muammolari bilan shug'ullangan akademik M.Muhammadjonovning ma'lumotlariga qaraganda, jamiyatimizda ekologik fojianing yuzaga kelishida, ya'ni atrof-muhitning yomonlashuvida suv omborlarining ham ulushi bor. Markaziy Osiyodagi eng yirik Tuyamo'yinsuv ombori kuybishevlik loyihachilar takliiiga asosan Sulton Sanjar tuz koni va ko'm-ko'k o'rmonzorlar usti-ga qurildi. Oqibatda asrlar davomida Xorazm vohasinituz bilan ta'minlab kelgan kon suvombori tagida qolib ketdi. Ombordagi sho'r suv esa vohaning paxta dalalari tomon oqizildi. Bu esa Xorazm viloyatida ekologik vaziyatni juda og'irlashtirib yubordi. 1985-yilga kelib suv omborlari soni yana ham ko'paydi. Ularning ta'siri ostida daryolarning suvi tarkibida tuz va zaharli moddalar ko'payib ketdi. Natijada yerlarning sho'rlanishi milliy fojia sifatida har tomonlama xavf sola boshladi. Namangan yerlarining 48 foizi, Andijon yerlarining 23 foizi, Sirdaryo yerlarining 22 foizi kuchli sho'rlandi. Respublikamizda 1,5 mln gektardan ortiq yerlar sho'rlangan edi. Suv inshootlarini kengaytirib borish respublika iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ham ega bo'ldi.Qo'riq yerlar suv bilan ta'minlandi, yangi yerlar tashkil etildi. Biroq ular iqtisodiy samara berishdan Tashqari salbiy ta'sir ham ko'rsatdi, ularning natijasida yer osti suvlarining sathi yuqoriga ko'tarilib, haydaladigan yer-larni sho'r va botqoq bosdi, bog'-rog'lar va tokzorlar qurib qoldi. Orol dengizi fojiasi sovet hukumati va KPSSning atrof-muhit, tabiiy resurslardan foydalanishda o'ylamasdan yuritgan siyosati natijasi bo'ldi. Buning bosh sababi Amudaryo va Sirdaryodan sug'orish uchun haddan tashqari ko'p suv olish edi. Bu holat Orol dengizining qurib borishiga olib keldi va Markaziy Osiyo mintaqasi hamda qo'shni davlatlar ekologiyasiga misli ko'rilmagan tarzda salbiy ta'sir ko'rsatdi.
«Inson tomonidan biosferaga ko‘rsatilayotgan ta’sirni tartibga solish, ijtimoiy taraqqiyot bilan qulay tabiiy muhitni saqlab qolishning o‘zaro ta’sirini uyg‘unlashtirish, inson va tabiatning o‘zaro munosabatlarida muvozanatga erishish muammolari borgan sari dolzarb bo‘lib qolmoqda. Ekologik xavfsizlik kishilik jamiyatining buguni va ertasi uchun dolzarbligi, juda zarurligi bois eng muhim muammolar jumlasiga kiradi. Bu muammolar amaliy tarzda hal etilsa, ko‘p jihatdan hozirgi va kelgusi avlod turmushining ahvoli va sifatini belgilash imkoniyatini beradi»6.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan amaldagi qonunchilik, huquqni qo‘llash va ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan “2017-2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” ayniqsa, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat organlarining faoliyatini yanada rivojlantirish muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.